Kanallardagi rostlovchi inshootlar flyutbeti filtratsiyasiga oid hisoblar
Автор: Mirzayev M., Eshonov B., Hikmatov F.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 9 (100), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqola Amu-Buxoro Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi “Shohrud” kanalida joylashgan “Xachkab” gidrouzeli zamini bo’yicha olib borilgan filtratsiya hisoblarining natijalari keltirilgan. Filtratsiya hisoblari ingliz olimi Blyay tomonidan taklif etilgan to’g’ri chiziqli kontur filtratsiya metodi asosida olib borilgan. Olingan natijalar bo’yicha inshoot zaminida sodir bo’layotgan jarayonlar o’rganilib, xulosalar berilgan.
Gidrouzel, to'g'ri chiziqli filtratsiya, nishablik koeffitsiyenti
Короткий адрес: https://sciup.org/140300594
IDR: 140300594 | УДК: 628.16.067.1
Текст научной статьи Kanallardagi rostlovchi inshootlar flyutbeti filtratsiyasiga oid hisoblar
Filtratsiya deganda, suyuqlikning gruntlardagi g’ovaklik, yoriq (qoyali) orqali harakatiga aytiladi. Bunday gruntlardagi filtratsiya oqimining egallagan fazosiga filtratsiya viloyati deyiladi.
Biz filtratsiya hisoblarni to’g’ri chiziqli kontur filtratsiya metodi bo’yicha olib boramiz. Ushbu metod inshoot ostidagi real holatga yaqin naijalar olishimizga imkon beradi.
Inshoot flyutbeti ostidagi perimetrining yo‘l qo‘yilgan uzunligi L p quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi
L p =C∙H=4,85∙6,0=29,1
Bu formulada H–yuqori be’fdagi suvning chuqurligi, C–nishablik koeffitsiyenti, bu inshoot asosidagi tuproqlarga muvofiq quyidagi 1–jadval bo‘yicha belgilanadi.
Inshoot flyutbeti ostidagi perimetrning uzunligi aniqlanadi.
Buni amalga oshirish uchun yuqori be’f tomonidan pastki be’f tomoniga qaratib son bo‘yicha inshoot flyutbeti ostidagi raqamlar bilan burchakli nuqtalar belgilanadi. Undan so‘ng to‘g‘ri gorizontal chiziqni o‘tkazib, unda bir–biridan joylashuvi masofalar orqali ushbu burchakli nuqtalar raqamlar bilan ko‘rsatiladi.

1-rasm. Ochiq rostlovchi inshoot bo‘ylama qirqimi va uning flyutbetiga ta’sir etadigan filtratsiya bosimi epyurasi.
Birinchi nuqtadan oxirgi nuqtagacha inshoot ostidagi flyutbet perimetrining uzunligi L o‘lchangan holda, masshtab bo‘yicha chizmadan aniqlanadi (1-rasm).
L=l1-2+l2-3+l3-4+l4-5+l5-6+l6-7+l7-8+l8-9+l9-10+l10-11+l11-12+l12-13+l13-14 = 3,61+2+2,01+0,03+0,03+9,3+0,55+6,6+9,94+2,11+0,85+2+ +0,85=40,37
Inshoot flyutbeti ostidagi perimetrining uzunligini yo‘l qo‘yilgan uzunligi Lp bilan solishtirib, L > L n shart bajarilishi tekshiriladi.
Bunda L > L n – shart bajarilmasa chizmada (1- rasm) ponur o‘lchamini o‘zgartirib, uni kattaroq o‘lchamda belgilashga to‘g‘ri keladi, bunda L uzunligi oshadi.
Inshoot ostiga ta’sir etadigan filtratsiya bosimi epyurasi tuziladi.
Inshoot kirish qismiga ta’sir etadigan filtratsiya suv bosimining kuchi aniqlanadi.
Buni bajarish uchun inshoot kirish qismi 1 o‘lchov birligi eniga ta’sir etadigan filtratsiya suv bosimining kuchi aniqlanadi. Ushbu kuch filtratsiya bosimi epyurasi maydonidir.
U quyidagicha aniqlanadi:
ω f = 0,5∙(h 7 + h 12 )∙L 6-12 =0,5∙ (2,77+0,39)∙20,05=37,09 m2
Bunda h 6 –inshoot kirish qismi suv urilmasi boshidagi (6–nuqtasidagi)
filtratsiya bosimi, h 11 –inshoot kirish qismi suv urilmasi oxiridagi (11–nuqtadagi) filtratsiya bosimi, L 6-11 - inshoot kirish qismi suv urilmasining 6 –nuqtadan 11– nuqtasigacha ostki konturining uzunligi,
L 6-11 = l6-7+l7-8+l8-9+l9-10+l10-11+l10-12=0,55+6,6+9,94+2,11+0,85=20,05 m
Filtratsiya bosimi kuchi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi
P f = γ suv ∙ω f ∙V f =1∙37,09∙6=222,54 kN
Bunda γ suv - suvning hajmiy og‘irligi, γ suv =1 t/m3;
V f – inshoot kirish qismining bir seksiyaning eni, n > 3 bo‘lgani uchun.
