Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa to’garaklarini tashkil etish metodikasi

Автор: Anorov T.N.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 10 (89), 2021 года.

Бесплатный доступ

ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida darsdan tashqari musiqa to’garaklarini tashkil etish faoliyati, metodikasi, ish olib uslublari haqida tavsiya va tushunchalar bayon etilgan. Shuningdek, musiqa to’garaklari orqali o’quvchilarda san’at, xalq ijodiyoti, ma’naviyat, madaniyatga muhabbat hissini uyg’otish mumkinligi bayon etilgan.

Umumiy o’rta ta’lim, musiqa madaniyati, ta’lim va tarbiya, estetika, to’garak, metodika.

Короткий адрес: https://sciup.org/140260711

IDR: 140260711

Текст научной статьи Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa to’garaklarini tashkil etish metodikasi

So‘nggi yillarda milliy musiqiy boyliklarni tiklash, to‘plash, nashr qilish hamda ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslarini o‘rganish bo‘yicha e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Qudratli tarbiyaviy ta’sirchanlikka ega bo‘lgan xalq musiqa ijodiyotidan ta’lim tizimida, xususan, umumta’lim maktablarida dars va darsdan tashqari (turli madaniy-ommaviy tadbirlar, badiiy havaskorlik to‘garaklari, ko‘rik-tanlovlarga tayyorgarlik va hokazo) faoliyatlarda keng foydalanishni yanada kuchaytirish, birinchidan, ta’lim mazmunini boyitsa, ikkinchidan, ta’limning milliy negizini mustahkamlaydi. Musiqa fanidan sinfdan tashqari ishlar, to’garaklarni tashkil etish insоn shахsini хаr tоmоnlаmа uyg’un kаmоlоtini tа’minlаshdа sаn’аtning jumlаdаn musiqаning аhаmiyati kаttа. Zеrо sаn’аt аsаrlаri vоsitаsidа kishining bаdiiy dunyo kеngаyib mа’nаviyati shаkillаnаdi. Mа’nаviyatni shаkillаntirish esа, dаvrning muхim vаzifаsi bulib, uni хаl etish niхоyatdа dоlzаrb. Yurtbоshimiz tа’kidlаgаnidеk, «Mа’nаviyat insоnning, хаlqning, jаmiyatning, kuch qudrаtidir. U yo’q jоydа хеch qаchоn bах-tu sаоdаt tаrаqqiyot bo’lmаydi. Sаn’аt vоsitаsidа musiqа mаdаniyati, bоlа shахsining mа’nаviyatini shаkllаntirishni izchil аmаlgа оshirishdа umumtа’lim mаktаblаrning аyniqsа rо’li juda kаttа.

Xo‘sh, umumta’lim maktablarida xalq musiqa ijodiyotini o‘rganishda nimalarga e’tibor berish, ta’limiy va tarbiyaviy faoliyatni qanday tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi? Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqiy izlanishlar quyidagi pedagogik talab va mezonlar asosida ish tutish ijobiy natijalarga erishish imkonini berishni ko‘rsatdi:

  • 1.    Umumta’lim maktablarida darsdan tashqari faoliyatda xalq musiqa ijodiyoti namunalaridan foydalanishda ularni ma’lum mezon va talablarga ko‘ra tanlash muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda:

chiqarish uchun izchil va maqsadli mashg‘ulotlar olib borishni nazarda tutadi. Shuningdek, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarga imkon qadar keng va ommaviy jalb qilishni, sinfdan tashqari ishlarda o‘zaro aloqadorlikni kuchaytirishni uqtiradi.

O‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida xalq pedagogikasi asoslariga tayanish, Sharq mutafakkirlarining dono fikr-mulohazalaridan, shuningdek, jahon umuminsoniy qadriyatlaridan foydalanish lozim. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari oldida turgan vazifa yagona ichki estetik tarbiya tizimlarini yaratishdir. Bu tizimlar shaxsning har tomonlama yaxshi rivojlanish butunligini belgilaydi. Bu aniqlangan yangi bilimlar tizimini singdirish, o‘rganish, fikrlash, mulohaza etish, munosabat, baholar, g‘oyalar, mukammal bilimni oshirish va o‘zo‘zini tarbiyalashdir. Darsdan tashqari ishlarda estetik tarbiya mazmuni, birinchi navbatda, tizimli tatbiq etishga ko‘ra uch vazifa birligi — ilmiy, rivojlanib borish, psixologik va pedagogik jarayonlar mushtarakligi, ta ’lim jarayonida jamiyat talablarini e’tiborga olish, yangicha bilimlarga amal qilish va hokazo qoidalar asosida tarkib topishi kerak. Ular asosida o‘quvchi shaxsiyatiga nisbatan yo‘nalish belgilanadi. Bu maqsadlarga erishish uchun o‘quvchilar bilan to‘garak tashkil etish, san’atning ayrim turlarini, milliy va jahon madaniyatini o‘rganish va boshqa tarbiya shakllaridan foydalanish mumkin. Darsdan tashqari ishlarning barcha turlarida amalga oshiriladigan va yana qayta tiklanadigan turli dasturlarida shaxsning shakllanishiga, uni ma’naviy mas’uliyat bilan yashashga o‘rgatishni shakllantirishga e’tibor qaratilishi lozim. Ayniqsa, o‘rta va katta yoshdagi o‘quvchilarni o‘z bilim va malakalarini mustaqil oshirishlariga o‘rgatish kerak. Estetik tarbiyaning yangi shakllari va mazmunini topish zarur. Jumladan, folklor milliy ansambllari, milliy raqs va qo‘shiqlar, san’atning milliy-an’anaviy turlari nazariyasi va tarixini o‘rganish, qadimiy estetik tarbiya vosita-uslublarini tiklash lozim. Qobiliyatli va iste’dodli tarbiyalanuvchiga alohida munosabatda bo‘lish kerak. Ommaviy tadbirlardan (suhbatlar, madaniyat, san’at namoyandalari bilan uchrashuv, konferensiyalar, hisobot chiqishlari, «Navro‘z», «Qo‘shiq bayrami», «Raqs bayrami», «Bolalar bastakorlari bilan uchrashuvlar», «Qo‘shiq olamiga sayohat», «Bir qo‘shiq tarixi», «Yalla va laparlar kechasi», Xalq qo‘shiqlari bayrami», «Maqom kechasi», «Sahna ustalari bilan uchrashuv» kabi tadbirlari va hokazolar) keng foydalanish lozim. Ya’ni san’atning aniq turlari va ifoda vositalarining o‘ziga xosligi tasvirdagi, musiqa va hokazolar zamiridagi ifodani, badiiy vositalarni amaliy o‘zlashtirish natijasidir. Bu borada asosiy vazifa to‘laqonli badiiy va ijodiy asarni chuqur his etishdir. Maktabdan va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilar qiziqishiga suyanilgan holatda ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv jarayonini to‘ldiradi va kengaytiradi. O‘quvchilarning mustaqil bilim olish uslubini o‘zlashtirishlariga, ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishiga imkoniyat yaratadi. Darsdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlariga muvofiq uslublar vositasida jamoat foydasi uchun ommaviy guruh, alohida ishlash orqali tarbiyaviy ish tashkil etiladi. To‘garak dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o‘smir yigit va qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar tug‘diradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    G. Sharipova. Musiqa o‘qitish metodikasi. Ma’ruzalar. T., TDPU, 2006.

  • 2.    I.Akbarov Musiqa lug`ati. T.O`qituvchi 1997 y.

  • 3.    J.Yu.hasanboеv Pеdagogika nazariyasi. Ma'ruza matni. T. 2002 y.

"Экономика и социум" №10(89) 2021

Список литературы Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa to’garaklarini tashkil etish metodikasi

  • G. Sharipova. Musiqa o‘qitish metodikasi. Ma’ruzalar. T., TDPU, 2006.
  • I.Akbarov Musiqa lug`ati. T.O`qituvchi 1997 y.
  • J.Yu.hasanboеv Pеdagogika nazariyasi. Ma'ruza matni. T. 2002 y.
Статья научная