Jarrohlik boʻlimi hamshirasi: Iispaniya qirolligi tajribasi, Oʻzbekiston Respublikasida rivojlantirish istiqbollari
Бесплатный доступ
Tibbiyot va sogʻliqni saqlash tizimiga yangi tibbiy tashxisot, davolash va profilaktika texnologiyalarni kirib kelishi tizimda nafaqat tashkiliy oʻzgarishlarni, balki tibbiy xodimlarni tayorlash va qayta tayorlashga yangicha yondashuvni talab etib boradi. Hamshiralarni tayorlash va qayta tayorlashda ularni xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishlarini yoʻlga qoʻyish jarayonni zamon talablariga mos ravishda amalga oshirish imkonini beradi.
Hamshiralik ishi, malaka oshirish, xalqaro aloqalar
Короткий адрес: https://sciup.org/14130764
IDR: 14130764
Текст научной статьи Jarrohlik boʻlimi hamshirasi: Iispaniya qirolligi tajribasi, Oʻzbekiston Respublikasida rivojlantirish istiqbollari
Kirish. Oxirgi ikki oʻn yillikda global texnologik taraqqiyot sogʻliqni saqlash sohasida, xususan tibbiyotning tashxisot va kam invaziv usulda davolash yoʻnalishlarida misli koʻrinmagan rivojlanishlarga turtki boʻldi.
Sogʻliqni saqlash va tibbiy xizmatni yanada jadal rivojiga yana bir turtki boʻlgan omil sifatida sogʻliqni saqlash tizimiga xususiy sektorni kirib kelishini ham e`tirof etish mumkin. Chunki sogʻliqni saqlash tizimiga xususiy sektorni kirib kelishi nafaqat klinikalar oʻrtasida, balki davlat hamda xususiy klinikalar orasida ham oʻzaro raqobat – rivojlanish muhitini yaratdi.
Biroq yuqorida zikr etilgan ijobiy oʻzgarishlar tibbiy xizmatning barcha jabhalarida bir maromda sodir boʻlmadi. Chunki global texnologik taraqqiyot tibbiyotning zamonaviy instrumental tekshiruv, tashxisot va davolash usullari rivojiga ijobiy tasir eta olgan boʻlsada tibbiy xizmatning boshqa yoʻnalishlarining toʻlaqonli rivoji uchun tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilgan mutaxasislarning tajriba almashinuvlari, klinik rotasiyalari hamda malaka oshirishlar orqali erishilishi oydinlashib qoldi.
Mavzuning dolzarbligi. Tajriba almashinuv hamda ular asosida ichki tizimli islohatlar natijasida rivojlanadigan yoʻnalishlardan biri sifatida tibbiy xizmatning ajralmas tashkiliy qismi boʻlgan hamshiralik ishi yoʻnalishini misol qilish mumkin. Chunki bu yoʻnalish harchand urinib oʻtkazilgan islohatlarga iqtibos keltirsakda xanuz eski-ittifoq davrlaridan keskin farq qilmaydi.
Tibbiyot va sogʻliqni saqlash tizimiga yangi tibbiy tashxisot, davolash va profilaktika texnologiyalarni kirib kelishi tizimda nafaqat tashkiliy oʻzgarishlarni, balki tibbiy xodimlarni, xususan hamshiralarni tayorlash va qayta tayorlashga yangicha yondashuvni talab etib boradi.
Oxirgi yillarda davlat raxbari tomonidan har bir sohaning ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirish maqsadida turli jabha, soha vakillari va rahbarlariga yangicha dunyoqarash, yangicha fikrlash, izlanish hamda dunyoning nufuzli davlatlari bilan progressiv aloqalarni oʻrnatishga bot bot undalmoqda. Bunday tavsiyalar, tibbiyotning ustuvor yoʻnalishlari uchun ham muhimdir. Jumladan dunyoning nufuzli tibbiy markazlari, tibbiyot Universitetlari hamda Universitet klinikalari bilan progressive aloqalarni yoʻlga qoʻyish bilan dolzarb vazifalardandir.
Shu oʻrinda shuni takidlash kerakki, oxirgi 10 yillikda Oʻzbekiston Respublikasi SSV tasarrufidagi davlat muassasalari tomonidan dunyoning nufuzli mamlakatlari klinik, markaz va Universitetlari bilan oʻrnatilgan kelishuvlar, anglashuv memorandumlari hamda bitimlarining aksariyati amaliy jihatdan faol emas. Ular goʻyoki statistika va reyting uchun shakllantirilgandek. Muommoning ildizi faqat moliya bilan bogʻliq boʻlmay, balki soxada har bir mamlakat va yoʻnalish uchun aloqani qoʻllab quvvatlab turuvchi mutaxasislarni yoʻqligi yoki e`tibor hamda qoʻllab quvvatlovni yoʻqligidadir. Bu kabi muommolar sogʻliqni saqlash tizimida hamshiralarni xorijiy malaka oshirishlari yoʻnalishida yaqqol namoyon boʻladi.
Ushbu maqola hamshiralik ishini Ispaniya qirolligi Santyago de kompostela Universiteti klinikasi (Clinico Universitario de Santiage de Compostela) safar davomida kardioxirurgiya, otorinolaringologiya va operatsiya bloki jarrohlik hamshiralarining ish faoliyatini amaliy oʻrganish natijalari asosida yozildi.

