So`zlashuv leksikasida uslubiy bo`yoqdor so`zlarni ishlatilishi
Автор: Qayumova M.M.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 4-1 (83), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada So`zlashuv leksikasida uslubiy bo`yoqdor so`zlarni ishlatilishi haqida bayon qilingan.Har qanday til ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi: o’gzaki va yozma. Tabiiyki, tilning o’gzaki shakli tilning yozma shaklidan farq qiladi. Bunda ko’pincha so’zlashuv stiliga xos so’z va iboralarga e’tibor beriladi.
Adabiy so'zlashuv stili, grammatik vositalar, og'zaki nutq
Короткий адрес: https://sciup.org/140260436
IDR: 140260436
Текст научной статьи So`zlashuv leksikasida uslubiy bo`yoqdor so`zlarni ishlatilishi
Biz so’zlashuvda ko’pincha ba’zi so’zlarni qisqartirib berilganini ko’ramiz: ingliz tilida: It’s no use; don’t be silly; you’d better mind you business; I do wish, mum, I’d brought my camera: so what’s wrong? Sorry the bridge is out of order, etc.
Og’zaki nutqda undovlar, ayniqsa, so’zlashuv uslubiga xos so’z birliklari ko’p ishlatiladi. Masalan, How about the bags! Why do you come here! You’ll buy it for a song! I lost my head-I’ve got it very badly! Step aside, boy! No wonder! See? OK. Bob, keep to the point. I couldn’t be worse-It might be worse! O’zbek tiliga bu quyidagicha tarjima qilinadi: Obbo, azamat-e! Iya! Balli! Yashang, o’rgilay! Aylanay! Mayli! kabilar.
So‘zdagi unlilarning cho‘zib talaffuz qilinishi ajablanish, ta’kid, kuchaytirish, hayajon,olqish, erkalash, yalinish kabi konnotativ ma’nolarni ifodalaydi.
Uyda, ko’chada, insonlarning o’zaro so’zlashuvida qo’llanadigan uslub so’zlashuv uslubi deb ataladi.
So’zlashuv uslubida llug’aviy va iboraviy usullar tasnifi masalasi uzuksiz muhokama qilinib kelinmoqda. Ko’pchilik tilshunoslar an’anaga binoan so’zlashuv uslubinig ko’plab turlarini farqlab kelmoqda.
So’zlashuv stilining ikki xil ko’rinishi bor;
-
1. Adabiy so’zlashuv stili. Bu uslubning til me’yorlariga rioya qiladigan ko’rinishi.
-
2. Оddiy so’zlashuv stili. Bunda nutq me’yorlariga rioya qilinmaydi.
Xo’sh, so’zlashuv uslubi qanday o’ziga xosliklarga ega? Birinchidan, nutq elliptik xarakterda bo’ladi. Lekin bunday holatda ham tinglovchiga fikr tushunarli bo’ladi. Chunki u oldin aytilgan fikrning mantiqiy davomi bo’ladi. Masalan, qorami? ko’kmi? shaklida beriladigan savolni ikki xil vazifada olib ko’raylik. Agar biz uni uy bekasi tilidan eshitsak, qora choy damlaymi yoki ko’k choy damlaymi? degan ma’noda tushunishimiz mumkin. Xuddi shu savolni do’kon sotuvchisi tilidan eshitsak, qora choy olsizmi yoki ko’k choy sotib olmoqchimisiz? ma’nosida tushunishimiz ham mumkin.
Ikkinchidan, so’zlashuv nutqida til birliklari o’zining ekspressivlik imkoniyatlarini keng namoyish qiladi. Masalan, ulguramizmi ? degan savolga yo’q, ulgurmaymiz deyishdan ko’ra vaziyatdan kelib chiqib, ulgurib bo’pmiz, ulgurish qayoqda, ulgurib ham bo’ldik singari javoblar birmuncha tabiiy va ekspressivroq bo’lib chiqadi.Uchinchidan, bu uslubda ohang - intonsiyaning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ohang og’zaki nutqning reallashuvida til birliklaridan keyingi muhim, hal qiluvchi vosita bo’lib, uning nutq tempi, pauza, ton, melodiya, tovush tembri, so’z va gap urg’usi kabi ko’rinishlari ma’noni farqlashda, ottenkalarni ajratib ko’rsatishda, hayajonni kuchaytirishda xizmat qiladi. So’zlashuv uslubi ham boshqa vazifaviy uslublar kabi fonetik, leksik, grammatik o’ziga xosliklarga ega.
