Maktabgacha ta’lim muassasalarida qiziqarli o’yinlar yordamida ekologik ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Автор: Ergasheva T.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 5-2 (96), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ekologik bilim va ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida olib borilgan qiziqarli o’yinlarning natijalari keltirib o’tilgan.
Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, ekologik savodxonlik, ekologik madaniyat, tabiatni muxofaza qilish, qiziqarli o'yinlar
Короткий адрес: https://sciup.org/140300357
IDR: 140300357
Текст научной статьи Maktabgacha ta’lim muassasalarida qiziqarli o’yinlar yordamida ekologik ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Zero O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 434-son qarorning 10-bandida “Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanuvchilarning ekologik ongi ularning ko‘ziga yaqqol tashlanadigan atrof tabiiy muhit (er, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi) bilan “Ona tabiat” mavzusida ochiq havoda tanishtiruv soatlari o‘tkazish, rasmlar chizdirish, atrof olam haqidagi she’rlarni yod oldirish, mashqlarni bajartirish va turli mavzudagi o‘yinlarni tashkil etish orqali shakllantiriladi” deb alohida belgilab qo’yilgan [1]. Bundan tashqari ba’zi internet manbaalarida keltiriladiki - “Maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik ta’lim berishning asosiy turlaridan biri didaktik o'yinlar hisoblanadi. Qiziqarli o’yinlar tufayli bolalar tabiatni yanada yorqinroq tasavvur eta boshlaydi, tabiat elementlarini bir biri bilan solishtiradi va ularni tasniflaydi. Bolalar tabiiy dunyo haqida yangi ma’lumotlarni o’rganadilar, jumladan, hayvonlar va o'simliklar hayoti haqida, ularni bir biri bilan munosabatlari haqida bilib olishadi. Didaktik o’yinlar orqali bolalarning tabiat haqidagi bilimlari bilan bir qatorda muloqot qobiliyatlari ham yaxshilanadi, xotira mustahkamlashadi, ijobiy hissiyotlar uyg’onadi, fikrlash qobiliyati va nutq ravonligi yaxshilanadi” [2].
ASOSIY QISM. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik savodxonligini va ekologik madaniyatini oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga turli usul va metodlardan foydalanib kelinmoqda. Bu borada yosh bolalarni samarali jalb eta oladigan qiziqarli o’yinlar yordamida ularning bilim darajalarini oshirish eng samarali usullardan biri bo’lishi mumkin. Shuni amalda sinab ko’rish va aniqlash maqsadida Namangan shahar 1 -sonli maktabgacha ta’lim muassasasida o’ziga hos tajriba o’tkazildi. Ya’ni, qiziqarli o’yin tarzidagi mashg’ulot tashkil etildi. Mashg’ulotni boshlash avvalida tarbiyalanuvchi bolalarning ekologik bilim darajalari savol-javob tarzida aniqlashtirib olindi (natijalar 1-jadvalda keltirilgan).
O’yin tafsilotlari va asosiy natijalar. Mashg’ulotni o’rta guruxda olib borilishi belgilandi va guruxdan 12 nafar bola tanlab olindi. Belgilangan xona ham mashg’ulot o’tkazishga tayyor qilib olingan edi, ya’ni belgilangan rangdagi hamda belgilangan materialdagi chiqindilar xona bo’ylab yoyib qo’yildi. Chiqindilar, asosan, 3 xil rangda ya'ni qizil, sariq va ko’k kabi yorqin ranglarda tayyorlandi hamda chiqindi tashlash uchun ham aynan mana shu ranglarga ega idishlar o’rnatildi.
Bolalarni 3 guruxga 4 nafardan qilib taqsimlab chiqildi. 1 - gurux quyoshcha, 2- gurux yulduzcha va 3-guruxni qaldirg'ochlar deb nomlandi. Bolalarning vazifalari turli ranglardagi chiqindilarni ayni o’sha rangdagi chiqindi qutisiga tashlashdan iborat bo’ldi. Ushbu shartlar asosida o’yin mashg’ulotlari olib borildi. Takidlash joizki, o’rta gurux bolalarida ranglarni to’g’ri ajratish hamda idishga to’g’ri joylash a’lo darajada amalga oshirildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bolalar mashg’ulotni deyarli qiyinchiliklarsiz yakunladilar. Shunday bo’lsada, bazi ishtirokchi bolajonlarda jismoniy jihatdan horiqish holatlari kuzatildi, lekin g’alaba qozonishga bo’lgan intilish, o’z jamoasini g’olib bo’lishiga bo’lgan ishtiyoq ularga kuch bag’ishlab turdi.
