Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobotlarning axborot imkoniyatlarini oshirish yo‘llari
Автор: Tursunova F.Z.
Журнал: Мировая наука @science-j
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 7 (88), 2024 года.
Бесплатный доступ
Maqolada byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobotlarning axborot imkoniyatlarini yaxshilash yo‘llari muhokama qilinadi. Boshqaruv va nazoratni yanada samaraliroq ta'minlash uchun moliyaviy hisobotning sifati va qulayligini oshirish usullari taklif etiladi. Hisobotlarning aniqligi va tezkorligini oshirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari va avtomatlashtirish tizimlarini integratsiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Byudjetdan tashqari jamg'armalar, byudjet tashkilotlari, moliyaviy hisobotlar, daromadlar va xarajatlarni hisobga olish, pul oqimi, axborot texnologiyalari, buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish, hisobot sifatini oshirish
Короткий адрес: https://sciup.org/140307138
IDR: 140307138
Текст научной статьи Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobotlarning axborot imkoniyatlarini oshirish yo‘llari
Academy of Banking and FinanceUzbekistan
WAYS TO INCREASE THE INFORMATION CAPABILITIES OF REPORTS ON THE MOVEMENT OF EXTRABUDGETARY FUNDS IN
BUDGETARY ORGANIZATIONS
Kirish. Iqtisodiy atamalarga ko‘ra byudjet – ma‘lum davr uchun daromad va xarajatni hisoblash degan ma‘noni anglatadi. Byudjet – davlatning yillik tushumi va xarajatlarini prognoz qiladi va tasdiqlaydi.
Byudjet hisobi-byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o‘zgartiruvchi operatsiyalarning holati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash, ro‘yxatdan o‘tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir.
Mamlakatimiz byudjet tizimida islohotlarni borishi jarayonida byudjet hisobini tashkil etish va yuritilishi hamda nazoratiga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Oxirgi yillarda byudjet hisobi va nazoratini tashkil etishga oid bir necha me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi. Moliya organlarida shuningdek g‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalarida byudjet hisobi yuritilib, davlat byudjeti g‘azna ijrosi sharoitida Respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar daromadlari shakllanishi xarajatlarini amalga oshirish, byudjet ijrosi natijalari bo‘yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirib beradi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo‘limlarida shuningdek g‘aznachilik va uning hududiy bo‘limlarida byudjet ijrosi jarayoni bo‘yicha buxgalteriya hisobi kassa usulida - Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi (DMBAT) asosida yuritiladi.
Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarni byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar, pul mablag‘lari harakati, hisob-kitoblar to‘g‘risida axborot berishdan iborat. Ushbu axborot foydalanuvchilarga moliyaviy hisobot shaklida tadim etiladi. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar xarajatlar va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi davriy axborotlar O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Byudjet hisoboti” (2019 yil 18 yanvar, 3124-son)da belgilangan shakl va muddatlarda tuzib taqdim etiladi. Byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Byudjet hisoboti”ga asosan “byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlari tarkibi quyidagilardan iborat: Balans (1-son shakl); Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risida hisobot; Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl); Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumot; Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot; Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot; Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot; Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot; Tovar-moddiy zaxiralar va nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risidagi hisobot; Byudjet tashkilotini chet el valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot” [1]
Yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xati ilova qilinadi. Tushuntirish xatida xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosi jarayoniga ta’sir qilgan asosiy omillar, jumladan, byudjetdan ajratilgan mablag‘larni iqtisod qilinishining sabablari (tahlillari) (agarda iqtisod qilingan bo‘lsa), debitorlik va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish sabablari va vaqti, yo‘l qo‘yilgan muddati o‘tgan qarzdorlikni undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, qonunchilikka muvofiq byudjet tashkilotlariga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar va ularning sarflanishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Moliyaviy hisobotlar hisobni yuritishning bosh maqsadi hisoblangan axborotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish uchun shakllantiriladi. Moliyaviy hisobotlarning maqsadi tashkilotning moliyaviy ahvoli, uning faoliyati va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida ma’lumot berishdan iborat bo‘lib, u foydalanuvchilarning keng guruhiga iqtisodiy qarorlar qabul qilishi uchun zarur hisoblanadi. Moliyaviy hisobot moliya-xo‘jalik muomalalarini xususiyat va mazmun jihatdan guruhlarga tizimli birlashtirish natijasi sanalanadi. Axborotlarni umumlashtirish va guruhlash jarayonining yakuniy bosqichi bu turkumlarga ajratilgan axborotni taqdim etishdir. Chunki, moliyaviy hisobotlar belgilangan shaklda va izohlarda beriladi. Moliyaviy hisobotlar shuningdek, tashkilotning iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarini rahbariyat tomonidan boshqarilishini amalga oshirish natijalarini ham ko‘rsatadi.
