Ona tili fanini o`qitishda zamonaviy metodlar va ularning ahamiyati

Автор: Ysupova Sh.sh., Rahimova N.M.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 3-2 (94), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada ona tili fanini o`qitishda zamonaviy va innovatsion metodlardan foydalanish hamda ushbu metodlarning ahamiyati haqida so`z boradi va bu borada kerakli tavsiyalar beriladi.

Zamonaviy metodlar, kommunikativ ko'nikma, axborot tehnologiyalari, didaktik o'yinlar

Короткий адрес: https://sciup.org/140292788

IDR: 140292788

Текст научной статьи Ona tili fanini o`qitishda zamonaviy metodlar va ularning ahamiyati

Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga ta’lim berish, zamonaviy hamda samarali innovatsion metodlardan hoydalanish qolaversa dars jarayonida turli AKT vositalaridan foydalanish o`quvchilarda mustaqil fikrlash, kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish, o‘quvchilar o‘rtasida fanga, izlanishga, tadqiqotga yondashish, bilimlardan samarali foydalanishga yordam beradi. Bunday natijaga erishish uchun esa albatta dars jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyalarini birlashtirish talab etiladi. Bu jarayonda o‘qituvchi shaxsning rivojlanishi, ta’lim va tarbiyani shakllantirish uchun sharoit yaratadi va shu bilan birga boshqaruv, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish funksiyalarini ham bajaradi. O’qitish jarayonida o`quvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratning bilimlari, tajribasi, interfaol usullari o‘quvchilarga malakali, ilg‘or ko‘nikmalar beradi.

Ona tili fani o’qitishda darsda psixologik jarayonlar ham muhim rol o’ynaydi. O’qituvchida pedagogik mahorat bilan birga psixolog bo’lmog’i lozim. Bola psixologiyasini yaxshi tushungan o’qituvchi haqiqiy pedagog bo’la oladi. Har bir darslarda psixologik hamda innovatsion metodlarga vaqt ajratish darsning qiziqarli bo’lishiga, o’quvchining e’tiborini o’ziga tortishga, mavzuni yaxshi tushinishga qo’pol qilib aytganda uxlayotgan o’quvchining uyg’otishga juda katta yordam beradi va shu bilan birga o’quvchi qachon yana shu darsga kirar ekanmiz degan fikrni uyg’otishga sabab bo’ladi. Quyida dars davomida qo`llash mumkin bo`lgan bir nechta zamonaviy metodlar haqida to`xtalib o`tamiz

  • 1.    “Kim hakam” Ona tili darsida o’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida “Kim hakam” o`yin metodini qo`llash ham yaxshi samara beradi. Bunda o’quvchilardan diqqat, tezkorlik, hozirjavoblik talab etiladi, O’quvchi fikrini jamlashga harakat qiladi. O’qituvchi tomonidan ma’lumotlar tezkorlik bilan o’qiladi. Bunda har bir guruh a’zolari to’g’ri ma’lumotlar uchun- “qizil kartochka”, noto’g’ri ma’lumotlar uchun-“sariq kartochka”larini ko’tarishadi. Natijalarni aniqlab borish uchun har bir guruhga nazoratchilar biriktiriladi. Bunda deyarli barcha o‘quvchilar qatnashadilar va harakat qiladilar. Bu jarayonda o‘quvchilar nimadir o‘rganadilar. Bunda hamma harakat qiladi, a’lochi ham, o‘rta o‘quvchi ham, ulgurmovchi ham sergak tortadi. Chunki sinfda o‘tirgan o`quvchilar yaqinginada o‘yinlar olamidan kelgan. Agar o‘qituvchi ta`limiy o‘yinlarni o‘ylab qiziqarli qilib o‘tkazsa bolada «hayratlanish» tuyg‘usi uyg‘onadi, ta’lim-tarbiyaning ana shu jarayoni o‘quvchilarning yodidan chiqmaydi va o‘yindan ko‘zda tutilgan maqsad

  • 2.    “So`z va hodisalarni eslash”.

shakllana boradi. O‘yinlar ikki xil ahamiyatga ega bo‘lib, ular ta’limiy va tarbiyaviydir.

Hozirgi vaqtda izlanuvchan va tajribali o‘qituvchilar bilish faoliyatini jadallashtirishda ta’lim jarayonini didaktik o‘yin bilan uyg‘unlashtirib samarali natijalarga erishmoqdalar. Didaktik o‘yinli dastur yangi mavzuni bayon qilish, mustahkamlash, bolalar  bilimini  sinab  ko‘rish va  baholash jarayonida qo‘llanilishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarni yakkama-yakka, keyinchalik guruhli o‘yinlarga tayyorlashi, ular muvafaqqiyatli chiqqanidan so‘ng ommaviy o‘yin darslarini o‘tkazishi kerak. Chunki, o‘quvchilar didaktik o‘yin darslarida ishtirok etish uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan bo‘lishlari zarur. Bolaning o‘qituvchini aytganini takrorlab loqayd o‘tirganidan ko‘ra, qanday bo‘lsa ham fikr yuritgani mehnat qilgani ma’qul.

