Nutq texnikasi va ma`daniyati hamda uni mohiyatini tashkil etuvchi muhim vositalar
Автор: Nasibaxon T.P.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 10-1 (101), 2022 года.
Бесплатный доступ
Fanlar metodologiyasida notiqlik murakkab soha bo`lib, ham san’at sifatida, ham fanlarning bir yo`nalishi sifatida o`rganilgan. Ushbu maqolada nutq texnikasi va ma`daniyati hamda uni mohiyatini tashkil etuvchi muhim vositalar haqida so`z yuritilgan.
Ritorika, notiqlnk san'ati, mazmundor nutq, talaffuz, namoyanda, nutq jarayoni, nutq so'zlash ilmi
Короткий адрес: https://sciup.org/140300228
IDR: 140300228
Текст научной статьи Nutq texnikasi va ma`daniyati hamda uni mohiyatini tashkil etuvchi muhim vositalar
Kishilar chiroyli, mazmundor nutq masalasi bilan juda qadimdan qiziqib keladilar. Qadimgi Gretsiya (Yunoniston) da va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Nutq oldiga qo`yiladigan talablar ishlab chiqildi. Bunga quldorlik tuzumining rivojlanishi, quldorlik demokratiyasi sabab bo`ldi. Bu davrda davlatning, savdo-sotiqning, sud ishlarnning nihoyatda taraqqiy etishi notiqlikni san’at darajasiga ko`tardi. Yetuk inson bo`lish uchun albatta,notiqlik san’atini egallash shart qilib qo`yiladi. Ana shu ehtiyoj tufayli notiqlik nazariyasi yaratiladi. Uning Sitseron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilari yetishib chiqadi. Eramiznnng 335- yilida Aristotelning «Ritorika»si yaratiladi. Unda notiq oldiga quyidagilarni vazifa qilib qo`yadi: — Materialni har tomonlama tayyorlash.
— Materialni joylashtnrish rejasini belgilash.
— Materialnn o`zlashtirnsh, nutq qurnlishini to`g`rilash.
— Notiqning nutq materialini o`rgannshi.
— Materialni so`z bilan ifodalash.
— Nutqni talaffuz qilish, ya’ni nutq jarayoni.
Nutqning tinglovchi uchun tushunarli bo`lishiga katta ahamiyat beradi. U «Sen shunday so`elaginki, seni har bir knshi tushuna olsin»,— degan edi.
Jonli, mazmunan teran so`zning ta’sirchanligi uning kishilarga zavq bera olishida namoyon bo`ladi.
To`g`ri va yaxshi yozish, chiroyli gapirish uchun mantiqiy fikrlash lozim. Nutq madaniyatini egallagan kishi to`g`ri fikr yuritib, tinglovchilarga ta’sir eta oladi. San’atshunos L.Xo`jayevaning fikricha, «nutq madaniyati - fikr madaniyati» demakdir, milliy o`ziga xos, fikrlari aniq, grammatik to`g`ri tuzilgan, mantiqiy muntazam va badiiy ifodali nutqgina madaniydir [1].
Notiqning so`zi tinglovchilarni ruhlantira olishi kerak. Notiqning nutq madaniyatini egallaganligi uning ta’sirli so`zida namoyon bo`ladi.
Qadimgi yunonlar nutqning chiroyli, mazmundor bo`lishiga harakat qilganlar, maxsus notiqlik maktablari ochilgan va ularda notiqlik san’atini o`rgatuvchi «ritorika» fani o`qitilgan.
Ritorika fanining yaravtuvchisi yunon olimi Koraks bo`lib, uning fikricha, ritorika «ishontiruvchi xizmatkordir».
Notiqlikning asosiy fazilati isbot qilish va haqiqatni qaror toptirishdadir. Qadimgi Yunonistonda notiqlik san’atini adabiy janr darajasiga ko`targan va ilmiy tus bergan kishilar sofistlar (yun. donolik so`zidan.) bo`lgan.
Keng bilimli, so`zga chechan odamlar sofistlar bo`lgan. Ular notiqlik san’atining asoschilari hisoblanadi. Sofistlar –«donishmandlik va fasohat» muallimlari sifatida notiqlik qiluvchi qadimgi yunon faylasuflari. Sofistlar notiqlikning mazmuniy ko`rinishlaridan mohirona foydalanib, ommaga, tinglovchilarga ta’sir qilishda ularga yetadiganlari bo`lmagan. Ular so`z qimmatini har qadamda ta’kidlab o`tganlar. Nutq (logos)ni o`rganish ob’yekti bo`lmish ritorikani – «barcha san’atlar malikasi» deb bilishgan.
Insonning kimligi uning ikki jihati – xatti-harakati va so`zi (nutqi), odamlar bilan o`zaro muomalasida ayon bo`ladi [2]. Mana shu ikki jihat fikrni to`liq va mukammal ifodalashga yordam beradi. Fikrni go`zal ifodalash-nutq madaniyatini egallashga bog`liq. Bu masala bilan odamlar juda qadimdan qiziqib kelganlar. Nutq madaniyati va notiqlik mahorati qadimdan shakllanib kelgan ijtimoiy hodisa. Qadimgi Yunon mamlakatida bu ta’limot nazariy jihatdan asoslandi: epos, she’riyat, darama, musiqa va boshqa san’at namunalari qatorida ritorika (so`zlash mahorati) yuksak nutqiy san’at namunasi hisoblangan.
Markaziy Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati va uslubiyat muammolari bilan shug`ullanish qadimdan mavjud bo`lgan va o`ziga xos xususiyatlarga egadir. Mashhur turkiyshunos Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`otit turk» asaridagi bu masalaga oid ba’zi mulohazalari, keltirilgan lisoniy dalillari, nutq madaniyati va nutq odobi masalalari juda qadimdan o`rtaga qo`yib kelinganligidan dalolat beradi.
