Sport trenirovkasini tashkil qilish asoslari
Автор: Gimazutdinov Radik Galimovich
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Современные науки и образование
Статья в выпуске: 9 (88), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada sport trenirovkasi natijasida insonning harakat faoliyati shakllanib borishi, yangi harakat shakllari vujudga kelishi, hayotiy zarur harakat malakalari ko`nikmalari takomillashishi, psixik sifatlar sayqal topishi, muayyan sport turiga xos harakat malakalari mukammallashishi tog’risida so’z boradi .
Sport, sport natijalari, sport trenirovkasi, sport trenirovkasi prinsiplari, musobaqa.
Короткий адрес: https://sciup.org/140255069
IDR: 140255069
Текст научной статьи Sport trenirovkasini tashkil qilish asoslari
Sport natijalari to`xtab qolmaydi, musobaqalarda keskinlashib borayotgan raqobat yuksak mahoratli sportchilar tarkibini kengaytirish, ommaviy sportdan professional sportga o`tish sur`atini jadallashtirish zaruriyatini tug`dirmoqda. Mazkur muammolar yechimi, o`z navbatida, xalqaro mezonlarga mos o`quv adabiyotlarini yaratish, malakali kadrlarni tayyorlash, yosh sporchilarni trenirovka qilishlari uchun sharoitlarni to’g’irlash bilan bog`liqdir.
Sport - bu ruhiyatni “charxlovchi”, kayfiyatni ko`taruvchi, insonni jismonan, ma`nan va ruhan shakllantiruvchi, uning “ichki” va “tashqi” madaniyatini takomillashtirib boruvchi, insoniyatga cheksiz quvonch hadya etuvchi zamonaviy, o`ta ommaviy ijtimoiy harakatdir. Demak, sport chuqur ma`noli ko`p qirrali ijtimoiy omildir. “Sport” va “sport trenirovkasi” atamalari pirovardida “musobaqaga tayyorgarlik”, “musobaqa jarayoni”, “musobaqa faoliyati” tushunchalarini anglatadi
“Trenirovka” atamasi inglizcha so`z bo`lib, o`zbek tilida “mashq qilish”, “charxlash” ma`nosini bildiradi. Ushbu atama turli sohalarda qo`llaniladi. Masalan, “aqliy (intellektual) trenirovka”, “jismoniy trenirovka”, “gipoksik trenirovka”, “hayvonlar trenirovkasi” tushunchalari amaliyotda keng o`z aksini topgan.
Sport trenirovkasi jismoniy, ruhiy va funksional imkoniyatlarni “to`lqinsimon” prinsipda oshirib borish, texnik-taktik mahoratni shakllantirish, belgilangan musobaqa sikllarida sportchini yuksak “sport formasi” bilan ta`minlash va shu musobaqalarda foydali natija ko`rsatishga “mas`ul” uzoq muddatli pedagogik jarayondir. Sport keng ma`noda musobaqa faoliyati, unga maxsus tayyorgarlik ko`rish shu yo`nalish bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-ahloqiy, madaniy-maishiy, jismoniy va psixo-funksional, texnik va taktik jarayonlarni o`z ichiga oladi. “Sport” tushunchasining mohiyati insonni jamiyki to`siq va qiyinchiliklarni yengib o`z imkoniyatlari chegarasini yanada kengaytirishga qaratilgan intilishidan iborat.
Sport amaliyotida “sport trenirovkasi” atamasi “sport tayyorgarligi” atamasi bilan mantiqan yaqin bo`lsa-da, ular bir-biridan tubdan farq qiladi. “Sport tayyorgarligi” tushunchasi keng qamrovli ma`noga ega bo`lib, sportchini jamiyki faoliyatini (uyqu, trenirovka, ovqatlanish, tibbiy profilaktika va hokazo) musobaqaga tayyorlashga qaratilgan jarayondir. “Sport trenirovkasi” esa bir maqsadga yo`naltirilgan jarayondir va nisbatan torroq ma`noni anglatadi. Muntazam sport trenirovkasi natijasida insonning harakat faoliyati shakllanib boradi, yangi harakat shakllari vujudga keladi, hayotiy zarur harakat malakalari ko`nikmalari takomillashadi, psixik sifatlar sayqal topadi. Muayyan sport turiga xos harakat malakalari mukammallashadi.
Shulardan kelib chiqib Sport trenirovkasi prinsplariga to’xtalamiz.
Sport trenirovkasi prinsiplari - Sport trenirovkasi jarayoni ma`lum prinsiplar (tamoyillar), tartib-qoida, ilmiy va uslubiy qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi.Ushbu qonuniyatlar sportchi tayyorlash tizimini bir tartibda, to`g`ri va samarali tashkil qilishda asosiy omil bo`lib hisoblanadi.Sport trenirovkasining prinsiplari jamiyki tarbiya va o`rgatish jarayonida umumpedagogik-didaktik prinsiplarga asoslanadi. Lekin sport trenirovkasi davomida qo`llaniladigan shiddatli, og`ir va davomli mashqlar ushbu prinsiplarga alohida e`tibor qaratishni taqozo etadi. Chunki bu holat shug`ullanuvchilar organizmini to`g`ri taraqqiy ettirish, ularning psixofunksional imkoniyatlarini ehtiyotkorlik bilan kengaytirishga qaratiladi.Sport nazariyasi va amaliyotida quyidagi asosiy prinsiplar qo`llaniladi: onglilik va faollik, “imkonbop” va individuallashtirish, muntazamlilik, ko`rgazmali, “o`stira borish”(progressivlashtirish).