1 - rasm. Santyago de kompostela Universiteti klinikasi
Ispaniyada hamshiralik faoliyati. Ispaniya Qirolligi Sogʻliqni saqlash tizimi Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan keskin farq qilmaydi. Tizimning asosiy farqli dominant jihati tibbiyot klinikalarining markazlashganligi va yagona informatsion platformaga ulanmaganligi hamda sogʻliqni saqlash tizimini sotsial himoya tizimi bilan chambarchas bogʻliqligidir.
Mamlakatda tugʻulish soni kamayib borishi sabab bazi sohalarda mutaxasislar yetishmovchiligi mavjud. Jumladan 2024 yil aprel oyidagi malumotlarga koʻra sogʻliqni saqlash tizimida hamshiralar tanqisligi yaqqol kuzatilayotgan Yevropa mamlakatlaridan biridir. Mamlakatda 44 ming hamshira uchun extiyoj bor.

-
2- rasm. Santyago de kompostela Universiteti klinikasi operatsiya bloki hamshirasining jarrohlikka asboblarni tartib bilan tayorlash jarayoni
Ispaniya Qirolligi Sogʻliqni saqlash tizimida hamshiralar Oliy talim muassasalari tarkibidagi ’’Hamshiralar maktabi’’(Escuale de enfermeras)larida tayyorlanishadi va Oʻzbekistondagidan farqli oʻlaroq ular bakalavr darajasiga egadirlar. Keyinchalik esa ular turli yoʻnalishlar boʻyicha master darajasini olib yoʻnalishlarda faoliyat yuritishadi.
Hamshiralar qaysi yoʻnalishda boʻlishmasin ularni faoliyati uchun litsenziya talab etiladi. Bundan tashqari hamshiralar orasida yordamchi (auxiliary de enfermeria) hamshiralar ham faoliyat yuritib ular oʻz faoliyatlarini hamshiralar nazorati ostida olib borishadi.

3-rasm. Santyago de kompostela Universiteti klinikasi otorinolaringologiya boʻlimining audiometriya xonasi va audiolog shifokori Ana Faraldo
Kasalxonada mavjud kompyuter texnikalari yuqori texnologik uskunalar hamshiralar faoliyatini ham yengil va bexato bajarilishini taminlaydi.
Ispaniya Qirollari va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatilishi hamshiralik ishi yoʻnalishi rivojlantirish uchun potensial davlatlardan biri deb qaralsa boʻladi.
ADABIYOTLAR
-
1. Dalilova, O. M. (2023). FAN: Pediatriyada hamshiralik ishi. Uzbek Scholar Journal, 20, 3941.
-
2. Odinayev, T. T. (2023). Boʻlajak hamshiralarda kasbiy kompetentlikni rivojlanishning emperik asoslari. Scientific Impulse, 2(14), 529-531.
-
3. Prezident Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha
-
4. Fernández Larraguibel, B., & Paravic Klijn, T. (2003). Nivel de satisfacción laboral en
-
5. CHUECHA, S. B. L. (2024). Estrés laboral y síntomas somáticos en enfermeras del Hospital General de Jaén-Cajamarca, año 2022 (Doctoral dissertation, Universidad Nacional Mayor de San Marcos).
-
6. https://www.eldiario.es/sociedad/faltan-enfermeras-espana-no-emigran-
dejan_1_11290360.html
-
7. https://www.telecinco.es/noticias/sociedad/20240509/por-que-enfermeros-fuga-
espana_18_012445464.html
-
videoselektor yigʻilishi
enfermeras de hospitales públicos y privados de la provincia de Concepción, Chile. Ciencia y enfermería, 9(2), 57-66.
^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^
RHJ-3-2024
Список литературы Jarrohlik boʻlimi hamshirasi: Iispaniya qirolligi tajribasi, Oʻzbekiston Respublikasida rivojlantirish istiqbollari
- Dalilova, O. M. (2023). FAN: Pediatriyada hamshiralik ishi. Uzbek Scholar Journal, 20, 39-41.
- Odinayev, T. T. (2023). Boʻlajak hamshiralarda kasbiy kompetentlikni rivojlanishning emperik asoslari. Scientific Impulse, 2(14), 529-531.
- Prezident Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi https://president.uz/uz/lists/view/753
- Fernández Larraguibel, B., & Paravic Klijn, T. (2003). Nivel de satisfacción laboral en enfermeras de hospitales públicos y privados de la provincia de Concepción, Chile. Ciencia y enfermería, 9(2), 57-66.
- CHUECHA, S. B. L. (2024). Estrés laboral y síntomas somáticos en enfermeras del Hospital General de Jaén-Cajamarca, año 2022 (Doctoral dissertation, Universidad Nacional Mayor de San Marcos).
- https://www.eldiario.es/sociedad/faltan-enfermeras-espana-no-emigran-dejan_1_11290360.html
- https://www.telecinco.es/noticias/sociedad/20240509/por-que-enfermeros-fuga-espana_18_012445464.html