The importance of music lessons in secondary schools

Автор: Xalilova M.M.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Современные науки и образование

Статья в выпуске: 11-2 (90), 2021 года.

Бесплатный доступ

The article deals with the science of music in education, how important music lessons are in schools and the purpose of teaching music to students. The impact and benefits of music for schoolchildren and recommendations for music teachers.

Music, music teacher, voting, music culture, applause, pedagogical position, imitation of hand movements

Короткий адрес: https://sciup.org/140288968

IDR: 140288968

Текст научной статьи The importance of music lessons in secondary schools

Musiqa madaniy hayotimizda keng o`rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san`at turidir. Yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyaning ko`plab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida o`rin tutadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo`lib, insonni atrofdagi go`zal narsalarni to`g`ri idrok etishga va qadrlashga o`rgatadi.

Umumiy o`rta ta`lim maktablarida musiqa fanini o`qitishning asosiy maqsadi o`quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish ularni zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga yetkazishdir. Maktabda musiqa darslarini o`qitishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • -    O`quvchilarning musiqa san`atiga bo`lgan qiziqishi va mehr-muhabbatini oshirish;

  • -    musiqiy faoliyatlar jarayonida o`quvchilarni musiqiy qobiliyatlari musiqiy uquvi, ovozi, diqqat-e`tibori va ijodkorlik his-tuyg`ularini o`stirish;

  • - musiqiy asarlarning badiiy g`oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda tarbiyalash;

  • - musiqa darslarida o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish, mehnatga muhabbat, vatanga muhabbat, kattalarga hurmat tuyg`ularini shakllantirish.

Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish o`qituvchining kasbiy va pedagogik mahoratlariga bog`liq. Har qanday san`atkor ham, maktabda musiqa madaniyati darslarini olib borolmaydi. Buning uchun musiqa o`qituvchisi avvalo bolalarni sevishi, pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, musiqa o`qitish metodikasi hamda o`z musiqiy kasbiy fanlarini puxta o`zlashtirgan bo`lishi kerak.

Musiqa o`qituvchisi o`z kasbiga va bolalarga mehr qo`ygan, yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega bo`lgan, zamon bilan hamnafas inson bo`lishi lozim.

O`qituvchilik kasbi sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. O`qituvchi musiqa nazariyasini egallashi bilan birga, bolalarni sevishi, pedagogik amaliyotni ham o`tgan bo`lishi kerak. Chunki maktab hayotidagi pedagogik jarayon juda xilma-xildir. Bu esa musiqa o`qituvchisidan puxta bilim, amaliy tayyorgarlikni talab etadi.

,,Biz sog`lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak” deb ta`kidlagan edi yurtboshimiz I.A.Karimov. Sog`lom kishi deganda, faqat jismoniy sog`lomlikni emas, balki sog`lom ruhiy hislatlarni, sharqona axloq odob va umumbashariy g`oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz.

Buyuk pedagog A.Avloniy shunday degan edi:,,Tarbiya qiluvchilar tabib kabidirlar, tabib hastani badanidagi kasallikka davo qilgani kabi, O`qituvchi ham bolani musiqa orqali, aqliy rivojiga diqqat markaziga ta`sir etib, ularda poklik, vijdon, sadoqat, mehr, kattalarga hurmat, Vatanga muhabbat kabi tuyg`ularni tarbiyalaydi”.,,Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat -yo falokat masalasidir” deb yozgan edi.

Buyuk mutafakkir shoir A.Navoiy o`z asarlarida musiqa tarbiyasining qirralarini chuqur o`rganib shunday dedi:,,Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir. Faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o`z-o`zidan qanoat tuyg`usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi”.

Al Farobiy fikricha:,,Musiqa-nodir san`at, ezgulikka yetaklovchi kuchdir”.

-,,Kimki ilm hikmat o`rganmoqchi bo`lsa, avvalo o`zi ma`naviy barkamollikka erishmog`i lozim” -deydi -Abu Rayhon Beruniy. Shunday ekan, hozirgi davrda musiqa o`qituvchisidan mas`uliyat, fanga yangicha yondoshuv uning metodologiyasini chuqur o`rganish talab etadi.

O`qituvchi darslarda o`quvchilarga bo`lgan talabchanlikni bolalarga hurmat, ziyraklik, pedagogik mavqe, obro`sini saqlagan holda yondoshishni namoyon etish bilan muvofiqlashtirgan holda olib borishi lozim. Musiqa madaniyati darslarining yutug`i va natijalari nafaqat o`qituvchining tayyorgarligiga, balki o`quvchilarning tayyorgarliklariga ham bog`liq bo`ladi. Afsuski, bu masalaga ko`pgina yosh o`qituvchilar o`zlarining amaliy ishlarida yetarli darajada e`tibor bermayaptilar.

Yetti yillik o`qish davrida musiqa sohasida muntazam sur`atda ish olib borilishi natijasida o`quvchilar musiqa savodiga ega bo`lib, musiqani sevadigan, yirik musiqa asarlarini, shuningdek, konsertlarni, radio va televideniye orqali beriladigan musiqali eshttirishlarni mehr qo`yib tinglaydigan, badiiy havaskorlik to`garaklarida yetarli tayyorgarlik bilan faol qatnashadigan kishilar bo`lib voyaga yetishlari kerak. Bu tadbirlarni amalga oshirishda sinf rahbarlari va ota-onalar musiqa o`qituvchisiga yaqindan yordam berishlari lozim, ya`ni ular bu borada ham hamkorlik qilishlari zarur.

