Boshlang’ich ta’limni mustaqil tashkil etish

Автор: Umarov X., Torabekova A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 2-1 (81), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etishning nnotatsiya: muammolari va yechimlari yoritilgan. Unda bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda ijodiy ishlarni bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan bo‘lib, o’quvchilarda ijodiy mehnat ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishning samarali shakllari tahlil etilgan. Dars-o'quv jarayonining asosiy tarkibiy qismi. O'qituvchi va o’quvchining o'quv faoliyati asosan darsga qaratilgan. Shuning uchun o'quvchilarni muayyan o'quv intizomi bo'yicha o'qitish sifati asosan darsni tashkillashtirish darajasi bilan belgilanadi.

Еще

Faoliyat, tizimlilik, mustaqil, ko'nikma, ijodiy mehnat

Короткий адрес: https://sciup.org/140260303

IDR: 140260303

Текст научной статьи Boshlang’ich ta’limni mustaqil tashkil etish

Ta’lim boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijodkorligi jihatidan yondashish, o’quvchilarni o’quv-tarbiya jarayon sub’yekti sifatida sharhlash masalasini taqazo qiladi. Ana shu asosga ko’ra o’quvchilar ijodkorligini “Sub’yekt-ob’yekt” tizimida sharhlash tamoyilini tavsiflash muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida o’quvchilarda shakllanadigan shaxsiy sifatlar onglilik, mustaqillik, topqirlik singari shaxsiy sifatlar nuqul o’qituvchi ishining natijasi bo’lmay, ular ko’p jihatdan o’quvchilarning o’ziga bog’liq. Shu tamoyilga rioya qilib, o’quv materiali faoliyat predmeti sifatida qaralib, ijodiy faoliyatining tarkibiy qismlari ajratiladi.

Ijodiy faoliyat yadrosi tafakkur, fikrlash shakllari bo’lib, ular qobiliyat, layoqat, zehn, mayl, havasni tarbiyalash yo’li bilan rivojlantiriladi, yangilik, ijodkorlik faoliyat belgilari hisoblanadi.

Ta’limni ijodiy tashkil etish yana bir masalani – o’quvchilarning o’quv faoliyati va biluv faoliyatini o’zaro muhokama qilib o’rganish muammosini yoritish bilan bog’liq. Ularning o’zaro taqqoslash qator xulosalarga olib keladi: bularning tarkibi bir xil bo’lib, motiv, maqsad, vosita, natijadan iborat.

Boshlang’ich sinf o’quvchilari faoliyatiga ko’ra, ijodiy topshiriqlarni uch guruhga ajratib tahlil qilish mumkin. Bular: ijodiy mustaqil ish, ijodiy mashq, o’quv muammolaridir.

  • 1.    Ijodiy mustaqil ish ijodiy topshiriqlarning boshqa turlaridan ikki jihati bilan farq qiladi: operativ (zudlik bilan) tashkil etish imkoniyati borligi va o’quv-biluv faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga egaligi. Binobarin, ijodiy mustaqil ish ta’limining shunday vositasiki, uni ta’limga tatbiq etish yo’li bilan:

O’quv muammolari – “O’quv topshiriqlari majmui” bo’lib, ularni ijodiy topshiriqlar tizimi shaklida tasavvur qilish mumkin.

Ijodiy topshiriqlar

Ijodiy mustaqil

Ijodiy mashq

O’quv muammosi

O’quv-biluv faoliyatining evristik layoqatini o’atirish

O’rganilayotgan hodisani yangi axborotlar bilan kengaytish

Bir maqsadga yo’naltirilgan kompleks o’quv topshiriqlari tizimi

K.Qosimovaning “Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi” qo’llanmasida bolalarni o’z fikrini mustaqil yozishga o’rgatishni erta boshlash kerakligi uqtiriladi. Qo’llanmada bayon va insho haqida to’liq fikr bildirilgan. Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo’lib, maktabda alohida o’rin tutib, barcha nutqqa oid mashqlar ma’lum mazmunda inshoga bo’ysunadi. Insho birinchi sinfda kichik og’zaki axborot va emotsional hikoyadan boshlanib, o’z fikrini ifodalashga, o’quvchi shaxsining tashkil topishga xizmat qiladigan, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi.

