O‘zbek geografik terminlarining leksikografik talqini
Автор: Alijonova G.A.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 5-2 (96), 2022 года.
Бесплатный доступ
Maqolada “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi geografik terminlar haqida fikr yuritiladi.
Terminologik lug'at, dyuna(lar), terrasa, qomuslar, galereya, eskirgan va dialektal birlik, cho'qo'lak
Короткий адрес: https://sciup.org/140300327
IDR: 140300327
Текст научной статьи O‘zbek geografik terminlarining leksikografik talqini
Termin chegaralangan leksik qatlamga mansub lug‘aviy birlik sifatida terminologik tadqiqotlarning asosiy obyekti, terminologik lug‘atlar yaratishning muhim manbai hisoblanadi.[2:56] 2006-2008–yillarda nashr etilgan 5 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”iga hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng iste’molda bo‘lgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalarini, fan, texnika, san’at va madaniyat sohalariga oid terminlarni, bir necha shevada qo‘llanadigan so‘zlarni, ba’zi tarixiy va eskirgan atamalarni o‘z ichiga oladi.[3:3] “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (keyingi o‘rinlarda O‘TIL) dan tadqiqotimiz obyekti bo‘lgan geografiya sohasiga oid 400 ga yaqin termin tanlab olindi. “O‘TIL”dagi berilgan geografik terminlarni soha darajasiga ko‘ra 3 guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin:
-
1. Geografiyada ham, umumiste’mol qatlam tarkibida ham qo‘llanuvchi terminlar: bulut, bo‘ron, vodiy, girdob, daryo, dashtlik, dovon va shu kabilar.
-
2. Faqat geografiya sohasida qo‘llanuvchi terminlar: tayga, tayfun, massiv, aysberg, landshaft, briz, liman, fyon va shu kabilar.
-
3. Geografiyada ham, boshqa sohalarda ham qo‘llanuvchi terminlar: bukilma, tekislik, izobara, parallel, poyas, punkt, po‘st, sirt, qutb va shu kabilar
Mazkur lug‘atda ko‘plab geografiyaga oid terminlar o‘rin olgan bo‘lsa-da, salmoqli qismiga terminologik sohaga mansublikni bildiruvchi leksikografik belgi (pometa) qo‘yilmagan. Buning yana bir sababi izohli lug‘atlarni tuzuvchi leksikograflar esa terminga birinchi navbatda so‘z sifatida qarab, uni so‘zga xos umumiy lisoniy belgilarni hisobga olgan holda izohlaydilar va izohda terminning mutaxassis tomonidan tayin qilingan barcha belgilarini emas, balki uning eng muhim eng asosiy bir-ikki belgisini aks ettirish bilan kifoyalanadilar.[1:57] Biroq “O‘TIL”da berilgan quyidagi geografik terminlarga sohaga oidlikni ifodalash uchun shartli belgi (geogr. qisqartmasi) qo‘yilishi kerak degan fikrdamiz:
BRIZ [fr. brise - shabada] Dengizlar, katta ko‘llar, baʼzan yirik daryolar sohilida esadigan, kecha-kunduzda davriy o‘zgarib turadigan shamol, shabada.
DYUNA(LAR) [nem. dune] Shamol taʼsirida hosil bo‘ladigan (to‘planadigan) va uzluksiz siljib turadigan qum tepalari.
GAVAN [goll. haven] Dengiz va daryolarda suv sathining to‘lqin, shamol va suv oqimlaridan sunʼiy yoki tabiiy himoyalangan, kemalar turadigan va taʼmirlanadigan qirg‘oq qismi.
MASSIV [fr. massif - og‘ir vaznli < lot. massa — bo‘lak, parcha] 1 Tog‘lik, cho‘l va sh. k. joylardagi tekis, yaxlit qismlar.
SAVANNA [isp. sabana < indeys tillaridan] Afrika, Janubiy Amerika, Shi-moli-Sharqiy Avstraliya va Janubiy Osiyoda: o‘simliklarning tropik o‘rmonlar va saxrolar oralig‘ida tarqalgan mintaqaviy tipi; unda baland, bo‘liq o‘tlar orasida hakkam-dukkam yoki to‘p-to‘p daraxtlar hamda butalar o‘sadi.
SAYOZLIK 1 Soy, ko‘l, ariq, daryo kabi suv havzalarining suvi kamayib, tagi yuzaroq bo‘lib qolishi.
TAYGA [r. tayga < t. oltoy tayg‘a - qoyali tog‘] Osiyo, Yevropa va Amerikaning shimolidagi qalin o‘rmon zonasi.
TERRASA [fr. terrasse < lot. terra - yer, zamin] Tog‘ yonbag‘irlaridagi zinapoyasimon bo‘lib tushgan tabiiy yoki sunʼiy tekis sahn, maydoncha.
TOSHQIN Qor va muzliklarning shiddatli erishi, yog‘inning ko‘p bo‘lishi, tabiiy va sunʼiy to‘g‘on va dambalarni suv vayron qilishi va b. sabablar tufayli daryo, soy, ko‘l suvlarining qirg‘oqdan oshib, sohil, yerlarni bosuvi.
