Elektrotexnika fanini o‘qitishda talabalarni eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirish vositalari

Автор: Eshniyozov U.A., Abdullayev H.Sh., Ruzibayeva M.X.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Современные науки и образование

Статья в выпуске: 5-2 (96), 2022 года.

Бесплатный доступ

Multisim dasturidan asosida, elektrotexnika fanini o‘qitish muammolari, uslublari, sharoitlari va imkoniyatlari bayon etilgan.

Eksperiment, loyihalash, vosita, usul, metodlari, multisim, rivojlantirish

Короткий адрес: https://sciup.org/140300363

IDR: 140300363

Текст научной статьи Elektrotexnika fanini o‘qitishda talabalarni eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirish vositalari

Ta’lim amaliyotida zamonaviy texnologiyalarning qoʻllanilishi ta’lim tizimi modernizatsiyasining tarkibiy elementi hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda kutilayotgan natijani qoʻlga kiritishga imkon beradi, oʻqitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi [1]. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ham pedagogik jarayon boʻlib, talaba va oʻqituvchi faoliyatidagi oʻzgarish, yangilik kiritish, oʻquv jarayonida interfaol metodlardan samarali foydalanishni o’z ichiga oladi [1]. Oliy ta’limda elektrotexnika mashgʻulotlari jarayonida interaktiv elektron “Multisim” dasturidan foydalanish oʻquv jarayoniga yangi sifat darajasini olib kiradi. Bu esa oʻqituvchiga nafaqat dars mashgʻulotiga tayyorgarlik koʻrishni va darsni olib borishni yengillashtiradi, balki yangi imkoniyatlarni ham yaratib beradi [2-3]. Elektrotexnika fanidan o’qitishning kafolatli natijaga erishish uchun oʻqitishning axborot-ta’lim tizimi sharoitini tashkil etishda texnik, elektron dasturiy, didaktik va tayyorgarlik muhitiga ega bo’lish kerak. Bunda:

  • >    texnik muhit: kompyuter xonasi, internet tarmoqlariga ulangan kompyuterlar va interaktiv “Multisim” dasturi oʻrnatilgan boʻlishi kerak [3].

  • >    didaktik muhit: “Multisim” boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan, dasturlardan toʻliq foydalanish uchun oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, oʻrgatuvchi va nazorat qiluvchi elektron ta’lim ashyolari, uslubiy koʻrsatmalar boʻlishi kerak. Bunday muhitni yaratish uchun quydagilarga etibor berish lozim:

  • ^    texnik muammolar: kompyuter, ularning ishlashi uchun qurilmalar va “Multisim” dasturi;

  • ^    didaktik muammolar: ta’lim tizimida foydalanish uchun kerak boʻladigan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, oʻrgatuvchi va nazorat qiluvchi elektron ta’lim ashyolari;

^ tayyorgarlik muammolari: elektrotexnika fani o‘qituvchisining o‘zi yuqori darajada kompyuter, uning qoʻshimcha qurilmalaridan, interaktiv oʻquv dasturlaridan hamda internet tarmoqlaridan to’liq foydalanishni bilishlari kerak. Buning uchun elektrotexnika fanini oʻqitishda axborot-kommunikatsiya va zamonaviy interaktiv “Multisim” dasturlardan foydalanishni keng yo’lga qo’yish lozim [3].

1-rasm.

O‘qituvchi mashg’ulotlar davomida, axborot-kommunikatsiya vositalaridan biri bo‘lgan “Multisim” dasturidan foydalangan holda elektrotexnika fani mashg‘ulotlari o‘tilganda, ananaviy ta’limga nisbatan quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

  • -    Elektronika va elektrotexnika ma’lumotlarini yig‘ish, ularni qayta ishlash, avtomatik boshqarish, energiyani o‘zgartirish sohalarida universal va kerakli vosita bo‘lib xizmat qiladi.

  • -    Axborot - kommunikatsion texnologiyalari bilan birga o‘rnatilgan “Multisim” dasturi yordamida zanjirlarni tuzish bir necha soniyada amalga oshiriladi.

