Akademik litseylarda malakali kadrlarni yetishtirib berishga bo‘lgan innovatsion yondashuvlar

Автор: Yuldasheva G.D.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 2-2 (93), 2022 года.

Бесплатный доступ

Mazkur maqolada yoshlarni kelajakda malakali kadr bo‘lib yetishib chiqishida ularda axborot imunitetini shakllantirishning zamonaviy usullaridan foydalanib, dunyo miqiyosidagi o‘qitish tizimidan yuqori o‘rinlarga olib chiqish ahamiyati haqida so’z yuritilgan.

Ta'lim, tarbiya, bilim, malaka, o'qitish, ta'rif, tizim, ilmiy dastur, muhokama

Короткий адрес: https://sciup.org/140292677

IDR: 140292677

Текст научной статьи Akademik litseylarda malakali kadrlarni yetishtirib berishga bo‘lgan innovatsion yondashuvlar

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan islohatlar o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etishga xizmat qilmoqda. Shuni aytib o‘tmoqchimanki, hozirda o‘quvchi-talabalarning bilimini nazorat qilishda ushbu yangi innovatsion texnologiyalari va tizimlaridan foydalanish ijobiy natija beradi.

Shunga qaramasdan didaktika nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning tuzilishida quyidagi asosiy bosqichlar mavjudligini ko‘rsatadi: o‘quv mashg‘ulot mavzusini ta’riflash; maqsadini tushuntirish; o‘tgan mashg‘ulotda uyga berilgan vazifalarni tekshirish; yangi mavzu materialini bayon etish va talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash; o‘tilgan o‘quv materialini takrorlash va uni mashq, amaliy ishlar bilan mustahkamlash; o‘rganilgan mavzuni davra suhbati tarzida takrorlash; talabalar bilimini tekshirish va baholash; mashg‘ulotni yakunlash; uyga vazifani berish.

O‘quv mashg‘ulot jarayonini tahlil qilishda ko‘pincha quyidagi kamchiliklar kuzatiladi: tizimsizlik; o‘quv mashg‘ulotiga tasodifan ishtirok etish; aniq bir maqsadning yo‘qligi; tahlil etuvchining mashg‘ulotni chuqur tahlil qilishga uslubiy tayyor emasligi; aniq kuzatish dasturining yo‘qligi; o‘quv mashg‘ulotida asosiy tomonlarni ajratib ko‘rsata olmasligi; xulosalar chiqara olmasligi; kasbdoshiga malakali tavsiyalar va metodik yordam bera olmaslik.

Ayniqsa, har bir o‘quv mashg‘ulotiga qatnashishdan oldin aniq maqsadni belgilash zarur. Qo‘yilgan maqsad mashg‘ulotda qatnashish va uni tahlil qilishni yanada samaraliroq, xulosalarni esa aniqroq qiladi. Pedagog o‘quv mashg‘ulotiga tayyorlanish jarayonida quyidagilarga alohida e’tibor berishi kerak: mashg‘ulot vaqtini samarali rejalashtirish, foydalanish uchun tanlab olingan manbalarni chuqur o‘rganish, guruhdagi talabalarning imkoniyatlarini hisobga olish, mashg‘ulotning turiga qarab, uning uslubi va vositalarini to‘g‘ri tanlash, davlat ta’lim standartlari talablari asosida talabalarning bilim olishini ta’minlash. Pedagogning o‘quv mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rishi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:

1-bosqich. Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt aniqlashtirib olinadi.

2-bosqich. DTS va fan dasturidan o‘tilayotgan mavzuda qanday tushunchalar (bilim, ko‘nikma va malakalar) shakllantirilishi lozimligi aniqlashtirib, shu asosida mashg‘ulot maqsadi belgilab olinadi.

3-bosqich . Mavzu asosida mashg‘ulotda foydalaniladigan texnik vositalar, ko‘rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar o‘rganib chiqiladi hamda mashg‘ulot ishlanmasi yoziladi. O‘quv mashg‘ulotiga qo‘yilgan maqsad 80 daqiqa davomida bajariladigan, aniq, hayotiy va mashg‘ulot yakunida baholanadigan bo‘lishi lozim.

Ta’limiy maqsad - o‘quv mashg‘uloti jarayonida talabalarda shakllantiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar; tarbiyaviy maqsad - mashg‘ulot jarayonida talabalarda qaysi axloqiy sifatlar shakllantirilishi; rivojlantiruvchi maqsad - mashg‘ulot natijasida talabalarda qaysi bilimlar va axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi.

