Sanitariya-gigiyena muhofaza qilish qonunlarining ahamiyatliligi

Автор: Nabiyev A.B., Abdulazizov A.A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 4-2 (95), 2022 года.

Бесплатный доступ

“Sanitariya-gigiyena muhofaza qilish qonunlarining ahamiyatliligi” nomli maqolada Sanitariya-gigiyena qonunlarining dolzarb jihatlari haqida so’z yuritganmiz. Ishlab chiqarish obyektlari va aholi o’rtasida sanitariya-gigiyena muhofaza qilish qonunlarini keng targ’ib qilish yuridik va jismoniy shaxslarning osoyishtaligi va havfsizligini ta’minlash demakdir.

Sanitariya, gigiyena, muhofaza, moddalar, normativlar, iste'moli

Короткий адрес: https://sciup.org/140292885

IDR: 140292885

Текст научной статьи Sanitariya-gigiyena muhofaza qilish qonunlarining ahamiyatliligi

Yuridik va jismoniy shaxslar ob`ektlarni rejalashtirish, loyihalashtirish va qurish, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda ishga tushirish paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etishili;

yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning, inshootlarning, davolash-profilaktika, ta`lim, madaniyat, sport muassasalari hamda boshqa muassasalar binolarining saqlanishini, shuningdek uskunalardan, transport vositalaridan foydalanilishini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq ta`minlanishi;

yuridik va jismoniy shaxslar kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni va materiallarni tashish, saqlash, qo`llash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish hamda ko`mib tashlash paytida aholining sanitariya-gigiyena osoyishtaligini ta`minlash maqsadida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etishlari;

yangi kimyoviy moddalarni, biologik vositalar va materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa qamda pardoz maqsulotlarini O`zbekiston Respublikasiga olib kirishga va ishlab chiqarishga faqat toksikologiya-gigiena jihatidan baholangandan keyingina O`zbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasi bilan yo`l qo`yilishi;

yuridik va jismoniy shaxslar radioaktiv moddalarni hamda boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko`rsatish, ularni tashish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko`mib tashlash paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etishlari;

davlat tashkilotlari va boshqa mulkdorlar tomonidan berilayotgan turar joylar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq bo`lishi;

sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga javob bermaydigan turar joylarda fuqarolarning yashashiga yo`l qo`yilmasligi;

yashovchilar hovli, uy atrofi hududlarini saqlash va turar joylardan foydalanishning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarini bajarilishi;

oziq-ovqat xom ashyosini, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo`yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar qamda yakka tartibdagi tadbirkorlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etishi shartliligi;

yangi oziq-ovqat qo`shimchalarini, maxsus qo`shiladigan biologik faol moddalarni o`zbekiston respublikasiga olib kirishga va ishlab chiqarishga faqat toksikologiya-gigiena jihatidan baholangandan keyingina O`zbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasi bilan yo`l qo`yilishi;

yuridik va jismoniy shaxslar xorijdan olib kirilayotgan texnologiyalarni, materiallarni, xom ashyoni va mahsulotni yetkazib berish, realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etilishi;

xo`jalik va ichimlik suvi bilan ta`minlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslаr yetkazib berilayotgan suvning sifati sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, shuningdek davlat standartlariga muvofiqligini ta`minlanishi;

markazlashtirilgan tartibda xo`jalik va ichimlik suvi yetkazib beriladigan suv quvurlari hamda ularning manbalari uchun maxsus tartibli sanitariya muhofazasi zonalari belgilanib, ular mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanishi;.

yuridik va jismoniy shaxslar xo`jalik va maishiy maqsadlar hamda markazlashtirilmagan tartibda suv bilan ta`minlash uchun foydalaniladigan suv qavzalaridagi suvning sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq bo`lishini ta`minlanishi;

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1.    O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.–T.: 2015.

  • 2.    O’zbekiston Respublikasining Mehnat qonunlar Kodeksi. – T.:    2014. 268 b.

  • 3.    Mehnatni muhofaza qilishga oid me’yoriy hujjatlar to’plami. T. SHarq, 2013.

  • 4.    A’zamov A., Tursunov T., Pulatov X.I. Mehnatni muhofaza qilish fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy qo’llanma. T., ToshKTI, 2011.

  • 5.    M.X.Tojiev, I.Nigmatov. Hayot faoliyati xavfsizligi. O’quv qo’llanma. T: «Tafakkur bo’stoni» MCHJ bosmaxonasi, 2012. 272 b.

  • 6.    A’zamov A., T.Tursunova. mehnatni muhofaza qilish. O’quv qo’llanma, T: 2Sano-standart bosmaxonasi, 2013. 232 b.

  • 7.    Semexin Yu.T. Bezopasnost` jiznedeyatel`nosti. M: Direkt Media, 2015 g. 412 s.

  • 8.    Arustamov E.A. Bezopasnost` jiznedeyatel`nosti. Uchebnik dlya bakalavriatov. M-Izdatels`tva -Torgovaya korporatsiya. 2015 g.

"Экономика и социум" №4(95) 2022

Список литературы Sanitariya-gigiyena muhofaza qilish qonunlarining ahamiyatliligi

  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: 2015.
  • O'zbekiston Respublikasining Mehnat qonunlar Kodeksi. - T.:2014. 268 b.
  • Mehnatni muhofaza qilishga oid me'yoriy hujjatlar to'plami. T. SHarq, 2013.
  • A'zamov A., Tursunov T., Pulatov X.I. Mehnatni muhofaza qilish fanidan amaliy mashg'ulotlar uchun uslubiy qo'llanma. T., ToshKTI, 2011.
  • M.X.Tojiev, I.Nigmatov. Hayot faoliyati xavfsizligi. O'quv qo'llanma. T: "Tafakkur bo'stoni" MCHJ bosmaxonasi, 2012. 272 b.
  • A'zamov A., T.Tursunova. mehnatni muhofaza qilish. O'quv qo'llanma, T: 2Sano-standart bosmaxonasi, 2013. 232 b.
  • Semexin Yu.T. Bezopasnost' jiznedeyatel'nosti. M: Direkt Media, 2015 g. 412 s.
  • Arustamov E.A. Bezopasnost' jiznedeyatel'nosti. Uchebnik dlya bakalavriatov. M-Izdatels'tva -Torgovaya korporatsiya. 2015 g.
Статья научная