Professional ta’lim yoshlarni kasb-hunar egallashlari uchun samarali imkoniyat sifatida
Автор: Shermuhamedov R.S.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 3-2 (94), 2022 года.
Бесплатный доступ
Mazkur maqolada ta’limning muhim bosqichi hisoblangan professional ta’limning o’ziga hos yutuq va imkoniyatlari haqida fikr yuritildi.
Professional ta'limni, o'rta professional, o'rta maxsus professional, boshlang'ich professional
Короткий адрес: https://sciup.org/140292778
IDR: 140292778
Текст научной статьи Professional ta’lim yoshlarni kasb-hunar egallashlari uchun samarali imkoniyat sifatida
Ta’lim–tarbiya mazmuni,maqsad va vazifalari vaqt o`tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Bunga misol sifatida 2020 yil 23 sentabr kunida yangi taxrirdagi “Ta’lim to’g’risidagi qonun”da o’zgarishlarni qayd etishimiz joiz. Mazkur qonunda professional ta’limni roli alohida ahamiyatga ega. Professional ta’limni amalga oshirish asosan kasb va mutahassislik bo’yicha Boshlang’ich professional ta’lim, O’rta professional ta’lim va o’rta maxsus professional ta’limlar tarkibida amalga oshadi. Bunda boshlang’ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida 9-sinf bitiruvchilari negizzida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha umumiy o’rta ta’lim fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida olib boriladi.
O’rta profetsional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to’lov-shartnomasi asosida kasblar hamda mutahassisliklarni murakkabligidan kelib chiqib davomiyligini 2 yilgacha kunduzgi va kechki, sirtqi ta’lim shakllar bo’yicha umumiy o’rta , o’rta mahsus ta’limi hamda boshlang’icha professional ta’lim negizda olib boriladi. Navbatda o’rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o’rta maxsus, boshlang’ich professional va o’rta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi yokim to’lov-shartnommasi asosida kasblar hamda mutahassislkni murakkabligidan kelib chiqqan holda davomiyligi bo’lgan kamida 2 yil kunduzgi va kechki, sirtqi ta’lim shakllari bo’yicha amalga oshiriladi. Bu yuzasidan Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda 2020-2021 o'quv yilidan boshlab kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida Milliy malaka tizimini ishlab chiqish, yurtimizda 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etish bo'yicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari ulardan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Malaka tizimi rivojlangan davlatlarda sinovdan o'tgan, mehnat bozori, professional ta'lim, kasbga o'qitish va o'rgatish tizimining uyg'unlashuvi sifatida muvaffaqiyat qozongan. Shu bois, O'zbekistonda ham joriy yildan boshlab ilk bor milliy va tarmoq ixtisoslashuv tizimi, kasb va mutaxassisliklar bo'yicha professional standartlar hamda tabaqalashtirilgan ta'lim standarti va dasturlari joriy etilmoqda. Bu esa, o'z navbatida, mehnat bozori bilan ta'lim sohasi integrasiyasini ta'minlashga xizmat qiladi.
Ammo Jahon mamlakatlarida professional ta'lim malaka tizimi sinovdan o'tgan, mehnat bozori, kasbga o'qitish va o'rgatish tizimining uyg'unlashuvi sifatida u muvaffaqiyat qozongan. Shu bois, O'zbekistonda ham joriy yildan boshlab ilk bor milliy va tarmoq ixtisoslashuv tizimi, kasb va mutaxassisliklar bo'yicha professional standartlar hamda tabaqalashtirilgan ta'lim standarti va dasturlari joriy etilmoqda. Bu esa, o'z navbatida, mehnat bozori bilan ta'lim sohasi integrasiyasini ta'minlashga xizmat qiladi.
Bu bilan gap nafaqat mahalliy mehnat bozori, balki xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning mutaxassis sifatidagi mavqei, xalqaro talablarga mosligi, xorijda ham nufuzli joylarda mehnat qila olishi, munosib ish haqiga ega bo'lishi, qolaversa, butun boshli millat imiji haqida bormoqda.
Xorijga ish izlab ketayotgan aksariyat migrant yurtdoshlarimiz qurilish, obodonlashtirish, qishloq xo'jaligida yuqori malaka talab etmaydigan, og'ir, kam ish haqi to'lanadigan, xalq iborasi bilan aytganda, “qora mehnat” bilan shug'ullanmoqda. Bu holatning asosiy sabablaridan biri mamlakatimizda ana shu “qora mehnat”ga muqobil bo'ladigan, yuqori maosh to'lanadigan, mehnat unumdorligini ta'minlaydigan, nufuzli ish o'rinlarida faoliyat yuritish imkonini beradigan Milliy malaka tizimi asosida o'qitish, kasbga o'rgatishning yo'lga qo'yilmaganidir. Shu bois, professional ta'lim tizimida mutaxassislarga yuqori malaka berish bosh maqsadga aylanishi kerak. Juda ko'p mamlakatlarda zamonaviy milliy malaka tizimi joriy etilgan, korxonalarning professional standart talablari asosida ishga qabul qilishi qat'iy belgilab qo'yilgan.
