Oliy tibbiy taʼlim tizimi samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni

Автор: Qaxarov Z.A., Ashuralieva G.K.

Журнал: Re-health journal.

Статья в выпуске: 1 (21), 2024 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada mamlakatimizda oliy tibbiy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish yo‘lida izchil olib borilayotgan islohotlar, ularning maqsadi, oliy tibbiy taʼlim tizimi samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati, taʼlimning turli sohalarida axborot texnologiyalarining ijobiy imkoniyatlari, tibbiy ta’limda simulyatsion o‘quv vositalari, xususan, 3D sensor ekranli vizualizatsiya stolidan foydalanishning tutgan o‘rni haqida yoritilgan.

Oliy tibbiy taʼlim tizimi, islohotlar, raqamli texnologiyalar, simulyatsion o‘quv vositalari, 3D sensor ekranli vizualizatsiya stoli

Короткий адрес: https://sciup.org/14130748

IDR: 14130748

Текст научной статьи Oliy tibbiy taʼlim tizimi samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni

“Ta’lim sifatini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir”

Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikas Prezidenti

Mamlakatimiz tibbiy taʼlim transferida boʼlajak kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda davlat– taʼlim-tarbiya– jamiyat shaklidagi uzluksiz taʼlim tizimi samaradorligini oshirishga, oʼqitishning ilgʼor metodlarini joriy qilish orqali yetuk mutaxassislar tayyorlanishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi PQ-38-sonli “Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorining qabul qilinishi ham tibbiyot sohasini xususan, tibbiy oliy ta’lim tizimini ham yangi bosqichga olib chiqilishiga turtki bo’ldi.

Xususan, sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash, tibbiyot muassasalari faoliyatini ilg‘or xorijiy tajriba asosida tashkil etish, tibbiyot kadrlarining salohiyatini oshirish, nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator istiqbolli say-harakatlarni amalga oshirish belgilandi.

Jumladan yetakchi xorijiy ekspert va konsultantlar ishtirokida kadrlar salohiyatini oshirish, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini, hududlar va respublika darajasida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni yangi tamoyillar asosida tashkil etish va uning sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, sohada samaradorlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha 40 ta amaliy harakatni o‘z ichiga olgan mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilganligi tibbiyot rivojini jadallashtiradi. Ushbu takliflarni amalga oshirish, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash va sohada islohotlarni jadallashtirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasida davlat muassasasi shaklida “Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi tashkil etilishi maqsad qilindi.

Bundan tashqari, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi. Bunda, talabalar o‘qish davomiyligidan kelib chiqib ikkinchi yoki uchinchi kurs yakuni bo‘yicha, birinchi bosqichda, fundamental fanlar bo‘yicha (anatomiya, gistologiya, fiziologiya, mikrobiologiya, immunologiya, biokimyo, farmakologiya, jamoat salomatligi va boshqalar), ikkinchi bosqichda, klinik va amaliy ko‘nikmalarni baholashga qaratilgan davlat imtihonlarini topshirishi belgilab olindi. Bu esa tibbiy oliy ta’lim tizimida o’qitishning ilg’or xorijiy usullarini amaliyotga keng tadbiq etish zarur ekanligini anglatadi.

Hozirgi vaqtda simulyatorlar tibbiyot sohasida ta’lim olayotgan talabalarni o‘qitish va inson faoliyatini obyektiv baholash uchun keng ko‘llanilib kelmoqda. Asosan simulyatorlar zarur klinik senariyalarni ko‘p marotaba va aniq tasavvur etish va har bir talabani o‘quv jarayoniga moslashish imkonini beradi.

O‘quv jarayonida mashg‘ulotlarni olib borishni simulyatorlar, manekenlar, fantomlardan foydalanish talabalarda kasbiy va umummadaniy kompetensiyalarni shakllantirishga yordam beradi. O‘qitish jarayonida interaktiv usullarni qo‘llashga tayangan o‘quv jarayoni, guruhning barcha talabalarini o‘quv materialini o‘zlashtirishga jalb etish asosida tashkil qilinadi.

Simulyasion vositalaridan foydalanish ko’plab tibbiy ta’lim muassasalarida mutaxassislar uchun ta’lim va treningning odatiy qismiga aylandi. Bu usulning ta’limda qo’llashning asosiy afzalligi shundaki, mutaxassisning tibbiy malakasi va bilimlari kamolotga yetguncha ro’y berishi mumkin bo’lgan asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Ushbu ilmiy tadqiqotning asosiy maqsadi simulyasion ta’limning talablarda klinik malakalari, bilimlari va o’ziga ishonch darajasini ortishiga olib keladi.

Talabalar amaliy mashg‘ulotlar vaqtida tematik mavzu bo‘yicha turli manipulyatsiyalarini bajarishni, keyinchalik esa interaktiv o‘quv dasturi bo‘yicha kompyuterli imitatsiya jarayonini ko‘rib o’rganishadi.