Natijalar shuni kõrsatdiki barcha jamoalar aktiv ishtirok etishdi. Lekin mashg’ulot qoidasi va sarflangan vaqt hisobga olindi. Shunga ko’ra birinchi va uchinchi jamoalarga qaraganda ikkinchi jamoa ishtirokchilari kam vaqt sarflagan holda, shuningdek, eng ko’p miqdorda chiqindilarni to’plaganliklari sababli g’olib jamoa deb topildi. Mashg'ulot so’nggida ularni rag’batlantirish maqsadida “Tabiatchi bolajon” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mashg’ulotni boshlash avvalida tarbiyalanuvchi bolalarning ekologik bilim darajalari savol-javob tarzida aniqlashtirib olingan edi. O’tkazilgan mashg’ulotning qay darajada samarali bo’lganini aniqlash uchun, mashg’ulotdan keyin ham savol-javoblar tashkil etildi. Ularning natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval).
1-jadval
Maktabgacha ta’lim muassasasida o’tkazilgan savol-javob natijalari
T/R |
Savollar |
Mashg’ulotdan avval |
Mashg’ulotdan keyin |
||
Jami ishtirokchilar |
To’g’ri javob berganlar |
Jami ishtirokchilar |
To’g’ri javob berganlar |
||
1 |
Chiqindi nima? |
12 |
7 |
12 |
10 |
2 |
Siz tabiatni asrash deganda nimani tushinasiz? |
12 |
4 |
12 |
*6 |
3 |
Chiqindini qayerlarga tashlash kerak? |
12 |
8 |
12 |
10 |
4 |
Hozirgi kunda nima uchun havo tez ifloslanmoqda? |
12 |
3 |
12 |
8 |
5 |
Tabiatni asrash uchun nimalarga e'tibor berish kerak? |
12 |
4 |
12 |
9 |
6 |
Siz bog'changizda chiqindilarni qayerlarga tashlaysiz? |
12 |
12 |
12 |
12 |
7 |
Siz tabiatni asrash uchun nimalar qilyapsiz? |
12 |
5 |
12 |
9 |
O’rtacha natija |
6 (50%) |
9 (75%) |
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turipdiki, mashg’ulotdan avval berilgan savollarga 12 nafar boladan o’rtacha 6 nafari yetarlicha aniq javob bera olgan holos. Mashg’ulot o’tkazilgandan so’ng aynan o’sha savollar qayta berildi. Natija o’rtacha 25% ga yaxshilanganini ko’rsatdi.
XULOSA. Ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida Namangan shahridagi 1-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida o’tkazilgan o’yinli mashg'ulotda bolalar tabiatni asrash kerakligini, turli hil chiqindilarni belgilangan chiqindi qutilariga tashlash lozim ekanligini anglab yetdilar. Chiqindilarni to’g’ri kelgan joyga tashlash ko’plab tirik organizmlarga salbiy ta’sir ko’rsatishi, shu jumladan inson salomatligiga jiddiy tasir qiluvchi turli xil kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin ekanligi haqida anchagina bilimga ega bo’ldilar. Mashg’ulot orqali erishilgan ijobiy natijalarni inobatga olib, yoshlar onggida ekologik savodxonlik va ekologik madaniyatni shakllantirish uchun qiziqarli o’yinlardan foydalanish va barcha maktabgacha ta'lim muassalariga joriy etish maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
-
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. “O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”. 434-son, Toshkent, 2019 yil 27 may.
-
2. www.uz.everaoh.com . Bolalar bogchasida ekologik ta'lim. https://uz.everaoh.com/bolalar-bogchasida-ekologik-talim/
"Экономика и социум" №5(96) 2022
Список литературы Maktabgacha ta’lim muassasalarida qiziqarli o’yinlar yordamida ekologik ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. "O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida". 434-son, Toshkent, 2019 yil 27 may.
- www.uz.everaoh.com.Bolalarbogchasidaekologikta'lim.https://uz.everaoh.com/bolalar-bogchasida-ekologik-talim/.