Bu esa Malaka sifatida — xalqaro ta'lim bozorida ixtisoslashuv deb ham ataladi, bu ish beruvchi tomonidan xodim(yollanuvchi, ish o'rniga da'vogar, bo'sh ish o'rinlari tanlovida qatnashuvchi, ishchi yoki xizmatchi)ga qo'yilgan talab va yuklatilgan vazifalar majmuidir.
O’z o’rnida Malaka o'zida xodimning mehnat faoliyatiga qo'yiladigan mas'uliyat, kasbiy tajriba, mahorat hamda rag'batni mujassamlashtiradi. Ish beruvchi tomonidan mutaxassis, ishchi xodimga qo'yilgan malaka talablari professional ta'lim standartlarida aks etishi shart. Aks holda, ta'lim va ishlab chiqarish, bitiruvchi malakasi va ish beruvchi talablari o'rtasidagi uzviylik yo'qoladi.
Professional standart — ish beruvchining har bir ish o'rni yoki unga da'vogar bajaradigan mehnat vazifalari tafsiloti, tajriba, kasbiy mahorati tavsifi, tasnifi (mehnat faoliyati natijasida etishtirayotgan, ishlab chiqarayotgan mahsulot hamda ko'rsatayotgan xizmatlarining sifati) belgilangan me'yoriy hujjat. U o'zida xodimning bilim, ko'nikma va imkoniyatlarini aks ettiradi.
Yana bir muhim jihati shundaki, professional ta'lim standartida xodimning malaka darajasi aniq belgilangan bo'ladi. eng asosiysi, ana shu malaka darajasi xodimning o'sishi va keyingi ixtisoslashuv darajasi yuksalishiga pillapoya bo'lib xizmat qiladi.
O'zbekistonda endi yangi professional ta'limda birinchi marta har bir mutaxassisning xalqaro me'yorlarga mos malaka darajasini belgilab berishga asos bo'ladigan hujjat—Milliy malaka tizimi qabul qilindi. Iqtisodiyotning har bir sohasi bo'yicha tarmoq malaka tizimlari belgilandi.
Ayni paytda har bir ish o'rni va lavozimning vazifalari, tasnifi va uni samarali, muvaffaqiyatli bajarish uchun lozim bo'lgan ko'nikma, bilim va layoqatlilik yoritilgan malaka talablarining yangi formatdagi me'yoriy asoslari yaratilmoqda. endi professional ta'lim dasturlarining mazmuni, ta'lim natijalari, ta'limning sifati shu me'yoriy asoslarga muvofiq shakllantiriladi. Bu tizim biz tayyorlayotgan mutaxassislarning ham mahalliy, ham xorijiy mehnat bozori o'zgarishlariga moslasha olishiga imkoniyat yaratadi. Ustiga-ustak, ayni paytda mehnat bozorida raqobat muhiti ancha keskinlashgan, korxonalarning ishchi yoki mutaxassis yollash tizimlari takomillashgan, talablar mutlaqo o'zgargan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. Kushakova, M. N. (2020). Main directions of credit policy during the COVID-19 PANDEMY. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7 (2), 1836-1839.
-
2. Kushakova, M. N. (2020). Financial planning problems in enterprises. EPRA International Journal of Economic Growth and Environmental Issues, 8 (5), 20-21.
-
3. Dzhumanova, A. B., Kushakova, M. N., Khodzhaeva, N. A. (2019). Formation of accounting management information in the control system of enterprises of JSC «Uzbekistan Railways. International Journal of Advanced Science and Technology, 28 (14), 32-36.
-
4. Кушакова, М. Н. (2022). Анализ и методология управления осблуживающего персонала железнодорожного транспорта в республике. Экономика и социум, 1 (92), 593-596.
-
5. Salimov, I. I., Kushakova, M. N. (2022). Analysis of the Problems of Innovative Development of the National Economy and Financial Stability of the Republic of Uzbekistan. International Journal of Innovative Research in Science Engineering and Technology, 11(2), 1603-1605.
-
6. Kushakova, M. N. (2022). Increasing the Efficiency of Logistics Management in Railway Transport. ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal, 12(2), 342-346.
"Экономика и социум" №3(94) 2022
Список литературы Professional ta’lim yoshlarni kasb-hunar egallashlari uchun samarali imkoniyat sifatida
- Kushakova, M. N. (2020). Main directions of credit policy during the COVID-19 PANDEMY. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 1836-1839.
- EDN: VPCFXG
- Kushakova, M. N. (2020). Financial planning problems in enterprises. EPRA International Journal of Economic Growth and Environmental Issues, 8(5), 20-21.
- Dzhumanova, A. B., Kushakova, M. N., Khodzhaeva, N. A. (2019). Formation of accounting management information in the control system of enterprises of JSC "Uzbekistan Railways.International Journal of Advanced Science and Technology, 28(14), 32-36.
- EDN: BAMOGX
- Кушакова, М. Н. (2022). Анализ и методология управления осблуживающего персонала железнодорожного транспорта в республике. Экономика и социум, 1(92), 593-596.
- EDN: ZLCCMP
- Salimov, I. I., Kushakova, M. N. (2022). Analysis of the Problems of Innovative Development of the National Economy and Financial Stability of the Republic of Uzbekistan.International Journal of Innovative Research in Science Engineering and Technology, 11(2), 1603-1605.
- Kushakova, M. N. (2022). Increasing the Efficiency of Logistics Management in Railway Transport. ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal, 12(2), 342-346.