Harakat – salomatlik omili

Автор: Mirzaeva Maxpora Mamadaliyevna

Журнал: Re-health journal.

Статья в выпуске: 1 (21), 2024 года.

Бесплатный доступ

Sogʻliq, jismoniy tarbiya va sutkalik harakat faolligi oʻzaro bogʻliqdir. Salomatlik salmoqli darajada odatdagi harakat faolligi darajasiga bogʻliq. Аholining turli guruhlarida koʻnikma paydo boʻlgan sutkalik harakat faolligi va yurak –qon tomirlar tizimi hastaliklari chastotasi orasidagi bogʻliqlik mavjud. Hayotiy faoliyat davomida inson turli – tuman harakatlarni bajaradiki, ularning hajmi organizmning biologik oʻziga xosliklari bilan aniqlanadi, ularning amalga oshirilishi esa ijtimoiy omillarga bogʻliq.

Sogʻliq, xarakat, chiniqish, sogʻlom turmush tarzi, faollik, yugurish, yurish, salomatlik, suv, quyosh, xavo

Короткий адрес: https://sciup.org/14130737

IDR: 14130737

Текст научной статьи Harakat – salomatlik omili

Sutkalik harakat faolligi – bu bola hayotiy faoliyati jarayonida bajaradigan harakatlar: jismoniy tarbiya jarayonidagi faollik; oʻqitish, foydali jamoatchilik ishlari va mehnat faoliyati davrida amalga oshiriladigan jismoniy faollik; boʻsh vaqtda tashqi taʼsirsiz oʻz – oʻzidan keladigan faolliklarning qoʻshilganidan iborat. Uni dinamik tarkibiy qism va faoliyatning alohida turlari boʻyicha, odimlar soni, quvvat sarflash kattaligi va yurak qisqarishlari chastotasi oʻzgarishlari boʻyicha oʻlchash va baholash mumkin.

Ishning maqsadi: Harakat faolligi bolalar va oʻsmirlar sogʻlom hayot tarzi va feʼl – atvorining muhim tarkibiy qismidir. U jamiyat hayotining ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlari, uning qiymatiy belgilari, jismoniy tarbiyani tashkillashtirish, oliy asab faoliyatining individual oʻziga xosliklari, oʻsayotgan organizmning tana tuzilishi va funktsional imkoniyatlari, boʻsh vaqt miqdori, undan foydalanish xarakteri, bolalar va oʻsmirlar uchun sport inshoatlari va dam olish joylarning hammabopligiga ham bogʻliq.

Materiallar va usullar.

Hayot faoliyati davomida ogʻishmay namoyon boʻladigan faollik odatiy sanaladi. Odatiy harakat faolligining darajasi organizmning harakatlanishiga boʻlgan biologik ehtiyoji va bolalar va oʻsmirlar salomatligining mustahkamlanishi, saqlanishi va yaxshi rivojlanishiga koʻmaklashuvchi mavjud yosh meʼyorlariga mos tushmay qolishi mumkin. Bunday noxoslik maktab yoshidagi bolalarda koʻp uchraydi va nouygʻun rivojlanishga, bolalar va oʻsmirlarning salomatlik holati buzilishlariga olib keladi.

Bolalar va oʻsmirlarning odatiy harakat faolligi darajasi biologik va ijtimoiy omillar bilan aniqlanadi. Organizmning harakatlanishga boʻlgan ehtiyojini shakllantiruvchi yetakchi biologik omillar – yosh va jinsdir.Суткалик ўртача фаоллик ёшга қараб ошиб боради. 8-9 ёшдаги қизчаларнинг ҳаракат фаоллиги шу ёшдаги ўғил болаларникидан қарийб фарқ қилмайди. Аммо ёши катталашгани сари ҳаракат фаоллигини ёшга боғлиқлик фарқи сезиларли бўла бошлайди (қизларда у камаяди).

Sport yoki jismoniy tarbiyaning biron turi bilan shugʻullanmaydigan bolalarning harakat faolligi nisbatan kamroq boʻladi. Аyniqsa, maktabda oʻqitish boshlaganda keskin (50 foizgacha) kamayadi.

Harakat tanqisligi (gipokineziya) organizmda harakat faolligining past darajaga moslashishidan tortib to oʻta chuqur (prepatologik va patologik) oʻzgarishlargacha boʻlgan koʻplab turli- tuman morfofunktsional oʻzgarishlarni: astenik sindrom rivojlanishi, funktsional imkoniyatlar pasayishi va tayanch – harakat apparati va vegetativ funktsiyalar faoliyati buzilishini keltirib chiqaradi.

