Improving the efficiency of using smart technologies in the education system

Автор: Umarova R.U.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 12-1 (79), 2020 года.

Бесплатный доступ

This article discusses the importance of intelligent technologies in the development of the intellectual potential of students in the education system. The use of smart technology in the classroom further enhances the intellectual potential and scientific and theoretical knowledge of the students. At the same time, the introduction of information and communication technologies and modern pedagogical technologies in education will lead to further enrichment and improvement of education.

Education, information technology, smart technology, informatics, innovation, pedagogical technology

Короткий адрес: https://sciup.org/140258012

IDR: 140258012

Текст научной статьи Improving the efficiency of using smart technologies in the education system

XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. XXI asr axborotlashtirish va kommunikatsiya asri, deyish anʼanaga aylandi. Аxborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar jamiyatdagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin.

Kundalik turmushda turli koʼrinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga toʼgʼri keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash (yigʼish, saqlash va h.k.) uchun turli texnik xarakteristikalarga ega boʼlgan axborot qurilmalari kerak boʼladi.

Mikroelektronika ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va zamonaviy protsessorli kompyuterlarning yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Hozirgi kunda taʼlim sohasida oʼqitishni kompyuterlashtirishga katta eʼtibor berilmoqda, chunki zamonaviy oʼqitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. Oʼqitishni kompyuterlashtirish (axborotlashtirish) yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ^    ta’lim tizimining barcha pog’onalarida axborotlashtirishni yetakchi boʼgʼinligini taʼminlash;

  • ^    barcha sohalar bo’yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash va yaratish (monitoring);

  • ^    axborotlashtirish sohalarida me’yoriy bazalarni yaratish (ilmiy-metodik birlashmalar va h.k.);

  • ^    texnik ta’minot - kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari, ularga xizmat koʼrsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;

  • ^    telekommunikatsiya tarmoqlari;

  • ^    ta’minot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui, maʼlumotnomalar va h. k.).

Аxborot texnologiyasidan foydalanish va uni biror-bir sohaga tatbiq etish oʼz ichiga qator vazifalarni oladi. Quyida axborotlashgan faoliyat obʼektlari haqida soʼz yuritamiz.

Bunday obʼektlarga sonlar (oʼlchash va modellashtirish natijalari), matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, rasmlar, chizmalar va animatsiyalar, ovozli obrazlar (yozilgan ovoz, musiqa) va boshqalar kiradi. Foydalanuvchining mustaqil va ongli ravishda olib boradigan faoliyatiga axborot obʼektlarini yaratish, zarur axborot obʼektlarini izlash, axborotlarni yigʼish, tahlil qilish va ajratib olish, tashkillashtirish, kerakli koʼrinishda tasvirlash, axborot obʼektlarini (matn, suhbat, rasm, oʼyin va boshqa koʼrinishda) uzatish, modellashtirish, loyihalash, obʼektlarni rejalashtirish va boshqalar kiradi.

Taʼlim tizimida yoshlarga zamonaviy bilim berishda innovatsion texnologiyalarning oʼrni beqiyos. Dars jarayonida ilgʼor pedagogik texnologiyalarni qoʼllashda hamda zamonaviy uslublar taʼlimning sifat va samaradorligini oshiradi, raqobatdardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Har bir dars, oʼquv predmetining oʼziga xos texnologiyasi bor. Oʼqituvchi va talabaning maqsadi ijobiy natijaga erishish ekan, darsda qanday texnologiyadan foydalanish ular ixtiyorida. Oʼqituvchining mahoratiga qarab, kompyuter bilan ishlash, film, tarqatma material, plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar, puxta loyihalangan interfaol usullar qoʼllash mumkin.

