Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar nazoratini takomillashtirish
Автор: Tursunova F.Z.
Журнал: Мировая наука @science-j
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 7 (88), 2024 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar nazoratini takomillashtirish usullari muhokama qilinadi. Moliyaviy resurslarni boshqarishning mavjud yondashuvlari va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Moliyaviy operatsiyalarni hisobga olishning shaffofligi, aniqligi va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari va avtomatlashtirish tizimlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Moliyaviy aktivlarni nazorat qilish, byudjet tashkilotlari, moliyaviy resurslarni boshqarish, axborot texnologiyalari, avtomatlashtirish, moliyaviy hisob, shaffoflik, samaradorlik
Короткий адрес: https://sciup.org/140307136
IDR: 140307136
Текст научной статьи Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar nazoratini takomillashtirish
Uzbekistan
IMPROVING CONTROL OF FINANCIAL ASSETS IN BUDGET ORGANIZATIONS
Annotation. This article discusses methods for improving control of financial assets in budgetary organizations. Existing approaches to managing financial resources and their effectiveness are analyzed. Particular attention is paid to the introduction of modern information technologies and automation systems to increase the transparency, accuracy and timeliness of accounting for financial transactions.
Mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha mamlakatimizning o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib iqtisodiy isloxotlar amalga oshirildi. Iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy-xuquqiy asoslar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. Byudjet tizimida ham islohotlar amalga oshirilib davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi joriy qilindi. Hozirgi kunda davlat byudjeti ijrosi, davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjetdan tashqari boshqa jamg‘armalar byudjeti ijrosi hamda byudjet tashkilotlari smetalarining kassa ijrosi g‘aznachilik tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida byudje mablag‘larini maqsadli sarflash va ulardan oqilona foydalanish, ortiqcha mablag‘larni band qilib qo‘ymaslik, ishonchli va tezkor axborotlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Byudjet tashkilotlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar ijrosi bo‘yicha choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o‘rnatiladi. Yillik pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar holatiga va choraklik hisobotlar esa hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga tuziladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik va choraklik pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
- Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl);
-
- Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot;
-
- Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot;
-
- Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risida hisobot;
-
- Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati bo‘yicha hisobot. Byudje tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirishda moliyaviy aktivlar, ya’ni pul mablag‘lari hisobi alohida tashkil etiladi. Moliyaviy aktivlarga hisobvaraqdagi pul mablag‘lari, kassadagi pul mablag‘lari, pul xujjatlari, yo‘ldagi pul jo‘natmalari va moliyaviy qo‘yilmalar kiradi. Byudje tashkilotlarida pul mablag‘laridan maqsadli va byudjet intizomiga amalga qilgan holda foydalanishni nazorat qilish alohida axamiyat kasb etadi. Buxgalteriya hisobi iqtisodiy jarayonlarni kuzatib borish, ularni tizimlashtirish va baholash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muxim axborot manbai hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 25 mingdan ortiq byudjet tashkilotlari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ushbu byudjet tashkilotlari o‘z faoliyat sohalari bo‘yicha (ta’lim muassasalari, tibbiyot muassasalari, madaniyat va sport muassasalari, boshqaruv organlari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nazorat organlari va boshqalar) bir-biridan farq qiladi.
Hozirgi kunda byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi “Byudje tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga asosan tashkil qilinadi va yuritiladi. Ushbu yo‘riqnoma barcha byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning me’yoriy asosi hisoblanib, unda keltirilgan talablar asosida buxgalteriya hisobi yuritiladi. Byudjet tashkilotlarida pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi ushbu yo‘riqnoma asosida yuritiladi.
Byudjet tashkilotlarida pul mablag‘lari va hisob-kitoblar bilan bog‘liq iqtisodiy jarayonlarni kuzatib borish, ular to‘g‘risida tizimlashtirilgan axborotlarni shakllantirishni buxgalteriya hisobi ta’minlab bersa, ularni me’yoriy hujjatlar asosida sarflanganligini o‘rganish, taxlil qilish hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilishni nazorat va taftish amalga oshiradi.
