Mintaqada sanoat ishlab chiqarish sohasini rivojlanishni tahlili
Автор: Joldasbayeva U.J.
Журнал: Мировая наука @science-j
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 4 (85), 2024 года.
Бесплатный доступ
Maqolada Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqasida sanoat ishlab chiqarish sohasini rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Shuningdek milliy iqtisodiyotning tuzilmaviy degradatsiyalanishi bilan bogʻliq boʻlgan innovatsion rivojlanish tavakkalchiliklarni minimallashtirish chora-tadbirlari va sanoat korxonalarda investitsion resurslar yetishmasligi sharoitida yuqori innovatsion texnologiyalar asosida sanoat tarmogʻini innovatsion faoliyatni oshirish yoʻnalishlari oʻrganilgan.
Sanoat, sanoat ishlab chiqarish, sanoat mahsulotlari, ishlab chiqarish fondlari, investitsiyalar, innovatsion mahsulotlar, ilmiy-texnologik salohiyat, modernizatsiya, strategiya, infratuzilma
Короткий адрес: https://sciup.org/140306024
IDR: 140306024
Текст научной статьи Mintaqada sanoat ishlab chiqarish sohasini rivojlanishni tahlili
Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston va uning mintaqalarida iqtisodiy soha ayniqsa, sanoat sohasida juda katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Jumladan, 2020-2023-yillarda iqtisodiy oʻsish 30,2 %ni tashkil etib, sanoatning YAIM tarkibidagi ulushi ham katta oʻzgarishlarga duch kelmoqda. Masalan, 2019-yilda sanoatning mamlakat YAIM dagi ulushi 29,1 % ni tashkil etgan boʻlsa, 2020-yilda bu koʻrsatkich 28 % ga tushdi. Keyingi 2021-yilda esa sanoatning mazkur koʻrsatkichi 28,1 % ga teng boʻlib, 2022-yilda uning oʻsishida katta surʼatlar kuzatilmaydi (28,9 %), kelgusi 2023-yilda esa sanoatning YAIM dagi ulushi 30,2 % ga yetdi. Shunday qilib, sanoatning ulushi ortib borishi kuzatilib, ayrim mintaqalarning deyarli barcha YAHM da sanoatning ulshish oʻsishi mamlakat YAIM tarkibida sanoat ulushi oʻsishidan tezroq surʼatda oʻsdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi mustaqillik yillarining boshidanoq sanoat tovarlarini ishlab chiqarish borasida rivojlanmagan mintaqalar qatoriga kirib keladi. Oʻzbekiston Respublikasini 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonni taraqqiyot strategiyasida qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar barcha mintaqalarda, jumladan, Qoraqlpogʻistonda ham sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishini tubdan oʻzgartirdi. Quyidagi 1-jadvalda Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlari keltirildi.
1-jadval
Oʻzbekiston Respublkiasi va Qoraqalpaogʻiston rsepublikasi YAIM (YAHM) ning 2015-2022-yillarda oʻzgarish dinamikasi (mlrd. soʻm )1
Hududlar |
2015 y |
2016 y |
2017 y |
2018 y |
2019 y |
2020 y |
2021 y |
2022 y (I chorak) |
Oʻzbekiston Respublikasi |
210 183,1 |
242 495,5 |
302 536,8 |
406 648,5 |
510 117,2 |
580 203,2 |
734 600, 0 |
162 800,0 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
6 227,1 |
8 036,0 |
10 243,0 |
15 009,4 |
19 078,9 |
21 200,9 |
26 300,0 |
5 700,0 |
Sanoat ishlab chiqarishi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining ustuvor tarmogʻi boʻlib sanaladi. Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi sobiq ittifoq davrida xom-ashyo bazasi sanalib kelinar, bu ayniqsa paxtachilik sohasida juda kuchli namoyon boʻlar edi. Bunday siyosat respublikada sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishi uchun imkon bermas edi. Mustaqillika ega boʻlingach esa Oʻzbekistonning iqtisodiy rivojlanishi yoʻnalishi tubdan oʻzgardi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda industrial rivojlanish oʻz yoʻliga tushib olgan boʻlib, bugungi kunda mamlakatda sanoatning yuzdan ortiq tarmoqlari faoliyat koʻrsatadi. Hozirgi vaqtda sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish sohasida mazkur masalada qoloqlik kuzatilayotgan mintaqalar, masalan, Jizzax, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bular ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻplab foydali mineral resurslarga ega boʻlgan mintaqa sifatida ajralib turadi. Hozirgi vaqtga kelib mintaqa hududida koʻplab foydali qazilmalar va rudali konlar, neft-gaz, soda xom-ashyosi va shu kabilar zahiralari topilib, ishga tushirilgandir.