Haddan tashqari ortiqcha harakat faolligi (giperkineziya) nisbatan kamroq uchraydi va asosan bolani juda erta sportga ixtisoslashtirish oqibatida paydo boʻladi. Bunda simpatik – adrenalin tizimining kamayib ketishi, oqsil tanqisligi va immunitet pasayishi kuzatiladi.

Natijalar va uning muhokamasi. Ommaviy sport musobaqalari va turli sport mashgʻulotlari bilan muntazam shugʻullanish uchun qulay shart – sharoitlar yaratilishi odatiy harakat faolligini shakllantiruvchi ijtimoiy omil hisoblanadi. Oilaning hayot tarzi, uni harakatlantiruvchi tartib, shuningdek, bolalarda harakat faolligiga boʻlgan ongli ehtiyoj shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi.

Bolalarning harakat faolligiga noqulay iqlim sharoitlari va yil fasllarining ham sezilarli taʼsiri boʻladi. Qish davrida oʻgʻil bolalarning ham, qizlarning ham faolligi kamayishi kuzatiladi.

Umumtaʼlim muassalarida ijtimoiy va sogʻlomlashtiruvchi maqsadlarda bolalarning harakatga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun sharoitlar yaratilishi lozim. Bu ehtiyoj oʻquvchilarning kundalik harakat faolligi hajmi 2 soatdan kam boʻlmasligi hisobiga qondirilishi lozim. Bunday xajmdagi harakat faolligi har bir maktabdagi oʻquvchilarning kundalik tadbirlar majmuasida ishtirok etilishlari, shu jumladan, qisman oʻquv mashgʻulotlari oldidan badan tarbiya qilish, darslardagi jismoniy tarbiya daqiqalari, tanaffuslardagi harakatli oʻyinlar, kuni uzaytirilgan guruhlardagi sport soatlari, jismoniy tarbiya darslari, sinfdan tashqari sport mashgʻulotlari, umummaktab musobaqalari va sogʻlomlik kunlari, jismoniy tarbiya bilan mustaqil shugʻullanishlar evaziga erishiladi.

Shu maqsadda maktabdagi quyi sinflar oʻquvchilari uchun oʻquv rejalarining tarkibiy qismiga faol harakatli koʻrinishdagi fanlar (raqs sanʼati, musiqa joʻrligida ritmik harakatlarni bajarish, zamonaviy va bal raqslari, anʼanaviy va milliy sport oʻyinlarini oʻrgatish) kiritilishi lozim. Harakat faolligining yosh meʼyorlari oʻsish va rivojlanish jarayonining umumiy qonuniyatlarini yoshiga qarab kinezofiliya (organizmning harakatga boʻlgan biologik ehtiyoji) oʻzgarishlarning bir tekis emasligini eʼtiborga oladi va yuz berishi ehtimol boʻlgan tebranishlarning pastki (eng kam zaruriy kattalik) va yuqori (yoʻl qoʻyiluvchi eng yuqori kattalik) chegaralarini oʻrnatish imkoniyatlarini beradi.Амалий мақсадларда энг ҳаммабопи суткалик локомоция (24 соат ичидаги қадамлар сони) нинг ёшга оид меъёридир.

Xulosalar

Аtrof – muhit shart – sharoitlari qulay va oqilona jismoniy tarbiya hamda kun tartibiga ega b o ʻ lgan, morfofunktsional rivojlanishi normal so g ʻ lom bolalarni ommaviy k o ʻ rikdan o ʻ tkazish turli yosh va jinsdagi bolalar va o ʻ smirlarning sutkalik lokomotsiyalari normativlarini gigienik asoslab berishiga imkon yaratdi.

O ʻ smirlik yoshida lokomotsiyalar soni kamayib, o ʻ tirgan yoki turgan holatda bajariladigan, ammo sezilarli quvvat sarflanishi bilan kechadigan harakatlar soni oshishi tez-tez uchrab turadi. Bunday harakatlar kasbiy taʼlimda, mehnat faoliyatida va baʼzi sport turlari (o g ʻ ir atletika, gimnastika, yelkanli sport va hokazo) bilan shu g ʻ ullanganda uchraydi va o ʻ smirning lokomotsiyalari sonining yakuniy hisobiga kiritiladi

Jismoniy harakat inson tanasidagi turli a’zo va tizimlarning hayotiy faolligini me’yorlashtiradi. Harakat – salomatlik tayanchi Miokard qisqartiruvchanligini oshiradi, koronar qon aylanishining yaxshilanishi kapillyar qon tomirlarining kengayishi bilan kechadi.