Talabalar birinchi bosqich – nazariy tayyorgarlikdan o‘tib, ikkinchi bosqich - amaliy ko‘nikmalarni va shoshilinch holatlarni davolashning virtual algoritmini o‘zlashtirib, keyingi bosqichda - markazning simulyatsion (imitatsion palatalar) qismiga qadam qo‘yishadi. Ya’ni haqiqiy hayotga yaqinlashtirilgan real holat, real jihozlar, manekin va uning aralashuviga mustaqil javob beradigan, ko‘p marotaba takrorlash va yo‘l qo‘ygan xatolarini o‘zining psixomotor ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘li bilan bartaraf etish, patsent va komanda bilan ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishadi.

Tibbiy ta’limning zamonaviy rivojlanish tendensiyasi turli klinik ssenariylarni imitatsiyasida maksimal darajada realizmga erishish imkonini beradigan simulyatsion texnikalarni qo‘llashni talab etadi. Shuningdek, barcha diagnostik va davolash manipulyatsion texnik ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkonini beradi.

Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, simulyatsiya talabalarda topshirilgan kompetensiyalarni o‘zlashtirish va keyinchalikreal hayotga tadbiq etishni osonlashtiradi.

Taʼlimning turli sohalarida kompyuter telekommunikatsiyalarining qoʼllanilish tajribalaridan shuni koʼrish mumkinki, axborot texnologiyalari bizga bir qator ijobiy imkoniyatlarni yaratib berayapti, quyidagilar shular jumlasidandir:

  • 1)    professor-oʼqituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalarning har xil turdagi hamkorlik ilmiy tadqiqotlarini (har xil ilmiy-amaliy loyihalar yordamida chinakam ijodiy tadqiqot, mustaqil amaliy faoliyat, mustaqil bilim orttirish, amaliy ijodiy faoliyat va boshqa turdagi hamkorliklarni) tashkil etish;

  • 2)    ilmiy-uslubiy markazda taʼlim olayotgan keng ommaga tezkor mutaxassis maslahatlarini tashkil etish va yetkazish;

  • 3)    masofaviy taʼlim va pedagogik kadrlar malakasini oshirish tarmogʼini tashkil etish;

  • 4)    tezkor axborot almashinuvi;

  • 5)    taʼlimda-gi sheriklarning, bu talaba, oʼquvchi, oʼqituvchi, ilmiy xodim boʼlishidan qatʼiy nazar, ularga oʼzaro fikr almashinish koʼnikmalarini hosil qilishni, muomala madaniyatini va oʼz fikr-mulohazalarini tez, loʼnda va aniq ifoda etishni oʼrgatish;

  • 6)    madaniy, etnik, inson parvarlikning keng qamrovli ijobiy axborotlari bilan fikr almashinish natijasida yoshlarning madaniy va ijtimoiy qobiliyati va layoqatini oʼstirish.

Taʼlim jarayonida axborot texnologiyalarini qoʼllashda talabalarni faqatgina ekrandagi axborotlarni koʼrishiga va ularni qabul qilishgagina emas, balki ularning oʼzlari ham bu jarayonda ijodiy ishtirok etishlariga oʼrgatishimiz lozim. Loyihalar, diplom ishlari, ilmiy izlanishlar va boshqalarini muhokama qilish uchun ilmiy veb-saytlar ishlab chiqish lozim. Shundagina, bir raqamli texnologiyalardan foydalanib taʼlim sifatini oshirgan holda talaba yoshlarga bugungi kun talabi darajasida bilim olishlariga erishamiz.

Qachonki, planshet taʼlim olishning bir elementiga aylansa, bolalar oʼqish jarayoniga katta qiziqish bilan kirishadi. Bu oʼyin bilan klassik taʼlimni birlashtirishga tengdir. Natijada oʼqish jarayoni yaxshilanadi, oʼzlashtirish, taʼlim darajasi va kadrlarni tayyorlash samaradorligi oshadi. Bilimli avlod, professional kadrlar — bu jamiyatning keng miqyosda rivojlanishining garovidir.

Har bir talabaning kasbiy faoliyatini yoki uning elementi kasbiy standartlarga va yoki tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonlariga (qoidalariga) talablarni amalga oshirish qobilyatini 3 D anatomik stoli, 3 D doska, virtual ko’zoynaklardan foydalangan holda o‘rgatish muhimdir.

Bugungi kunda sanoat amaliyoti, tibbiyot texnologiyalari sohasidagi fundamental fanlar va zamonaviy kompyuter 3D texnologiyasini rivojlantirishning muvaffaqiyatli uyg‘unlashuvi natijasida hosil bo‘lgan mahsulot 3D sensor ekranli vizualizatsiya stoli va doskasidir.

  • 3    D anatomik stoli o‘qituvchilarni ishini ancha osonlashtirib, talabalarningbilim salohiyatini oshiradi. Inson tanasining haqiqiy anatomiyasini juda batafsil kompyute tasviridan foydalangan holda o‘rganishga yordam beradi.

