Dorilar haqida tushuncha

Автор: Boymurodov E.S., Olimov S.M., Imomova Yu.A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 10 (89), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada dorilar tarkibi va xususiyatlari qo'llanishi haqida ma’lumotlar keltirilib, yetarlicha yoritilib berildi

Dorilar diagnostikasi, turlari, linimentlar, granullalar

Короткий адрес: https://sciup.org/140260720

IDR: 140260720   |   DOI: 10.46566/2225-1545_2021_89_66

Текст научной статьи Dorilar haqida tushuncha

Dori — kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun ishlatiladigan modda. Har qanday dorilarni odamlarga qoʻllashdan oldin hayvonlarda sinab koʻriladi va klinikalarda kuzatiladi. dorilar kimyo-farmatsevtika zavodlarida sintetik moddalardan, oʻsimlik, hayvon yoki mikrobiologik mahsulotlardan, tez buziladigan aayrim dori.lar esa dorixonalarda tayyorlanadi. Dorilar turli xilda, mas, suyuq (qaynatma, tindirma, eritma, suspenziya va boshqalar), yumshoq (surtma, liniment, krem, pasta va boshqalar), qattiq (sochma, tabletka, draje, granula va boshqalar) hamda alohida inʼyeksiya maqsadlari uchun ampula holida chiqariladi.

Taʼsiriga koʻra, yurak D.lari, surgi, siydik haydaydigan, ogʻriq qoldiradigan, issiq tushiradigan, narkotik, uyqu keltiradigan va boshqa D.lar boʻladi. Bevosita kasallikning qoʻzgʻatuvchisiga taʼsir qiladigan D.lar alohida guruhni tashkil etadi, bularga bezgak, zaxm, silga qarshi va boshqa D.lar kiradi. Ular kimyoviy terapevtik vositalar deb ataladi. D.larning shifobaxsh taʼsiri bemorning yoshi, ahvoli va dozata bogʻliq. Katta doza organizmni zaharlashi, kam doza esa kasallik qoʻzgʻatuvchisini ooʻsha dori.ga chidamli qilib qoʻyishi mumkin. Shuning uuchun dori.ni faqat vrach buyurgan dozada qabul qilish kerak.

Dorilar sirtga ishlatiladi, ichiriladi, nafas yoʻli orqali yuboriladi va inʼyeksiya qilinadi. Ularning kuchi, taʼsiri organizmga qay yoʻl bilan va qanchalik tez kiritilishiga bogʻliq. Baʼzi dorilar takror yuborilganda organizmda toʻplanib taʼsir etadi (qarang Kumulyasiya). dorini koʻrkoʻrona qabul qilish yaramaydi, chunki koʻp kasalliklar belgisi bir-biriga oʻxshaydi, uning uchun keraksiz dorilarni qabul qilish sogʻliqqa zarar yetkazadi. Organizmga kirgan dori.lar qisman parchalanadi va oʻzgaradi, keyin buyrak, hazm va nafas yoʻllari, ter va boshqa orqali chiqib kketadi dorilar uyda bolalarning boʻyi yetmaydigan joyda saqlanishi kerak. Har bir dorini yaroklilik muddati yorligʻida qayd qilinadi, belgilangan mudsatdan uzoq saqpanganda taʼsirini yoʻqotadi. Keyingi yillarda xorijdan keltirilgan dorilar xili bir kadar ortdi, shu bois uni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish zarur.

Shakl oxiri

Og‘riq qoldiruvchi dorilar deganda qanday dori vositalari tushuniladi?

Og‘riq qoldiruvchi dorilar – og‘riq sezgisini yo‘kotuvchi yoki kamaytiruvchi dorilar. Bularga kimyoviy tuzilishi va taʼsir mexanizmi turlicha dori moddalari kiradi.

Og‘riq qoldiruvchi dorilardan nerv tizimiga taʼsir etib, og‘riqni kamaytiruvchi moddalar (analgetiklar) asosiy o‘rinni egallaydi. Narkotik analgetiklar va narkotikmas analgetiklar farq qilinadi. Narkotik analgetiklarga morfiy, va uning sintetik o‘rindoshlari (promedol, fentanil va boshqalar) kiradi.

Narkotik analgetiklar turli og‘riqlar, jumladan, shikastlanish, kuyish, miokard infarktida ro‘y beradigan kuchli og‘rikdarni ham qoldiradi. Morfiy markaziy nerv tizimiga taʼsir ko‘rsatib, eshituv, qo‘rquv, taktil sezgisini o‘tkirlashtiradi, o‘ziga xos gallyutsinatsiyalar keltirib chiqaradi. Og‘riq bilan kechadigan salbiy emotsiyalar (vahima, hayajonlanish, g‘am-g‘ussa va boshqalar)ni ssaytirib, xavfsizlik, o‘zini yengil his qilish, bamaylixotirlik tuyg‘usini paydo qiladi.

Narkotik analgetiklar takror-takror qabul qilinganda odam unga o‘rganib, ko‘msaydigan bo‘lib, narkomaniyaga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois narkotik analgetiklar qatʼiy hisobda turadi va ular cheklangan holda beriladi. Narkotik analgetiklarni vrach ruxsatisiz ichish taqiqlanadi.

Narkotikmas analgetiklarga kimyoviy tuzilishi turlicha bo‘lgan sintetik moddalar (amidopirin, analgin, atsetilsalitsilat kislota, paratsetamol va boshqalar) kiradi. Bu xil analgetiklarning narkotik analgetiklarga qaraganda og‘riq qoldiruvchi taʼsiri kuchsizroq bo‘lib, asosan, nevralgiya tusidagi og‘riqlarda, mialgiya mushaklar yallig‘lanishiga, tish va bosh og‘rig‘ida, artralgiyada ishlatiladi. Narkotikmas analgetiklar og‘riq qoldirishi bilan bir qatorda isitma tushishiga ham (q. Isitma tushiruvchi dorilar) yordam beradi. Ko‘pchilik narkotikmas analgetiklarning yallig‘lanishi qarshi taʼsiri ham bor (q. Yallig‘lanishga qarshi dorilar). Shifokor ruxsatisiz bu dorilarni ichmaslik kerak.

Analgetiklar guruhiga mansub bo‘lmagan bir qancha dori moddalar ham og‘riq qoldirishi mumkin. Masalan, silliq mushaklarni bo‘shashtiruvchi dorilar – atropin, bangidevona preparatlari, papaverin, no-shpalar va boshqalar qon tomirlar spazmida ishlatiladigan tomir kegaytiruvchi dorilar shular jumlasidandir.

Shifokorga ko‘rinib og‘riq sababi va xususiyatini bilgandan so‘ng og‘riq qoldiruvchi dorilar ichilsa, yaxshi naf beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    O'ME. Toshkent 2000-2005 yillar.

  • 2.    Odam anatomiyasi A. Ahmedov X. Rasulov Toshkent 2013-yil

  • 3.    Allayeva. X --- farmakologiya asoslari Toshkent 2019.

  • 4.    Toshmuhammedova. A Aliyev. X farmakologiya va retseptura 2018.

"Экономика и социум" №10(89) 2021

Список литературы Dorilar haqida tushuncha

  • O'ME. Toshkent 2000-2005 yillar.
  • Odam anatomiyasi A. Ahmedov X. Rasulov Toshkent 2013-yil
  • Allayeva. X --- farmakologiya asoslari Toshkent 2019.
  • Toshmuhammedova. A Aliyev. X farmakologiya va retseptura 2018.
Статья научная