Zamonaviy kasblarni egallashda matematik mantiqning o`rni va ushbu kasblarga yo`naltirish qamrovini kengaytirish

Автор: Bahromova M.M.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Современные науки и образование

Статья в выпуске: 1-2 (92), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqola zamonaviy kasblar, xususan, axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish qamrovini kengaytirish uchun qaysi jihatlarga e`tibor qaratish kerakligi to`g`risida.

Zamonaviy kasb, dastur, intellekt, it(axborot texnologiyalari), matematik mantiq

Короткий адрес: https://sciup.org/140292620

IDR: 140292620

Текст научной статьи Zamonaviy kasblarni egallashda matematik mantiqning o`rni va ushbu kasblarga yo`naltirish qamrovini kengaytirish

XXI asr bu informatsion texnologiyalar davri. Har yili dunyo bo`yicha millionlab dasturlar ishlab chiqiladi, ammo ularning sanoqlilarigina bizga tanish.

Chunki, dasturdan foydalanish bajarilayotgan vazifani qanchalik osonlashtirishi haqida o`ylab ko`rilmagan. Dasturiy mahsulotni ishlab chiqishni esa, o`ylab ham ko`rilmaydi. Xuddi dasturiy mahsulotni ishlab chiqish jarayoni o`ta murakkab va uddalab bo`lmas topshiriqdek tuyuladi. Qachon bunday tushunchadan voz kechiladi? Qachon o`rganishni boshlanadi? Intellekt mevasi ya`ni dasturni sotish mumkin bo`lgan ayni zamonda qachongacha dunyoga moddiy mahsulotlarni sotiladi. Yoki, qachongacha kuchli dasturlar faqat chet eldan sotib olinadi. Qachonki, dunyoqarash o`zgartirilganda, qachonki, dasturlashga qobiliyatlilar tarbiyalanib, unga yo`naltirishning qamrovi kengaytirilganda. O`zbekistonda kuchli dasturchilarning yetishmasligi masalaning qanchalik dolzarb ekanligini asoslaydi. Shu o`rinda, muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tomonidan ham IT sohasiga jiddiy e`tibor qaratilmoqda. Bunga 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli «O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaror ham yaqqol misol namunasidir.

Bolalarning iqtidori, ulardagi ijobiy energiya va ishtiyoq nimalarga qodir ekanligiga hayotdan kelib chiqib guvoh bo'lish mumkin. Ular bolalikdanoq o'z maqsadlariga ega va qaysi yo'ldan ketayotganlarini aniq bilishlari kerak. Yosh avlodni qiziqishlaridan kelib chiqqan holda to'g'ri yo'naltira olish ham juda muhimdir. Bu orada o'z farzandlari kelajagi uchun qayg'urib, ularning ta'limiga investitsiya kiritayotgan ota-onalar ham bor. Bunday salohiyatli va o'z ambitsiyalariga ega yoshlar, kelajakda jamiyatimiz rivojlanishiga katta hissa qo'shadilar. Demak, ularni avvaliga dasturiy mahsulotdan foydalanishga so`ngra esa, uni ishlab chiqishga yo`naltirish asnosida qiziquvchan, qobiliyatlilarni dasturlashga yo`naltirish mumkin. Shunda dasturlashga yo`nalmaganlarida hech bo`lmaganda media madaniyat shakllanadi.

Odatda ayol-qizlar o'zlarini zamonaviy texnologiyalar sohasida sinab ko'rishdan tortinishadi. Bu o'g'il bolalarning ishi degan tushuncha mavjudligi tabiiy holat. Jamiyatning yaxshi tomonga o'zgarishi ko'proq ayollarga bog'liq, sababi farzand tarbiyasi, ularning ta'limi bilan ko'proq ayollar shug'ullanishadi. Qizlar ham dasturlash sohasida katta natijalarga erishishi shubhasiz, lekin kelajakda oilaviy sabablarga ko'ra biror joyda ishlay olishmasa, bemalol freelancer sifatida ham faoliyat olib borish mumkin. Demak, ayol-qizlarni ham dasturlash sohasiga jalb qilishni mohiyatan tushuntirib, targ`ib qilish mumkin.

Jamiyatimizda yosh boshqaruvchi tajribasizligi tufayli ko'p xatoga yo'l qo'yadi degan tushunchalar mavjud. Yoshlar tajribasiz bo'lishlari mumkin, lekin ulardagi energiya va yangiliklarga intiluvchanlik har bir sohada o'ziga xos rivojlanish keltirib chiqaradi. Jahon IT-bozori juda tez rivojlanmoqda: yangi dasturlash tillari paydo bo'lmoqda, eskilari qaytadan ishlanmoqda, bu tillarga qo'shimcha sifatida esa yangi qulayliklar va imkoniyatlar yaratilmoqda. Lekin, IT sohasiga kirayotib, nima bunga undayotgani haqida o'ylab ko`rish kerak. Moddiy ehtiyoj sabab dasturchi bo'lmaslik tavsiya qilinadi. Chunki inson o'zining qilayotgan ishini chinakam sevishi kerak. Faqat shundagina u muvaffaqiyatga erisha oladi. Dasturchilar muvaffaqiyatli loyiha yarata olishlari uchun, ular eng avvalo, muayyan sohaga bo'lgan talabni o'rganishlari kerak bo'ladi. Ular yaratgan dastur o'z auditoriyasini topa olsagina, u ommalasha boshlaydi.

Demak, zamonaviy kasblarni egallashga nima to`sqinlik qilishi mumkin? IT sohasiga bo`lgan qiziqish deyarli hammada bor. Chunki, inson psixologiyasi multimediani qo`llab-quvvatlaydi. Bu sohaga hammani jalb qilish mumkin bolalar, kattalar, ayollar, qizlar… Zamonaviy texnologiyalar har bir sohaga chuqur kirib borgan. O`z ishida samarali natijaga erishishi uchun, har bir shaxs IT sohasini mukammal o`rganishi shartligi bugunning talabidir.

Adabiyotlar

1. Bahromova, M. M. (2021). MULTIMEDIALI INTELLEKTUAL O‘YINLAR ORQALI BOLALARDA DASTURLASH KO`NIKMASINI RIVOJLANTIRISH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(6), 1189-1193.

"Экономика и социум" №1(92) 2022

Список литературы Zamonaviy kasblarni egallashda matematik mantiqning o`rni va ushbu kasblarga yo`naltirish qamrovini kengaytirish

  • Bahromova, M. M. (2021). MULTIMEDIALI INTELLEKTUAL O‘YINLAR ORQALI BOLALARDA DASTURLASH KO'NIKMASINI RIVOJLANTIRISH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(6), 1189-1193.
Статья научная