Nutqda tovushlarning uyg’unlashuvi, bir tovush o’rnida ikkinchisining talaffuz qilinishi (traktir, zaril, bironta), tovushlarning o’rin almashishi, tovushlarning orttirilishi, tushirib qoldirilishi kabi fonetik hodisalar avvalo so’zlashuv uslubida namoyon bo’ladi.So’zlashuv uslubi leksikasida ikki qatlam alohida ajralib turadi. Birinchi qatlam – bu kundalik turmush muomalasida faol qo’llaniladigan ijtimoiy hayot va uy-ro’zg’or yumushlari bilan bog’liq so’zlar. Bundan tashqari bu uslubda «…siyosat, san’at, madaniyat, sport va so’zlovchining kasb-hunarga mansub xilma-xil narsa va hodisalarni ifodalovchi umumadabiy leksika ko’plab ishlatiladi»
Ikkinchi qatlam - og’zaki nutqdagi ekspressiv bo’yoqqa ega bo’lgan so’zlar. Ular neytral qiymatdagi so’zlar bilan sinonimik munosabatga kirisha oladi:So’zlashuv uslubida nutqiy vaziyatning ahamiyati juda katta. Salom, assalomu alaykum, vaalaykum assalom, xayr, ha, yo’q, albatta, aha, xo’p singari so’zlar nutqda ko’p ishlatiladi.Kitobiy nutq uchun bog’lovchisiz qo’shma gaplar odatda xos emas, og’zaki so’zlashuv nutqi uchun esa, aksincha, xarakterlidir. So’zlashuv nutqidagi sodda gaplar ko’pincha fe’l bilan ifodalangan kesimning yo’qligi bilan xarakterlanadi. Hatto ba’zan shunday holatlar ham bo’ladiki, bunday gaplarga fe’l-kesimni qo’yib ham bo’lmaydi. Bu stilda ishlatiladigan faol so’zlar lug’at tarkibining asosiy qismini tashkil etadi. Bunday so’zlar uyda, ko’chada, ishxonada, bozorda, to’y-tomoshada ishlatiladi. So’zlashuv stilida qo’llanadigan asosiy so’zlar; bring about, get off, go back to cram, kid, grub, flashpots, beans, bucks, shekels, jail, cage, can. Ona, bola, ota, ingliz tilida: to begin to dismiss, to eat, child, food money, prison kabilar uslubiy bo’yoqsiz bo’lgani uchun neytral so’z hisoblanadi. Lekin bu stilda yana shunday so’zlar ishlatiladiki, ular yo ijobiy yoki salbiy bo’yoqqa ega bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
-
1. Abdullayeva Q. va boshq. O„qish kitobi, 2-sinf uchun darslik. – Toshkent: O„qituvchi, 2007.
-
2. Ashrapova T. Uchinchi sinfda o„qish darslari. – Toshkent: O„qituvchi, 1986.
-
3. Ashrapova T., Odilov M. Ona tili metodikasi. – Toshkent: O„qituvchi, 1984.
-
4. Boshlang„ich sinf davlat ta‟lim standartlari. Boshlang„ich ta‟lim// 2005. – №5.
-
5. Boshlang„ich ta‟lim o„quv dasturi. – Toshkent, 2008.
-
6. Homidiy H. va b. Adabiyotshunoslik terminlari lug„ati. – Toshkent: O„qituvchi,1967. – 300 b.
-
7. Karimov I. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi// Xalq so„zi. 2011- yil 22- yanvar, №16 (5183)
-
8. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent: O„zbekiston, 1999.
"Экономика и социум" №4(83) 2021
Список литературы So`zlashuv leksikasida uslubiy bo`yoqdor so`zlarni ishlatilishi
- Abdullayeva Q. va boshq. O.,qish kitobi, 2-sinf uchun darslik. - Toshkent: O.,qituvchi, 2007.
- Ashrapova T. Uchinchi sinfda o.,qish darslari. - Toshkent: O.,qituvchi, 1986.
- Ashrapova T., Odilov M. Ona tili metodikasi. - Toshkent: O.,qituvchi, 1984.
- Boshlang.,ich sinf davlat ta‟lim standartlari. Boshlang.,ich ta‟lim// 2005. - №5.
- Boshlang.,ich ta‟lim o.,quv dasturi. - Toshkent, 2008.
- Homidiy H. va b. Adabiyotshunoslik terminlari lug.,ati. - Toshkent: O.,qituvchi,1967. - 300 b.
- Karimov I. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi// Xalq so.,zi. 2011- yil 22- yanvar, №16 (5183)
- Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. - Toshkent: O.,zbekiston, 1999.