Kichik biznes sub’ektlarini tijorat banklar tomonidan kreditlashda xorij tajribasi
Автор: Bekmurodov A.A.
Журнал: Теория и практика современной науки @modern-j
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 6 (96), 2023 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlashda yuzaga keladigan kamchiliklar va muammolar ularni bartaraf etishdagi tavsiya va takliflar borasida fikr yuritiladi.
Bank ishi, mijoz, kichik biznes, tadbirkorlik, kichik firma, jahon banki, bank krediti
Короткий адрес: https://sciup.org/140302056
IDR: 140302056
Текст научной статьи Kichik biznes sub’ektlarini tijorat banklar tomonidan kreditlashda xorij tajribasi
Har qanday mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining darajasi ayni shu mamlakatda tadbirkorlik qay darajada taraqqiy etganligidan dalolat berib turadi. Sir emaski, iqtisodiyotning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi uning tarkibidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ulushining ko‘payib borishi bilan belgilanadi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining kun sayin ko‘payib borishi esa, o‘z navbatida, mamlakatda yaratilgan ishbilarmonlik muhitiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Bugungi kunda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 53,3 foizni tashkil etmoqda.
Xalqaro amaliyotda yirik moliya muassasasi hisoblangan Jahon banki tomonidan kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini kreditlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ishlar ko’lami yildan –yilga ko’payib bormoqda. Ushbu ishlar natijasida jahon amaliyotida, kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish, kreditlardan samarali foydalanish bilan bog‘liq jihatlariga a’lohida e’tibor qaratilmoqda. Lekin, shunga qaramasdan banklar tomonidan kichik biznes sub’ektlariga xizmat ko‘rsatish madaniyati va bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishda bir qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda. Xususan, kreditlarni ajratish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda vakolatlarning haddan tashqari markazlashganligi bosh banklar va ularning filiallari o‘rtasidagi javobgarlikning aniq chegaralanishiga to‘sqinlik qilayotganligi, kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqishning murakkablashgan mexanizmlari kreditlarni tezkor olish imkoniyatini chegaralayotganligi, kichik biznesni kreditlashning dolzarb muammolari yuzasidan izlanishlar olib borish, xalqaro tajribani o‘rganish va uni respublika bank xizmatlari bozorida qo‘llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish muhim omil hisoblanadi.
Bizdagi ma’lumotlatga qaraganda butun dunyo bo‘ylab kichik biznesni rivojlantirishga aholini ish bilan ta’minlashga juda katta e’tibor qaritilmoqda. Xususan, 2018 yilning yanvar oyida “Jahon banki kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qariyb 4,8 mln. AQSh dollariga teng kreditlarni dunyoning 47 davlatida 61 ta loyihani moliyalashtirish uchun ajratdi”1. Kichik va o‘rta biznes sub’ektlari xalqaro moliya tashkilotlari va tijorat banklari tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinishiga qaramay, kichik va o‘rta biznes korxonalari yirik kompaniyalarga qaraganda ko‘proq moliyaviy to‘siqlarga duch kelmoqdalar. Xalqaro tajribalar ko‘rsatishicha kichik va o‘rta biznesni kreditlashda tijorat banklari va kredit uyushmalari an’anaviy tarzda kreditlash usullaridan foydalanib kelmoqda. Jahon banki tomonidan “45 ta davlatning 91 ta tijorat banklarida olib borilgan tadqiqotlar natijasida kichik va o‘rta biznes segmenti bank uchun foydali mijoz ekanligi ma’lum bo‘ldi, lekin rivojlanayotgan mamlakatlarda makroiqtisodiy beqarorlik va kichik biznes sub’ektlarini rivojlangan mamlakatlarning kichik biznes sub’ektlari bilan taqqoslaganda asosiy muammolardan biri bo‘lib ularni moliyalashtirish ko‘zga tashlanmoqda”2
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini banklar tomonidan kreditlar asosida moliyaviy qo‘llab quvvatlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. 20172021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish”3 vazifasi belgilab berilgan. Xususan, banklar tomonidan kichik biznes sub’ektlari faoliyatini kreditlash samaradorligini tavsiflovchi mezonlar banklarning kredit siyosatida o‘z ifodasini topmaganligi, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda kichik va o‘rta biznesni kreditlash borasida katta amaliy va boy tajriba to‘planganligini, ushbu ilg‘or xorij tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va undan O‘zbekiston amaliyotida foydalanish imkoniyatlarini ilmiy jihatdan asoslab berish respublikamiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishda ularning sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga e’tibor beriladi. Sifat ko‘rsatkichlarga korxonaning boshqaruv tizimining soddaligi, bozordagi ulushiga ega bo‘lishi kabi ko‘rsatkichlar kirsa, ko‘p tarqalgan miqdor ko‘rsatkichlariga esa korxonada ishlovchilar soni, asosiy mablag‘lar qiymati, mahsulot sotish hajmi kabi ko‘rsatkichlar kiradi. Aynan shu ishchilar soniga qarab aniqlashda ham turli xilma-xillik mavjud. Masalan, Yaponiya va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida
300 kishigacha, AQSh va Italiyada 500 kishigacha, Tailand va Singapurda 50 kishigacha ishlovchisi bo‘lgan korxonalar kichik korxonalar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta korxonalar sektori “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” deb ifodalanadi.