Sinf o‘quvchilari kichik guruhchalarga birlashtiriladi va har bir guruh bittadan so‘z tanlaydi.

Ko‘rinib turibdiki, topshiriqlar bosqichma-bosqich murakkablashib borayapti. Bolaning faoliyati kengayib, tezlashtirilayapti. Shuning uchun u zerikmaydi.

O‘yin davomida mustaqil fikrlashni kimdir mantiq asosida quradi, kimdir so‘zlarni tasodifan aytadi. Hozircha buning ahamiyati yo‘q, muhimi u fikrlayapti, mustaqil mulohaza yurityapti. Bolaning o‘qituvchini aytganini takrorlab loqayd o‘tirgandan ko‘ra qanday bo‘lsa ham fikr yuritgani, mehnat qilgani ma’qul.

  • 1.    Tulki, sichqon, mazali non, dush, qochdi, dum, yong‘oq;

  • 2.    .Xurmo, malla soch, kamon, tush, afsus, daryo, osmon;

  • 3.    Taksi, kino, pul, sahifa, chipta, uyalib qoldik, sahna;

  • 4.    Ovchi, muzqaymoq, bo‘ri, hayvonot bog‘i, qafas, daraxt;

  • 5.    Tufli, koptok, erka, oyna, ertak, tosh.

  • 4.    “Begona” o`yin metodi

  • 5.    “ Kim ko`p so`z tuzish”

  • 6.    Taqdimot va muzyurarlar – bu mashg‘ulotni boshlash uchun mo‘ljallangan qisqa mashqlardir. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi «to‘siq»ni yoqotishga qaratilgan usul. Bu metod asosida guruh o‘quvchilari orasidagi o‘zaro ishonch, hurmat, o‘zaro yaqinlikni his etishga o‘rgatish yotadi. Dars davomida yuqorida aytib o`tilgan metodlardan foydalanish darsni qiziqarli hamda qiziqarli o`tishiga va bu orqali esa, ta`lim sifati oshishiga yordam beradi.

Bunda beshta so‘z bir tanish hikoyadan yoki ertakdan olinib, bitta so‘z begona asardan olinadi. Masalan: “O’gay”, “Erka”, “Mehnatsevar”, “Sehrli sandiq”, “Ajdar” bitta “Kulol” so‘z. Shu begona so‘zdan ertakni davom ettirishadi. O`quvchi dasturda belgilangan bilimlarni kamida davlat ta`lim standarti talablari darajasida o‘zlashtirishi kerak. O‘qituvchi bu jarayonni bolaga zavq bag‘ishlovchi mana shunday o‘yinlar asosida qura bilsa, bilim olish jarayoni shodlik va zavq manbaiga aylanadi va shu bilan birga o‘quvchiga erkinlikni his etash imkonini beradi.

O‘quvchilarga biror harf (tovush)ga oid so‘zlar topish vazifasi yuklatiladi. Bu harf (tovush) so‘z boshi, so‘z o‘rtasi va so‘z oxirida keishi lozimligi vazifasi beriladi. Masalan, «a» tovushiga oid so‘zlar toping. Qisqa vaqt mobaynida ma’lum nazariy bilimlarni o‘quvchiga yetkazish unda ayrim faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hosil qilish, ma’naviy sifatlarini shakllantirish, shu bilan birga ularni nazorat qilish hamda baholash, o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat va chaqqonlik talab etadi. O‘quvchilarni mustaqil fikralashga yo‘naltiruvchi mantiqiy metodlar, interfaol usullarda o‘z aksini topadi. Dars berish usullari ta’lim beruvchining faoliyatini tashkillashtirish vositasidir. Ta’limga muhokama va rivojlantiruvchi xarakter beruvchi, ta’lim oluvchilarni mahsuldor faoliyatini ta’minlovchi dars berish va o‘qitish usullari – interfaol usullar deyiladi. Ana shunday interfaol metod va texnologiyalardan namunalar keltiramiz:

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  • 1.    Rafiyev A. , G’ulomova N. Ona tili va adabiyot (kasb-hunar kollejlari uchun darslik). T. , “Sharq”, 2013.

  • 2.    Erkaboyeva N. Q. Adabiyot fanidan savol-javoblar to‘plami. T. “Navro’z”, 2018.

  • 3.    Norova N.K. “ ONA TILI DARSLARIDA TA`LIMIY O‘YINLARNI

    QO‘LLASHNING AHAMIYATI. 2022

"Экономика и социум" №3(94) 2022

Список литературы Ona tili fanini o`qitishda zamonaviy metodlar va ularning ahamiyati

  • Rafiyev A., G'ulomova N. Ona tili va adabiyot (kasb-hunar kollejlari uchun darslik). T., "Sharq", 2013.
  • Erkaboyeva N. Q. Adabiyot fanidan savol-javoblar to‘plami. T. "Navro'z", 2018.
  • Norova N.K. " ONA TILI DARSLARIDA TA'LIMIY O‘YINLARNI QO‘LLASHNING AHAMIYATI. 2022.