Methods of diagnosis and treatment of kidney stones

Автор: Gafurov A.S.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 12-1 (91), 2021 года.

Бесплатный доступ

This article describes kidney stone disease and its causes. Also, information on the use and treatment of urethroscopy, extracorporeal shock wave lithotripsy (ESWL), percutaneous nephrolithotripsy and folk remedies Astosh, Ayritosh, Golden Valley, Healing Pressure, Antivir biologically active food compounds in modern medicine of kidney stones' given.

Nephritis, pyelonephritis, kidney failure, kidney stones, folk medicine, peach kernels, parsley tincture, black peas

Короткий адрес: https://sciup.org/140288996

IDR: 140288996

Текст научной статьи Methods of diagnosis and treatment of kidney stones

Buyrak juft a'zo bо’lib, qorin bо’shlig’ining orqa dеvorida umurtqa pog’onasining ikki yonida joylashadi. Uning shakli loviyasimon, botiq yuzasi buyrakning darvozasi hisoblanadi. Buyrak artеriyalari kirib, buyrak vеnalari, siydik nayi va limfa tomirlari chiqadi. Bu yеrda siydik chiqaruv yо’llari – buyrak kosachalari, jomlari va siydik chiqaruv naylari joylashadi. Buyrak biriktiruvchi tо’qimadan iborat kapsula bilan qoplangan. [1].

Buyrak kasalliklari turli xil bo’lib, uning alomatlari ham turlicha:

  • -    tanadagi shish, bel va boshda og’riq paydo bo’lishi, nafas qisilib, yurak urishi ko’tarilishi, qon bosimi oshishi — nefrit kasalligiga dalolat;

  • -    yuqori tana harorati, terlash, mushaklarda og’riq, ko’ngil aynishi va qayt qilish, tez-tez hojatga chiqish va bunda og’riq his qilish, siydik rangining xiralashishi — pielonefrit alomatlari;

  • -    buyrak etishmovchiligi, esa siydik ajralmasligi, bosh og’riq, ko’ngil aynishi, asab tizimi buzilishi, ko’rish qobiliyatining pasayishi, ich ketishi va qayt qilish bilan namoyon bo’ladi. Bunday holatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

  • -    siydik rangining o’zgarishi, unda o’ziga xos hid paydo bo’lishi va o’tkir og’riq esa buyrakdagi toshlardan dalolat beradi [2].

Bundan tashqari, buyrak-tosh kasalligi inson organizmida moddalar almashinuvining buzilishi tufayli kelib chiqadi. Shuningdek, yetarli miqdorda suyuqlik ichmaslik sababli organizmda suv almashinuvining buzilishi, peshob yo’llarida paydo bo’ladigan infeksiyalar, peshob hajmi kamayib, tosh paydo qiluvchi moddalar miqdori organizmda ko’payganida, ba’zi dori preparatlaridan foydalanganda buyraklarda toshlar paydo bo’ladi [3]. Ko’pchilik golf to'pi kattaligiga etib boradigan katta buyrak toshlari haqida dahshatli voqealarni eshitgan, ammo aksariyat hollarda ularning diametri bir necha millimetrdan kam, shuning uchun jarrohlik amaliyotiga talab etilmaydi. Lekin, hatto kichik buyrak toshlari ham ikki kun davomida juda og'riq berishi mumkin. Bu esa buyrakdagi toshning kattaligini aniqlash va uni davolashga undaydi. Buyrak-tosh kasalligi qorin, bel va tos sohasida keskin og’riqlar berishi, ko’ngil aynishi, peshob rangining to’qlashishi, siydik ajralishining qiyinlashishi buyrakda tosh paydo bo’lganligini bildiradi.

Buyrak-toshlari paydo bo'lishining sabablariga yana quyidagilarni kiritish mumkin:

  •    Inson ingichka ichaklari juda ko'p kalsiyni o'zlashtirishi;

  •    Buyrak ratsionida kalsiy yoki boshqa minerallar juda ko'pligi;

  • -    Inson tanasida buyrak toshlarini hosil qilish ehtimolini oshiradigan ma'lum bir kasallikni meros qilib olgan holatda bo'lishi.

Buyrak toshlari xavfini oshiradigan boshqa omillarga quyidagilar kiradi:

  •    Yetarli suyuqlik ichmaslik (ayniqsa yozda);

  •    Yetarlicha mashq qilmaslik yoki harakatsiz turmush tarzi;

  •    Gipertenziya, bu odamlarda buyrak toshlari paydo bo'lish ehtimolini deyarli 3 baravar oshiradi;

  •    Stress;

  •    Noto'g'ri ovqatlanish odatlari;

  •    Metabolik sindrom;

  •    Semirib ketish.

Buyrak-tosh kasaligining taxminan 85% i buyrak toshlari siyish paytida o'tib ketadigan darajada kichikdir. O'tish odatda birinchi alomatlardan keyin 72 soat ichida sodir bo'ladi. Og'riq qoldiruvchi vositalarni qabul qilish va kuniga kamida 6-8 stakan suv ichish, qo'shimcha ravishda yotishdan oldin va tunda ikki stakan suv ichish, odatda toshning osonroq o'tishiga yordam beradi.