Kichik biznes sub’ektlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar kiradi. O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tasniflanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 avgustdagi “Iqtisodiy faoliyat turlarini xalqaro tasniflash tizimiga o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 275-sonli Qarori bilan tartibga solinadi va faqatgina bitta “Xodimlar soni” mezonini o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda “o‘rta biznes” segmenti mavjud emas.
Ходимлар сони буйича тацсимланиши Мисоллар
Микрофирма
Кичиккорхона
Корхонада ходимлар сони»

Алкоголсиз ичимликлар ва пиво чакана савдоси
Кувур транспорти орхали та шиш
Сабзавотларни етиштириш
^йим-кулги ва спорт анжомларини ижарага олиш ва лизинг
Йуловчи темир йул транспорти, шахарлараро ташишлар
Симеиз хизматларни такдим этиш
Мехмонхоналар ва ухшаш турар жой
Веб-по рталлар
Паррандачилик
Пукак, сомон ва тухув учун материаллардан махсулотларни ишлаб чихариш
Корамолларни хушхоналарда суйиш, гуштни хайта ишлаш ёки кадохлаш
Маиший электроника хурилмаларини ишлаб чи хариш1
Umuman olganda, dunyo mamlakatlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tajribasi o‘rganilganda, turli mamlakatlarda bu sohani takomillashtirish borasida turlicha mexanizmlar qo‘llanilganligi va qo‘llanilayotganligini ko‘rish mumkin. Masalan, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti mamlakatlarida “bir darcha” tamoyilidan keng foydalaniladi. Fransiyada esa Biznes-rasmiyatchiliklar bo‘yicha markazlar tarmog‘i bo‘lib, mazkur Markazlar ruxsatnomalar berish borasida vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan talablarga ko‘ra tadbirkorlarga va boshqa manfaatdor shaxslarga ma’lumotlar taqdim etib boradi. Hozirda Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti davlatlarida ruxsat berish bilan bog‘liq tartib-taomillarni yanada qisqartirish bo‘yicha maxsus ko‘rsatma qabul qilingan.
Shu bilan bir qatorda, sohada axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, “on-line” rejimi orqali hujjatlarni elektron tarzda taqdim etishni joriy qilish va hujjatlarni faqat sud qaroriga asosan chaqirib olish tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan. Xitoy, Bolgariya, Kolumbiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Moldova, Xorvatiya kabi mamlakatlar bu borada o‘ziga xos yo‘l tutganliklarini ham aytib o‘tish lozim5. Bu mamlakatlarda juda qisqa vaqt mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochilganligi, xususan ruxsat berish tartib-tamoyillari soddalashtirilganligi va qisqartilganligi natijasida biznesni tashkil qilishga ketadigan xarajatlar hamda vaqt tejalishi hisobiga investitsiyalarning kirib kelishi osonlashgan. Ayniqsa, hujjatlarni “bir darcha” orqali taqdim etish prinsipi asosida ishni tashkil qilish sezilarli ravishda ijobiy natija bergan.