Onglilik va faollilik prinsipi o`quv-trenirovka jarayonida bosqichma-bosqich qo`yiladigan barcha maqsadlarga erishish, o`yin malakalarini o`zlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan muhim shartlardan biridir.O`quv trenirovka topshiriqlarini (yuklamani) shug`ullanuvchi imkoniyatiga mos tarzda berish (imkonbop) va individuallashtirish prinsipi. Ushbu prinsip – beriladigan barcha trenirovka topshiriqlari shug`ullanuvchini yoshi, jinsi, tayyorgarligi va individual xususiyatlariga mos bo`lishini taqozo etadi.Muntazamlilik prinsipi ko`p yillik o`quv-trenirovka jarayonida mashg`ulot uzluksizligini ta`minlashda, mashg`ulotdan mashg`ulotga talabalar darajasini oshirib borishni maqsad qilib qo`yadi.“O`stirib borish” (progressivlashtirish) prinsipi. O’quv-trenirovka jarayonida mashg`ulot topshiriqlarini murakkablashtirib borish, yuklama hajmi va shiddatini oshirib borish, mahoratni yangi bosqichlarga olib chiqishni taqozo etadi.Ko`rgazmali prinsip barcha prinsiplarni samarali qo`llash va maqsadga muvofiq natijaga erishishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shuni ham ta`kidlab qo`yish o`rinliki, yuqorida qayd etilgan barcha prinsiplar quyidagi didaktik tartib-qoidalar asosida qo’llanilishi zarur:
-
• oddiydan- murakkabga;
-
• o`zlashtirilgandan-o`zlashtirilmaganga;
-
• osondan-qiyinga.
Sport trenirovkasi qonuniyatlari
Muhokama etilgan prinsiplar sport trenirovkasining qonuniyatlariga mos bo`lishi shu jarayonni samarali tashkil qilinishiga imkon yaratadi. Sport trenirovkasi quyidagi qonuniyatlar asosida olib boriladi: “Yuqori natijalarga yo`naltirish”, “Umumiy va maxsus tayyorgarlik birligini ta`minlash”, “Trenirovka mashg`ulotlarining uzluksizligi”, “Yuklamani asta-sekin va maksimal tarzda oshirish”, “Yuklamani to’lqinsimon tarzda qo`llash (o`zgartirib borish)”, “Trenirovka jarayonini qaytalanish (sikl) asosida tashkil qilish”. Yuqori natijalarga yo`naltirish O`quv-trenirovka jarayonining bosh maqsadi sportchilarni musobaqaga yuqori“ sport formasi” darajasida tayyorlash va ushbu musobaqada yuqori sport natijasiga erishish imkoniyatini yaratish. Demak, muntazam, uzluksiz o’tkaziladigan mashg`ulotlar davomida qo`yiladigan strategik vazifa sportchini yuqori natijalarga yo`naltirish bilan bog`liq.
Trenirovka mashg`ulotlarining uzluksizligi
Trenirovka jarayonida uchraydigan turli tanaffuslar sportchi va trenerning oldiga qo`ygan maqsadini yo`q qilishga olib keladi. Shuning uchun ko`p yillik trenirovka jarayonida muntazamlilikni uzilishi, turli tanaffuslarni ro`y berishga yo`l qo`ymasdan, uni uzluksizligini ta`mintash kerak. Lekin ushbu uzluksizlik trenirovka yuklamasini dam olish, ish qobiliyatini tiklash bilan almashinib turishi asosida amalga oshirilishi kerak.
Yuklamani asta-sekin va maksimal tarzda o`stirib boorish.
Aynan shu qonuniyat badmintonchilarning barcha kuch-imkoniyatlarini musobaqa vaqtida safarbar qilishga qaratilgan. Buning uchun ko`p yillik trenirovka jarayoni davomida jismoniy, texnik-taktik tayyorgarlikka oid vazifalar, topshiriqlar va mashqlar asta-sekin “osondan-qiyinga”, “oddiydan-murakkabga”, “o`zlashtirilgandan-o’zlashtirilmaganga” tartibi asosida maksimal hajm va shiddat darajasida ijro etiladi.
Yuklamani to’lqinsimon oshirish.
Ko`p yillik trenirovka jarayonida yuklama to’lqinsimon tarzda oshirib borilishilozim. Bu qonuniyat organizmni yuklamadan so`ng tiklanish muddatiga charchoq asoratlarini “yo`qolish” vaqtiga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun yuklama bilan damolish, yuklama bilan organizmni tiklovchi mashq-tadbirlarni muvofiq va samarali qo’llanilishi alohida ahamiyatga ega.
Trenirovka jarayonining qaytalanishi (siklliyligi).
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
-
1. U.Z.Salimov, A.A.Pulatov, Sh.A.Pulatov - Tennis. O`quv uslubiy
qo’llanma. Toshkent-2017, 131 b.
-
2. John Edwards - Badminton. Technique, tactics, training. The
Crowood Press Ltd 2014. – 96 p.
-
3. Bemd-Volker Brahms - Badminton Handbook. Training, tactics,
competition. Maidenhead: Meyer and Meyer Sport (UK) Ltd., 2014. -400 p.
-
4. F.Atabekov Badminton. Darslik : - Toshkent-2021 Elektron
saytlar
"Экономика и социум" №9(88) 2021
Список литературы Sport trenirovkasini tashkil qilish asoslari
- U.Z.Salimov, A.A.Pulatov, Sh.A.Pulatov - Tennis. O`quv uslubiy qo’llanma. Toshkent-2017, 131 b.
- John Edwards - Badminton. Technique, tactics, training. The Crowood Press Ltd 2014. – 96 p.
- Bemd-Volker Brahms - Badminton Handbook. Training, tactics, competition. Maidenhead: Meyer and Meyer Sport (UK) Ltd., 2014. -400 p.
- F.Atabekov Badminton. Darslik: - Toshkent-2021 Elektron saytlar