Bolalarda musiqaga mehr va havas uyg`otish, maktab o`quvchilarining musiqiy saviyasini oshirish uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama kuchaytirish lozim. Boshlang`ich va 9 yillik maktablarning har birida xor to`garaklari, sharoiti bor bo`lgan maktablarda cholg`u asboblari bo`lishi kerak. Ayni vaqtda o`quvchilarga yakka tartibda musiqa o`rgatish ishini uyushtirishga e`tibor berish, bu ishga ota-onalar jamoatchiligini jalb etish yaxshi samara beradi, degan fikrlar mavjud.

Ma`lumki,,Musiqa madaniyati” darslari quyidagi o`ziga hos jihatlar bilan boshqa darslardan farq qilib turadi:

Barcha fikrlarimizni umumlashtiradigan bo`lsak, musiqa darsi o`zining aktiv psixologik ta`siri bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Shuningdek, musiqa darsi boshqa fanlar bilan chambarchas bog`liqdir. Tasviriy san`at, adabiyot, ona tili, matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va boshqalar musiqa darsini hayot bilan bog`lashga, mazmunli, qiziqarli qilib darsni olib borishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1. G.M.Sharipova,     D.F.Asamova,     Z. I.Xodjayeva,,Musiqa     o`qitish

    nazariyasimetodikasi va maktab repertuari”.Toshkent-2014.

  • 2. O`zME Birinchi jild.Toshkent-2000.

  • 3. Hasanov A.,,Musiqa va tarbiya”-T.O`qituvchi 1993.

  • 4. Yusupova N.,,Musiqa savodi, metodika va ritmika”Toshkent 2010.Musiqanashriyoti.

  • 5.    M.S. Мuxiddinova “Мактабгача таълим ташкилотларида ахборот-компьютер технологияларини мусиқа тарбияси воситаси сифатида қўллашнинг хусусиятлари” 2020 yil

  • 6.    Sh.R.Мahkamova “Имконияти чекланган болалар ва хар томонлама етук авлодни тарбиялашда мусиқанинг ўрни” 2020

  • 7.    Mahkamova Sh.R. Таълим жараёнида ўқувчи ва талабалар билимини баҳолаш усуллари ва методикаси // "Экономика и социум" №11(90) 2021//

  • 8.    Икрамов А.И. ва бошқалар. “Таълим самарадорлигини ошириш йўллари” мавзусидаги семинар тренинг материаллари. /Тренинглар учун қўлланма. – Т.: ЎМКҲТМ, 2002. -184б.

  • 9.    Нишонов А. ва бошқалар. Баҳолаш методлари. Ўқув-услубий қўлланма. – Т.: ЎМКҲТРИ, 2003. – 156 б

  • 10.    Сарсенбаева Р.М. Тарбиявий ишлар методикаси. Ўқув қўлланма. – Т.:“Молия-иқтисод”, 2019. – 388 б.

  • 11.    Сарсенбаева Р.М. Иқтисодий фанларни ўқитишда қўлланиладиган интерактив методлар. Ўқув-услубий қўлланма. – Т.: ТМИ, 2015. – 152 б.

  • 12.    Сарсенбаева Р.М. “Касбий педагогика” ўқув фанини ўрганиш учун ишчи дафтар. Услубий қўлланма. –Т.: ТМИ, 2019. – 112 б.

"Экономика и социум" №11(90)-2 2021

Список литературы The importance of music lessons in secondary schools

  • G.M.Sharipova, D.F.Asamova, Z.I.Xodjayeva,,Musiqa o`qitish nazariyasimetodikasi va maktab repertuari”.Toshkent-2014.
  • O`zME Birinchi jild.Toshkent-2000.
  • Hasanov A.,,Musiqa va tarbiya”-T.O`qituvchi 1993.
  • Yusupova N.,,Musiqa savodi, metodika va ritmika”Toshkent 2010.Musiqanashriyoti.
  • M.S. Мuxiddinova “Мактабгача таълим ташкилотларида ахборот-компьютер технологияларини мусиқа тарбияси воситаси сифатида қўллашнинг хусусиятлари” 2020 yil
  • Sh.R.Мahkamova “Имконияти чекланган болалар ва хар томонлама етук авлодни тарбиялашда мусиқанинг ўрни” 2020
  • Mahkamova Sh.R. Таълим жараёнида ўқувчи ва талабалар билимини баҳолаш усуллари ва методикаси // "Экономика и социум" №11(90) 2021//
  • Икрамов А.И. ва бошқалар. “Таълим самарадорлигини ошириш йўллари” мавзусидаги семинар тренинг материаллари. /Тренинглар учун қўлланма. – Т.: ЎМКҲТМ, 2002. -184б.
  • Нишонов А. ва бошқалар. Баҳолаш методлари. Ўқув-услубий қўлланма. – Т.: ЎМКҲТРИ, 2003. – 156 б
  • Сарсенбаева Р.М. Тарбиявий ишлар методикаси. Ўқув қўлланма. – Т.:“Молия-иқтисод”, 2019. – 388 б.
  • Сарсенбаева Р.М. Иқтисодий фанларни ўқитишда қўлланиладиган интерактив методлар. Ўқув-услубий қўлланма. – Т.: ТМИ, 2015. – 152 б.
  • Сарсенбаева Р.М. “Касбий педагогика” ўқув фанини ўрганиш учун ишчи дафтар. Услубий қўлланма. –Т.: ТМИ, 2019. – 112 б.
Еще
Статья научная