Boʻlajak biologiya oʻqituvchilarida tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetentsiyasini rivojlantirish metodlari

Автор: Madrahimova Munozatxon Tolonboevna

Журнал: Life Sciences and Agriculture.

Статья в выпуске: 2 (18), 2024 года.

Бесплатный доступ

Oʻzbekistlon Respublikasida qabul qilingan ta’lim islohatlarini ijrosini ta’minlash, Xalqaro tadqiqot dasturlarida mamlakatimizni munosib oʻrnini egallashi uchun boʻlajak biologiya oʻqituvchilaridan oʻquvchilarga DTS talablari bilan bir qatorda, ularni aniq hayotga tayyorlash, olgan bilimlarini hayotda qoʻllay olish koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini oshirish tajribasini puxta egallashni talab qiladi. Maqolada horijiy mutaxassislarni bu boradagi tadqiqotlari yoritilgan.

PISA formatidagi dars, tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetentsiya, kvesttexnologiyasi

Короткий адрес: https://sciup.org/14130680

IDR: 14130680

Текст научной статьи Boʻlajak biologiya oʻqituvchilarida tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetentsiyasini rivojlantirish metodlari

Xalqaro baholash dasturi navbatdagi tadqiqotida 2022-yil bahorida 81 mamlakat yoki iqtisodiy hududdan jami 690 000 oʻquvchi test sinovlarida qatnashdi. Ilk marotaba Oʻzbekiston bu tadqiqotda ishtirok etdi. Lekin natijalar quvonarli emas. Bu tadqiqot boʻyicha ta’lim islohatlarimizda belgilangan, ya’ni 2030 yilgacha ilgʻor oʻrinlarni egallash topshirigʻi barcha mamlakatimiz oʻqituvchi-pedagoglari oldiga qoʻyilgan ustivor vazifamizdir.

Buning uchun avvalo Oliy ta’lim dargohlarini bitiruvchi talabalarini maktab dargohida ushbu tadqiqotlarda koʻzlangan maqsadlarni amalga oshiruvchi boʻlajak pedagog kadrlarni, jumladan biologiya oʻqituvchilarini tayyorlash talab etiladi.

PISA xalqaro dasturi funktsional savodxonlikni oʻrganadi, uning 6 ta yoʻnalishi mavjud:

  • 1.      Oʻqish savodxonligi

  • 2.      Matematik savodxonlik

  • 3.      Tabiiy-ilmiy savodxonlik

  • 4.       Global vakolatlar

  • 5.    Moliyaviy savodxonlik

  • 6.    Ijodiy fikrlash

Funktsional savodxonlik - bu olingan bilim, koʻnikma va koʻnikmalarni hayotiy muammolarni hal qilishda qoʻllash qobiliyatidir.

Bugungi kunda maktab oʻquvchilarimizning funksional savodxonlik darajasini aniqlash ta’lim sifati sohasida ustuvor yoʻnalishga aylandi. Bu ertangi ta’lim qanday boʻlishini va u nimaga yoʻnaltirilishi kerakligini belgilab berdi. Bu esa funktsional savodxonlikning tarkibiy qismlaridan biri boʻlgan tabiiy-ilmiy savodxonligini boʻlajak oʻqituvchilarda shakllantirishga asosiy e’tibor qaratishga undaydi.

Tabiiy-ilmiy savodxonligi deganda, odatda, insonning tabiiy fanlar bilan bogʻliq masalalarda faol fuqarolik pozitsiyasini egallash qobiliyati, shuningdek, tabiatshunoslik gʻoyalariga qiziqish koʻrsatishga tayyorligi tushuniladi.

Tabiiy ilmiy savodli shaxs tabiiy fanlar va texnologiyalar bilan bogʻliq muammolarni asosli muhokama qilishda ishtirok etishga intiladi, bu esa undan quyidagi vakolatlarga ega boʻlishni talab qiladi:

  •    hodisalarni ilmiy tushuntirish;

  •    tabiatshunoslik tadqiqotlarining asosiy xususiyatlarini tushunish;

  •    ma’lumotlarni sharhlash va xulosalar chiqarish uchun ilmiy dalillardan foydalanish.

PISA topshiriqlari fan savodxonligini tavsiflovchi va real hayotiy vaziyatlarga asoslangan kompetensiyalarni baholashga qaratilgan.