Mavzu materialini bayon etish paytida oʼquvchilarga savollar berish ham yaxshi samara beradi. Bunda oʼqituvchi oʼquvchilarning materialni qanday oʼzlashtirganliklarini bilib oladi. Shu bilan birga, oʼquvchilar oʼqituvchining istagan paytda soʼrab qolishini bilib, uni diqqat bilan eshitadilar. Oʼquvchilarni oʼqituvchiga savollar berishga odatlantirish oʼquv materialining muvaffaqiyatli oʼzlashtirilishiga yordam beradi. Shuningdek, oʼquvchilarning fikrlash qobiliyatini oshiradi. Oʼquvchilarni faollashtirish, ularda oʼtilayotgan darsga qiziqish uygʼotish ham pedagogga bogʼliq.

Oʼquvchilar savolni butun material yoki uning ayrim qismlari bayon etib boʼlinganidan keyin berishlari kerak. Аks holda savollar oʼqituvchini asosiy fikrdan chalgʼitishi, natijada bu metodik usul foyda oʼrniga zarar keltirishi mumkin.

Oʼquvchilar charchashi oqibatida koʼpincha ularning diqqat-eʼtibori va faolligi pasayadi, buni oʼquv materialini bayon etishda hisobga olish zarur. Uzoq vaqt eʼtiborni jalb etish ham charchatadi, oʼquvchi oʼqituvchining soʼzlarini diqqat bilan eshita olmaydi, chalgʼiy boshlaydi. Oʼquvchilar darsdan charchamasligi, diqqatini darsga jalb qilish usullaridan biri – dars oʼtish uslubining xilma-xil boʼlishida. Tajribali oʼqituvchilar oʼquvchilar oʼzlashtirishi qiyin boʼlgan materialni darsning birinchi yarmida, takrorlash, oʼquvchilardan soʼrash va bilimlarni puxtalashni darsning ikkinchi yarmida oʼtkazadilar. Keng koʼlamli islohotlarning muhim boʼgʼini – innovatsiyalar bugun har bir sohada boʼlgani kabi taʼlim tizimida ham oʼzining afzalliklarini namoyish etmoqda. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega boʼlib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir.

AKT rivojlanishining zamonaviy bosqichida nafaqat klassik taʼlim texnologiyalari, balki yelektron taʼlim (e-learning) ham qanoatlantira olmaydigan yehtiyojlar kuzatiladi. Ayni vaqtda ye-learning tizimidan Smart (ingl. — aqlli, mushohadali, harakatchan) ye-learning hamda Smart Yeducation (aqlli taʼlim) ga oʼtish jarayoni bormoqda. Bu konsepsiya taʼlim sohasining barcha jarayonlarini, shuningdek, bu jarayonda qoʼllaniluvchi barcha usul va texnologiyalarni kompleks modernizatsiyasini mujassamlashtiradi. Smart konsepsiyasi taʼlim kesimida oʼzi bilan birga, «aqlli taxta», «aqlli yekran», ixtiyoriy nuqtadan Internetga chiqish kabi texnologiyalarni shakllantiradi. Ushbu texnologiyalarning har biri kontentni ishlab chiqish jarayonini yangidan qurish, yetkazib berish va aktuallashtirish imkonini beradi. Natijada taʼlim olishni nafaqat sinfda, balki uyda, ish joyida, jamoat joylarida, dam olish joylarida ham amalga oshirish mumkin boʼladi. Bunda taʼlim jarayonini baholovchi asosiy yelement sifatida faol taʼlim beruvchi kontent maydonga chiqadi. Uning asosida vaqt va fazo tushunchalari toʼsigʼidan holi qiluvchi yagona repozitor yaratiladi.