“O‘zbek tili geografik terminlarining izohli lug‘ati”dan leksema, so‘zshakl va birikma shaklidagi terminlardan iborat lug‘at maqolalari o‘rin oladi. Terminlar an’anaviy tarzda alifbo tartibida beriladi. Geografiya sohasiga oid terminlarning ma’nolarini izohlashda leksikografik an’analardan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. “O‘zbek tili geografik terminlarining izohli lug‘ati”ning lug‘at so‘zligidan o‘z va o‘zlashgan qatlamga oid terminlar o‘rin oladi. Shuning uchun lug‘at yaratishda biz ularning hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llaniladigan va kishilar nutqida hozirgacha saqlanib qolganlarinigina kiritishni maqsad qilganmiz.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga kirmagan kelgusida yaratiladigan “O‘zbek tilining geografik terminlarining izohli lug‘ati”ga kiritilishi lozim bo‘lgan ayrim terminlar ifodasini taklif sifatida taqdim etmoqchimiz:
ALP [ing.] Tik yonbag‘irlar ustidagi qiya shaklda muzlagan cho‘qqi.
BO‘RTIQ – Relefning kichik musbat (ko‘tarilib turgan) shakli, tepa, do‘ng, qoya va hokazo
GORST [nem. orst – do‘nglik, balandlik] Yer po‘stining uzilmalar bo‘yicha yuqoriga ko‘tarilgan qismi.
FORD [ing.] dengizlarning qirg‘oqlari tik, ko‘pincha qoyalari tor, chuqur qo‘ltiqlari
LAGUNA [ital. lacus – ko‘l] 1 To‘lqin keltirgan qum marzalari orqali dengizdan ajralib qolgan yoki kambar quruqlik bilan dengizdan ajralgan sayoz tabiiy suv havzasi.
KAMPOSLAR [por. kampo – dala, tekislik] Yassi tog‘lardagi savannalar nomi
KANYON [ing. canon] Daryoning uzoq muddatli vaqt davomida ob-havo va eroziv faolligi natijasida yuzaga keladigan qoyalar va cho‘qqilar orasidagi chuqur yoriq yoki ikki tog‘ cho‘qqisi orasidagi yoriq.
KOL – [ing. col] Ikki cho‘qqi orasidagi tog‘ tizmasining eng past nuqtasi.
KRATER [yun. krateros – katta tovoq] Yer yuzasida yoki dengiz ostida uchraydigan tovoqsimon yoki voronkasimon chuqurliklar.
KRYAJ – uzun cho‘zilgan va tepalari yassi gumbazsimon qirlar.
MARSH – [ing.] Ko‘pincha ko‘llar va daryolar qirg‘og‘ida joylashgan, ustini suv o‘tlari bosgan botqoq yer.
MORENA [fr. moraine] Muzliklar erib chekingandan keyin qolgan tog‘ jinslari uyumi.
PALAXSA – Yer po‘stining, tektonik yoriqlar bilan ajralib, ko‘tarilib qolishdan hosil bo‘lgan tog‘
SAYROB – tog‘larning havo harakati ta’sirida yomg‘ir ko‘p tushadigan, sersuv joy, vodiy boshi
SAKRAMA – Daryoning tor, teroqar qismi, shalola
SANGIR – Tog‘larda tik kesilib tushgan jarlik, daryoning qulash natijasida hosil bo‘lgan tik qirg‘og‘i
TROG [ nem. trog – tog‘ora] muzlik o‘yib o‘zgartirgan tog‘orasimon tog‘ vodiysi
UVAL – yonbag‘irlari bilinar-bilinmas qiya, uzun cho‘zilib ketgan qirlar
SHUG‘A – kuzda, qishda suv muzlashi oldidan suvda oqadigan g‘ovak muz parchalari
SHELF – dunyo okeani tubining qirg‘oqqa yaqin qismi.
CHO‘QO‘LAK Cho‘llarda bo‘ta, o‘tlar atrofida to‘planadigan qum do‘ngchasi.
Anglashiladiki, lug‘at yaratish murakkab jarayon bo‘lib, lug‘at uchun lug‘aviy birliklarning miqdorini aniqlab olish, uning tipi, yo‘nalishini to‘g‘ri belgilash lug‘atchilik jamoasi uchun muhim vazifalardan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
"Экономика и социум" №5(96) 2022
Список литературы O‘zbek geografik terminlarining leksikografik talqini
- Madvaliyev A. Izohli lug‘atda terminlarning leksikografik talqiniga doir. "O‘zbek tili va adabiyoti". 2009. - 1-son, - B. 57.
- Madvaliyev A. Termin-terminologik lug‘at-izohli lug‘at. "O‘zbek tili va adabiyoti". 2008. - 6-son, - B. 56.
- O‘zbek tilining izohli lug‘ati. V jildli. -Toshkent: "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2020. 1-jild. Tuzatilgan 2-nashri. -B.3.