Nutq madaniyati ifodasining taniqli tadqiqotchisi E.Begmatov bu haqida quyidagilarni yozadi: «...Mahmud Koshg`ariyning mashhur «Devoni lug`atit turk» asarida «kuy so`zini tushunib bo`lmaydi, qattiq toshni yiqitib (sindirib) bo`lmaydi», «odam so`zning shirinligi bilan lazzatlansa, unga asir bo`lib ketadi», «Odobning boshi til» singari aforizmlarini uchratish mumkin» [3].
Nutq odobi masalasi XI asrda yashab ijod qilgan xorazmlik buyuk olim, alloma Abu-l-Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamahshariyning «Navobig` ul-kalim» («Nozik iboralar») nomli asarida yoritilgandir.
IX asrgacha Sharqda voizlik vazifasini xalifalar, shohlar bajarganlar.
IX asrdan boshlab davlat hukmdorlari bu tadbirni o`z ixtiyorlaridagi maxsus so`z ustalariga yuklab, ularning ism-shariflariga “Voiz” so`zini qo`shib aytganlar.
XII asrdan boshlab voizlik san’ati nazariyasi va amaliyotini talqin va tavsif etadigan ko`plab ilmiy, tarixiy, uslubiy risolalar yozilgan. Bular qatoriga Muhammad Rafiq Voizning «Avbob ul-inon», Voiz Qazviniyning «Zilolu maqol» Voiz Shirvoniyning «Ahsan ul-ahodis», Muhammad Voizning «Hidoyat ul-taqvim», Quraysh Saidiyning «Anis ul-voizin», Voiz Samarqandiyning «Ravzat ul-voizin», Qozi O`shiyning «Miftoq ul-najjih», Voiz Koshifiyning «Dah Majlis», «Mahzan ul-insho» kabi asarlari kiradi. Shuningdek, tarixchi, shoir, muhaddislarning asarlarida ham voizlik san’atiga aloqador ba’zi fikrlar bayon etilgan [4].
X-XI asrlar jahon madaniyati taraqqiyotida, Turkiston xalqlari tarixida sermahcul davr bo`ldi. Xurosonu Movarounnahr, Xorazmda ulkan siyosiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’rifiy o`zgarishlar yuz berib, ilm-fan yuksakka ko`tarildi. Turkiston ilm-fanini ham badiiy, ham ma’naviy jihatdan bezovchi yorqin asarlar yaratildi. Bu davrda badiiy nutq yuksak darajada rivojlangan, uning nazariyasi mukammal ishlangan edi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vafoti 997.) «Mafotih-ul-ulum» (Ilmlar kaliti) asarida o`sha davr nutq madaniyatining ba’zi bir masalalari - devonxona ish qog`ozlari, shakllari, ishlatiladigan istiloh (atamalar)lar, adabiyotshunoslik fani istilohlari, ularning ta’rifi haqida ma’lumot bergan. Ushbu asarda al-Xorazmiy badiiy tasvir vositalari, ularning turlari va fazilatlari haqida ham so`z yuritadi.
XI asrning yana bir ajoyib tuhfasi – «Qobusnoma». Ushbu nodir asarda ham nutq odobi va ma`daniyati masalasiga katta e’tibor berilib, hikmatli so`z va qimmatli fikrlar bildirilgandir.
Xulosa qilib aytganda, qadimgi Yunoniston va Rimda madaniy nutq, notiqlik nazariyasi rivojlantiriladi. Bu nazariya keynnchalik Yevropada nutq madaniyatiga bag`ishlangan fanning maydonga kelishnga asos bo`ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. Aripova A. Notiqlik nutqining lisoniy-uslubiy vositalari. Filol.fan.nomz.dis. – Toshkent, 2002.
-
2. Aripova, A., Khodjayeva, K., & Yuldasheva, N. (2020). Methods, aspects and components of teaching the uzbek (russian) language as a foreign language on the experience of foreign students. Journal of Critical Reviews, 7(4), 393398.
-
3. Uvatov U. Donolardan saboqlar.-T., A.Qodiriy nomli xalq merosi nashr., 1994, 34-b.
-
4. Ortiqov A. va b. Oliy maktab pedagogining nutq madaniyati. –T.:IIB Akademiyasi, 2001 y, 5-bet.
-
5. Aripova, A. K. (2020). Ancient Uzbek Tribes And Clans Inhabiting In Central Asia. The American Journal of Social Science and Education Innovations , 2 (09), 384- 394.
"Экономика и социум" №10(101) 2022
Список литературы Nutq texnikasi va ma`daniyati hamda uni mohiyatini tashkil etuvchi muhim vositalar
- Aripova A. Notiqlik nutqining lisoniy-uslubiy vositalari. Filol.fan.nomz.dis. - Toshkent, 2002.
- Aripova, A., Khodjayeva, K., & Yuldasheva, N. (2020). Methods, aspects and components of teaching the uzbek (russian) language as a foreignlanguageontheexperienceofforeign students. Journal of Critical Reviews, 7(4), 393-398.
- Uvatov U. Donolardan saboqlar.-T., A.Qodiriy nomli xalq merosi nashr., 1994, 34-b.
- Ortiqov A. va b. Oliy maktab pedagogining nutq madaniyati. -T.:IIB Akademiyasi, 2001 y, 5-bet.
- Aripova, A. K. (2020). Ancient Uzbek Tribes And Clans Inhabiting In Central Asia. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(09), 384- 394.