Innovatsion rivojlanish sharoitida sanoat korxonalaring resurs ta’minotini boshqarish

Автор: Keulimjayev B.Q.

Журнал: Мировая наука @science-j

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 4 (85), 2024 года.

Бесплатный доступ

Hozirgi paytga kelib iqtisodiy shart-sharoitlarning oʻzgarishi, koʻplab moliyaviy muammolarning yuzaga kelishi va bozordagi raqobatchilikning kuchayib borishi eng avvalo, texnologik taraqqiyoti boshqa iqtisodiyot tarmoqlariga nisbatan bir qadar yuqoriroq boʻladigan sanoat korxonalaridagi strategik boshqaruv tizimiga katta taʼsir koʻrsatmoqda. Maqolada mamlakatimizning mintaqalarida sanoat korxonalarining innovatsion rivojlanishining resurs taʼminotini boshqarish jarayonida yuzaga kelatigan ayrim muammolarni barataraf etish yoʻnalishlari oʻrganilgan.

Sanoat tarmogʻi, sanoat korxonasi, innovatsiya, innovatsion rivojlantirish, innovatsion loyiha, ilmiy-texnik ishlanma, tijoratlashtirish mexanizmi, inventarizatsiya

Короткий адрес: https://sciup.org/140306025

IDR: 140306025

Текст научной статьи Innovatsion rivojlanish sharoitida sanoat korxonalaring resurs ta’minotini boshqarish

Iqtisodiyotni globallashuv sharoitida sanoat tarmogʻining samarali faoliyat koʻrsatishi innovatsiyalarning diffuziyasini, sanoat korxonalari raqobatbardoshliligining ortishini koʻzda tutib, bunga sanoat korxonalaridagi investitsion va innovatsion faoliyatning oʻzaro muvozanatli holda rivojlanib borishi hisobiga erishish mumkindir. Bu borada mintaqa sanoati korxonalarini innovatsion rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish jarayonlarini boshqarishga yangicha talablar yuzaga keladi. Shunday qilib, sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirishning samarali tizimini shakllantirish muammosi hozirgi vaqtda alohida ahamiyatga ega boʻlib, bu muammoning hal etilishi sanoat tarmogʻida innovatsiyalarni generatsiyalash, takror hosil qilish va ulardan foydalanish orqali mamlakatimiz mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy oʻsish surʼatlarini oshirishga xizmat qiladi.

Innovatsion rivojlanish loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida istalgan sanoat korxonasi uchun uning moliyaviy taʼminotini tashkil etish muhim masalalardan biri boʻlib hisoblanadi. Moliyalashtirish strategiyasi oʻz ichiga mazkur innovatsion rivojlanish loyihasini qanday qilib moliyalashtirish toʻgʻrisidagi axborotlarni olib, bunda innovatsion rivojlanish loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan moliyaviy mablagʻlar miqdori, ularni olish manbalari, oʻz mablagʻlari va qarzga olingan mablagʻlar nisbatining rejalashtirilgan qiymati, loyihaga yoʻnaltirilgan mablagʻlarni qoplash muddatlari, investorlar daromadining qiymati, davlat byudjetidan mablagʻlarni jalb qilish imkoniyatlari, koʻzda tutilmagan sarf-xarajatlarni qoplash uchun moliyaviy mablagʻlar zahirasi kabilar belgilab olinadi.

Bizning amalga oshirgan oʻrganish ishlarinimiz natijalari koʻrsatdiki, rejalashtiriladigan sarf-xarajatlarni nafaqat xarajatlar moddalari boʻyicha, balki ularni potensial qoplash manbalari, shuningdek, innovatsion rivojlanish loyihasini yuzaga chiqarish davomida xarajatlarni amalga oshirish zarur boʻladigan muddatlar boʻyicha ham alohida koʻrsatilgan holda jadval koʻrinishida tasvirlash maqsadga muvofiqdir (1-jadval).

Sanoat korxonasini innovatsion rivojlantirish loyihasini amalga oshirishda oʻz-oʻzini moliyalashtirish uning bankrotlikka uchrash tavakkalini pasaytiradi. Oʻz mablagʻlarini kiritish imkoniyati sanoat korxonasining yaxshigina moliyaviy holatga ega ekanligini, shu jumladan, korxonaning mana shunday imkoniyatga ega boʻlmagan boshqa korxonalarga nisbatan raqobatchilikda ustunlikka ham ega boʻlishini anglatadi.

Bundan tashqari, tadqiqotlarimiz koʻrsatadiki, sanoat korxonalarining koʻpchilik qismi hozirgi kunlarda pandemiya asoratlari hali butunlay yoʻqolib ketmaganligi natijasida oʻz innovatsion rivojlanishlarini taʼminladigan loyihalarni amalga oshirishda oʻz mablagʻlari yetishmasligiga, shuningdek, kredit mablagʻlari taqichlligiga ham duch kelmoqdadir.

Bu holat mintaqada sanoat korxonalarining innovatsion rivojlanishi jarayonlarining jadallashishiga maʼlum bir darajada toʻsqinlik qilib, buni bartaraf etishning samarali omili sifatida aynan sanoat korxonalarida innovatsion rivojlanishning resurs taʼminotini boshqarishning samarali metodlarini joriy qilish orqali mintaqa sanoati innovatsion rivojlanishini boshqarish tizimini takomillashtirish hisoblanadi.

