O’zbek xalq poetik ijodida milliy qadriyatlarimiz va xalq qo'shiqlarimizning tutgan o’rni

Автор: Raxmatova D.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 3-1 (82), 2021 года.

Бесплатный доступ

“O’zbek folklori” talabalarga xalq og’zaki ijodi haqida bilim berish, ularda folklor asarlarini tahlil va talqin qilish ko’nikmalarini shakllantirish, milliy an’analarga nisbatan hurmat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Yosh avlodni tarbiyalash g’oyasini ifodalashda folklor asarlari va an’analarining ahamiyatini belgilash, adabiyotshunoslik va xalq og’zaki ijodining chambarchas bog’liq ekanligini anglash hamda folklor asarlarini ilmiy jihatdan o’rganish ko’nikmalarini shakllantirish. Istе'dodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab qolishi va kеng ommalashtirish bilan birga ogʻzaki an'analari doirasida uni yanada mukammallashtirgan holda, yangilarini yaratilishi.

Еще

Короткий адрес: https://sciup.org/140260357

IDR: 140260357

Текст научной статьи O’zbek xalq poetik ijodida milliy qadriyatlarimiz va xalq qo'shiqlarimizning tutgan o’rni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Sharq taronalari” o’n ikkinchi xalqaro musiqa festivali ochilishiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi nurqida:

“Barchangiz guvohsiz, shu kunlarda generativ musiqa, sunʼiy intellekt haqidagi bahslar qizgʻin tus olmoqda. Kelajak musiqasini endi faqat texnika yaratadi, degan bashoratlar ilgari surilmoqda. Lekin hammamiz yaxshi bilamizki, har qanday mukammal texnika vositasi ham tirik inson nafasini, uning yurak nolalarini, jonli ovoz jozibasini, chinakam sanʼat o’rnini hech qachon bosolmaydi. Haqiqiy sanʼatni, sof va boqiy musiqani faqat Parvardigori olamning marhamati bilan hazrati Inson yaratadi.

Sayyoramizda turli kelishmovchilik va qarama-qarshiliklar, urush va nizolar avj olgan tahlikali zamonda, odamzot tobora oʻz dunyosiga oʻralib borayotgan bir sharoitda musiqa insonga insonligini eslatib, uning qalbida kelajakka umid va ishonch uygʻotadi.

Musiqa sanʼati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. Sanʼat bilan oshno bo’lgan yoshlarning hayotga munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland boʻladi.

Va men ishonaman, ular dunyoni maʼnaviy tanazzuldan qutqarishga qodir boʻlgan, oʻzaro ahillik va birdamlikni ulug’lovchi avlod boʻlib maydonga chiqadi. Shu maʼnoda, musiqa – hech narsa bilan oʻlchab, solishtirib boʻlmaydigan beqiyos ilohiy taʼsir kuchiga ega desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz”.

Shavkat Mirziyoyev .

Dunyo xalqlari qatori mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarni tiklash, unutilgan an’analarni keng ommalashtirish va ularni chuqur o’rganish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Zero, O’zbekiston xalqining qadimgi urf-odat, an’ana va marosimlarga alohida e’tibor berishi ma’naviy tiklanish jarayoni jadal kechayotgan hozirgi kunda muhim ahamiyatga ega. Chunki, kishilarni yangicha ruhda tarbiyalash, ularning ongiga milliy mustaqillik g’oyalarini chuqurroq singdirish, ajdodlarimiz yaratgan qadriyatlar mohiyatini keng targ’ib qilishda, an’ana va marosimlar mohiyatini anglash, ularni ayniqsa, yoshlarga chuqurroq tushuntirish, milliy istiqlol mafkurasini keng omma orasiga yoyishning ta’sirchan vositalaridan biri hisoblanadi. Jamiyat rivoji davomida kishilarning o’zaro munosabatlari va ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot qonuniyatlari asosida muayyan urf-odat va marosimlar tizimi shakllanadi. Asrlar davomidagi rivojlanish jarayonida xalqona, milliy xususiyatlarni aks ettirgan marosim va an’analargina saqlanib, takomillashib kelaveradi. Xalqning milliy ruhiyati va mentaliteti ham uning marosimlari hamda og’zaki badiiy ijodiyotida o’z ifodasini topadi.

Ma’kumki, an’ana va marosimlar xalqning ulug’vorligini, uning milliy qadr-qimmatini va mehnatsevarlik, erksevarlik, do’stlikka sadoqatni, boshqa xalqlarga hurmat, Vatanga muhabbati-yu, dushmanga nafrat kabi xususiyatlarini o’zida aks ettiradi. Xalqning eng yaxshi an’analari – insonparvarlikni, jamoa bo’lib ishlash va kamtarlikni, mehmondo’stlikni va kattalarga hurmatni, asrlar davomida mehnatkash xalq orasida rasm-rusumga aylangan boshqa ijobiy xislatlarni o’zida gavdalantiradi.

Folklor haqida imumiiy tushuncha. «Folklor» atamasi aslida «folk» — xalq va «lore» — donolik so’zlaridan yasalgan bo‘lib, «xalq donoligi, xalq donishmandligi» ma’nolarini anglatadi. Uni birinchi marta 1846- yilda Vilyam Toms ilmiy istiloh sifatida qo’lladi. Shundan boshlab bu istiloh xalqaro miqiyosda ilmiy taomilda o’zlashib ketdi. Shunga qaramay, Angliya, AQSh va boshqa ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda bu mavhum keng ma’noda xalq ijodining barcha sohalarini — xalq poeziyasi, xalq nasri, musiqasi, raqsi, rassomlik, o’ymakorlik, diniy e’tiqodi va odatlarini ifodalasa, boshqa tillarda so’zlashuvchi xalqlarda, asosan, so’z san’atini — xalq og‘zaki poetik ijodi tushunchasini ifoda etadi.

