Oliy o‘quv yurti talabalarida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantrish
Автор: Sheraliyev O.Sh.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 4-2 (95), 2022 года.
Бесплатный доступ
Maqolada raqamli savodxonlik bo‘yicha talabalardagi muammolarni o‘rganish hamda raqamli texnologiyalar haqida tushunchalarini aniqlash, rivojlantirish va amalga oshirish bo‘yicha umumiy tavsiyalar berilgan. Talabalarni raqamli ko‘nikmalar haqidagi tushunchalarini aniqlash yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazilgan va so‘rovnoma natijasidan kelib chiqib bir qator muammolar o‘rganilib tavsiyalar berilgan.
Raqamli kompetensiya, raqamli savodxonlik, raqamli kompetensiyalar modeli, axborot kompetensiyasi, matematik kompetensiyalar
Короткий адрес: https://sciup.org/140292899
IDR: 140292899
Текст научной статьи Oliy o‘quv yurti talabalarida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantrish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisiga Murojaatnomasida 2020 yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb e’lon qilinishi hamda shu bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani ham axborot texnologiyalari sohasiga muhim ahamiyat berilayotganini ko‘rsatmoqda1.
Prezidentimizning 2020 yil 2 martdagi farmoni2 bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlashda eng ustuvor vazifalaridan biri, ijtimoiy soha ob’ektlari, jumladan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini tezkor internetga ulash vazifasi qo‘yildi. Bu, o‘z navbatida, yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan ahamiyatlidir.
Yangi texnologiyalarni rivojlantirish, raqamli qurilmalarni jamiyatning barcha sohalariga faol joriy etish inson savodxonligining yangi turini – raqamli savodxonlikni yaratdi. Bugungi kunga kelib, u o‘qish, yozish va sanash ko‘nikmalari kabi boshqa asosiy savodxonlik turlari bilan bir qatorda turadi. Ishonch bilan ayta olamizki, raqamli savodxonlik kundalik va shaxsiy faoliyatda raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni ko‘zda tutuvchi yangi ijtimoiy shart-sharoitlariga moslashish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Raqamli savodxonlik jamiyatimizning turli qatlamlari xayotida u yoki bu ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Shu jumladan, zamonaviy texnika qurilmalaridan ta’lim va kundalik xayotda keng foydalanib kelayotgan talbaa yoshlar xayotida ham muhim rol o‘ynaydi.
Shubxasiz, bugungi kunda raqamli ko‘nikmalarning jamiyatning muvaffaqiyatli rivojlanishidagi ahamiyati juda katta. Shuningdek, raqamli savodxonlik tanqidiy fikrlash, mustaqil fikr yuritish qobiliyati, ijodkorlik bilan bir qatorda rivojlanishi kerak.
Raqamli ko‘nikmalar turli xil va umumiy raqamli savodxonlik bilan chegaralanmaydi. Ular umumiy ko‘nikmalar bilan birga ma’lum kasbiy faoliyat bilan bo‘g‘liq bo‘lgan maxsus ko‘nikmalarni xam o‘z ichiga oladi. Umumiy raqamli ko‘nikmalarning dolzarbligi, ayniqsa, pandemiya davrida kuchaygani sir emas. COVID-19 ning tarqalishi munosabati bilan 2020 yilning mart oyida masofaviy ta’limga majburiy o‘tish raqamli ko‘nikmalar va raqamli ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan kamchiliklarni ochib berdi. O‘zbekistonda talabalarning deyarli 70% pandemiyagacha masofaviy ta'lim tajribasiga, yoshlarning beshdan bir qismi esa raqamli ko‘nikmalarning xattoki bazaviy darajasiga xam ega emas edi.