Xulosa ornida ta’kidlaydigan bolsak, o‘z navbatida byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi sohosida isloxotlarni amalga oshirish byudjet tashkilotlarida nazorat va taftish soxasini ham parallel isloh qilib borishni talab etadi. Byudje tashkilotlari bir vaqtning o‘zida smetalar ijrosi (haqiqiy va kassa xarajatlar)ni amalga oshirishni byudjet tasnifi va buxgalteriya schyotlarida parallel hisobga olishlari kerak. Barcha tashkilotlardaham smetalar ijrosi o‘z vaqtidalilik tamoyili asosida hisobga olinmaslik hisob ishlarida nomuvofiqliklarni keltirib chiqaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
-
1. О‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Byudje hisoboti” 2019 yil 18 yanvar, 3124-son.
-
2. O‘zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi. 2013 yil 26 dekabr
-
3. Bakanov M.I., Melnik M. Byudjet hisobi obyektlarining iqtisodiy mazmuni. Darslik. Toshkent: “O‘qituvchi”. 2006. -720 b.
-
4. Эргашев Р. Х., Курбонов А. Б., Файзиева Ш. Ш. Совершенствование государственной поддержки малого бизнеса и частного предпринимательства в Узбекистане //Феномен рыночного хозяйства: от истоков до наших дней. Бизнес, инновации, информационные технологии, моделирование. – 2019. – С. 544-554.
-
5. FAYZIEVA S. S. The importance of economic reforms in the modernization and development of the livestock sector //The journal of contemporary issues in business and government. – 2021. – Т. 27. – №. 2. – С. 4051-4054.
-
6. Fayziyeva S., Samiyiva G., Yuldosheve S. Ensuring food safety in Uzbekistan and its forecasting //BIO Web of Conferences. – EDP Sciences, 2023. – Т. 71. – С. 01072.
-
7. Makhmutullayeva S. Increase Export Capacity through Effective Logistics Systems //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 209-214.
-
8. Махмутуллаева С. Х. AGRICULTURAL BRIDGE: BARRIERS AND PROSPECTS FOR GLOBAL AGRILOGISTICS //Intent Research Scientific Journal. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 48-53.
-
9. Dustova M. X., Shomurotova S. O. TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKLARINI SAMARALI BOSHQARISH //Conferencea. – 2022. – С. 119-121.
-
10. Dustova M. COINS TO CRYPTOS: TRACING THE THREADS OF ECONOMIC TRANSFORMATION //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2023. – Т. 24. – №. 5. – С. 78-82.
"Мировая наука" №7 (88) 2024
Список литературы Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar nazoratini takomillashtirish
- О‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) "Byudjet hisoboti" 2019 yil 18 yanvar, 3124-son.
- O‘zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi. 2013 yil 26 dekabr.
- Bakanov M.I., Melnik M. Byudjet hisobi obyektlarining iqtisodiy mazmuni. Darslik. Toshkent: "O‘qituvchi". 2006. -720 b.
- Эргашев Р. Х., Курбонов А. Б., Файзиева Ш. Ш. Совершенствование государственной поддержки малого бизнеса и частного предпринимательства в Узбекистане //Феномен рыночного хозяйства: от истоков до наших дней. Бизнес, инновации, информационные технологии, моделирование. - 2019. - С. 544-554. EDN: ZBUHZJ
- FAYZIEVA S. S. The importance of economic reforms in the modernization and development of the livestock sector //The journal of contemporary issues in business and government. - 2021. - Т. 27. - №. 2. - С. 4051-4054.
- Fayziyeva S., Samiyiva G., Yuldosheve S. Ensuring food safety in Uzbekistan and its forecasting //BIO Web of Conferences. - EDP Sciences, 2023. - Т. 71. - С. 01072. EDN: MKYLZI
- Makhmutullayeva S. Increase Export Capacity through Effective Logistics Systems //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. - 2023. - Т. 2. - №. 6. - С. 209-214.
- Махмутуллаева С. Х. AGRICULTURAL BRIDGE: BARRIERS AND PROSPECTS FOR GLOBAL AGRILOGISTICS //Intent Research Scientific Journal. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 48-53.
- Dustova M. X., Shomurotova S. O. TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKLARINI SAMARALI BOSHQARISH //Conferencea. - 2022. - С. 119-121.
- Dustova M. COINS TO CRYPTOS: TRACING THE THREADS OF ECONOMIC TRANSFORMATION //Iqtisodiyot va taʼlim. - 2023. - Т. 24. - №. 5. - С. 78-82.