V.Karimova, Z.Nishonovaning “Mustaqil ijodiy fikrlash va shaxsining hissiy irodaviy va intellektual hislatlari orasidagi bog’lanish” maqolasida mustaqil ijodiy fikrlashni psixologik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Yoshlarga mustaqil ijodiy fikrlashni o’rgatilsa, ular kelajakda o’z oldilaridagi muammolarni ijodiy hal qilishda qiynalmaydilar. Mustaqillikni tarbiyalash – bu faqat pedagogic emas, balki bir vaqtning o’zida ijtimoiy vazifa hamdir. Mustaqillik insonning o’z xatti-harakati uchun javobgarlik bilan uzviy bog’liq. Mustaqillik shaxs ijodiy faoliyatining tarkibiy qismini tashkil qiladi. Mualliflar o’z maqolalarida mustaqil ijodiy fikrlashni to’liq tahlil qiladilar.

G.Niyozmuhammedovaning “Ijodiy faollikni o’stirishning pedagogic tamoyillari” maqolasida o’quvchilar ijodiy faolliklarini o’stirishning pedagogik qonun-qoidalarini ochib beradi. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida ijodiy faollikni tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu yoshda o’quvchilarshaxsning aqliy, ma’naviy, axloqiy asoslari vujudga keladi. Boshlang’ich sing o’quvchilarida ijodiy faollikning o’sishi pedagogik tamoyillarga asoslanishi mumkin:

  • -    o’quvchilarning qobiliyati bilan ijodiy rivojlanishning o’zaro aloqasini inobatga olish;

  • -    qobiliyatlar rivojini ta’minlovchi pedagogoik ta’sir o’tkazish vositalarini qo’llash;

  • -    idrok qilish bolalar ijodiy faolligini shakllantirish negizi ekanligi;

  • -    ijodiy yondashuv;

  • -    o’quvchilar ijodiy yondashuvini uzluksiz ravishda tahlil qilish va hakazo.

M.Raimovning “O’quvchilarning mustaqil bilish faoliyatini tashkil etish” maqolasida o’quvchilarning bilim saviyasi, ularning bilish faoliyatining hjmi va muntazamligiga bevosita bog’liqligiga e’tibor qaratiladi. O’quvchilarning bilimlari izlanishlarining natijasi ekanligini ko’rsatish uchun bunday izlanishni tashkil etish va boshqarish lozim. Bu esa o’quvchilarning bunday izlanishni tashkil etish va boshqarish lozim. Bu esa o’quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi. O’quvchilarning mustaqil bilish faoliyatini tashkil qilishning qanday usuli ularda quyidagi umumiy o’quv ko’nikmalarini shakllantiradi:

  • 1.    O’z ishini rivojlantirish.

  • 2.    Qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash.

  • 3.    Matndan asosiy fikrni ajrata olish.

  • 4.    Qo’yilgan masalaga javob berish, rejani tuzish.

  • 5.    Mavzu mohiyatini ifodali, aniq va mantiqli bayon qilish.

Z.Nishonovaning “Mustaqil ijodiy fikrlash va shaxs hislatlari” maqolasida mustaqil fikrlash shaxsning bilimlarini egallashlarida borliqni bilishda zarur umumiy ko’nikma va malakalarni egallash, yangi vaziyatlarda ularni ijodiy qo’llashlari bilan bog’liq qobiliyatdir, deyiladi. Ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega bo’lmagan o’qituvchi o’quvchilarda mustaqil ijodiy fikrni rivojlantira olmaydi.

Ta’limni ijodiy tashkil etish – bu o’qituvchi faoliyati, qachonki, ta’lim ijodiy tashkil etilgandagina, o’quvchilar o’quv materialni ijodiy o’zlashtiradi. O’z navbatida, o’quvchilarda ijodkorlik tarbiyalanadi. Maqolada ijodga shunday ta’rif beriladi:   “Ijod borliqni rivojlantirishning zaruriy sharti bo’lib, uni borliqning yangi shakllarini hosil qilish, bu bilan birga paydo bo’lgan shakllar bilan ijodning o’zi ham o’zgaradi. Demak, inson ijod qila turib rivojlanadi”.