Raqamli ko‘nikmalar boshqa savodxonlik va umumiy kompetensiyalar orasida asta-sekin joy egallab bormoqda, ta'lim mazmuni va amaliyotiga, shu jumladan, oliy ta’limga xam ta'sir qilmay qolmaydi. Lekin raqamli ko‘nikmalarni faoliyatning barcha soxalarida qo‘llanilishidan kelib chiqsak, barcha ta’lim yo‘nalishlarining metodik va amaliyot jarayonlari xam ularga asoslangan. Raqamli savodxonlik darajasi muhim ko‘rsatkich bo‘lib, u oddiy uyali telefondan foydalanishdan ishlab chiqarishda murakkab jarayonlarni boshqarish va maxsus dasturlarni yaratish malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘lishni nazarda tutadi. Bu ko‘rsatkich zamonaviy axborot jamiyati uchun eng muhim mezondir. Yoshlarning raqamli savodxonlik darajasini o‘rganish bizga yangi avlod qanchalik raqamli texnologiyalardan foydalanayotgani, ularni yaratib, rivojlanayotgani xaqida xulosa qilish imkonini beradi. Biz oliy ta’limning turli xil yo‘nalishlari misolida qanday raqamli ko‘nikmalar talabalar ta’lim olish jarayoniga integratsiyalashtirilganligini o‘rganib chiqdik.
Ushbu tadqiqotda quyidagi farazlarni tekshirib ko‘rdik:
-
1. Nazariya va amaliyotda raqamli ko‘nikmalarning rivojlanish darajasida farq mavjud bo‘lib, nazariy ko‘nikmalarga ega bo‘lib, ularni amaliyotda qo‘llay olmaslik xolatlari ko‘plab uchrab turadi.
-
2. Raqamli ko‘nikmalarga egalik darajasi axborot texnologiyalari (keying o‘rinlarda AT) bilan bo‘g‘liq bo‘lgan yo‘nalish talabalarida AT bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘nalish talabalariga ko‘ra yuqoriroq.
Ushbu farazlarni tasdiqlash / rad etish maqsadida Qo‘qon davlat pedagogika institutining 4 ta yo‘nalishida (Matematika, Informatika, Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi, Boshlang‘ich ta’lim) mavjud xolatni aniqlash va birlamchi hulosaga kelish uchun tadqiqot olib borildi. Olib borilgan tadqiqot natijalari oliy o‘quv yurtlarida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin. Raqamli ko‘nikmalarning mavjudligi ko‘rsatkichlari asosida biz talabalar orasida so‘rovnoma o‘tkazdik. So‘rovnomani tayyorlashda digital kompetensiya darajasini har tomonlama aniqlash imkonini beruvchi 10 ta savol ishlab chiqdik. So‘rovnomadagi savollarning har biri to‘rttadan javob variantiga ega bo‘lib, raqamli kompetensiya ko‘rsatkichiga erishish darajasini baholash imkonini beradi:
-
1) yuqori – o‘quv jarayonida raqamli ko‘nikmalar muntazam shakllantirib boriladi;
-
2) o‘rta – o‘quv jarayonida raqamli ko‘nikmalar muntazam ravishda shakllantirilmaydi;
-
3) past – raqamli ko‘nikmalar deyarli shakllantirilmagan.
Tadqiqot obyekti – Qo‘qon davlat pedagogika institute talabalari.
Tadqiqot predmeti – talabalarning raqamli savodxonligi.
So‘rovnoma 2022- yil 14- fevraldan 17- fevralga qadar Qo‘qon davlat pedagogika institutida o‘tkazildi. So‘rovnomada jami 4 yo‘nalishdan 98 ta talaba ishtirok etdi.
So‘rovnomada qatnashgan talabalarning birinchi savol bo‘yicha javoblar natijasi:
Raqamli texnologiyalar bugungi kunda inson hayotiga qanday ta'sir ko'rsatadi?

-
■ Hech qanday ta'siri yo'q
-
■ Salbiy, chunki u sog'liq va psixologik holatga ta'sir ko'rsatadi
-
■ Ham ijobiy, ham salbiy tomonlar mavjud
Ijobiy, chunki u ihayotni ancha osonlashtirdi

16%
Internetga kuniga o'rtacha necha soat vaqt sarflaysiz?