  • 3    D anatomik jihozlar yordamida talabalar deyarli har qanday tibbiy asbob – uskunalar yordamida olingan har qanday animatsiya va videolarini ko‘rishlari mumkin.

O‘quv jarayonida 3D anatomik jihozlar kuchli o‘quv vositasi bo‘lib, uning yordamida talaba nafaqat anatomiyani yangi usulda o‘rganishi, balki operatsiyani o‘zi eng yaxshi tarzda rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. 3 D anatomik jihoz yordamida «Odam anatomiyasi» fanlari, yuqori kurslarda esa «Klinik anatomiya» fanlari o‘qitiladi.

Bundan tashqari 3 D anatomik jihoz turli mutaxasislar guruhlarida jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berish uchun ham mo‘ljallangan. Bunda jarroh bemorni 3 D real o‘lchamdagi istalgan sohadan tekshirishi mumkin. Masalan, asosiy qon tomirlar va nervlarning joylashishini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa rejalashtirilgan operatsiya samaradorligini oshiradi va ko‘pincha bemorning hayotini saqlab qolishga yordam beradi.

  • 3    D anatomik jihozlar tibbiyot universitetlari uchun o‘quv jarayonida optimal yordam beradi.

  • 3    D anatomik jihozlar anatomiyani juda batafsil kompyuter tasviridan foydalangan holda tadqiqot o‘tkazish imkonini beradi.

Interaktiv rejimda virtual tasvirlar bilan ishlash, oddiy bir teginish bilan ekran elementlarini tanlash imkonini beradi.

Virtual ko’zoynaklardan foydalanib, anatomiyani o’rganish talabani virtual olamiga olib kiradi, u inson organlarini ichidan ko’rish, ularni ushlash, jarrohlik amaliyotini bajarish imkoniga ega bo’ladi.

Dalillar shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar ta’limida simulyasion mashg’ulotlardan foydalanish bilim, ko’nikma va talabaning o’ziga bo’lgan ishonch darajasi sezilarli darajada yaxshilaydi.

ADABIYOTLAR

  • 1.    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi PQ-38-sonli “Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori.

  • 2.    Iskanova G.X. Simulyatsion ta’limning imkoniyatlari. “Oliy tibbiy ta’lim sifatini oshirishda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman materiallari, Toshkent-2024, 65-66-b.

  • 3.    Parpibayeva Dinara Ayupovna, Salimova Nargiza Djuraboyevna, Ergashov Nodirbek Shermuxamat o‘g‘li. Tibbiyotda simulyatsion o‘qitish: muammodan yechimgacha. “Oliy tibbiy ta’lim sifatini oshirishda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman materiallari, Toshkent-2024, 68-69-b.

  • 4.    Tagayeva M.X., Salayeva M.S.tibbiyot oliygohi talabalari uchun simulyatsion о‘qitish. “Oliy tibbiy ta’lim sifatini oshirishda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman materiallari, Toshkent-2024, 69-70-b.

  • 5.    Xudayberdiyev X.B., Xudaybergenov U.A. tibbiy ta’limda simulyasion darslarning ahamiyati. “Oliy tibbiy ta’lim sifatini oshirishda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman materiallari, Toshkent-2024, 71-b.

  • 6.    Усманов Р.Дж., Миршарапов У.М., Ахмедова С.М. одам анатомияси фанини ўқитишда интерфаол электрон досканинг ўрни. “Oliy tibbiy ta’lim sifatini oshirishda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman materiallari, Toshkent-2024, 110-b.

RHJ-1-2024

Список литературы Oliy tibbiy taʼlim tizimi samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi PQ-38-sonli “Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori.
  • Iskanova G.X. Simulyatsion ta’limning imkoniyatlari. “Oliy tibbiy ta’lim sifatini oshirishda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman materiallari, Toshkent-2024, 65-66-b.
  • Parpibayeva Dinara Ayupovna, Salimova Nargiza Djuraboyevna, Ergashov Nodirbek Shermuxamat o‘g‘li. Tibbiyotda simulyatsion o‘qitish: muammodan yechimgacha. “Oliy tibbiy ta’lim sifatini oshirishda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman materiallari, Toshkent-2024, 68-69-b.
  • Tagayeva M.X., Salayeva M.S.tibbiyot oliygohi talabalari uchun simulyatsion о‘qitish. “Oliy tibbiy ta’lim sifatini oshirishda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman materiallari, Toshkent-2024, 69-70-b.
  • Xudayberdiyev X.B., Xudaybergenov U.A. tibbiy ta’limda simulyasion darslarning ahamiyati. “Oliy tibbiy ta’lim sifatini oshirishda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman materiallari, Toshkent-2024, 71-b.
  • Усманов Р.Дж., Миршарапов У.М., Ахмедова С.М. одам анатомияси фанини ўқитишда интерфаол электрон досканинг ўрни. “Oliy tibbiy ta’lim sifatini oshirishda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman materiallari, Toshkent-2024, 110-b.
Еще
Статья научная