Moliyaviy hisobotlar buxgalteriya hisobi sub’ektining faoliyati to‘g‘risida tashqi foydalanuvchilarga qat’iy shaklda va umumqabul qilingan prinsip (tamoyil)lar asosida tuzib taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, moliyaviy hisobotlar vaqt nuqtai nazaridan uzluksiz buxgalteriya hisobi axborotlari asosida, o‘tgan moliyaviy hisobot davrlarining ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liqlikda shakllantirilishi zarur. Shuningdek, moliyaviy hisobotlardagi ko‘rsatkichlarning ishonchli bo‘lishi, axborotdan foydalnuvchilar uchun juda muhim sanaladi. Moliyaviy hisobotlardagi ko‘rsatkichlar o‘zaro va boshqa davrlardagi ko‘rsatkichlar qiyoslanuvchan, ya’ni taqqoslash imkonini berishi muhim jihat sanaladi.
Moliyaviy hisobotlarning axborot imkoniyatlarini tahlil qiladigan bo‘lsak albatta, balans markaziy o‘rinni egallaydi. Boshqa moliyaviy hisobotlar va ma’lumotlar balansning ko‘rsatkichlarini batafsil yoritish hamda asoslash uchun xizmat qiladi. Oliy ta’lim muassasalarida moliyalashtirish manbalari turlari va ularning hajmlaridan qat’iy nazar yagona balans shakllantiriladi. Balansda hisobot yili boshiga tashkilotning mablag‘lari va uning manbalari holati keltirilib, ularning hisobot davri davomidagi o‘zgarishlari natijasida hisobot davri oxiridagi holati to‘g‘risida axborotlar beriladi. Mazkur axborotlar oliy ta’lim muassasasi aynan hisobot davri boshidagi holati bilan hisobot davri oxiridagi holatni taqqoslash orqali tahlil qilish imkonini beradi. Shuningdek, mablag‘lar va uning manbalalari bilan bog‘liq o‘zgarishlar oliy ta’lim muassasasi miqyosida kompleks tahlil qilish, mol-mulklarning holati, moliyaviy aktivlarning mavjud qoldiqlari, mavjud debitorlik va kreditorlik majburiyatlar, moliyaviy natijalarni holatini uzviy aloqadorlikda tahlil qilish mumkin. Balansda keltirilgan axborotlar mablag‘lar va ularning manbalarini hisobot davri davomida yuz bergan tarkibiy o‘zgarishlarni ham tahlil qilish imkonini beradi.
Oliy ta’lim muassasalarining rivojlantirish jamg‘aramasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotda asosan ikkita yo‘nalishdagi axborotlar keltiriladi. Ya’ni, rivojlantirish jamg‘amasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar hamda ushbu mablag‘lar bilan bog‘liq xarajatlar. Foydalanuvchi ushbu hisobot shakli orqali jamg‘armaning pul mablag‘lari qoldiqlari va ularning harakati, daromadlarning tarkibiy tuzilishi va davriy o‘zgarishi, amalga oshirilgan xarajatlarning tarkibi va ularning davriy o‘zgarishlarini tahlil qilish imkoniga ega. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan talablarning bajarilganligini o‘rganish va tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Byudjet tashkilotlarining barcha byudjetdan tashqari mablag‘lari harakatiga oid hisobotlarda daromad yoki tushumlarga oid ko‘rsatkichlar keltirilgan. Hisobotlarning nomlanishi va ko‘rstkichlarning shakllantirilishida ushbu daromad yoki tushumlar faqatgina, tashkilotning hisob raqamiga tushgan pul mablag‘lari tushumi nuqtai nazaridan hosil qilinmoqda. Ushbu holat tashkilotning byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha hisobga olingan yoki hisoblangan daromadlari to‘g‘risidagi axborotlarni olish imkonini bermaydi. Hisobot davridagi hisobvaraqqa kelib tushgan daromadlar va amalga oshirilgan xarajatlarni taqqoslash tashkilotning haqiqatdagi moliyaviy holatini aniqlashga imkon bermaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
-
1. О‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Byudjet hisoboti” 2019 yil 18 yanvar, 3124-son.
