Aholini ro’yxatga olishda geografik va demografik ma’lumotlarning o’rni

Автор: Berdiqulova M.T.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 3-1 (94), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada aholini ro’yxatga olishning tarixiy jihatlari bilan birga ilmiy asoslari ham yoritib berilgan. O’zbekiston hududida olingan aholi ro’yxatlari haqida ilmiy ma’lumotlar keltirilgan. Davlat dasturi asosida Respublikada o’tkazilishi rejalashtirilgan aholi ro’yxati to’g’risida bayon qilingan.

Aholi, aholi ro'yxati, inson salohiyati, iqtisodiyot, demografiya, statistika, etnik tarkib, diniy tarkib, tug'ilish, o'lim, aholi punktlari

Короткий адрес: https://sciup.org/140292715

IDR: 140292715

Текст научной статьи Aholini ro’yxatga olishda geografik va demografik ma’lumotlarning o’rni

Zamonaviy iqtisodiyot rivojlanishining asosiy manbalaridan biri – mamlakatning inson salohiyatidir. Inson resurslardan samarali foydalanish uchun aholining joylashuvi, tarkibi, ta’biiy ko’payish ko’rsatkichlari, ta'lim darajasi, iqtisodiy faolligi va shu kabi demografik ma’lumotlar zarur bo’ladi. Aholi haqidagi barcha to’liq ma’lumotlar bevosita aholi ro’yxati o’tkazish orqali to’planadi.

Aholi ro`yxatlari – mamlakat yoki muayyan hududda ma’lum vaqt yoki davrda yashayotgan aholining demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarining jarayoni to`plami. Aholi ro`yxatlari ilmiy talablarga hamda amaliyot ehtiyojlariga javob berish, aholi soni, tarkibi va joylashishi to`g`risidagi ma’lumotlarni yig`ish maqsadida o`tkaziladi.

Aholi ro`yxati aholi soni va tarkibi haqidagi ma’lumotlarni ma’lum bir sanaga mo`ljallab berishi lozim. Shartni bajarish uchun ro`yxat o`tkazish bo`yicha sana va vaqti aniq ko`rsatilishi kerak. Mazkur vaqt ro`yxatning kritik lahzasi deyiladi. Qadimdan aholini hisobga olishning xilma – xil usullari mavjud bo`lgan. Yunoniston, Bobil (Mesopotamiya) , Misr, Rim, Xitoy va Yaponiyada aholi hisobga olinganligi tarixiy manbalardan ma’lum. Ular asosan fiskal (soliq olish) va harbiy maqsadlarni ko`zlagan holda o`tkazilib, odatda faqat erkaklarni, ya’ni harbiy harakatlarda ishtirok etish hamda soliq to`lash imkoniyati bor shaxslarni qamrab olgan.

Jami aholi soni va tarkibi haqidagi ro`yxat birinchi marta 1790- yilda AQSh da o`tkazilgan. 1801 – yilda Buyuk Britaniya, Fransiya, Daniya va Norvegiyada o’tkazilgan. XIX asrning o`rtalariga kelib Yevropa mamlakatlarida maxsus statistik tashkilotlar barpo qilinganligi aholi ro`yxatlarini sifatli o`tkazishning muhim omili bo`ldi. Dunyo mamlakatlarida 1870 – 79 yillarda 48 ta, 1880 – 89 yillarda 54 ta, 1890 – 99 yillarda 57 ta, XX asrning dastlabki o`n yilligida 74 ta davlatda aholi ro’yxati o`tkazildi. Aholi ro’yxatlari XX asrning boshida yer yuzi jami aholisining 64 foizini qamrab oldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin aholi ro`yxatlari o`tkazish yana ham keng tus oldi. Aholi ro`yxatlari 1945-54 yillarda 168 mamlakatda, 1969 – 74 yillarda 179 mamlakatda o`tkazildi. Hozirgi vaqtda aholi ro`yxatlari dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida o`tkazilmoqda.

Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o'rganishda mamlakat hududida o'tkazilgan aholini ro'yxatga olish ma'lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekistonda 1897, 1926, 1939, 1959, 1970, 1979, 1989 yillarda aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. O'zbekiston hududida dastlabki aholi ro'yxatga olish 1897 yilda o'tkazilgan bo'lib, ushbu ro'yxatga olish tadbiri ma'lumotlari XIX asr oxirida O'zbekistonda mavjud oilalar, aholi soni, aholining yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug'ilish, o'lim kabi demografik jarayonlar haqida tasavvur hosil qilishga yordam bergan. 1897 yilda 3730 ming kishi yashagan bo’lsa, 1926 yilda 4460 ming, 1959 yilda 8261 ming, 1970 yilda 11799 ming, 1979 yilda 15391 mingni tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining mazkur qaroriga ilova qilib, “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 9 bob, 73 banddan iborat Nizom tasdiqlandi. Qarorga ko’ra O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 – 25 noyabr kunlari amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi 2022-yil 1-iyunga qadar aholini ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan miqdorda kartografik materiallar (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalari va xaritalari) bilan ta’minlashi belgilab berilgan.

Aholini ro'yxatga olish ma'lumotlari “ijtimoiy himoya”, “investitsiya”, “uy-joy”, “sog'liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “ta'lim”, “yo'l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qiladi. Kelgusida aholini ro'yxatga olish ma’lumotlariga asoslanib, ushbu dasturlar natijalarini baholash, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Mamlakatda rejalashtirilgan aholini ro’yxatga olish ishlari hududlarning geografik va demografik qiyofasi yaratilishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 1 – том. –Т.: “Ўзбекистон Миллий

    энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2003. – 566 б.

  • 2.    Қашқадарё вилояти географияси. Қарши.; 1994. – 98 б.

  • 3.    https//yuz.uz

  • 4.    https//lex.uz

    "Экономика и социум" №3(94) 2022

Список литературы Aholini ro’yxatga olishda geografik va demografik ma’lumotlarning o’rni

  • Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 1 - том. -Т.: "Ўзбекистон Миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2003. - 566 б.
  • Қашқадарё вилояти географияси. Қарши. 1994. - 98 б.
  • https//yuz.uz.
  • https//lex.uz.
Статья научная