Hozirgi kunda Respublikamizda malakali kadrlarga bo‘lgan talab yanada ko‘payib bormoqda, biroq aksiga olib yurtimizda malakali kadrlarning saviyasi, bilimi, mantiqiy fikrlash qobilyatlari juda ham past desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kadrlarni yetishtirish jarayonidagi bu xato va kamchiliklarni o‘rganib chiqib, xatolarimizdan tegishli xulosalar chiqarib, kamchiliklarimizni to‘ldirgan holda yetuk va malakali xodimlar tayyorlab, vatanimizni rivojlangan mamlakatlar safiga qo‘shilishiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim.

Shu o‘rinda kadrlarimizning malakasini oshirish uchun qanday o‘zgartirishlar kiritilishi kerak? – degan savol tug‘iladi.

Oliy o‘quv yurtiga qabul qilingandan so‘ng, bo‘lajak kadrlarga quyidagicha imkonyatlar yaratilish lozim deb o‘ylayman:

  • -    avvalambor ikkinchi mutaxassislik tilini tanlashi;

  • -    birinchi va ikkinchi bosqichda darslar o‘zbek tilida olib borilib, o‘quvchilarning tillarni yaxshi o‘zlashtirishini ta’minlash;

  • -     uchinchi bosqichda o‘zlari tanlagan birinchi mutaxassislik tillarida

darslar olib borilishini ta’minlash;

  • -     to‘rtinchi bosqichda esa o‘zlari tanlagan ikkinchi mutaxassislik tillarida

darslar olib borilishini ta’minlash;

  • -     xorijiy davlatlarga chiqish, ya’ni grantlar sonini oshirish va boshqa

rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatilayotgan o‘zgarishlarni ko‘rib, o‘rganib kelib mamlakatimizni ham shu mamlakatlar safiga qo‘shish.

Shu o‘rinda:

  • -     professor-o‘qituvchilarning bilim saviyasini, xorijiy tillarni va

AKT(Axborot-kommunikatsion texnologiya) larini bilish darajasini tekshirib borish;

  • -     o‘qituvchilarning mutaxassislik fanidan tashqari bo‘lgan yondosh

fanlardan bilish darajasini tekshirish;

  • -     xorijiy til o‘qituvchilarining mutaxassislik fanidan bilish darajasi;

  • -     mutaxassisligi bo‘lmagan o‘qituvchilarning xorijiy tillardan bilish

darajasi (Ingiliz tilidan ILETS 5.5-6 ball va boshqa xorijiy tillarga ham joriy etish);

  • -    AKT(Axborot-kommunikatsion texnologiya)lar ya’ni komp’yuter

savodxonligini tekshirish.

O’rta maxsus ta’limda har bir auditoriyalarda:

  • -      ikkitadan to‘rttagacha (ma’ruzaxonada) kuzatuv kameralari bo‘lishi;

  • -     kuzatuv kameralarni kuzatuvchi mas’ul xodimlar jamoasini

shakillantirish;

  • -     har bir xonada bittadan kompyuter bo‘lishi va elektron jurnallarni

shakllantirish;

  • -     professor-o‘qituvchilarning talabalar bilan ishlash jarayonida psixologik

salohiyatini hamda pedagogik mahoratini birinchi o‘ringa qo‘yish.

Mutaxassis tayyorlash zahiralariga yangi innovatsion texnologiyalari va tizimlarini tatbiq etish natijasida yangi tizim mutaxasisi yoki mutaxassisning yangi shaklini hosil qilinadi, sifati esa o‘zgaradi. Yetkazib berilgan mutaxasis va bu mutaxassisni yetkazib berish esa pedagogik mahorat xizmati deyiladi [5].

Pedagogik mahorat xizmati - foydalanuvchiga mutaxasis mahsulotini taqdim etish yoki qabul qilishdir [6].

Mutaxassis tayorlashning foydaliligi nuqtai nazaridan sifat xususiyatlari:

  • -      To‘liqlik. Mutaxassis tayorlashning to‘laqonliligi inson faoliyatining u

yoki bu tomonlarining miqdoriy va sifat paramеtrlarini aniq bеlgilash hamda mos qarorlarni ishlab chiqarishda ifodalaniladi.

  • -      Ishonchlilik qabul qilinadigan qarorlar samaradorligi saqlanadigan еtib

kеlgan va natijaviy mutaxasisda muayyan darajada buzilishlarga yo‘l qo‘yadi.

