Otashnafas shoir Huvaydo hayot yo’liga bir nazar

Автор: Xolmurodov I.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 12-1 (91), 2021 года.

Бесплатный доступ

Millatimiz tarixining XVII-XVIII asrida yashagan yetuk shoirlardan biri bo’lmish Xo’janazar Huvaydo Hazratlarining hayot yo’li haqida o’quvchilarda ta’surot o’yg’otish, yangi ma’lumotlar bilan o’quvchilarni tanishtirish.

Huvaydo, “rohati dil”, o’sh va chimyon, boborahim mashrab, beg’ali qosimov, qodirqul ro’zmatzoda maqolalari

Короткий адрес: https://sciup.org/140289036

IDR: 140289036

Текст научной статьи Otashnafas shoir Huvaydo hayot yo’liga bir nazar

Master in Termez State University Department of Literary Studies, 2nd year student

Annotation : To acquaint students with the life of Hazrat Khojanazar Huwaido, one of the leading poets of the 17th-18th centuries in the history of our people, to acquaint students with new information.

Millatimiz ta’rixiga nazar tashlar ekanmiz, ming yillar davomida xalqimiz qon qoniga singib ketgan Islom dinining qadriyatlari, ahkomlari o’z o’zidan adabiyotimizga ham o’z ta’sirini ko’rsatgan. Qarib ming yillar davomida xalqimiz muqaddas kitobimiz bo’lmish Qur’oni karim va hadisi sharifga tayangan holda yashab kelganlar. E’tiborli jihati shundaki, ko’p xollarda yetuk din ulamolari bir vaqtning o’zida shoir, faylasuf, mutafakkir, hatto, ba’zi xollarda qomusiy olim kishilar bo’lishgan, yetuk shoirlar esa dinni puxta bilgan, yoshligidan Quroni karimni yod olgan murattab qori bo’lgan, shariat ahkomlarini o’zlashtirgan kishilar bo’lishgan. Bunday ulug’ siymolarga Abu Nasr Farobiy, Al- Xorazmiy Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug’ mutafakkirlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Asrlar davomida din va adabiyot birlashib, dinning yetuk falsafasi bilan adabiyotning nodir so’z sanati vujudga keldi. Natijada islom diyorida ko’plab mutasavvuf shoirlar yetishib chiqdilar. Bu xolat XVIII asrda ham o’z aksini ko’rsatgan jumladan So’fi Olloyor, Boborahim Mashrab kabi mutasavvuf shoirlar ham din arbobi, ham yetuk shoir ham edilar. Biz ijodini o’rganmoqchi bo’lgan bir vaqtning o’zida ham ilmda piri murshidi komi, ham ijodda yetuk mutasavvuf shoir Ho’ janazar Huvaydo hazratlari ham shunday buyuk zodlardan edilar. Ham din peshvosi piri murshid, ham mohir so’z ustasi bo’lgan Huvaydo hazratlari o’z she’rlatida din falsafasini va qarashlarini aks ettirgan. Xo’janazar G’oyibnazar o’g’li Huvaydo 1704 — Chimyon shahrida tavallud topgan. Shu o’rinda shoirning tavallud topgan shahri haqida adabiyotshunoslikda bir qancha baxsli munozaralar mavjud ekanligini ham ta’kidlab o’tishimiz lozim. Jumladan adabiyotshunos olim Beg’ali Qosimov maqolasida shunday yozadi: “Huvaydo (taxallusi; asl nomi Xo’janazar G’oyibnazar o’g’li) (1704 — O’sh shahri — 1780/81, Farg’ona viloyati Chimyon qishlog’i) — shoir, tasavvuf she’riyatining yirik vakili. Qo’qon madrasalarida o’qigan. Qishlog’ida maktab ochib, uzoq vaqt maktabdorlik qilgan, kosiblik bilan ham shug’ullangan.” Ammo olimning Xo’ janazar Huvaydo hazratlarining O’sh shahrida tug’ilganligi haqidagi mulohazalarini Farg’ona davlat universiteti dotsenti Qodirqul Ro’zmatzoda o’zining “Sharq Yulduzi” jurnalida chiqqargan maqolasida tanqid ostiga oladi. Adabiyotshunos olim Nusratullo Jumaxo‘ja ham Beg’ali Qosimovning yuqoridagi fikrlariga qo’shilmaydi va Xo’janazar Huvaydoning hayoti hamda ijodiga bag‘ishlangan ilmiy maqolasida shunday yozadi: “ Huvaydoning otasi G‘oyibnazar Ernazar o‘g‘li 1104 hijriy yillarda bir guruh marg‘ilonlik qarindoshlari bilan Chimyonga ko‘chib kelgan. Huvaydo shu oilada, shu maskanda tavallud topgan.” Biz bu holatda shoirning “Rohati dil” dostonida o’zi yozgan ma’lumotga tayanishni lozim topdik. Shoir “Rohati dil” dostonida shunday yozadi:

