Surxon davlat qo’riqxonasi rekreatsion turistik obyekt sifatida
Автор: Xasanov P.A., Xushboqova M.G.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 6-2 (97), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqola Surxon togʻ- oʻrmon davlat qoʻriqxonasidan rekreatsion resurs maqsadida foydalanish istiqbollariga bagʻishlangan. Surxon davlat qoʻriqxonasidan rekreatsiya va turizm maqsadida samarali foydalanish va kelgusida yirik turizm zonasiga aylanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berish masalalari yoritib berilgan.
Ekoturizm, rekreatsion resurslar, muhofaza etish, koʻhitang davlat buyurtma qoʻriqxonasi, paygʻambarorol qoʻriqxonasi, zarautsoy arxeologik yodgorligi, zulf - kifl maqbarasi, gʻoʻrimbuloq tabiiy bulogʻi
Короткий адрес: https://sciup.org/140300463
IDR: 140300463
Текст научной статьи Surxon davlat qo’riqxonasi rekreatsion turistik obyekt sifatida
Kirish: Maʼlumki, bugungi kunda insonlarning rekreatsiya xizmatiga boʻlgan ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Insonlar boʻsh vaqtlarida soʻlim tabiat bagʻrida hordiq chiqarishga koʻproq ehtiyoj sezadi. Ana shunday maqsadda barpo etilgan rekreatsion resurslarning ahamiyati yuqori darajada. Surxon togʻ - oʻrmon davlat qoʻriqxonasidan ham rekreatsion resurs maqsadida foydalanish moʻljallangan. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish muhim ahamyat kasb etadi. Kelgusida qoʻriqxona muhofaza etiladigan tabiiy hududgina boʻlib qolmasdan, yirik turizm markaziga aylantirish, yangi yoʻnalishdagi turistik marshrutlar ishlab chiqishning istiqbolli rejalari amalga oshirilmoqda. Surxon davlat qoʻriqxonasining noyob tabiiy landshaftlarini, tabiat yodgorliklarini muhofaza etish, asrab - avaylash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston qoʻriqxonalarining umumiy maydoni 2154 ming kv.km ga teng boʻlib, ularning asosiy vazifasi ham tabiatning noyob diqqatga sazovor qismlari, landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun uzoq vaqtgacha saqlashdan iboratdir.
Tabiat yodgorliklari ilmiy, estetik, rekreatsiya, sayohat, turizm, istirohat, tarbiyaviy maqsadlarda foydalaniladi. Masalan: qadimiy odamlarning qoldiqlari topilgan Teshiktosh gʻori, Zarautsoy qoyatosh rasmlari shular jumlasidandir.
Mamlakatimizda 400 dan ortiq tabiat yodgorliklari roʻyxatga olingan va davlat tomonidan muhofaza etiladi. Tabiat yodgorliklari orasida Zarautkamar arxeologik yodgorligi Oʻzbekistondagi eng qadimiy qoyatoshlarga bitilgan sanʼatning noyob namunalaridan biri hisoblanadi. Arxeologik yodgorliklarni muhofaza etish va uni keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etish, insonlarning maʼnaviy dunyosini boyitishdagi oʼrni beqiyosdir. "Zulf-Kifl" maqbarasi esa butun dunyoga mashhur musulmonlarning muqaddas ziyoratgohi hisoblanadi. Bugungi kunda Zulf-Kifl maqbarasiga turistlar oqimini yoʻnaltirish maqsadida keng koʻlamli islohotlar, rekonstruksiya ishlar amalga oshirilmoqda. Surxon elining soʻlim va betakror tabiati, musaffo havosi, shifobaxsh zilol suvidan baxramand boʼlmagan kishi boʻlmasa kerak, albatta. Ana shunday soʻlim goʻshalardan biri shubhasiz - Gʻoʻrimbuloq tabiiy bulogʻidir. Buloq oʻzining shifobaxsh xususiyati, tarkibida turli minerallar erigan holatda uchrashi bilan ajralib turadi. Undan turli kasalliklarni davolashda samarali foydalanib kelinmoqda. Shuningdek, Teshiktosh gʻori va Machay gʻori, Kampirtepa arxeologik yodgorligi,Sherobod tumanidagi Tillabuloq va Arrabuloq arxeologik yodgorliklarini muhofaza etish bilan birga turizm maqsadida samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Rekreatsion