Musiqa madaniyati darslarida ta’lim va tarbiya masalalari

Автор: Rahimova E.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 7 (86), 2021 года.

Бесплатный доступ

Mazkur maqolada ta’lim tizimida musiqa madaniyatining ahamiyati, uning ta’limiy va tarbiyaviy masalalari bo’yicha fikr-mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek, insonning ma’naviy-ma’rifiy yetuklikga erishishida musiqa san’atining ijobiy ta’siri yoritib berilgan.

Musiqa madaniyati, ta’lim tizimi, tarbiya, pedagogika, kontsepsiya, mumtoz musiqa, san’at

Короткий адрес: https://sciup.org/140260649

IDR: 140260649

Текст научной статьи Musiqa madaniyati darslarida ta’lim va tarbiya masalalari

  • 1.    Ommaviy xalq musiqa pedagogikasi. Bu xalqning kundalik hayotida, oilaviy marosim, mexnat jarayoni va boshqalarda o’z ifodasini topib, tabiiy

  • 2.    Kasbiy musiqa ta’limi uslubiyoti mukammal maktabga ega. Uning amaliyotida ta’limning ilmiyligi, davomiyligi va izchilligi mantiqan bog’langan. Ta’lim mazmuni kasb fazilati va nafosati hamda sharqona axloqiy tarbiya tufayli boydir. Bunda ustoz-shogird amaliyotida ustozni tajribada ega ekanligi ayniqsa, mohir ijrochiligi va ma’naviy boyligi muhim rol o’ynaydi. Yosh san’atkorlar yillar davomida musiqani nazariy va amaliy mukammal o’rgangandan so’nggina xalq xizmatiga bel bog’lashga, ustozlar oq fotihasini olganlar. Kasbiy musiqa ustozligida mohir ijrochilar- cholg’uchilar-xalfalar, dostonxonlar va maqomchilar uetishib chiqadi. Ayni holda ularning ko’pchiligi bastakorlik ilmidan ham saboq olib, musiqa merosimizni boyitib kelmoqdalar. Xalq va kasbiy musiqa pedagogikasi amaliy o’zaro bog’liq bo’lib, bir-birini boyituvchidir.

  • 3.    Milliy musulmon maktablari va madrasalarida musiqa falsafa ilohiyot va adabiyot ta’limi bilan uyg’un tarzda bog’lanib o’qitiladi. Bu ko’proq savod chiqarish va Qur’oni Karim suralarini qiroat qilish jarayonida yakka, guruhli va jamoaviy talaffuz ifodaliligi va musiqiy ohangdorligi (aniq-burroligi, mantiqiyligi, tovush hosil qilish, nafas tartiblari v.b.) ustida muayyan usullarni qo’llab ish olib boriladi. Adabiyot fanini o’qitilishi ham san’at sifatida azaldan musiqa bilan uzviy bog’langan. Bunda she’riyat va musiqa vaznlari aruz o’lchovlari asosida mushtarak o’rganilgan. Shu bois ko’pchilik adiblar va olimlar musiqa ilmining rivojiga salmoqli ulush qo’shganlar. Madrasalardagi o’ziga xos badiiy ta’lim musiqa merosimizning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Bu ko’proq so’fiylar ta’limoti ta’sirida maqomlar hamda darvishlar, zikrchilar va qalandarchilikning musiqiy-badiiy mazmunida falsafiy g’oyalarning rivojlanishi uchun muhim rol o’ynagan. Sho’ro davrida O’zbekiston maktablarida musiqa san’ati fan sifatida

ravishda va beixtiyor amalga oshirilib boriladi. To’y-hashamlarda, ta’ziyalarda musiqaning ommaviy janrlari yakka va jamoaviy tarzda ijro etiladi. Shu jarayonda yangi kuy hamda qo’shiqlar vujudga keladi. Bu esa xalqning badiiy musiqiy rivojida, musiqa merosimizni boyitishda, ayniqsa yosh avlodni axloqiy-badiiy tarbiyalashda bebaho omil hisoblanadi.

o’qitilganligi, ijobiy hol bo’lgan, albatta. Bunda muayyan tajribalarga, maxsus kadrlar tayyorlashga erishilgan.

