Karam o'simligining foydali xususiyatlari va unga tushadigan kasalliklar

Автор: Bokiyev M.M., Shaxobiddinova M.R.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 6-2 (97), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada karam o’simligi haqida umumiy ma’lumotlar, turlari, tarkibi va inson organizimiga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan

Karam, vitaminlar, zararkurandalar turlari

Короткий адрес: https://sciup.org/140300484

IDR: 140300484

Текст научной статьи Karam o'simligining foydali xususiyatlari va unga tushadigan kasalliklar

Karam tarkibida qandlar organik kislatalar va vitaminlar ham bor.

Karam tarkibida vitaminlar ( C, B 1 , B 2 , PP, K, E ) va karotin, pantotenat va foliy kislotalar, yog’ fermentlar, fitonsidlar, Kaliy (K) , Kaliy (Ca) , Yod (I) , Marganes (Mn) , Temir (Te) , va boshqa elementlarning turlari bor.

Karam xalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi, organizmdan xolisterinning chiqib ketishini tezlatadi. Karamda biriktiruvchi modda ko’p bo’ladi.

Karamning Yevrosiyo va Shimoliy Afrikada 35 ga yaqin turi mavjud. Karamning ko’pgina turlari O’rta dengiz atrofi va Xitoydan kelib chiqqan hisoblanadi. Jaxon bo’yicha oq boshli karamning umumiy ekin maydoni 2,3 millionga yaqin. Asosan oq boshli karam ekiladi. O’zbekistonda oq boshli Karamning quyidagi navlari ekiladi Gribouskiy ko’chati o’tkazilgach 60-65 kunda yetiladi O’zbekistonda yana Apsheron kuzgisi , Satoniy , Navro’z , Ashxobod , Parallel derbent va boshqa navlari xam ekib yetishtiriladi.

Undan - Kaliy, Qand, Oltingugurt , Kalsiy , Fosfor , Yog’lar , Laktozalar mavjud bo’ladi C vitamin ko’proq bo’ladi . Bu vitamin uzilgan karam boshida sakkiz oy davomida kamaymasdan saqlanib qoladi.

Karamning oq boshli navida inson organizmi uchun zarur bo’lgan deyarli barcha vitaminlar va foydali mineral moddalar mavjud. Karam qondagi qand moddasi miqdorini kamaytirish uchun karam sharbati iliq suv qo’shib, ovqatlanishdan yarim soat oldin ichiladi. Karam inson organizmi uchun foydali hisobllanadi.

Karamdan olingan sharbat ichish yordamida pankreatitdan , oshqazon yarasidan , Xolestitdan , Gastritdan me’yoridan baland yuruvchi oshqozon shirasidan, sistitdan va xronik pielonifritdan forig’ bo’ladi . karamni istemol qilisb bo’lmaydigan holatlar Pankreatitda organizimning qorin va ko’krak qismida jarrohlik amaliyotlarini boshidan kechirgan kishilar yangi karamni istemol qilishlari man etiladi.

Karamga tushadigon zararkunandalar karamni zararlaydigon hashorotlar turlari juda ko’p , bularning asosiylari karam biti , karam kuyasi , karam gandalasi va karam oq kapalaqlari juda katta ziyon yetkazishadi.

Karam qandalasi tanasi 7-8 mm bo’g’imli qalqonni qornini yarmigacha qoplab turadi. Karam qandalasi karam o’simligining barglarini hartumchasi bilan teshib shirasini so’radi va barglari sarg’ayib teshikchalar hosil bo’ladi .

Yosh karam o’simlikliklari qurib qo’ladi. Zararkunandalarga qarshi kurashda ko’chatni dalaga ekishdan oldin insektitsidlardan foydalaniladi. O’simlikni o’sish davrida biologik preparatlardan dend- rabatsillin, gomelin eritmasi hosilni yig’ishda 20-30 kun oldin insektitsidlar bilan dorilanadi. Kasalliklarga qarshi kuzda yerni shudgorlash, o’simlik qoldiqlarini yig’ib olish , urug’larni ekishdan oldin dorilash tadbirlari o’tkaziladi.

Kulrang rot kasalligi karamga mevalarini saqlash vaqtida va ularning tashish paytida ta’sir qiladi.

Kulrang rot kasalligi o’simlikning pastki bargidan tarqala boshlaydi. Ularning yuzasi asta-sekin qo’shni barglarga tarqaladigon kulrang ning emprenye bilan qoplangan boladi.

Karam - mineral o’gitlarga ham talabchan. ( Azotli O’g’itlar , 120160 kg. fosforli o’g’itlat , 120-130 kg. Kaliy o’g’itlar , 60-80 kg. ) . Fosforli o’g’itlar asosan kuzda beriladi. Beriladigon o’g’itlarning 60% - 70% -kuzda shudgor bilan beriladi .

Hosildorligi ertagi karamlarda 250 – 350 sentner , kechkilarda 400 – 450 sentnergacha bo’ladi.

Foydalangan adabiyotlar.

  • 1.    O’zbekiston qishloq ho’ jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga oid meyoriy xujjatlar to’plami. T “Sharq” 1998 –yil.

  • 2.    A.A. Ribakov va S.A.Ostraxova “ O’zbekiston mevachiligi ” T. “O’zbekiston-

    "Экономика и социум" №6(97) 2022

Список литературы Karam o'simligining foydali xususiyatlari va unga tushadigan kasalliklar

  • O'zbekiston qishloq ho'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga oid meyoriyxujjatlar to'plami. T "Sharq" 1998 -yil.
  • A.A. Ribakov va S.A.Ostraxova " O'zbekiston mevachiligi " T. "O'zbekiston-.