  • -     Mutaxasis tayorlashni qabul qilishning bеmalolligi vaqt birligida

ma'lumotlarni qabul qilish tеzligi bilan bеlgiladi.

  • -    Ma’lumotlarning dolzarbliligi muayyan vaqt mobaynida aniq vazifani

amalga oshirish uchun yaroqliligini ifodalaydi.

  • -      O‘z vaqtidaligi mutaxassisga qulay yoki bеlgilangan vaqtda yangi

texnologiyaning kеlib tushishini anglatadi. Bu talabni buzish bo‘lajak kadrni qadrsizlantiradi.

  • -      Aniqlilik uning to‘g‘riligini, ta’minot darajasini anglatadi.

  • -      Tеzkorlik vaqt o‘tgach mutaxasis tayorlashning eskirishi va

dolzarbliligini yo‘qotishini aks ettiradi.

Oliy o‘quv yurtlarida:

  • -     o‘quvchi yoshlar bilan ishlash jamoasi va psixologlarni shakllantirish,

kelajakda to‘g‘ri yo‘lni tanlay olishga imkon yaratish;

  • -     Yoshlar ittifoqi va shunga o‘xshash bir qancha tashkilotlarni ko‘paytirish

ishlarini olib borishni ko‘rib chiqish;

  • -     biznes treninglar, xorijiy o‘qituvchilar va investorlar bilan bo‘ladigan

konferensiyalarni tashkil etish;

  • -     o‘quvchi yoshlarni bandlikga jalb etadigan mashg‘ulotlarni tashkil etish (

zakovat, aqliy hujumlar, keys-trening va shunga o‘xshash mashg‘ulotlar).

Yuqorida aytilgan fikrlar va takliflardan shularni xulosa qilamizki, ba’zi rivojlangan mamlakatlar XX asrning o‘rtalaridayoq amalga oshirgan ta’lim siyosati bugungi kunda o‘z dolzarbligini ko‘rsatmoqda. O’rta maxsus ta’limda uchib ketgan korrupsiya balosi ko‘plab yetishtirib chiqargan kadrlarimiz korrupsiya o‘chog‘ida o‘tin bo‘lishiga olib keldi. Ta’lim siyosatini to‘g‘ri olib borish, vazirliklar faoliyatini barqarorlashtirish hamda joylarda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim tizimida yuz berayotgan bugungi kundagi tub o‘zgarishlar, albatta, tahsinga sazovordir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури

  • 2.    Инновацион технологиялар ёрдамида таълим самарадорлигини

    ошириш йўллари. -Тошкент, 2006.

  • 3.    Сайдаҳмедов Н. Янги педагогик технология моҳияти ва замонавий

    лойиҳаси. -Тошкент, 1999.

  • 4.    Ходиев Б.Ю. Мустақил ўқув фаолиятини ташкил этиш услуб ва

    воситалари. -Т.: ТДИУ, 2006.

  • 5.    Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo`llari. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.

  • 6.    Ishmuhamedov R. Abdukodirov A. Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim         muassasalari pedagog-o`qituvchilari uchun

    amaliy tavsiyalar).-T.: Iste’dod, 2008.- 180 b.

тўғрисида”ги  қонуни. Ўзбекистоннинг янги қонунлари. 18-сон.

Адолат. 1998.- 281 б.Ишмуҳамедов Р.Ж.

"Экономика и социум" №2(93) 2022

Список литературы Akademik litseylarda malakali kadrlarni yetishtirib berishga bo‘lgan innovatsion yondashuvlar

  • Ўзбекистон Республикасининг "Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури тўғрисида"ги қонуни. Ўзбекистоннинг янги қонунлари. 18-сон. Адолат. 1998.- 281 б.Ишмуҳамедов Р.Ж.
  • Инновацион технологиялар ёрдамида таълим самарадорлигини ошириш йўллари. -Тошкент, 2006.
  • Сайдаҳмедов Н. Янги педагогик технология моҳияти ва замонавий лойиҳаси. -Тошкент, 1999.
  • Ходиев Б.Ю. Мустақил ўқув фаолиятини ташкил этиш услуб ва воситалари. -Т.: ТДИУ, 2006.
  • Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.
  • Ishmuhamedov R. Abdukodirov A. Pardayev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar (ta'limmuassasalari pedagog-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar).-T.: Iste'dod, 2008.- 180 b.
Статья научная