Birgina misol bugungi kunda Niderlandiyada tadbirkorlik sohasidagi g‘ov va to‘siqlarni bartaraf qilish, ruxsat berish tartibotining qisqartirilishi va soddalashtirilishi tufayli har yili 2 mlrd. AQSh dollari miqdorida davlat mablag’lari iqtisod qilinayotganligi6 yaxshi natijadir.
Maqolani bajarish jarayonida kichik biznesni kreditlash bo‘yicha xorij tajribasi asosida takomillashtirish bo‘yicha xulosalar shakllantirildi:
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
-
1. O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi Qonuni. – T.: “O’zbekiston”, 2000 y. 15 iyun. 51 modda. http://lex.uz/docs/31846 8-modda.
-
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 yanvardagi “Kichik va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimini yanada kengaytirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2746-sonli Qarori.
-
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2018 yil 23 martdagi PQ 3620 sonli Qarori.
-
4. Alimardonov I.M. “Kichik biznes subyektlarini kreditlashning uslubiy va amaliy asoslarini takomillashtirish” Dok. diss. avtoref. Toshkent 2018 y. 18-bet.
-
5. Rustamov M. ECONOMETRIC ANALYSIS OF MACROECONOMIC INDICATORS AND SMALL BUSINESS LOANS //International Finance and Accounting. – 2022. – T. 2022. – №. 1. – S. 5.
-
6. Togayev S., Ergashev J. PECULIARITIES OF ORGANIZATIONAL STRATEGY FORMATION //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – T. 2. – №. 1. – S. 459-464.
-
7. Bekmurodov A. A. IMPROVING THE INTRODUCTION OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN COMMERCIAL BANKS //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2021. – T. 9. – №. 10. – S. 355-357.
-
7. Bekmurodov A. THE IMPACT OF TRANSFORMATION PROCESSES ON THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS //Archive of Conferences. – 2021. – S. 52-54.
-
8. Malikova D. METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS //Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects. – 2023. – S. 96-98.
-
9. Ziyadullayevich X. H. Analysis of Financial Stability of Commercial Banks and Influenced Factors //Miasto Przyszłości. – 2022. – T. 29. – S. 239241.
Karimova A. Sovershenstvovaniye bankovskogo kreditovaniya innovasionnogo razvitiya predpriyatiy sferы turizma //Ekonomika i obrazovaniye. – 2021. – №. 4. – S. 59-65.
Список литературы Kichik biznes sub’ektlarini tijorat banklar tomonidan kreditlashda xorij tajribasi
- O'zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni. - T.: "O'zbekiston",2000 y. 15 iyun. 51 modda. http://lex.uz/docs/318468-modda.
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 yanvardagi "Kichik va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimini yanada kengaytirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2746-sonli Qarori.
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2018 yil 23 martdagi PQ 3620 sonli Qarori.
- Alimardonov I.M. "Kichik biznes subyektlarini kreditlashning uslubiy va amaliy asoslarini takomillashtirish" Dok. diss. avtoref. Toshkent 2018 y. 18-bet.
- Rustamov M. ECONOMETRIC ANALYSIS OF MACROECONOMIC INDICATORS AND SMALL BUSINESS LOANS //International Finance and Accounting. - 2022. - T. 2022. - №. 1. - S. 5.
- Togayev S., Ergashev J. PECULIARITIES OF ORGANIZATIONAL STRATEGY FORMATION //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - T. 2. - №. 1. - S. 459-464.
- Bekmurodov A. A. IMPROVING THE INTRODUCTION OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN COMMERCIAL BANKS //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 9. - №. 10. - S. 355-357. Karimova A. Sovershenstvovaniye bankovskogo kreditovaniya innovasionnogo razvitiya predpriyatiy sferы turizma //Ekonomika i obrazovaniye. - 2021. - №. 4. - S. 59-65.
- Bekmurodov A. THE IMPACT OF TRANSFORMATION PROCESSES ON THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS //Archive of Conferences. - 2021. - S. 52-54.
- Malikova D. METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS //Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects. - 2023. - S. 96-98.
- Ziyadullayevich X. H. Analysis of Financial Stability of Commercial Banks and Influenced Factors //Miasto Przyszłości. - 2022. - T. 29. - S. 239-241.