Xalq musiqasi tushunchasini ifodalashda «musiqa folklori», xalq san’atining boshqa turlarini, chunonchi, o’ymakorlik, zargarlik, zardo’zlik, kashtachilik (patdo‘zlik) singarilar «xalq amaliy san’ati» termini ostida tushuniladi. O’zbek folklorshunosligi tarixida «folklor» istilohi nisbatan keyinroq ilmiy iste’molga kirdi. U dastlab «el adabiyoti», «og‘zaki adabiyot», «og’zaki ijod» tarzida qo'llanildi. O’zbek folklori xilma-xil janrlardan tarkib topgan og’zaki so’z san’ati bo’lib, xalqimizning dunyoqarashi, badiiy zavqi, ijodiy salohiyati, simpatiya va antipatiyasini, orzu va intilishlarini aks ettiradi.

Xalq —folkloming ijodkori. Folklor qabila, urug’, elat, xalq yoki millatning mafkurasi va psixologiyasini aks ettiradi. Uning paydo bo’lishida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Boshda ijod g’ayrishuuriy holda bo’Igan. Ijodkor g’ayriixtiyoriy tarzda mohiyatni tushunmagan holda ijod etar edi.

Folklorshunoslik sotsiologiya, etnologiya, til, tarix, arxeologiya, san’atshunoslik, musiqashunoslik va boshqa fanlar bilan aloqadorlikda ish ko‘radi. Chunki folklor sinkretik so‘z san’ati sifatida san’atning barcha turiari bilan chambarchas bog‘langan .

O’zbek xalq og’zaki ijodining eng qadimiy va barqaror janrlaridan biri marosim folkloridir. Bu janr o’zining hayotiy yo’nalishi va maqsadi jihatidan ikki katta turkumga -mavsumiy hamda oilaviy-maishiy marosimlar folkloriga bo'linadi. O'z navbatida bu ikki turkum vazifasi, tuzilishi va poetik tabiati bilan har xil janrlarni qamrab oladi.

Oilaviy – maishiy marosim folklori etnografik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Bunga kiradigan marosimlar vazifasi va mazmuni boʻyicha bir necha xilga bo'linadi: a) so'zning sehrgarlik qudratiga asoslangan kinna, badik( gulafsho), burey-burey, avrosh, olqish va qarg'ish kabi qadimiy urf-odatlar; b) bolalarning beshikdagi davri bilan bog'liq-beshikka solish, chilar qochirish kabi udumlar folklori; v) toʻy marosimlari faolliklari ifodalovchi yor-yor, oʻlan, lapar, kelin salom, toʻy olqishlari, oyna ko'rsatar qo'shiqlari kabilar; e) motam marosimi folkloriga mansub yig'i-yo'qlovlar.

Mustaqillik sharofati tufayli ajoyib milliy anʼanalar urf-odatlar va marosimlarni tiklash boyitish va hayotga keng joriy etish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ayni vaqtda bir tizimdan boshqa tizimga o’tish davrida xalq anʼanalari, urf-odat hamda marosimlarini tiklash, rivojlantirish va ommalashtirish nihoyatda murakkab va mas'uliyatlidir. Buni chuqur anglagan holda xalqimizning azaldan ma'lum bo'lgan ahillik, mehr-oqibat, xayr-saxovat, hamdardlik, kamtarlik, shirinsuxanlik kabi fazilatlarni yoshlar ongiga singdirish rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi.

Yoshlarning kelajakda vatanimizning barkamol farzandlari bo’lib yetishlari uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan zero buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan betakror maʼnaviy merosini yosh avlodga o’qib-o’rganishi hayotiy zarurat bulmogi kerak shu bilan birga go’zal fazilatlarga ega boʻlgan asrlar osha saqlanib kelayotgan marosimlardan qurib foydalanishga katta kelajak vorislari bo’lgan yoshlar qonunlarni o’rganish ularni hurmat qilishi asosiy burchlaridan biri hisoblanadi zero urf-odatlarimiz qadriyatlarimiz marosimlarimizning mohiyatini yoshlar ongiga yetkazish milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizning bu borligini saqlagan holda yoshlar shuuriga singdirish ular maʼnaviyatini shakllantirishning muhim omilidir.

Adabiyotlar:

  • 1.    I. Jabborov. O’zbek xalqi etnografiyasi. – T. ”O’qituvchi”, 1994

  • 2.    S. Yo’ldosheva. Xalq urf – odatlari va an’analari. T. ”Ijod Dunyosi”, 2003

  • 3.     www.literature.uz.

  • 4.     www.ziyonet.uz.

"Экономика и социум" №3(82) 2021

Список литературы O’zbek xalq poetik ijodida milliy qadriyatlarimiz va xalq qo'shiqlarimizning tutgan o’rni

  • I. Jabborov. O'zbek xalqi etnografiyasi. - T. "O'qituvchi", 1994
  • S. Yo'ldosheva. Xalq urf - odatlari va an'analari. T. "Ijod Dunyosi", 2003
  • www.literature.uz.
  • www.ziyonet.uz.
Статья научная