V f = b st + 2∙0,5∙t u =5+2∙0,5∙1= 6 m
Bu formulalarda t u –ustunning qalinligi, b st –inshoot oralig’ini standart eni, H o‘rta –inshoot kirish qismini o‘rtacha ko‘ndalang qirqimi bo‘yicha yon devorlarining balandligi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
-
1. A Krutov, B Norkulov, P Nurmatov, M Mirzaev, “Applicability of zerodimensional equations to forecast nonconservative components concentration in water bodies” IOP Conference Series: Materials Science and Engineering 2020 , volume 883 https://iopscience.iop.org/issue/1757-899X/883/1
-
2. B Uralov, K Isabaev, F Jamolov, M Akhmadi, M Mirzaev. “The influence of the shape the living section of the pressureless machine channel and the roughness of its wetted surface on the hydraulic resistance” International Scientific Conference Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering (CONMECHYDRO – 2020) 23-25 April 2020, Tashkent, Uzbekistan https://iopscience.iop.org/issue/1757-899X/883/1
-
3. IA Ibragimov, UA Juraev, DI Inomov. Hydromorphological dependences of the meandring riverbed forms in the lower course of the Amudarya river. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. (2022-01-18, Volume: 949, 1-8 p. )https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1755-1315/949/1/012090
-
4. H Ismagilov, I Ibragimov. Hydraulic parameters on the curvilinear section of
the river channel in conditions of regulated water flow. Conferința "Cadastru și Drept" Lucrări ştiinţifice, Chișinău, Moldova. (2013. Volume: 33, 69-72 б.) https://ibn.idsi.md/sites/default/files/imag_file/69-72_5.pdf
-
5. Х.А Исмагилов, И.А. Ибрагимов. Рекомендации по гидравлическому расчету и креплению берегов русла реки Амударья, в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014/3. №1. 66-69 c.)
-
-
6. ХА Исмагилов, ИА Ибрагимов. Движение паводковых вод в руслах в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014. №1. 69-71c.)
-
7. ИА Ибрагимов. Морфологические параметры на криволинейном участке реки в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014. №1. 65-68c.)
-
8. ХА Исмагилов, ИА Ибрагимов. К вопросу о коэффициенте шероховатости русел рек в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: ГИДРОТЕХНИКА. (2013. №4. 40-45c.)
-
9. HA ISMAGILOV, IA IBRAGIMOV. Hydromorphological relations of channels under regulated runoff conditions. Journal Problem’s of Mechanics, Tashkent. (2011. №1. 35-37p.)
"Экономика и социум" №9(100) 2022
Список литературы Kanallardagi rostlovchi inshootlar flyutbeti filtratsiyasiga oid hisoblar
- A Krutov, B Norkulov, P Nurmatov, M Mirzaev, "Applicability of zero-dimensional equations to forecast nonconservative components concentration in water bodies" IOP Conference Series: Materials Science and Engineering 2020, volume 883 https://iopscience.iop.org/issue/1757-899X/883/1.
- B Uralov, K Isabaev, F Jamolov, M Akhmadi, M Mirzaev. "The influence of the shape the living section of the pressureless machine channel and the roughness of its wetted surface on the hydraulic resistance" International Scientific Conference Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering (CONMECHYDRO - 2020) 23-25 April 2020, Tashkent, Uzbekistan https://iopscience.iop.org/issue/1757-899X/883/1.
- IA Ibragimov, UA Juraev, DI Inomov. Hydromorphological dependences of the meandring riverbed forms in the lower course of the Amudarya river. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. (2022-01-18, Volume: 949, 1-8 p.)https://iopscience.iop.org/article/.
- H Ismagilov, I Ibragimov. Hydraulic parameters on the curvilinear section of the river channel in conditions of regulated water flow. Conferința "Cadastru și Drept" Lucrări ştiinţifice, Chișinău, Moldova. (2013. Volume: 33, 69-72 б.) https://ibn.idsi.md/sites/default/files/imag_file/69-72_5.pdf.
- Х.А Исмагилов, И.А. Ибрагимов. Рекомендации по гидравлическому расчету и креплению берегов русла реки Амударья, в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014/3. №1. 66-69 c.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0DZEakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:xtRiw3GOFMkC.
- ХА Исмагилов, ИА Ибрагимов. Движение паводковых вод в руслах в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014. №1. 69-71 c.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0DZEakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:tS2w5q8j5-wC.
- ИА Ибрагимов. Морфологические параметры на криволинейном участке реки в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014. №1. 65-68 c.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0DZEakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:maZDTaKrznsC.
- ХА Исмагилов, ИА Ибрагимов. К вопросу о коэффициенте шероховатости русел рек в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: ГИДРОТЕХНИКА. (2013. №4. 40-45 c.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0DZEakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:1sJd4Hv_s6UC.
- HA ISMAGILOV, IA IBRAGIMOV. Hydromorphological relations of channels under regulated runoff conditions. Journal Problem's of Mechanics, Tashkent. (2011. №1. 35-37 p.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0DZEakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:pqnbT2bcN3wC.