Natriy karbonat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini avtomalashtirish metodlarini tadqiq qilish
Автор: Rahmonov D.B., Narzullaeva A.M.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 2-1 (93), 2022 года.
Бесплатный доступ
Maqolada mualliflar Respublikamizda ko‘plab sanoat tarmoqlari uchun xomashyo bo‘lgan soda ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini taqdim etadilar. Mualliflarning vazifasi soda ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirishni joriy etishning dolzarbligini va jarayonni avtomatlashtirish usullarini o'rganish edi.
Texnologik jarayon, avtomatlashtirish, tizim, kaltsinatsiyalangan soda, absorbsiya, oqim, nazorat, energiya, harorat, gaz, suyuqlik
Короткий адрес: https://sciup.org/140292646
IDR: 140292646
Текст научной статьи Natriy karbonat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini avtomalashtirish metodlarini tadqiq qilish
Davlatimiz va bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti siyosati tufayli, haqiqatan ham keyingi yillarda Navoiyazot kombinati va butun O‘zbekiston kimyo sanoatini rivojlantirish borasida katta ishlar qilindi. Ushbu loyihalar eng yaxshi soha mutaxassislarini jalb qilgan holda muvofiqlashtirildi. Asosiy vazifa - energiya sarfini va natijada mahsulot tannarxini kamaytirish uchun hozirgi vaqtda eng zamonaviy va samarali tizimlar va texnologik uskunalarni joriy etish. Har uchala loyiha ham Xitoy, Yaponiya va Shveysariya kompaniyalari tomonidan o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan birgalikda “kalit taslim” asosida amalga oshirilmoqda. Loyihalarni amalga oshirishga jami 4000 dan ortiq kishi jalb etildi.Xitoyning China CAMC Engineering CO kompaniyasi bilan hamkorlikda PVX (100 ming tonna), kaustik soda (75 ming tonna) va metanol (100 ming tonna) majmuasini qurish ishlari olib borilmoqda. Ltd. [1].
Ushbu zaxiralar yanada kengaytirilishi mumkin. Ishlab chiqarishning yana bir tarkibiy qismi – ammiak, zavod “O‘zkimyosanoat” DAK korxonalari: “Maksam-Chirchiq” OAJ (Chirchiq) va “Navoiyazot” OAJ (Navoiy) tomonidan ta’minlanadi. Oxirgi uch yilda DUK “Qo‘ng‘irot soda zavodi” mahsulotlarini xorijga sotish hajmi besh barobar oshdi [2].
Malumki texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish – insonning bevosita qatnashganisiz ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilishni taʼminlaydigan, tizim yoki tizimlarni amalga oshirishga moʼljallangan usullar va vositalar toʼplanmasidir.
Turli xildagi kimyoviy moddalar: kaltsinirlangan soda yoki natriy karbonat Na 2 CO 3 (toʼkma zichligi 0,5 t/m3); shuningdek ogʼir soda deb ataladigan Na 2 CO 3 (toʼkma zichligi 0,9-1,2 t/m3); natriy gidrokarbonat NaHCO 3 ; kristall soda Na 2 CO 3 ∙10H 2 O; kaustik soda yoki oʼyuvchi natriy NaOH – bularning barchasi sanoatda «soda» nomi bilan ishlab chiqariladi.
Kalьtsinirlangan soda – oq kukun kristall modda boʼlib, zichligi 2,53 g/sm3, 854OC da suyuqlanadi. Soda havodagi karbonat angidrid va suv bugʼini biriktirib olib qisman natriy gidrokarbonatga aylanadi. Natriy karbonat suv bilan bir qator birikmalar: Na 2 CO 3 ∙10H 2 O, Na 2 CO 3 ∙7H 2 O, Na 2 CO 3 ∙H 2 O hosil qiladi. Soda suvda yaxshi eriydi, uning eruvchanligi harorat oshishi bilan ortadi (0 va 100OС haroratda 100 g suvda tegishlicha 6,8 va 44 g eriydi). Soda suvdagi eritmasida kuchli ishqoriy xossani namoyon etadi [3].
Аmmiakli usul bilan kalьtsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish texnologik bosqichlari qoʼyidagilardan iborat.
NaCl + NH3 + C02 + H20 ^NaHC03 + NH4CI
Ushbu reaktsiya 2 ta pogʼonada oʼtkaziladi. Birinchi pogʼonada absorbtsiya va ikkinchi pogʼonada karbonizatsiya jarayonlari oʼtkaziladi. Karbonizatsiya jarayonida choʼkmaga tushgan NaHCO 3 filtratsiya usuli bilan ammoniy xlorid tuzidan ajratib olinadi va kaltsinatsiyalangan soda olish uchun kalьtsinatsiya boʼlimiga yuboriladi
2Na HC0 ^ Na2C03 + C02 + H2 0
Parchalash temperaturasi 160-1800С tashkil qiladi. Hosil bulgan uglerod oksid gazi karbonizatsiya boʼlimiga yuboriladi va bu yerda asosiy jarayonlardan tashqari bir nechta yordamchi jarayonlar oʼtkaziladi.