  • -    Multisim o‘quv ishlab chiqarish maqsadida virtual asboblarni texnologiyasi asosida elektron qurilmalarni ishlab chiqish va testlash jarayonlarini birlashtirish imkonini beradi.

  • -    Turli elektrotexnik zanjirlar (sxemalarni) mustaqil tuzish imkoniyati.

  • -    Elekron moddiy texnik bazaning juda kengligi.

  • -    Elektrotexnik sxemalarni jozibali yig‘ish imkoni mavjudligi.

  • -    Elektrotexnik labaratoriya jihozlarining va o‘chash natijalarinig aniqliligi.

  • -    Olingan narijalar grafiklarning taqqoslash, tahlil qilish imkoni.

  • -    Elektrotexnika elementlarnig sxemada belgilanishi, xossalari va markalari bilan tanishish imkoni.

  • -    Elektrotexnika qonuniyatlarni (jarayonlarni) ko‘z bilan kuzatish.

  • -    Talabalarning o‘z g‘oyalari, innovatsiyalarini tekshirib ko‘rish imkoniyatlari mavjudligi.

  • -    Multisim dasturi bilan ishlaganda talaba o‘zini erkin his qiladi, xato qilishdan qo‘rqmaydi, chunki xatolarni tez va samarali tuzatish imkoniyati mavjud.

Elektrotexnik eksperimentlarni o’tkazishdan oldin, eksperimentni loyihalashtirish o’tkazilayotgan tajribaning oldindan kafolatini taminlaydi. Biz quyida (2-rasm) elektron kuchaytirgichlar mavzusini o’qitish misolini keltiramiz.

2-rasm.

Multisim dasturida asosida mashgʻulotlar oʻtilganda talabalarning eksperimental koʻnikmalarining rivojlanganlik darajasi pedagogik tajriba-sinov ishlarida isbotlandi. Tajriba sinov ishlari Chirchiq davlat pedagogika institutida oʻtkazildi.

Tajriba

Q11

Q12

Q13

Nazorat

Q21

Q22

Q23

guruhi

guruhi

Talabalar

soni

a'lo

yaxshi

qoniqarli

Talabalar

soni

a'lo

yaxshi

qoniqarli

99

6

14

79

91

6

15

70

99

15

27

57

91

11

23

57

“Multisim” dasturi bilan bo‘lajak mutaxassislarning mustaqil o‘quv faoliyatlarini, loyihalashtirish va eksperimental ko’nikmalarini rivojlantirish, o‘quv va ilmiy ishlarining mushtarakligini taminlash, talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, shular asosida yetuk mutaxassis tayyorlash va sifatini oshirishga erishish mumkin bo‘ladi.

Adabiyotlar:

  • 1 .N.A.Muslimov va boshqalar. “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik” moduli bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. T.TDPU 2016.

  • 2 .M.J. Corbin, G.F. Butler. Simulation Practice and Theory.15 January 1996,

    3.I.G. Tursunov, U.A.Eshniyozov. Elektrotexnika fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash. Academic Research in Educational Sciences (ARES), v.2, issue.4, pp.1030-1040

  • 4.U.A.Eshniyozov.Elektrotexnika fanini o‘qitish jarayonida talabalarning kasbiy kompetentlik ko’nikmalarini rivojlantirish. Academic Research in Educational Sciences (ARES), v.2, issue.12, pp.362-370

"Экономика и социум" №5(96) 2022

Список литературы Elektrotexnika fanini o‘qitishda talabalarni eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirish vositalari

  • N.A.Muslimov va boshqalar. "Innovatsion ta'lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik" moduli bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. T.TDPU 2016.
  • M.J. Corbin, G.F. Butler. Simulation Practice and Theory.15 January 1996.
  • I.G. Tursunov, U.A.Eshniyozov. Elektrotexnika fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash. Academic Research in Educational Sciences (ARES), v.2, issue.4, pp.1030-1040.
  • U.A.Eshniyozov.Elektrotexnika fanini o‘qitish jarayonida talabalarning kasbiy kompetentlik ko'nikmalarini rivojlantirish. Academic Research in Educational Sciences (ARES), v.2, issue.12, pp.362-370.
Статья научная