Hozirgi kunda, oʼquv darslarida, multimedia vositalaridan foydalangan holda, Microsoft Power Point yoki Macromedia Flash dasturiy paketlarida tayyorlangan taqdimotlarni qoʼllash oddatiy holga aylanib bormoqda, biroq shu bilan birga, taʼlim sohasiga shunday interfaol texnologiyalar kirib kelmoqdaki, ular slayd-shou turkumidagi taqdimotlarni siqib chiqarmoqda. Axborotlarni talabalarga yangi interfaol uskunalar (interfaol taxta — Smart Boards, interaktiv display — Sympodium) yordamida uzatish, maʼruzachiga dars jarayonining oʼzida taqdimotlar yaratish imkonini beradi. Interfaol Smart Boards taxtalariga maxsus markerlar yordamida yozish, oʼquv materiallarini namoyish yetish, yekrandagi tasvir ustidan yozma sharhlar berish mumkin. Shu bilan birga, interfaol Smart Board taxtasiga yozilgan maʼlumotlarni magnit tashuvchilarda saqlanib qolib, ularni bosib chiqarish, darsga kelmagan talabaning yelektron pochtasiga yuborish amalga oshiriladi. Maʼruza davomida Smart Board taxtasida yaratilgan oʼquv materiallini yesa, oʼrnatilgan videokoderga yozib olib, koʼp martta qayta qoʼllanishi mumkin.

Albatta bugungi kunda interfaol smart taxtalar imkoniyatlaridan maksimal foydalanish uchun maxsus dasturiy taʼminotlar (Smart Notebook, Bridgit, Synhron Yeyes) ishlab chiqilgan. Mazkur dasturiy taʼminotlar har birining oʼz imkoniyatlari mavjud. Masalan, Smart Notebook matnlar va obyektlar bilan ishlaydi, axborotlarni saqlaydi, yozma harflarni bosma harflarga aylantiradi. Bridgit dasturi taqdimotlarni tez va osonlik bilan butun dunyoning turli nuqtalaridagi hamkorlarga tarqatadi, oʼz hujjatlariga taqrizlar oladi. Buni amalga oshirish uchun oʼqituvchi chiqishidagi muhim pozitsiyalarini umumiy «ishchi stol»da ajratib koʼsatishi bilan shu onning oʼzidayoq, dastur real vaqtda, barcha konferensiya ishtirokchilari oynasida paydo boʼladi. Synhron Yeyes (sinxron koʼz) dasturiy paket yordamida oʼqituvchi barcha oʼquvchilarni kuzatib turishi, oʼquvchilar ishchi monitorlarini yekranga chiqarishi, blokirovka qilishi, interfaol taxta yordamida oʼquv materiallarini, darsliklarni, testlarni yuborishi va jarayonni nazorat qilishi mumkin.

Yangi pedagogik texnologiyalarning afzalligi shundaki, unda mashgʼulotlar muvaffaqiyatli oʼtishining 80 foizi taʼlim jarayonini toʼgʼri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bogʼliq.

Innovatsion taʼlim oʼqituvchi faoliyatini yangilash, taʼlim-tarbiya jarayonini maqbul qurish bilan birga, oʼquvchi va talaba yoshlarda bilimga chanqoqlik, hurfikrlilik, vatanparvarlik va insonparvarlik tuygʼularini shakllantirishga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.

1-Rasm1.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисида”ги Қонуни. // Баркамол авлод -Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Т. Шарқ. 1997.

  • 2.    Усманова Г.А. Тажриба-тадқиқот майдонларида илғор педагогик технологияларидан    фойдаланиш. // Журнал Таълим технологиялари №1, -

    2012, - б. 29-32.

  • 3.    Umida Aripova Smart ta’lim texnologiyasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, infoCOM.UZ Jurnali 2017 yil.

"Экономика и социум" №12(79) 2020

Список литературы Improving the efficiency of using smart technologies in the education system

  • Ўзбекистон Республикасининг "Таълим тўғрисида"ги Қонуни. // Баркамол авлод -Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. - Т. Шарқ. 1997.
  • Усманова Г.А. Тажриба-тадқиқот майдонларида илғор педагогик технологияларидан фойдаланиш. // Журнал Таълим технологиялари №1, - 2012, - б. 29-32.
  • Umida Aripova Smart ta'lim texnologiyasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, infoCOM.UZ Jurnali 2017 yil.
Статья научная