Faol fuqarolik pozitsiyasi kompetentsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat ta’lim standartida belgilab qoʻyilgan boʻlib, oʻz navbatida undan quyidagi kompetensiyalarni shakllantirishni talab qiladi: hodisalarni ilmiy tushuntirish qobiliyati,, tabiatshunoslik tadqiqotining eng muhim xususiyatlarini tushunish, ma’lumotlarni sharhlash va ma’lum bir xulosaga kelish uchun ilmiy dalillarni qoʻllash qobiliyati orqali shakllantiriladi .[1]

Rossiya Federatsiyasining Davlat Ta’lim Standarti talablariga tabiiy savodxonlik kompetentsiyasini kiritilganligi mamlakatning ta’lim sifati, shu jumladan maktab ta’limi boʻyicha dunyodagi etakchi oʻntalikka kirishiga ijobiy ta’sir koʻrsatdi.[8]

SHuningdek bugungi kunda kunda har bir kompetentsiyaning zamirida raqamli texnologiyalarning ahamiyatini koʻplab mamlakatlar jumladan raqamli innovatsiyalar Estoniya taʼlimining asosi boʻlib qolmoqda, maktablar oʻquvchilarni raqamli kelajakka tayyorlash uchun ilgʻor texnologiyalardan foydalanilmoqda.[9]

Tabiiy-ilmiy savodxonlik koʻnikmasini rivojlantishda samarali tadqiqotlar olib borilgan boʻlib, jumladan M. Ekici, M. Erdem tabiiy-ilmiy savodxonlik ta’limining ilmiy soʻrovni mobil vositanu jalb qilish ilmiy jarayon koʻnikmalarini rivojlantirishga "Ilmiy jarayon koʻnikmalari testi", yarim tizimli intervyular va aks ettiruvchi jurnallar tadqiqotning ma’lumotlar yigʻishda sezilarli va ijobiy ta’sir koʻrsatishini oʻrgandi.[5]

N.Pavlova talabalarda Tabiiy-ilmiy savodxonligi kompetensiyalarini oʻzlashtirish darajasini aniqlashda va rivojlantirishda ilmiy bilimlar tizimini va maxsus fan koʻnikmalariga samarali moslashish imkonini beruvchi samarali -tadqiqot muammosini ochib beruvchi ilmiy ma’lumotlarni tanlash, olingan ma’lumotlarni sharhlash, ularning ishonchliligini aniqlash, tahlil qilish, sintez, umumlashtirish, taqqoslash, induksiya, deduksiya, abstraksiya va modellashtirish usullaridan foydalandi.[7, 89].

M.Safronova, T. Maksimova muammolarni birgalikda hal qilishning PISA fan muammolarini hal qilish samaradorligi psixologiya va pedagogika bilan bogʻliqligini oʻrganib, sinfda tabiatshunoslik vazifalarini hal qilishda birgalikdagi faoliyat uslubini joriy etish oʻquvchilarning tabiiy fanlar boʻyicha savodxonligini oshirishga yordam berishini asoslab berdi.[6]

G.Dubasb, A.Xudyakova talabalarning Tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish uchun vaziyatli vazifalarni loyihalash texnologiyasini nazariy tadqiqot va empirik usullarda oʻrgandi.[4]

A.Ghofar,C.Wicaksono, E.Korom Indoneziya talabalarida tadqiq qilish natijasida induktiv fikrlashning tabiiy- ilmiy kompetentsiyani rivojlantirishga kuchli ijobiy ta’sir koʻrsatishini uni oʻqitish va oʻqitishda e’tibordan chetda qoldirib boʻlmaydigan muhim omil ekanligini ta’kidlaydi.[2]

Ye. Igumnova Kvest –texnologiyasi asosida oʻquvchilarda individual muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantiradi.[3]

Kvest texnologiyasi- kirish, topshiriq, bajarish tartibi va baholash bosqichlaridan iborat.

An’anaviy (bilimga asoslangan) yondashuv bilan kompetensiyaga asoslangan yondashuv oʻrtasidagi qarama-qarshilik va farqlar mavjud boʻlib, ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish bir yondashuvni boshqasiga almashtirish yoʻlida emas, balki yangisini integratsiya qilish yoʻlida davom etishi kerak.

Maktab oʻquvchilarining bilim olish qobiliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun oʻqituvchilar va boʻlajak oʻqituvchi darsdan va sinfdan tashqari ishlarni amalga oshirishda samarali usullarni bilishi lozim. PISA formatidagi dars usullarini quyidagi afzalliklari oʻrganilgan.

