Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda (Yaponiya, Singapur, Germaniya, AQSH) davlat hokimiyati tizimida rotatsiya institutining qiyosiy-huquqiy tahlili

Автор: Jiyanova Sh.M.

Журнал: Мировая наука @science-j

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 5 (62), 2022 года.

Бесплатный доступ

Davlat organlarida ishlash samaradorligini oshirish hamda korrupsiyaning oldini olishda xorij tajribasini o‘rganish muhim sanaladi. Shu sababdan, hozirgi o‘rinda rivojlangan davlatlarning rotatsiya institutini qo‘llash bo‘yicha ilg‘or tajribasini ko‘rib chiqamiz.

Davlat hokimiyati, boshqaruv tizimi, xorij tajribasi, rotatsiya

Короткий адрес: https://sciup.org/140293146

IDR: 140293146

Текст научной статьи Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda (Yaponiya, Singapur, Germaniya, AQSH) davlat hokimiyati tizimida rotatsiya institutining qiyosiy-huquqiy tahlili

RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLARDA (YAPONIYA, SINGAPUR, GERMANIYA, AQSH) DAVLAT HOKIMIYATI TIZIMIDA ROTATSIYA INSTITUTINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI

Annotatsiya: Davlat organlarida ishlash samaradorligini oshirish hamda korrupsiyaning oldini olishda xorij tajribasini o‘rganish muhim sanaladi. Shu sababdan, hozirgi o‘rinda rivojlangan davlatlarning rotatsiya institutini qo‘llash bo‘yicha ilg‘or tajribasini ko‘rib chiqamiz.

Kalit so’zlar: davlat hokimiyati, boshqaruv tizimi, xorij tajribasi, rotatsiya.

Germaniyada rotatsiya davlat idoralarida korrupsiyaning oldini olish maqsadida ko‘p yillardan beri amalga oshirilib keladi. Korrupsiyaga ko‘proq ta’sirli lavozimlarni egallagan xizmatchilarni rotatsiya qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Bunday lavozimlarda xizmat qilish muddati 5 yilgacha qilib belgilangan bo‘lib, bu muddatni cho‘zish uchun zarur hujjatlarda tegishli yozuvlarni kiritish shart. Bu talab xodimlarni lavozimlarga joylash jarayoni ustidan nazoratni kuchaytiradi, bunday qarorni qaysi mansabdor qanday sabablarga asoslanib qabul qilganini aniq ko‘rsatib turadi. Bu esa o‘z o‘rnida mansabdor shaxslarning ma’suliyatini oshishiga xizmat qiladi. Germaniyalik ekspertlarning fikriga ko‘ra, rotatsiya tufayli korrupsiya holatlari darajasi pasayishiga quyidagi omillar sabab bo‘ladi: alohida shaxs va davlat xizmatchisining qayta uchrashish ehtimoli kamayadi; pora taklif etishi mumkin bo‘lgan alohida shaxs keyinchalik lavozimga kelgan yangi xizmatchi tomonidan o‘zining oldingi “marhamati” hisobga olinishiga ishonch hosil qilolmaydi; alohida shaxs pora taklif qilsa yangi davlat xizmatchisining javobi qanday bo‘lishini bilmaydi.

Germaniya Federativ Respublikasida 2004-yildan beri Federal Ichki ishlar vazirligi huzurida federal hokimiyat organlaridagi korrupsiyaning oldini olish dasturi faoliyat olib boradi va uning muammoni hal qilishda asosiy usuli xodimning keyingi rotatsiyadan so‘ng korrupsiyaga yo‘l qo‘yish darajasini tahlil qilish va uning oldini olish va yuqori stavkali lavozimlarda xizmat muddatini cheklash (5 yilgacha) dan iborat. Germaniyada korrupsiyaning oldini olishda rotatsiya institute muhim rol o‘ynaydi. Davlat xizmatchilarini rotatsiya qilish borasidagi Germaniya tajribasi tadqiqotchilar tomonidan ijobiy baholanadi.

Aytish joizki, xodimlarni rotatsiya qilish mintaqalararo va davlat xizmati tarmoqlari o‘rtasida ham amalga oshiriladi (Fransiya, Xitoy). Birinchi holatda davlat xizmatchilarini ko‘proq rivojlangan mintaqalardan nisbatan kam rivojlangan hududlarga yuboriladi. Ikkinchi holatda esa xizmatchilarni davlat idorasining boshqa tarkibiy qismlariga rotatsiya qilish orqali ularni yangi kasbiy tajriba va ko‘nikmalarni egallashiga ahamiyat beriladi. Daniya, Kanada singari davlatlarda xodimlarni joy-joyiga qo‘yish sohasida hukumat dasturlari amal qiladi. Rotatsiya siyosati xodimlarning davlat xizmatidagi turg‘unligining oldini oladi, davlat idoralariga ularni tajribasi va imkoniyatlaridan unumli foydalanish imkonini beradi.

