Bakalavriat bosqichi musiqa ta’limi talablarini darsdan tashqari mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasi
Автор: Do’stmuhammedova G.D.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 10 (89), 2021 года.
Бесплатный доступ
mazkur maqolada Oliy ta’lim tizimida bakalavriat bosqichi Musiqa ta’limi talabalarini darsdan tashqari mashg’ulotlarga jalb qilish, ularga o’z ustida ishlash imkoniyatlarini yaratish to’g’risida fikr yurutiladi. Shuningdek, darsdan tashqari faoliyat turlari haqida batafsil ma’lumot va tavsiyalar bayon etilgan.
Bakalavr, Musiqa ta’limi, talaba, faoliyat turlari, cholg’u ijrochiligi, xo’r, metod.
Короткий адрес: https://sciup.org/140260722
IDR: 140260722
Текст научной статьи Bakalavriat bosqichi musiqa ta’limi talablarini darsdan tashqari mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasi
Respublikamiz taraqqiyoti va o‘zgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarning har tomonlama kamol topishi davr talabi va ehtiyojidir. Yoshlarni ma’naviy jihatdan mustahkam bilimli, o‘z mustaqil Vatanimizdan faxrlanish tuyg‘usiga boy qilib tarbiyalash zamonamizning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Bu esa ta’lim-tarbiya oldidagi murakkab, keng ko‘lamli muammolardan biridir. Yoshlarimizni ma’naviy yetuk, komil inson, yetuk mutahassis bo’lib yetishishlarida darsdan tashqari mashg’ulotlarning o’rni ham shakshubhasiz katta ahamiyatga ega. Talabalarni mashg’ulotlar orqali hayotga bo’lgan qarashi, fikrlash qobilyati, ijyimoiy ishlarni to’g’ri amalga oshirishi, atrof-muhitni kuzatish qobiliyatining o‘sishida musiqa san’ati muhim o‘rin tutadi. Boshqa san’at turlariga nisbatan musiqa san’ati juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Musiqa ta’limida darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish insоn shахsini хаr tоmоnlаmа uyg’un kаmоlоtini tа’minlаshdа sаn’аtning jumlаdаn musiqаning аhаmiyati kаttа. Zеrо sаn’аt аsаrlаri vоsitаsidа kishining bаdiiy dunyosi kеngаyib mа’nаviyati shаkillаnаdi. Mа’nаviyatni shаkillаntirish esа, dаvrning muхim vаzifаsi bo’lib, uni hаl etish nihоyatdа dоlzаrb. Yurtbоshimiz tа’kidlаgаnidеk, «Mа’nаviyat insоnning, хаlqning, jаmiyatning, kuch qudrаtidir. U yo’q jоydа hеch qаchоn bаxt-u sаоdаt tаrаqqiyot bo’lmаydi. So’ngi yillarda Musiqа ta’limida dаrsdan tashqari musiqa mashg’ulotlar tizimini yanada tаkоmillаshtirish uni dаvr tаlаbi аsоsidа rivоjlаntirish muаmmоlаrigа bаg’ishlаngаn qаtоr ilmiy tаdqiqоtlаr, uslubiy risоlаlаr, dаsturlаr tаvsiyanоmаlаr yarаtildi vа yarаtilmоqdа.
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish, avvalo, komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq. Bakalavriat bosqichi musiqa ta’limi talabalarini darsdan tashqari mashg’ulotlarini davr talabiga javob beradigan holda olib borish uchun ta’limning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor talaba shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Mashg‘ulot shakli, maqsadi, mazmuni, pedagogik jihatdan o‘ziga xosligi, shuningdek, ish rejalari fan mantig‘ini hisobga olgan holda, talabalar yoshi va imkoniyatiga ko‘ra farqlanishi lozim. Talabalarni serqirra, atroflicha ta’sir etuvchi estetik qadriyatlarga yo‘naltirish zarur. Birinchi navbatda, milliy qadriyatlar, ona Zamin tabiati, milliy xalq san’ati, Sharqning, O‘zbekistonning badiiy madaniyati, tarixiga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish lozim. Talabalarni darsdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida xalq pedagogikasi asoslariga tayanish, Sharq mutafakkirlarining dono fikr-mulohazalaridan, shuningdek, jahon umuminsoniy qadriyatlaridan foydalanish lozim.
Darsdan tashqari mashg’ulotlarda talabalar qiziqishiga suyanilgan holatda ularning bo‘sh vaqtlarida o‘quv jarayonini to‘ldiradi va kengaytiradi. Talabalarning mustaqil bilim olish uslubini o‘zlashtirishlariga, ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishiga imkoniyat yaratilinadi. Darsdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki, talabalarning bo‘sh vaqtlariga muvofiq uslublar vositasida jamoat foydasi uchun ommaviy guruh, alohida ishlash orqali mashg’ulot ishlari tashkil etiladi. To‘garak dasturlarining hilma-hilligi, ular mazmunidagi yangiliklar o‘smir yigit va qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar tug‘diradi.
Bakalavriat musiqa ta’limi talabalarini darsdan tashqari musiqa mashg’ulotlariga jalb etishda ularning qiziqshlarida kelib chiqqan holda ma’lum bir to’garakga jalb qiliniladi. Musiqa to’garaklariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin bo’ladi:
-
1. Musiqa va cholg’u ijrochiligi to’garagi. Bunda asosan mashg’ulot rahbarining qaysi musiqa cholg’usini mukammal bilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
-
2. Xor to’garagi. (14 nafardan kam bo’lmagan o’quvchi-yoshlarni tashkil etgani holda, jamoa bo’lib kuylash qoidalari mukammal tarzda ham nazariy, ham amaliy o’rgatib boriladi, 2-3 ovozli xor asarlarini ijro etish o’rgatiladi).