Bunda biz sanoat korxonalarida ilmiy-texnik ishlanmalarni tijoratlashtirish mexanizmini taklif etamiz, bu mexanizmni amalga oshirishda nafaqat yangi mahsulotlarni ommaviy yoki seriyali tarzda ishlab chiqarishning maqsadga muvofiqliligini koʻrib chiqish bilan, balki sanoat korxonalarining oʻzida jarayonli innovatsiyalarni “bittalab” sotish yoki uni qoʻllash nuqtai-nazaridan ham innovatsiyalarning mahsulotli yoki jarayonli innovatsiyalarga ajratilishi hisobga olinadi. Sanoat korxonalarining innovatsion rivojlanishini amalga oshirishning mazkur mexanizmi sotish uchun innovatsion mahsulot (obyekt)ning yaratilishiga qaratiladi (1-rasm).

Bu mexanizmni amalga oshirish jarayonida dastlab sanoat korxonasining intellektual mulki obyektlarini ilmiy-texnik faoliyat natijalariga boʻlgan huquqlarni roʻyxatga olish boʻyicha tavsiyalarga mos ravishda inventarizatsiyadan oʻtkazilishi, shuningdek, sanoat korxonasi ilmiy-texnik faoliyatining ilmiy-texnik, huquqi va iqtisodiy tahlili oʻtkazilishi (2-jadval) lozim boʻladi. Buning uchun korxonada inventarizatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhni tashkil etish lozim boʻlib, uning vazifalariga korxonada mos holdagi intellektual mulk obyektlarining paydo boʻlishi yoki hisobdan chiqarilishini aks ettiruvchi huquq egasining huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (patentlar va shu kabilar)ni, boshqa hujjatlar (patent tadqiqotlari haqida hisobot, ITTKI ni amalga oshirish va boshqa shu kabilar boʻyicha hisobot hujjatlari)ni tahlil qilish kiritilishi lozimdir.

2-jadval

IMO ni inventarizatsiyadan oʻtkazishda qoʻllaniladigan tahlil turlari

Tahlil turi

Maqsad

Ilmiy-texnik tahlil

Ilmiy-texnik faoliyat natijalarini aniqlash

Huquqiy tahlil

Har bir aniqlangan IFN ga huquq egasini belgilash

Iqtisodiy tahlil

IFN ni tijoratlashtirish istiqbollari va tijoriy qiymatini hamda ularga boʻlgan huquqlarni baholash

Tadqiqot davomida dissertatsiya muallifi amalga oshirgan ilmiy izlanishlar va oʻrganishlar asosida shunday xulosaga kildikki, bunga koʻra hozirgi kunlarda sanoat korxonalarida qoʻllanilib kelinayotgan oʻz ichiga IFN vani tijoratlashtirish istiqbollari va ularning tijorat nuqtai-nazaridan qimmatligini hamda ularga boʻlgan huquqlarning baholanishini oladigan iqtisodiy tahlil bunday ilmiy-texnik ishlanmalarga bozorda talab mavjudligini tahlil qilish pozitsiyasidan turib kuchaytirilmogʻi lozimdir. Bundan tashqari, jarayonli innovatsiyalar mavjudligi vaziyatlarida bunday ilmiy-texnik ishlanmalarning sanoat korxonasida joriy etilishining ratsionalligini baholash ham talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

Список литературы Innovatsion rivojlanish sharoitida sanoat korxonalaring resurs ta’minotini boshqarish

  • Калмуратов Б.С. Стратегия развития инновационного управления промышленного комплекса Республики Каракалпакстан.International Scientific Journal Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA Issue 01, volume 91 published January 31, 2021. 379-387 стр. EDN: CJVUZN
  • Калмуратов Бахтияр Сейтмуратович, Бектурдиев Максет Бекбергенович ФОРМИРОВАНИЕ ИННОВАЦИОННОЙ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ В КОНКУРЕНТНОЙ СРЕДЕ СТРОИТЕЛЬНОЙ ИНДУСТРИИ // Бюллетень науки и практики. 2021. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/formirovanie-innovatsionnoy-strategii-razvitiya-v-konkurentnoy-srede-stroitelnoy-industri (дата обращения: 07.03.2024).
  • The current state of innovative development of the construction industry of the republic of Uzbekistan. ISJ Theoretical & Applied Science, (02 (82)), 455-463.
  • Kalmuratov, B. S. (2021). Development strategy of an innovative management of the industrial complex of the Republic of Karakalpakstan. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (93), 379-387. Soi: http://s-o-i.org/1.1/TAS-01-93-66. DOI: 10.15863/TAS.2021.01.93.66
  • Калмуратов Б.С. Стратегия развития инновационного управления промышленного комплекса Республики Каракалпакстан.International Scientific Journal Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA Issue 01, volume 91 published January 31, 2021. 379-387 стр. EDN: CJVUZN
  • Калмуратов Б. С. Совершенствование инновационной инфраструктуры промышленности региона путем кластеризаций// Iqtisodiyot va ta'lim // 2022-yil 2-son. 68-372.
  • Қалмуратов Б. С. Қорақалпоғистонда саноат ишлаб чиқариш соҳасининг ривожланиш тенденциялари//"Жамият ва бошқарув" журнали// Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат бошқаруви академияси №2(100) 2023.
Еще
Статья научная