Yaponiyada qabul qilingan kadrlar almashinuvi tizimi alohida qiziqishga sabab bo‘ladi. Davlat organlarida asosiy rotatsiyani tartibga solish mezonlari 1947-yil 21-oktabrdagi 120-son “Davlat mansabdor shaxslari to‘g‘risida” gi qonun bilan tartibga solinadi. Qonunda rotatsiya qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining bir qismi sifatida ko‘rib chiqiladi, xodimlarning gorizontal va vertikal ravishda harakatlanishi, barcha davlat xizmatchilarini qamrab oladimi yoki yo‘qmi kabi normalar qayd etilgan. Mexanizm juda oddiy va tushunarli: davlat xizmatchisi davlat organiga ishga kirgach, xizmat ko‘rsatish va yuqori darajadagi lavozimni egallashdan oldin, bir xil darajadagi, ammo turli xil funksional majburiyatlarga ega bo‘lgan bir qator quyi lavozimlardan o‘tishi majburiydir. Yaponiya tizimi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, yosh ishchilarni yollash va moslashtirish bilan bog‘liq umrbod bandlik ham qonun bila tartibga solingan. Umr bo‘yi bandlik tizimi deganda butun umri davomida bitta ijroiya organida ishlagan xodim bosqichma-bosqich martaba pog‘onasidan yuqoriga ko’tariladi. Qoidaga ko‘ra, bir necha (ikki yoki uch) gorizontal harakatlardan so‘ng, vertikal aylanish, ya’ni o‘sish kuzatiladi va bunda lavozim, yuqori maoshga o‘tkazish ko‘zda tutiladi.

Yaponiyada Germaniyadan farqli ravishda, xodimlarning rotatsiya qilinishidan asosiy ko‘zlangan maqsad korrupsiyaning oldini olish emas, balki yuqori malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lgan har tomonlama bilim va saviyali kadrlarni yetishtirish orqali tashkilot va organlarni rivojlantirish hisoblanadi.

Ko‘rib turganimizdek, barcha davlatlarda korrupsiyaning oldini olish maqsadida rotatsiya qo‘llanilishi asosiy yechim sifatida qaralgan. Ikkinchi tomondan esa xodim ko‘nikmasini oshirish hamda ish samaradorligini takomillashtirish uchun ham xodimlar rotatsiyasi xorij mamlakatlarida ilg‘or tajriba hisoblanadi. Yuqoridagi ko‘rib chiqilgan masalalarni hisobga olgan holda, hozirgi vaqtda quyidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish taklif qilinadi: - davlat xizmatchilarini rotatsiya qilishning huquqiy asoslari va moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlarini yaratish; - korrupsiyaga ta’sirchanlik darajasini hisobga olgan holda rotatsiya qo‘llanadigan lavozimlar toifasi va mezonlarini aniqlash; - rotatsiyaning qo‘yilgan maqsadlarga erishish imkonini beradigan optimal muddatini belgilash; - ayrim davlat idoralarida sinov sifatida rotatsiya usulini qo‘llash.

Adabiyotlar:

  • 1.    A.Eminov. Rotatsiya korruptsiyaga qarshi kurashning samarali usuli: qiyosiy-huquqiy tahlil.

  • 2.    Халиков М.И., Галиуллин Т.Т.Зарубежный опыт государственной службы. Уфа, 2007. С. 46–47.

  • 3.    Государственная служба. Сборник. М., 2005. № 4. С. 145–147.

  • 4.    Corrupt Practices Investigation Bureau // Prime Minister’s Office Singapore. –2010. –P. 3.

Список литературы Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda (Yaponiya, Singapur, Germaniya, AQSH) davlat hokimiyati tizimida rotatsiya institutining qiyosiy-huquqiy tahlili

  • A.Eminov. Rotatsiya korruptsiyaga qarshi kurashning samarali usuli: qiyosiy-huquqiy tahlil.
  • Халиков М.И., Галиуллин Т.Т.Зарубежный опыт государственной службы. Уфа, 2007. С. 46-47.
  • EDN: BXDXGI
  • Государственная служба. Сборник. М., 2005. № 4. С. 145-147.
  • Corrupt Practices Investigation Bureau // Prime Minister's Office Singapore. -2010. -P. 3.
Статья научная