Kaminaning oti Xojamnazardur,

Atosinging oti G‘oyibnazardur.

Nasabda O‘shiyu mavludi Chimyon

G‘aribu xoksoru dil parishon

Bundan ko’rinadiki, shoir asl nasabi o’shlik bo’lsada, Chimyon shahrida tavallud topgan. Otasi G’oyibnazar dastlab O’sh shahrida yashagan va keyinchalik Chimyonga ko’chib o’tgan. Qodirqul Ro’zmatzoda maqolasida bir vaqtning o’zida Tasavvufshunos Ikromiddin Ostonaqulovning ham qarashlariga qarshi chiqadi. Olim Huvaydo haqida shunday yozadi: “Kunlardan bir kun Ofoqxo‘ja (rahmatullohi alayhi) o‘z muridiga “Sen farzand ko‘rsang. Otini Xo‘janazar qo‘y, mening nazarim andadur” deb xushxabar berdilar. …Oradan 5-6 yil o‘tib, G‘oyibnazar o‘g‘il ko‘rib, ismini Xo‘janazar qo‘yadi. U paytda G‘oyibnazar O‘shda yashar edi. Keyinchalik u Farg‘onaning Chimyon qishlog‘iga ko‘chib kelib, madrasa va xonaqoh ochib, mudarrislik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Huvaydo ta’lim –tarbiyani o‘z otasidan olgan. So‘ng Qo‘qon madrasalarida tahsil olib, o‘z qishlog‘iga qaytib, mudarrisldik qilgan, she’riy ijod bilan mashg‘ul bo‘lib, g‘azallar bitgan”.

Ko’rinadiki, Ostonaqulov ham Huvaydoni O’sh shahrida tavallud topgan degan qarashni ilgari suradi. Ammo biz bu kabi baxslardan eng ishonchlisi sifatida shoirning o’zi yozgan “Rohati dil” dostoniga tayanishimiz maqsadga muvofiq deb bildik. Chunki, shoirning o’zining fikri eng ishonchli manba sifatida qaraladi. Qodirqul Ro’zmatzoda yana bir xolatga ham e’tirozli fikr bildiradi. U ham bo’lsa, olimning Qo’qon madrasalarida tahsil olganligidadir. Yuqorida keltirganimizdek Huvaydo haqidagi ma’lumotlarni uning devoniga hamda “Rohati dil” dostonidagi ma’lumotlarga tayanib mulohaza qilayotgan Beg’ali Qosimov ham Ikromiddin Ostonaqulov ham Xo’janazar Huvaydoni Qo’qon madrasalarida tahsil olganligini ta’kidlaydi. Ammo Qodirqul Ro’zmatzodaning fikricha bunday ma’lumot yo’q va olimlarning bu fikrga kelishiga sabab Huvaydo singari istedodli shoir, albatta, o’z ilmlarini biror Qo’qon madrasalarida olgan bo’lishi aniq deb tahmin qilganligidir. Qodirqul Ro’zmatzoda o’z maqolasida bu holatga shunday izoh beradi: “….Huvaydoning Qo‘qon madrasalaridan birida tahsil ko‘rganligi yoki otasi Chimyonda qurgan madrasada mudarrislik qilganligi haqida ma’lumot uchramaydi. Afsuski, ko‘p tadqiqotchilar Huvaydo singari iste’dodli shoir katta bilim va badiiy mahoratga ega bo‘lish uchun Qo‘qon madrasalaridan birida tahsil ko‘rgan bo‘lsa kerak, degan taxminlarini o‘quvchiga haqiqat sifatida taqdim etadilarki, bu ilmiylik va xolislik talablariga ziddir.”