■ 2 soatdan kam
■ 2-5 soatgacha
■ 5-7 soatgacha
Harkuni harxil
27%
54%
Internetda chop etilgan ma'lumotlarning to'g'riligiga ishonch hosil qilish uchun birinchi navbatda:
-
■ Boshqa manbalar bilan solishtiraman. Agar bir nechta manbalarda bir xil narsa yozilgan bo'lsa, ma'lumot ishonchli
-
■ Axborotning kelib chiqishini bilishga harakat qilaman, masalan, manba sahifasini, muallifni topishga va ushbu manbaning ishonchliligiga asoslanib qaror qabul qilaman
-
■ Bekorga vaqtsarflamayman. Internetda noto'g'ri ma'lumotlar chop etilmaydi va
Qaysi platforma sizga ommaviy ko'rish va videoni onlayn saqlash imkonini beradi?

-
■ Vimeo
-
■ YouTube
-
■ Rutube
Yuqoridagilarning barchasi
Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarning javoblar ko‘rsatkichi quyidagi jadvalda keltirilgan:
№ |
Ta’lim yo‘nalishi |
So‘rovnamada qatnashgan talabalar soni |
Yuqori |
O‘rta |
Past |
1 |
Matematika |
25 |
28,8 |
26,4 |
44,8 |
2 |
Boshlang‘ich ta’lim |
25 |
37,6 |
25,6 |
36,8 |
3 |
Tasviriy san’at va muhandistlik grafikasi |
24 |
37,6 |
26,2 |
36,2 |
4 |
Informatika |
24 |
39,8 |
23 |
37,2 |
5 |
Jami: |
98 |
35,9 |
25,3 |
38,7 |
Xulosa. O‘tkazilgan tadqiqot m’lumotlariga asoslanib, talabalar aksariyatini raqamli savodxonlik darajalari qoniqarli ekanligi ma’lum bo‘ldi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra:
Matematika yo‘nalishidagi 25 ta talabalardan ( 28,8%) yuqori, (26,4%) o‘rta, (44,8%) past
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi 25 ta talabalardan ( 37,6%) yuqori, (25,6%) o‘rta, (36,8%) past
Tasviriy san’at va muhandistlik grafikasi yo‘nalishidagi 24 ta talabalardan ( 37,6%) yuqori, (26,2%) o‘rta, (36,2%) past
Informatika yo‘nalishidagi 24 ta talabalardan ( 39,9%) yuqori, (25,3%) o‘rta, (38,7%) past.
Birinchidan, talabalarda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun mavjud bo‘lgan, ammo natijsiz metodlarni qayta ko‘rib chiqish kerak. Bu oliy o‘quv yurtlariga ma’lum dasturlar yoki fanlardagi foydali metodlarni aniqlash va ularni fakultetlar bo‘ylab tarqatish imkonini beradi.
Ikkinchidan, oliy o‘quv yurtlar ta'lim vositasi sifatida muayyan raqamli ko‘nikmalarni majburiy o‘zlashtirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli va fanlararo o‘quv amaliyotlarini joriy etishni ko‘rib chiqishlari kerak. Masalan, talabalarning raqamli portfoliolarini shakllantirish va ulardan joriy va oraliq nazoratlardan baho olishda foydalanish kabi metodlarni rivojlantirishga e’tibor qaratish kerak.
Uchinchidan, raqamli ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va shakllantirishga bo‘lgan talablarga asoslangan yagona uslubiy yondashuvni ishlab chiqish va uni oliy o‘quv yurtining me’yoriy hujjatlariga (ta’lim dasturlari, o‘quv reja va ishchi dasturlar) kiritish kerak.
Ushbu chora-tadbirlar o‘quv dasturlari va metodlarini tubdan o‘zgartirmasdan talabalarning umumiy raqamli kompetensiya darajasini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Список литературы Oliy o‘quv yurti talabalarida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantrish
- "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi.
- Джанелли М. Электронное обучение в теории,практике иисследованиях// Вопросы образования. 2018. №4.
- EDN: YQDRSH
- https://lex.uz.