resurslardan istiqbolli foydalanish qo'riqxonada ekoturizmni ja'dal rivojlantirish uchun yetarli shart - sharoitlar yaratib berish talab etiladi. Ishning maqsadi va vazifalari: Surxon davlat qoʻriqxonasining noyob tabiiy landshaftlarini asrab - avaylash va muhofaza etish; Rekreatsion resurslaridan samarali foydalanish istiqbollarini yaratish ishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Asosiy qism: Ma'lumki, Surxon davlat qoʻriqxonasi Koʻhitang va qisman Hisor togʻ tizmalarining tabiiy landshaftlarini va togʻ ekotizimlarini saqlash maqsadida tashkil etilgan. Mazkur qoʻriqxona Pomir - Oloy togʻ tizmiga kiradigan Hisor tizmasining janubi - gʻarbiy qismi hisoblangan Koʻhitang tizmasining sharqiy yonbagʻrida joylashgan. Koʻhitang tizmasi Oʻzbekiston va Turkmaniston davlatlari hududida joylashgan. Boysuntogʻning janubiy davomi hisoblanadi. Maʼmuriy jihatdan Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hududiga qarashli. Qoʻriqxona hududi shimoldan Tangidara soyi bilan chegaralanadi. Sharqiy chegarasi Xatak, Xoʻjankon,Qizilolma, Shalqon, Kampirtepa, Sherjon va Vandob qishloqlari bilan, janubiy hududi Xoʻjaykon tuz koni bilan tutashib ketgan. Koʻhitang tizmasining gʻarbiy yonbagʻri Turkmaniston Respublikasi hududi boʻlib, Koytendag umumiy maydoni 27139 ga, qoʻriqxonasi joylashgan. Surxon davlat qoʻriqxonasining umumiy yer maydoni 24554 ga boʻlib, murakkab geomorfologik tuzilishga ega. Hudud chegarasining janubdan shimolga umumiy uzunligi taxminan 70 km ni tashkil etadi va dengiz sathidan 850-3137 m balandlikda joylashgan. Oʻrtacha suvayirich balandligi shimolda (Xatak boʻlimi) 2682 m, markaziy qismida 3137 m (Kampirtepa boʻlimining Ayri bobo choʻqqisi) hamda janubiy qismida 2361 m ni (Vandob boʻlimi) tashkil etadi. Yer yuzasi geologik tuzilishida mezozoy - kaynozoy davr yotqiziqlarida karst jarayoni keng tarqalgan oʻralar, chuqur daralar, tokcha va gʻorlar uchraydi. Koʻhitang togʻining janubi - gʻarbiy qismida tashkil qilingan Surxon davlat togʻ -oʻrmon qoʻriqxonasi Koʻhitang tizmasidagi togʻ ekotizimlari va archa komplekslarini muhofaza qilish uchun yaratilgan noyob qoʻriqxona hisoblanadi. Koʻhitang tizmasi dengiz sathidan (850-3157) m balandlikda joylashgan, gidrologik tarmoqqa ega, katta - kichik soylarga boy, Laylakon, Qizilolmasoy kabi yirik daryolari ham bor.
Qoʻriqxonaning diqqatga sazovor boʻlgan sayyohlik obyektlari orasida Zarautkamar arxeologik yodgorligi, Zulf - Kifl maqbarasi, Gʻoʻrimbuloq tabiiy bulogʻi, Teshiktosh gʻori va Machay gʻorlari, Kampirtepa arxeologik yodgorligi, Tillabuloq va Arrabuloq yodgorliklari, sermanzara togʻ qishloqlari va yaylovlarni uchratishimiz mumkin. Togʻlar oʻzining shifobaxsh tabiati, ajoyibu gʻaroyib, sirli moʻjizalari bilan insonlarni hayratda qoldirishni davom etaveradi. Ana shunday soʻlim goʻshalaridan biri shubhasiz, Surxon togʻ - oʻrmon davlat qoʻriqxonasidir. Hozirda qoʻriqxonaning rekreatsion resurslaridan samarali foydalanishning istiqbolli rejalari tuzilgan va keng islohotlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-2019 yillarda Surxondaryo viloyatida turizmining kompleks rivojlantirish chora tadbirlari, 2019- yil 20 martdagi PQ 4247 - sonli, Qoʻriqlanadigan tabiat hududlari sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish" toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq qoʻriqxonaning turizm salohiyatini rivojlantirish rejalari belgilab berildi. Shu bilan bir qatorda qoʻriqxona hududida turizmning jaʼdal rivojlantirish uchun amalga oshirilishi zarur boʻlgan tashkiliy ishlar quyidagilardan iborat.