Bunday formatdagi darslarda oʻquv materiallarni joylashtirish ketma-ketligi har bir vazifa avvalgisining natijalariga asoslanishi, topshiriqning barcha shartlarini yodda tutishni va ularni qadamma-qadam tekshirishni oʻrganishadi.

Materialni mashq qilish uchun topshiriqlar - Muammoni turli vositalar va usullar bilan, shu jumladan empirik tarzda hal qilish, barcha usullar toʻgʻri deb hisoblash, muammolar echiladigan, yechilmaydigan va aniqlanmagan kabi holatlarda taqdim etiladi.

Matn boʻyicha savollar- Savolda paragraf matnida boʻlmagan, ammo zarur boʻlgan qoʻshimcha ma’lumotlar boʻlishi mumkin, javobning yana bir qismi paragraf matnida berilmagan qoʻshimcha bilimlarni talab qiladi, topshiriqlarni bajarish uchun matnni qayta shakllantiriladi.

Tabiiy-ilmiy savodxonlikni oshirish oʻqituvchi qoʻllayotgan usul va usullarning samaradorligiga, muammoga qanchalik ijodiy yondashishiga bogʻliq.

Boʻlajak biologiya fani oʻqituvchisi nostandart shakldagi ijodiy vazifalarni ishlab chiqish, yaratish va darslarda qoʻllashi orqali oʻquvchilarni ijobiy his-tuygʻularga ega, faol, izlanuvchan boʻlishga ragʻbatlantirishi mumkin

Demak, zamonaviy biologiya oʻqituvchisi DTS talablarida belgilangan kompetentsiyani oʻquvchilarda shakllantirish uchun fan va texnika taraqqiyoti darajasi, pedagogika yutuqlari, ta’lim va kasbiy standartlarga mos keladigan kompetensiyalar tizimiga ega boʻlishi kerak.

ADABIYOTLAR

LSA-2-2024

Список литературы Boʻlajak biologiya oʻqituvchilarida tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetentsiyasini rivojlantirish metodlari

  • А.Крюкова “Формирование естественнонаучной грамотности в средней школе на уроках биологии Всероссийский педагогический журнал «Современный урок» [сайт]. – URL: https://www.1urok.ru/categories/3/articles/28784 (дата обращения: 09.02.2022
  • A. Candra Wicaksono, Erzsébet Korom,Role of inductive reasoning, gender, learning satisfaction, and educational and career preference in predicting scientific competency in high school,Thinking Skills and Creativity,Volume 49,2023,101376,ISSN 1871-1871,https://doi.org/10.1016/j.tsc.2023.101376
  • Е.А. Игумнова Квест-технология в контексте требований ФГОС общего образования / Е.А. Игумнова, И.В. Радецкая // Современные проблемы науки и образования. – 2016. – №6. – С. 313.
  • Г. Дубась, А.Худякова “Технология проектирования ситуационных задач для развития естественнонаучной грамотности обучающихся” Управление образованием: теория и практика / Education Management Review Том 12 (2022). №3 / Volume 12 (2022). Issue 3.205-215 ст.
  • Murat Ekici, Mukaddes Erdem,Developing Science Process Skills through Mobile Scientific Inquiry,Tinking Skills and Creativity,Volume 36,2020,10658,ISSN 1871871,https://doi.org/10.1016/j.tsc.2020.100658.
  • М.Сафронова, Т. Максимова “Совместное решение проблем студентами педагогического колледжа на материале естественнонаучных заданий PISA” Сетевой журнал «Вестник практической психологии образования» 2023. Том 20. № 3. С. 78–89
  • Н.Павлова “Естественнонаучная грамотность будущих учителей биологии” JOURNAL OF SHADRINSK STATE PEDAGOGICAL UNIVERSITY. no. 3 (55) 2022. DOI: 10.52772/25420291_2022_3_89-92 ст
  • П.Филиппова, О.Завальцева, О.Мишина “ТЕХНОЛОГИИ ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНЦИЙ ЕСТЕСТВЕННОНАУЧНОЙ ГРАМОТНОСТИ У ОБУЧАЮЩИХСЯ НА УРОКАХ БИОЛОГИИ В ШКОЛЕ” Педагогика. УДК 372.857.219-233 стр.
  • https://e-estonia.com/pisa-test-2022-results-estonian-students-rank-high-in-europe.
Еще