-
3. Maqom va mumtoz ashulalar ijrochiligi to’garagi.( bunda mumtoz va maqom ijrochiligi nazariyasi va ijro etish uslublari o’rgatilinadi).
-
4. Vakal to’garagi.
-
5. Folklor to’garagi. (xalqimizning noyob durdonalari bilan tanishish, xalqimiz tomonidan kuylangan bugungi kunda unutilib borilayotgan kuy-qo’shiqlarni o’rgatish. Urf-odat va an’analarimiz haqida ma’lumot berish boriladi.
Musiqa rahbarining mahoratida ham o’zbek xalqining an’analarini chuqur bilishi, urf-odatlarini talabalarga anglata olishi, milliy milliy kuy- qo’shiqlarni qo’shiqlarni teran anglash va kuylash qobiliyatiga ega bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mashg’ulotlar haqida batafsil to’htaladigan bo’lsak quyidagilarni e’tirof etishimiz mumkin bo’ladi:
CHolg’uchilik to’garaklari biror bir cholg’uda ijro etish malakalarini shakllantirishga va mazkur cholg’u yordamida dastur tayyorlashga qaratilgan bo’ladi. SHuningdek, mashg’ulotlarda cholg’ularning kelib chiqish tarixi, ijrochilik imkoniyatlari, tembr xususiyatlarini to’la-to’kis ochib berish, ular orqali milliy musiqamizning lad va ohanglari, usul xusuiyatlarini to’g’ri idrok etishga o’rgatadi. CHolg’uchilik to’garaklarida o’quvchilarni nafaqat cholg’u asbobida ijro etish, balki ularni ma’naviy, estetik, madaniy va jismoniy rivojlantirishga kuchli e’tibor qaratiladi.
Xorda mashg’ulotlarida kuylash – talabalarda jamoaviy ijro mahoratini rivojlantiradi. U orqali talabalarning kuylash madaniyati va malakalari shakllantiriladi, ularning umumiy musiqiy rivojlanishi amalga oshiriladi, o’quvchilarga ma’naviy tarbiya beriladi, ularning dunyoqarashi shakllanishi, barkamol avlod tarbiyasi amalga oshiriladi. Xorda kuylash o’z tabiati bilan qiziqarli badiiy jarayondir. Bakalavriat musiqa ta’limi talabalarini darsdan tashqari mashg’ulotlari faoliyat turlaridan biri bo’lmish xorda kuylash jarayonida jamoaviy faoliyatni his etib turadilar, ular birbirlarining ijrolarini nazorat etadilar, xatolarini ko’radilar va bir birlarini tuzatishga intiladilar. Bir xil tovush balandligida kuylab, unison ijroning xususiyatlarini, ansamblga erishishning naqadar qiziqarli va o’ziga jalb etuvchi jarayon ekanligini bilib oladilar.
Mashg’ulot rahbarining ma’lum yutuqqa erishishi uning xorda kuylashning ahamiyatini qanchalik chuqur ekanligini tushunishi, talabalarlarda kuylash malakalarini shakllantirish metod va tamoyillarini qanchalik bilishi, talabalar ovozining xususiyatlari, qo’shiq materialini o’zlashtirish ishini qanchalik samarali tashkil eta olishiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Raxbar mashg’ulot darslarida vokal-xor faoliyatiga munosabati uning ish natijalari orqali yaqqol namoyon bo’ladi.
Darsdan tashqari mashg’ulotlarning o‘ziga xosligi shundaki, talabalarning bo‘sh vaqtlariga muvofiq uslublar vositasida jamoat foydasi uchun ommaviy guruh, alohida ishlash orqali qo’shimcha ta’lim shakli tashkil etiladi. Mashg’ulot dasturlarining har-hil shakillari, ular mazmunidagi yangiliklar talabalarning imkoniyatlarida to’g’ri foydalanish, yetuk mahorat egasi sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. G. Sharipova. Musiqa o‘qitish metodikasi. Ma’ruzalar. T., TDPU, 2006.
-
2. I.Akbarov Musiqa lug`ati. T.O`qituvchi 1997 y.
-
3. J.Yu.Hasanboеv Pеdagogika nazariyasi. Ma'ruza matni. T. 2002 y.
-
4. Mansurva G. Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti. O’quv metodik qullanma- Toshkent. 2008;
-
5. SHaripova G.. Musiqa va uni o‘qitish metodikasi (metodik qo‘llanma). Toshkent - 2006.
-
6. Akbarov I. Musiqa lug’ati. Toshkent – 1997.
"Экономика и социум" №10(89) 2021
Список литературы Bakalavriat bosqichi musiqa ta’limi talablarini darsdan tashqari mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasi
- G. Sharipova. Musiqa o‘qitish metodikasi. Ma’ruzalar. T., TDPU, 2006.
- I.Akbarov Musiqa lug`ati. T.O`qituvchi 1997 y.
- J.Yu.Hasanboеv Pеdagogika nazariyasi. Ma'ruza matni. T. 2002 y.
- Mansurva G. Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti. O’quv metodik qullanma- Toshkent. 2008;
- SHaripova G.. Musiqa va uni o‘qitish metodikasi (metodik qo‘llanma). Toshkent - 2006.
- Akbarov I. Musiqa lug’ati. Toshkent – 1997.