Sog‘lom bo‘lish, uzoq umr ko‘rish ko‘p jihatdan insonning o‘ziga bog‘liq. Tabobat ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino uzoq yashash xususida fikr yuritib, fe’l-atvorning yumshoq, vazmin bo‘lishi, o‘z vaqtida ovqatlanish, ozoda yurish va tanani ortiqcha narsalardan tozalab turish, har oyda sauna, haftada hammomga tushish qoidasiga amal qilish, qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish, burun orqali nafas olish, kiyimning tanaga mosligi, jismoniy va ruhiy harakatlarning bir-biriga uyg‘unligi, to‘yib uxlash, o‘zini tetik tutishga alohida e’tibor berishni uqtirgan edi. Qomusiy allomaning bundan bir necha asr avval aytgan fikrlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Inson sog‘lig‘i uning kafti va oyoq osti bilan bog‘liq. Ibn Sinoning yozishicha, inson ichki a’zolarining va bosh miya bilan bog‘liqligini isbotlab berishgan. Mutaxassislar tavsiyasi bo‘yicha, har kuni barmoqlaringizni chiniqtirib tursangiz, ko‘pgina a’zolarning sog‘ayishi va mustahkamlanishi kuzatiladi:

  •    bosh barmoq miya faoliyatini yaxshilab, irodani mustahkamlaydi;

  •    ko‘rsatkich barmoq oshqozon ishini yaxshilab, ovqat hazm qilishni tezlashtiradi;

  •    o‘rta barmoq yuqori qon bosimini tushirib, ichak faoliyatini yaxshilaydi;

  •    nomsiz barmoq jigar faoliyatini oshiradi;

  •    jimjiloq esa yurak faoliyatini yaxshilash bilan birga ruhiy zo‘riqishning oldini oladi.

Barmoqlarni chiniqtirish quyidagi usulda amalga oshiriladi: chap qo‘l bosh barmog‘ingiz bo‘g‘inlarini o‘ng qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan 5-7 daqiqa bosib, cho‘zib tortiladi. Avval bosh barmoqdagi uchta juft nuqtalar orqa tomoni va kaft tomonidan bosib chiqiladi. Keyin chap qo‘lingiz bilan o‘ng qo‘l barmoqlari bosib chiqiladi. Bu mashqni kuniga 1-2 marta bajarish kerak. Odam yalang oyoq yurganda (tuproqli yo‘lda) oyoq ostidagi nuqtalarga erdagi toshlar qadalib, intensiv uqalanadi. Er va odam organizmi o‘rtasida zaryadlar almashinuvi yuzaga kelib, organizmga ma’lum darajada shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi va himoya funksiyasini oshiradi. Buning uchun: — yalangoyoq (tuproqli yo‘lda) 45 daqiqa yurish;

— oyoqni sovuq suvda yuvish; oyoq qurigandan keyin paypoq kiyib, oyoq isiguncha yurish lozim.

ADABIYOTLAR

  • 1.    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-son qarori.

  • 2.    “O‘zbekiston Respublikasi aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun, 2015 y.

  • 3.    Mirzaeva M. M. The opinion of rural health physicians is one of the basis for improving health care. Web of Scientist: International Scientific Research Journal № 2. 2023

  • 4.    Mirzaeva M.M. The significance of the teachings of the great thinker Abu Ali ibn Sina in education of children today. European journal of Interdisciplinary Research and Development June 2023

  • 5.    Saliyeva M.X. Health care in the eyes of patients. Web of Scientist: International Scientific Research Journal Volume 4 , Issue 2 , february - 2023

RHJ-1-2024

Список литературы Harakat – salomatlik omili

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-son qarori.
  • “O‘zbekiston Respublikasi aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun, 2015 y.
  • Mirzaeva M. M. The opinion of rural health physicians is one of the basis for improving health care. Web of Scientist: International Scientific Research Journal № 2. 2023
  • Mirzaeva M.M. The significance of the teachings of the great thinker Abu Ali ibn Sina in education of children today. European journal of Interdisciplinary Research and Development June 2023
  • Saliyeva M.X. Health care in the eyes of patients. Web of Scientist: International Scientific Research Journal Volume 4 , Issue 2 , february - 2023
Статья научная