Milliy musiqamiz qonuniyatlariga qiyoslab qardosh xalqlar va umumbashariy musiqa madaniyati bilan tanishish, ya’ni «ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarning ustivorligi»ga amal qilish musiqa o’qitishning muhim didaktik yo’nalishi hisoblanadi. Ta’lim jarayoni ikki shaklda – dars va sinfdan (shuningdek, maktabdan) tashqari musiqiy mashg’ulotlar tarzida amalga oshiriladi. O’qitishning asosiy hamda barcha o’quvchilar uchun zaruriy shakli musiqa darslaridir. SHu bois dars tuzilishlari va o’qitish usullarining xilma-xil shakl turlarini qo’llash va tajriba jarayonida darsning yangi tuzilma, usullarini kashf etish dolzarb masala bo’lib turadi. Bunda milliy va Sharq musiqa ta’limshunosligini o’rganish, undan unumli foydalanish muhim omil hisoblanadi. Musiqa ta’limi nazariyoti va amaliyoti ilg’or tajribalarga tayanadi, uning mazmuni musiqa san’atining umumiy qonuniyatlariga tayangan va musiqiymavzuviy tizim asosida ishlab chiqilgan dasturlar asosida amalga oshiriladi. Unda ta’lim-tarbiya uyg’unligiga amal qilinadi va maktab bitiruvchilarining barcha fanlar qatori musiqa san’ati sohasida ham ijobiy ko’nikmalarni shakllantirib, madaniy hayot uchun zarur bo’ladigan umumiy bilim malakalariga ega bo’lishlari ko’zda tutiladi.

Рекомендации:

  • 1.    O.Fayzieva boshqalar.«O‘zbekistan maktablarida musiqiy nafosat tarbiyasini tashkil etish buyicha metodik qo‘llanma». - Т.: «Navoiy azot» nashriyoti, 1992 y.

  • 2.    G.M.Sharipova. «Boshlang‘ich sinflarda musiqa o‘qitish uchun metodik qo‘llanma». -Т .: RTM nashriyoti, 2001 yil.

  • 3.    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani bo’yicha sinf dasturi. (1-7 sinflar). – T., 1998. 2. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. Musiqa, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya. - T., 1999.

  • 4.    CHARACTERISTICS OF KHOREZM DOSTON ART

    T. Ismailov; "Экономика и социум" №3(82) 2021 www.iupr.ru

    • 5.    “DEVELOPMENT OF VARIETY ART IN CHILDREN’S MUSIC AND ART SCHOOLS” T. Ismailov; “Образование и наука в XXI веке” (ISSN 2658-7998) №A3- 20210329-77 29.03.2021.

"Экономика и социум" №7(86) 2021

Список литературы Musiqa madaniyati darslarida ta’lim va tarbiya masalalari

  • O.Fayzieva boshqalar."O‘zbekistan maktablarida musiqiy nafosat tarbiyasini tashkil etish buyicha metodik qo‘llanma". - Т.: "Navoiy azot" nashriyoti, 1992 y.
  • G.M.Sharipova. "Boshlang‘ich sinflarda musiqa o‘qitish uchun metodik qo‘llanma". -Т.: RTM nashriyoti, 2001 yil.
  • Umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqa madaniyati fani bo'yicha sinf dasturi. (1-7 sinflar). - T., 1998. 2. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi. Musiqa, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya. - T., 1999.
  • CHARACTERISTICS OF KHOREZM DOSTON ART T. Ismailov; "Экономика и социум" №3(82) 2021 www.iupr.ru
  • "DEVELOPMENT OF VARIETY ART IN CHILDREN'S MUSIC AND ART SCHOOLS" T. Ismailov; "Образование и наука в XXI веке" (ISSN 2658-7998) №A3- 20210329-77 29.03.2021.
Статья научная