Hosil boʼlgan NH 4 Cl dan esa ammiak regeneratsiya etilib, absorbtsiya boʼlimiga yuboriladi:
2NH4CI + Ca (0H)2 ^2NH3 + 2H20 + CaCl2 )
CaCl 2 chiqindi sifatida maxsus yigʼindilarda saqlanadi.
Kaltsiy gidrooksid olish uchun zarur boʼlgan СaO karbonat xomashyosidan olinadi.(boʼr, ohak toshi va boshqalar).
СаСО3^СаО + С02
CO2 gazi karbonizatsiya boʼlimiga yuboriladi, СaO dan esa kaltsiy gidrooksidi olinadi.
СаО + Н2О о Са (ОН)2
Barcha soda zavodlarida NaCl suv eritmasi Na 2 CO 3 va Сa(OН) 2
yordamlarida Сa va Mg ionlaridan tozalanadi.
МдС12 + Са(ОН)2^Мд (ОН)2 + СаС12
СаС12 + Nа2СО3 ^ СаСО3 + 2Nad
СаСО3 ва Мд(ОН)2 чикинди сифатида саклангичларга ташланади, тозаланган NaCl эритмаси абсорбция бўлимига юборилади [4].
Quyida kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishda absorbsiya jarayonini

1- Rasm. Absorbsiya bo’limining avtomatlashtirih sxemasi
1– bosim idishi; 2 – havo yuvish moslamasi; 3 – distillash gazini sovutgichi; 4- absorber gazini yuvuvchi, 5 – minoralar gazini yuvish moslamasi; 6 – birinchi absorber; 7 – ikkinchi absorber; 8,9 – purkalovchi sovutgichlar; 10 – bak; a – daraja nazoratchisi; b – nisbat nazoratchisi; v – vacuum nazoratchisi; d – harorat nazoratchilari.
avtomatlashtirish sxemasi keltirilgan.
Tozalangan namakob ikki oqimda absorbsiya apparatlariga o'tadi. Asosiy oqim bosim idishi 1 dan filtrli havo yuvish moslamasi 2 ga kiradi, so'ngra minoralar gazini yuvish moslamasi 5 va birinchi absorber 6 orqali o’z o’oqim kuchi bilan o'tadi va u erda bosimli idishdan minoralar gazini yuvish jixozi orqali bu erga keladigan namakobning ikkinchi oqimi bilan aralashadi.
Gazlar absorbsiya jarayoniga uchta oqimda kiradi: distillash gazi (etakchi oqim) distillash gaz sovutgichi 3 , ikkinchi absorber 7 , birinchi absorber 6 va absorbsiya gazini yuvish moslamasi 5 dan o'tadi, shundan so'ng qolgan karbonat angidridni o'z ichiga olgan gaz karbonizatsiya bo’limiga o’tadi.
Tozalangan namakobning sarfini nazorat etish yoʼli orqali absorbtsiya jarayonini avtomatlashtirish tizimi, gazlar orqali kirib kelayotgan ammiakning toʼliq yuttirilishini va ammoniylashgan namakobdagi talab etildaigan NH3 kontsentratsiyasini taminlay olishi kerak. Аbsorbtsiya boʼlimini nazorat etish boʼyicha avtomatlashtirilgan tizimga quyidagi avtomatik qurilmalar kiradi:
-
- bosim idishi 1dagi namakob darajasini nazorat etuvchisi a ;
-
- filtrat boʼyicha muvofiq distillyatsiya jarayoni kuchi va toozallanagan
namakob boʼyicha absorbtsiya jarayoni nisbati nazoratchisi b .
Foydalanilgan adaboyotlar ruyxati
-
1. Журнал Химическая техника №6/2018, АО «Navoiyazot» – активное развитие, Интервью с директором по производству – главным инженером АО «Navoiyazot» Н. Ё. Жураевым http://old.navoiyazot.uz/press-czentr/publikaczii-v- smi/ao-%C2%ABnavoiyazot%C2%BB-%E2%80%93-aktivnoe-razvitie
-
2. elektron resurs: http://uzkimyosanoat.uz/ru/press/about-
us/kungradskiy_sodovyy_zavod_v_2012_g_proizvel_92_tys_tonn_kal_cinirovannoy _sody/print 3. A.M. Narzullaeva, B.N. Umarov Kaltsinatsiyalangan soda texnologiyasi. El. darslik, 2021y. DGU 12794
"Экономика и социум" №2(93) 2022
Список литературы Natriy karbonat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini avtomalashtirish metodlarini tadqiq qilish
- Журнал Химическая техника №6/2018, АО "Navoiyazot" - активное развитие, Интервью с директором по производству - главным инженером АО "Navoiyazot" Н. Ё. Жураевым http://old.navoiyazot.uz/press-czentr/publikaczii-v-smi/ao-%C2%ABnavoiyazot%C2%BB-%E2%80%93-aktivnoe-razvitie.
- elektron resurs: http://uzkimyosanoat.uz/ru/press/about-us/kungradskiy_sodovyy_zavod_v_2012_g_proizvel_92_tys_tonn_kal_cinirovannoy_sody/print3. A.M. Narzullaeva, B.N. Umarov Kaltsinatsiyalangan soda texnologiyasi. El. darslik, 2021y. DGU 12794.