1 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari asosida tayyorlandi.
Maʼlumki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi murakkab ekologik vaziyat hukm surayotgan mintaqa sanaladi. Shu bilan brga, mazkur mintaqa dori-darmon vositalari ishlab chiqarish, yaʼni, farmatsevtika tarmogʻi rivojlanmagan hudud boʻlib hisoblanadi. Shuning uchun mintaqada sanoatning chuqur oʻylab chiqilgan tuzilmaviy oʻzgarishi dasturini ishlab chiqish zarur boʻlib turibdi.
Mintaqa sanoati tuzilmasini oʻzgartirishda avvalambor, qaysi tarmoqlarga eʼtibor qaratish lozimligini aniqlab olish zarurdir. Bunda ayniqsa, ekportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqariladigan tarmoqlar muhim oʻrin tutib bunda birinchidan, sanoat mahsulotlarini mahalliy resurslar hisobidan ishlab chiqarishga; ikkinchidan, mahalliy sanoat ishlab chiqarishida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga; uchinchidan, qayta ishlash sanoatini oyoqqa turgʻazishga; toʻrtinchidan, mintaqalarda ishlab chiqarilayotgan sanoat tovarlari narxlariga teng boʻlishini saqlab qolishga intilish lozim boʻladi.
Yuqori darajada qayta ishlanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga iqtisodiy oʻsishning yuqori koʻrsatkichlariga erishish yaqin istiqbol davrlarida mintaqa iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yoʻnalishiga aylanishi lozimdir.
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi deindustrializatsiyalash yoki milliy sanoatdagi destruktiv holatlar haqida qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarida qoʻshilgan qiymat ulushining pasayishi kabi barqaror tendensiya ham guvohlik beradi. Agarda 2000-yilda mazkur sohada mamlakatimiz YAIM ning 19,3 % atrofidagi qismi yaratilgan boʻlsa, 2021-yilga kelib bu koʻrsatkich 17,4 % ga tushib qoldi. Taqqoslab koʻrish uchun masalan, bu koʻrsatkich Xitoyda 33 % ni, Janubiy Koreyada 28 % ni, Indoneziyada esa 25 % ni tashkil etadi va h.k. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining katta qismi past texnologik ukladga xos boʻlgan mahsulot sifatida tasniflanadi va jahon bozorlarida ularning raqobatbardoshliligi ham pastdir.
Milliy iqtisodiyotning tuzilmaviy degradatsiyalanishi bilan bogʻliq boʻlgan innovatsion rivojlanish tavakkallarini minimallashtirish uchun korxonalarda investitsion resurslar yetishmasligi sharoitida yuqori texnologik boʻlib hisoblanadigan va eng koʻp qoʻshilgan qiymatni generatsiyalaydigan 3
iqtisodiyotning strategik sektorlariga tayangan holda davlat investitsiyalari hisobiga innovatsion faoliyatni oshirish zarur boʻlib, bu ilmiy-texnologik salohiyatni oshirish, ishlab chiqarish majmuasini modernizatsiyalash, strategik ahamiyatga ega boʻlgan ishlab chiqarish infratuzilmasini, transport tizimi va AKT hamda aloqa tizimlarini yangilash hamda rivojlantirishni oʻz ichiga oluvchi infratuzilmani moliyalashtirishga byudjet mablagʻlarini toʻplash, davlat-xususiy sherikchiligi tamoyillarida innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investor sifatida davlatning rolini oshirishga imkon beradi.
Shunday qilib, qayta ishlash sanoatidagi milliy korxonalar asosiy ishlab chiqarish fondlari yemirilishining yuqori darajasi ishlab chiqarish sohasiga ayniqsa, innovatsion loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilishdagi murakkabliklar bilan birga milliy sanoat korxonalari tovarlarining xorijiy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga nisbatan raqobatbardoshligi pasayib ketishiga olib keldi.