Dori-darmon vositalari bilan davolashda tosh organizmda harakatlanayotganda sizga og'riq qoldiruvchi vositalar kerak bo'lishi mumkin. U o'tib ketgandan so’ng, toshlar yana paydo bo'lishining oldini olish uchun yana dori-darmon vositalari kerak bo'lishi va bunday dorilar o’z ichiga giyohvand moddalarni olishi mumkin:

  •    Nosteroid yallig'lanishga qarshi dorilar (NSAID);

  •    Qattiq og'riqni nazorat qilish uchun giyohvand moddalar;

  •    Allopurinol, giperurikemiyani nazorat qilish uchun;

  •    Gidroklorotiyazid, I turdagi kaltsiy toshlari uchun;

  •    Sellyuloza natriy fosfat, I toifa kalsiy toshlari uchun va ichakning so'rilishini kamaytirish uchun;

  •    Ortofosfatlar, III turdagi kalsiy toshlari uchun.

  •    Uretroskopiya. Siydik chiqarish kanalining pastki uchdan bir qismidagi toshlarni aniqlashning diagnostik usuli.

  •    Ekstrakorporeal zarba to'lqini litotripsiyasi (ESWL). Shok to'lqinlari yordamida 1 sm gacha bo'lgan toshlarni parchalash uchun ishlatiladigan ambulatoriya usuli.

  •    Perkutan nefrolitotripsiya. Katta yoki zich buyrak toshlarini olib tashlash uchun jarrohlik muolajasi [4,5,6].

Shu bilan birga, shifokor tomonidan bemorning umumiy holatidan kelib chiqib, zamonaviy tibbiyotga yordamchi sifatida xalq tabobati usullaridan ham foydalanish mumkin. Bunday davolash usulidan hozirgi kunda keng ishlatilanayotgan Astosh, Ayritosh, Oltin vodiy, Shifoi bosim, Antivir biologik faol oziq-ovqat qo’shilmalaridan tartib bilan iste’mol qilish yuqori samara va natija olib kelishiga erishish mumkin. Shuningdek, quyidagi usullar ham buyrak-tosh kasalligini davolash va uni oldini olishda tavsiya etish mumkin:

  • 1.    Shaftoli danagi xalq tabobatida buyrak va qovuqdagi toshlarni yemirish va eritish xususiyatiga ega. Mag’zidan esa peshob haydovchi vosita sifatida foydalaniladi.

  • 2.    Abu Ali ibn Sino qovunning shifobaxshlik xususiyatlari haqida to’xtalib, uning salqin joyda quritilgan po’chog’ining damlamasi buyrak va qovuqdagi toshlarni maydalash xususiyatiga egaligini ta’kidlab o’tgan.

  • 3.    Buyrak, qovuq, jigarda tosh bo’lsa, qaynoq petrushka damlamasidan ichilsa, foyda beradi. Xalq tabobatida petrushka buyrak va qovuqdagi toshlarni eritib haydovchi va siyishni osonlashtiruvchi omil sifatida xizmat qiladi.

  • 4.    Xalq tabobatida buyrak og’rig’ini davolash uchun piyoz sharbatini shakar bilan aralashtirib, kuniga bir osh qoshiqdan 2 mahal ichish tavsiya qilinadi.

  • 5.    Abu Ali ibn Sino “Mayizli damlama buyrak va qovuq xastaliklarida ichib turilsa, yaxshi shifo beradi” deb aytgan. Buning uchun yarim litrli choynakka bir choy qoshiq quruq choy va yarim stakan mayiz solinadi. Qaynoq suv quyib, o’rab qo’yiladi. Keyin shu damlamadan 1-2 piyola ovqatdan oldin ichib turish tavsiya etiladi. Ushbu damlamani bir oy davomida iste’mol qilish buyrakdagi shamollashni qaytaradi.

  • 6.    Zaytun barglari antioksidant ta’sirga ega bo’lganligi uchun, buyraklardagi suvni haydashda ishlatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov. Odam va uning salomatligi. Toshkent. 2010.

  • 2.    Sh.M. Qirg’izov, A.S. G’ofurov Buyrak-tosh kasalligida magnitlangan suvdan foydalanish. International scientific-online conference on Innovation in the modern education system Part 2. 2021. 175-177 b.

  • 3.    I.R. Asqarov Sirli tabobat. Toshkent. 2021. 93-99 b.

  • 4.    Al-Tawheed AR, Al-Awadi KA, Kehinde EO, Abdul-Halim H, Hanafi AM, Ali Y. Treatment of calculi in kidneys with congenital anomalies: an assessment of the efficacy of lithotripsy. Urol Res . 2006;34(5):291-298.

  • 5.    Ferraro PM, Taylor EN, Eisner BH, et al. History of kidney stones and the risk of coronary heart disease. JAMA . 2013;310(4):408-415.

"Экономика и социум" №12(91)-1 2021

Список литературы Methods of diagnosis and treatment of kidney stones

  • B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov. Odam va uning salomatligi. Toshkent. 2010.
  • Sh.M. Qirg’izov, A.S. G’ofurov Buyrak-tosh kasalligida magnitlangan suvdan foydalanish.International scientific-online conference on Innovation in the modern education system Part 2. 2021. 175-177 b.
  • I.R. Asqarov Sirli tabobat. Toshkent. 2021. 93-99 b.
  • Al-Tawheed AR, Al-Awadi KA, Kehinde EO, Abdul-Halim H, Hanafi AM, Ali Y. Treatment of calculi in kidneys with congenital anomalies: an assessment of the efficacy of lithotripsy. Urol Res. 2006;34(5):291-298.
  • Ferraro PM, Taylor EN, Eisner BH, et al. History of kidney stones and the risk of coronary heart disease. JAMA. 2013;310(4):408-415.
Статья научная