Ma’lum bo’ladiki, Shoirning tavalludi xususida adabiyotshunosligimizda bir qancha bahsli xolatlar mavjud. Qishlog’ida maktab ochib, uzoq vaqt o’zi o’sha maktabda maktabdorlik bilan shug’ullangan, qolgan vaqtlarida kosiblik bilan ham mashg’ul bo’lgan Xo’janazar Huvaydo hazratlari mumtoz she’riyatimizning deyarli hamma janrlarida ijod qilgan. Uning bizgacha 351 g’azal, 28 ruboiy, 41 to’rtlik, 3 muxammas, 1 musaddas, 1 musamman, 1 mustazod, 3 masnaviy hamda axloqiy-didaktik mazmundagi «Rohati dil» manzumasi kirgan devoni yetib kelgan. Bu devon shoirning nabiralari tomonidan tuzilgan. Shoirning barcha she’rlari xalq orasida juda ham mashhur bo’lgan.

Xo’janazar Huvaydo hazratlari otasi so‘fiy G‘oyibnazar eshon domla xonadonida ulg’ayadi. Dastlab, padari buzrukvoridan islom dinining asoslarini, fiqh ya’ni islom xuquqshunosligi ilmini, qol ilmini hamda hol ilmini chuqur o‘rgandi. Bu haqda shoirning o‘zi:

Ham o‘qub ilmu adab, bo‘ldum “Aqoyid”xoni ishq,

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Huvaydoning badiiy falsafiy me’rosi. Qodirqul Ro’zmatzoda “Sharq yulduzi” jurnali, 2015 - 1

  • 2.    Avliyolar sultoni. Turonlik valiylar (To’plamni nashrga tayyorlovchi va so’z boshi muallifi Ikromiddin Ostonaqulov) – Toshkent, “Yangi asr avlodi”. 2004.B.192-193

  • 3.    Huvaydo. Rohati dil. Ibrohim Adham (Tabdil qiluvchi nashrga tayyorlovchi va so’z boshi muallifi Qodirqul Ro’zmatzoda). T. “Navro’z”,2011. B. 35

  • 4.    Xo’janazar Huvaydo. Devon. Toshkent:. “Yangi asr avlodi”, 2005-yil.

"Экономика и социум" №12(91) 2021

Список литературы Otashnafas shoir Huvaydo hayot yo’liga bir nazar

  • Huvaydoning badiiy falsafiy me'rosi. Qodirqul Ro'zmatzoda "Sharq yulduzi" jurnali, 2015 - 1
  • Avliyolar sultoni. Turonlik valiylar (To’plamni nashrga tayyorlovchi va so’z boshi muallifi Ikromiddin Ostonaqulov) - Toshkent, “Yangi asr avlodi”. 2004.B.192-193
  • Huvaydo. Rohati dil. Ibrohim Adham (Tabdil qiluvchi nashrga tayyorlovchi va so’z boshi muallifi Qodirqul Ro’zmatzoda). T. “Navro’z”,2011. B. 35
  • Xo’janazar Huvaydo. Devon. Toshkent:. “Yangi asr avlodi”, 2005-yil.
Статья научная