Q.Husanboyevaning “Adabiy ta’limda mustaqil fikrlashga o’rgatish asoslari” monografiyasida ijodga undash, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish katta ahamiyatga ega ekani qayd etiladi. O’qish darslarida o’quvchilarni ijodga undash yo’llari ko’rsatilgan.

Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning ijodiy ishlarini tashkil etish muammosini har tomonlama o’rganib chiqib, quyidagi xulosaga keldik:

  • 1.    Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar ijodida chuqur ma’no va mantiqning kerakli darajada emasligini tushunish mumkin. Chunki maqsad ular ijodida chuqur mantiq yoki yuksak ma’no bo’lishig erishishda emas. Ular keyinroq, ta’lim-tarbiyaning yuqoriroq bosqichlarida paydo bo’ladi. Muhimi – ijod jarayoni, ularning ijod qilishlariga imkoniyat yaratib berishdir. O’quvchi uchun qiziqarli bo’lgan har qanday foydali, u nimani xohlasa, nimaga qiziqsa, shuni qilib ko’rishi kerak.

  • 2.    Boshlang’ich sinfning o’qish, ona tili darslarida o’quvchilarni ijodga yo’llashning yo’llari va imkoniyatilari juda ko’p. ertak qahramonlarining xarakterlarini o’zgartirib, o’quvchilarni yangi ertak to’qishga, tanish ertak syujeti asosida yangi ertak yaratishga, o’sha qahramonlar bilan boshqa ertak to’qishga o’rgatish xotira bilan bog’liq so’zlar va hodisalarni eslashga sinfda hikoyaci ro’lini bajarishga o’ylab topilgan narsani aytib berishga odatlantirish mumkin.

  • 3.    Boshlang’ich “O’qish” darslarida badiiy matn ustida ishlayotganda o’quvchilarga matn ustida reja tuzish va o’qishlarini reja asosida qayta hikoyalashga o’rgatish o’quvchilarning ijodiy faoliyat ko’rsatishlariga olib keladi.

  • 4.    Muammoli ta’limni tashkil etish o’quvchilarning ijodkorligi rivojlanishida muhim omil bo’lib hisoblanadi. Har br o’quvchi o’zining o’quv faoliyatida ma’lum darajada ijodkorlik qirralarini namoyon qilishi mumkin. Ijodkorlik intelektual qobiliyat bilan bitta narsa emas, katta intellectual imkoniyatlar hamisha ham ijodkorlikning baland rivoji mos kelavermaydi. Ijodiy qobiliyatlarni tarbiyalash va rivojlantirish ijodga o’rgatish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, o’tilgan har bir qiziqarli mashg’ulot o’quvchilar ongida yaxshiroq qolishi, shuningdek, dunyoqarashini kengaytirishi bilan birga mustaqil ijodiy qobiliyatini o’stiradi. Ijodkor o’quvchi o’ziga xos noyob tarzda fikr yuritadi. Uning fikri mustaqil, tiniq, birovnikiga o’xshamagan bo’lib, ko’pincha g’ayri tabiiy yechimlarni ham topa oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Karimov I.A. “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida’T:2011.

  • 2.    B/X/Xodjiyev. “O’quvchilarning tarixiy tafakkuri shakllantirishda mustaqil ishlardan foydalanish texnologiyasi” Xalq ta’lim jurnali. T.2011 y. 3-son.

  • 3.    Boshlang’ich ta’limni ijodiy tashkil etish: muammolar, yechimlar va istiqbollar. To’plam. Buxoro. 2007.

"Экономика и социум" №2(81) 2021

Список литературы Boshlang’ich ta’limni mustaqil tashkil etish

  • Karimov I.A. "O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida'T:2011.
  • B/X/Xodjiyev. "O'quvchilarning tarixiy tafakkuri shakllantirishda mustaqil ishlardan foydalanish texnologiyasi" Xalq ta'lim jurnali. T.2011 y. 3-son.
  • Boshlang'ich ta'limni ijodiy tashkil etish: muammolar, yechimlar va istiqbollar. To'plam. Buxoro. 2007.
Статья научная