Bularning barchasi qurilma va mexanizmlarni taʼmirlashga sarf-xarajatlarning ortishini keltirib chiqaruvchi eski texnika va texnologiyalardan foydalanish bilan birgalikda qayta ishlash sektordagi mahsulotlarning yuqori boʻlmagan rentabelligiga sabab boʻladi. 2005-2022-yillar davomida qayta ishlash sanoati boʻyicha oʻrtacha hisobda bu 3,4 punktga kamayib, 11,9 % gacha tushishi yuz berdi, bu esa bir yildan ortiq muddatga nomoliyaviy tashkilotlarga beriladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalaridan pastdir. Shuning oqibatida sanoat korxonalari uchun innovatsion faoliyatni rivojlantirishga kredit olishning imkoniyatlari juda pasayib ketdi.
Xorijiy tajribalarni oʻrganish va amalga oshirilgan tahlil shunday xulosa chiqarishga imkon beradiki, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va qayta ishlash korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish davlat tomonidan faol ravishda yangi texnik va texnologik ishlanmalarni intensiv joriy qilishni qoʻllab-quvvatlashsiz va mazkur sektorda innovatsion faoliyatni boshqarish mexanizmini takomillashtirishsiz mumkin emasdir. Shuning uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasida, shu jumladan, mamlakatimizning sanoati hali 4
yuqori darajada rivojlanmagan boshqa mintaqalarida sanoatning innovatsion yoʻl bilan rivojlanishi, bu jarayonlarda innovatsion boshqaruv mexanizmi samaradorligini modelini, bu modelni amalga tatbiq qilish sxemasini ishlab chiqish, bu borada koʻzlangan natijalarga erishish uchun maxsus dasturga asoslanadigan hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishini koʻzda tutadigan yondashuvdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
Список литературы Mintaqada sanoat ishlab chiqarish sohasini rivojlanishni tahlili
- Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 11 ноябрдаги 4889-сон "2020 - 2023 йилларда Қорақалпоғистон Республикасини комплекс ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида" ги Қарори // https://lex.uz/docs/5100705.
- Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 31 августдаги ПФ-213 сон "Қорақалпоғистон Республикасида тадбиркорлик, инновацион технологиялар ва инфратузилмаларни жадал суръатларда ривожлантириш орқали аҳоли фаровонлигини оширишнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида" ги Фармони //https://lex.uz/docs/6181114.
- Калмуратов Б.С. Стратегия развития инновационного управления промышленного комплекса Республики Каракалпакстан.International Scientific Journal Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA Issue 01, volume 91 published January 31, 2021. 379-387 стр. EDN: CJVUZN
- Калмуратов Бахтияр Сейтмуратович, Бектурдиев Максет Бекбергенович ФОРМИРОВАНИЕ ИННОВАЦИОННОЙ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ В КОНКУРЕНТНОЙ СРЕДЕ СТРОИТЕЛЬНОЙ ИНДУСТРИИ // Бюллетень науки и практики. 2021. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/formirovanie-innovatsionnoy-strategii-razvitiya-v-konkurentnoy-srede-stroitelnoy-industri (дата обращения: 07.03.2024).
- The current state of innovative development of the construction industry of the republic of Uzbekistan. ISJ Theoretical & Applied Science, (02 (82)), 455-463.
- Kalmuratov, B. S. (2021). Development strategy of an innovative management of the industrial complex of the Republic of Karakalpakstan. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (93), 379-387. Soi: http://s-o-i.org/1.1/TAS-01-93-66. DOI: 10.15863/TAS.2021.01.93.66
- Калмуратов Б.С. Стратегия развития инновационного управления промышленного комплекса Республики Каракалпакстан.International Scientific Journal Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA Issue 01, volume 91 published January 31, 2021. 379-387 стр. EDN: CJVUZN
- Калмуратов Б. С. Совершенствование инновационной инфраструктуры промышленности региона путем кластеризаций// Iqtisodiyot va ta'lim // 2022-yil 2-son. 68-372.
- Қалмуратов Б. С. Қорақалпоғистонда саноат ишлаб чиқариш соҳасининг ривожланиш тенденциялари//"Жамият ва бошқарув" журнали// Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат бошқаруви академияси №2(100) 2023.