-
- Turizmning yangi salohiyatli turlari (ziyorat qilish, ekologik, maʼrifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash, sogʻlomlashtirish) turizmini rivojlantirish;
-
- Ichki turizmni rivojlantirish va xorijiy sayyohlar oqimini yoʻnaltirish;
-
- Qoʻriqxona tabiiy landshaftlarini va noyob yodgorliklarini muhofaza etish;
-
- Qoʻriqxonada ekotaribot ishlarini samarali tashkil etish;
-
- Qoʻriqxonaning kelgusidagi rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, loyihalash va planlarini tuzish;
Machay gʻoridan topilgan moddiy-madaniyat boyliklarini muhofaza qilish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Qoʻriqxona hududidagi madaniy meros obyektlarini oʻrganar ekanmiz, uning qadimiy tarixga ega ekanligining guvohi boʻlamiz.
Oks Aleksandriya deb nom olgan yodgorlik eramizdan avvalgi 4 asr oxiri va 2 -asri oʻrtalariga oid. Yodgorlikdan qayin poʻstlogʻiga bitilgan Baqtriya yozuvlarining namunalari saqlanib qolgan. Qoʻriqxona tarkibidagi Oks Aleksandriya (Kampirtepa) arxeologik yodgorligi moddiy maʼnaviy boylik sifatida davlat muhofazasiga olingan. Kelgusida Oks Aleksandriya arxeologik yodgorligining infratuzilmasini rivojlantirish hamda ushbu hududda turistlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud. Surxon davlat qoʻriqxonasi tarkibidagi yana muhim ahamiyatga ega yodgorliklardan biri bu Sherobod tumani Poshxurt qishlogʻida joylashgan Tillabuloq va Arrabuloq arxeologik yodgorliklari hisoblanadi. Yodgorlik Sherobod tumani markazidan 30-35 km shimoli- sharqiy uzoqlikda joylashgan. Tillabuloq yodgorligi gʻarbiy qismida balandlik 300 m ga yetadigan Koʻhitang va janubi-sharqiy qismida esa past tekisliklardan iborat togʻli hududning shimoli-sharqida E 66.48 ʼ/ N 37;42 ʼ burchak ostida dengiz sathidan 587 m balandlikda joylashgan.
Amalga oshirilishi belgilab berilgan vazifalar kelgusida qoʻriqxonada turizmning jadal rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Xulosa qilib aytganda, Surxon davlat qoʻriqxonasida ekoturizm salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor berilishi lozim. Eng avvalo, turistlarning goʻzal tabiat bagʻrida erkin sayohat qilishlari uchun yetarli shart-sharoitlar va servis xizmatini samarali tashkil etish talab etiladi. Qoʻriqxonalarning asosiy vazifasi ham tabiatning diqqatga sazovor qimmatli landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun saqlab qolishdan iborat. Qoʻriqxonalar oldiga kompleks va maxsus vazifalar qoʻyiladi. Oʻzbekistondagi qoʻriqxonalarning koʻpchiligi kompleks maqsadda barpo etilgan. Kompleks qoʻriqxonalarda, butun tabiiy hududiy komplekslar tabiiy holda muhofaza etiladi. Maxsus qoʻriqxonalarda esa ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim obyektlargina muhofaza etiladi. Surxon davlat qoʻriqxonasi ham kopleks maqsadda tashkil etilgan boʻlib, oʻzida bir qancha muhim vazifalarni qamrab oladi. Qoʻriqxona hududidagi turizm obyektlaridan rekreatsion maqsadda tizimli foydalanish yoʻlga qoʻyilgan. Qoʻriqxonada rekreatsiya va turizmni rivojlantirish uchun yetarli rekreatsion resurslar mavjud va ulardan toʻliq foydalanish quvvatini izchil tashkil etish uchun quyidagi amaliy vazifalar bajarilishi talab etiladi.