-
2. O‘zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi. 2013 yil 26 dekabr
-
3. Bakanov M.I., Melnik M. Byudjet hisobi obyektlarining iqtisodiy mazmuni. Darslik. Toshkent: “O‘qituvchi”. 2006. -720 b.
-
4. Эргашев Р. Х., Курбонов А. Б., Файзиева Ш. Ш. Совершенствование государственной поддержки малого бизнеса и частного предпринимательства в Узбекистане //Феномен рыночного хозяйства: от истоков до наших дней. Бизнес, инновации, информационные технологии, моделирование. – 2019. – С. 544-554.
-
5. FAYZIEVA S. S. The importance of economic reforms in the modernization and development of the livestock sector //The journal of contemporary issues in business and government. – 2021. – Т. 27. – №. 2. – С. 4051-4054.
-
6. Fayziyeva S., Samiyiva G., Yuldosheve S. Ensuring food safety in Uzbekistan and its forecasting //BIO Web of Conferences. – EDP Sciences, 2023. – Т. 71. – С. 01072.
-
7. Makhmutullayeva S. Increase Export Capacity through Effective Logistics Systems //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 209-214.
-
8. Махмутуллаева С. Х. AGRICULTURAL BRIDGE: BARRIERS AND PROSPECTS FOR GLOBAL AGRILOGISTICS //Intent Research Scientific Journal. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 48-53.
-
9. Dustova M. X., Shomurotova S. O. TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKLARINI SAMARALI BOSHQARISH //Conferencea. – 2022. – С. 119-121.
-
10. Dustova M. COINS TO CRYPTOS: TRACING THE THREADS OF ECONOMIC TRANSFORMATION //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2023. – Т. 24. – №. 5. – С. 78-82.
"Мировая наука" №7 (88) 2024
Список литературы Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobotlarning axborot imkoniyatlarini oshirish yo‘llari
- О‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) "Byudjet hisoboti" 2019 yil 18 yanvar, 3124-son.
- O‘zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi. 2013 yil 26 dekabr.
- Bakanov M.I., Melnik M. Byudjet hisobi obyektlarining iqtisodiy mazmuni. Darslik. Toshkent: "O‘qituvchi". 2006. -720 b.
- Эргашев Р. Х., Курбонов А. Б., Файзиева Ш. Ш. Совершенствование государственной поддержки малого бизнеса и частного предпринимательства в Узбекистане //Феномен рыночного хозяйства: от истоков до наших дней. Бизнес, инновации, информационные технологии, моделирование. - 2019. - С. 544-554. EDN: ZBUHZJ
- FAYZIEVA S. S. The importance of economic reforms in the modernization and development of the livestock sector //The journal of contemporary issues in business and government. - 2021. - Т. 27. - №. 2. - С. 4051-4054.
- Fayziyeva S., Samiyiva G., Yuldosheve S. Ensuring food safety in Uzbekistan and its forecasting //BIO Web of Conferences. - EDP Sciences, 2023. - Т. 71. - С. 01072. EDN: MKYLZI
- Makhmutullayeva S. Increase Export Capacity through Effective Logistics Systems //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. - 2023. - Т. 2. - №. 6. - С. 209-214.
- Махмутуллаева С. Х. AGRICULTURAL BRIDGE: BARRIERS AND PROSPECTS FOR GLOBAL AGRILOGISTICS //Intent Research Scientific Journal. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 48-53.
- Dustova M. X., Shomurotova S. O. TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKLARINI SAMARALI BOSHQARISH //Conferencea. - 2022. - С. 119-121.
- Dustova M. COINS TO CRYPTOS: TRACING THE THREADS OF ECONOMIC TRANSFORMATION //Iqtisodiyot va taʼlim. - 2023. - Т. 24. - №. 5. - С. 78-82.