Kelgusida Surxon davlat qoʻriqxonasi yirik muhofaza etiladigan tabiiy hudud(zona)ga aylantiriladi.Rekreatsion resurslardan oqilona foydalanish, hamda muhofaza etishning samarali yoʻlga qoʻyilishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
-
1. A.Nizomov, Z.Amanboyeva, N.Safarova ,,Oʻzbekistonni ekoturistik resurslari yoʻnalishlariʼʼ -T: ,, Fan va texnologiyaʼʼ, 2014
-
2. I.A.Xasanov, P.N.Gʻulomov, A.A.Qayumov ,,Oʻzbekiston tabiiy geografiyasiʼʼ Toshkent nashriyoti-2009
-
3. S.Tursunov, T.Pardayev, A.Qurbonov, N.Tursunov ,,Oʻzbekiston tarixi va madaniyati - Surxondaryo etnografiyasiʼʼ
-
4. D.Joʻrayeva ,,Surxondaryodagi muqaddas ziyoratgohlar tarixi va ularning aholi diniy-maʼnaviy hayotidagi oʻrni,,Toshkent 2009 ''
-
5. Q.A.Allaberganov ,, Surxondaryo viloyatida rekreatsiya va turizmni rivojlantirish istiqbollari va salohiyatidagi ayrim muammolarni bartaraf etish ʼʼ ,, Termiz 2022 ʼʼ
-
6. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Koʻhitang togʻi https://youtu.be./LmsoTbsFwE.
-
7. Surxon davlat qoʻriqxonasiga safar. Gʻoʻrimbuloqning shifobaxsh xususiyati https://youtu.be/7BzLxKCXtq4 .
-
8. Tasviriy sanʼatning paydo boʻlishi.Zarautsoy sirlari https:bactria termezcity.blogsot.com/2016.05
-
9. Http://uz.m.wikepedia.org/Zulf-Kifl_maqbarasi.
-
10. Surxondaryoda ziyorat turizmining rivojlanishi http: www.uzbekmbassy.in/bag/ .
-
11. СУРХОНДАРЁ ВИЛОЯТИ ОРООЙКОНИМЛАРИНИНГ ШАКЛЛАНИШИ ХУСУСИЯТЛАРИ. Умарова
М.Ҳ., катта ўқитувчи Ҳасанов П.А, ўқитувчи
"Экономика и социум" №6(97) 2022
K
Список литературы Surxon davlat qo’riqxonasi rekreatsion turistik obyekt sifatida
- A.Nizomov, Z.Amanboyeva, N.Safarova,,O'zbekistonni ekoturistik resurslari yo'nalishlari" -T:,, Fan va texnologiya", 2014
- I.A.Xasanov, P.N.G'ulomov, A.A.Qayumov,,O'zbekiston tabiiy geografiyasi" Toshkent nashriyoti-2009
- S.Tursunov, T.Pardayev, A.Qurbonov, N.Tursunov,,O'zbekiston tarixi va madaniyati - Surxondaryo etnografiyasi"
- D.Jo'rayeva,,Surxondaryodagi muqaddas ziyoratgohlar tarixi va ularning aholi diniy-ma'naviy hayotidagi o'rni,,Toshkent 2009 ''
- Q.A.Allaberganov,, Surxondaryo viloyatida rekreatsiya va turizmni rivojlantirish istiqbollari va salohiyatidagi ayrim muammolarni bartaraf etish ",, Termiz 2022 "
- Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Ko'hitang tog'i https://youtu.be./LmsoTbsFwE.
- Surxon davlat qo'riqxonasiga safar. G'o'rimbuloqning shifobaxsh xususiyati https ://youtu.be/7BzLxKCXtq4.
- Tasviriy san'atning paydo bo'lishi.Zarautsoy sirlari https:bactria termezcity.blogsot.com/2016.05
- Http ://uz.m. wikepedia. org/ Zulf-Kifl_maqbarasi.
- Surxondaryoda ziyorat turizmining rivojlanishi http:www.uzbekmbassy.in/bag/.
- СУРХОНДАРЁ ВИЛОЯТИ ОРООЙКОНИМЛАРИНИНГ ШАКЛЛАНИШИ ХУСУСИЯТЛАРИ. Умарова МД., катта укитувчи Хдсанов П. А, укитувчи