Jismoniy tarbiya darslarida innovatsion texnologiyalar
Автор: Ne'matov M.I.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 10 (89), 2021 года.
Бесплатный доступ
Maqolada jismoniy tarbiya va sport darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, jismoniy, ma’naviy va axloqiy sifatlarni shakllantirish bo‘yicha ayrim tavsiyalar berilgan muhokama qilingan.
Sport, pedagogik texnologiyalar, uslublar, mezonlar, amaliy darslar.
Короткий адрес: https://sciup.org/140260750
IDR: 140260750
Текст научной статьи Jismoniy tarbiya darslarida innovatsion texnologiyalar
Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlarni qo‘llashga qiziqish tobora keng tus olmoqda. Bunday metodlarni qo‘llash ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshiradi, o‘quvchilarning o‘qish motivlarini o‘stiradi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) yangilik yaratish, yangilikdir. Demak an’anaviy ta’limdagi kabi bir xil shablonlar asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shaklidan foydalanish innovatsiya demakdir. Ta’limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish ta’lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi.
Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularningn ayrim asosiy belgilarini ko‘rib chiqamiz. Hozirgi interfaol mashg‘ulotlarni olib borishda ma’lumki, asosan interfaol usullar qo‘llanilmoqda.
Kelgusida esa bu usullar ma’lum darajada interfaol texnologiyasiga o‘sib o‘tishi maqsadga muvofiq. Bu interfaol usul hamda texnologiya tushunchalarining o‘zaro farqini bizningcha, shunday ta’riflash mumkin.
Interfaol ta’lim usuli – har bir o‘qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o‘z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o‘quvchi o‘z motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o‘zlashtiradi.
Interfaol ta’lim texnologiyasi – har bir o‘qituvchi barcha o‘quvchilar ko‘zda tutilgandek o‘zlashtiradigan mashg‘ulot olib borishni ta’minlaydi. Bunda har bir o‘quvchi o‘z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg‘ulotni oldindan ko‘zda tutilgan darajada o‘zlashtiradi.
Interfaol mashg‘ulotlarni amalda qo‘llash bo‘yicha ayrim tajribalarni o‘rganish asosida bu mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ayrim omillarni ko‘rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy-metodik hamda o‘qituvchiga, o‘quvchilarga, ta’lim vositalariga bog‘liq omillar deb atash mumkin. Ular o‘z mohiyatiga ko‘ra ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishini nazarda tutishimiz lozim.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyasi Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko‘tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o‘rin egallashga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, jismoniy, ma’naviy va axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni har tomonlama komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir.
Mustaqil davlatimizning taraqqiyoti ta’limning barcha sohalaridagi kabi jismoniy tarbiya sohasida ham katta islohotlarni talab qiladi. Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jamiyatning muhim ehtiyojini qondirishning eng zarur shartidir.
Jamiyatning yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun boshlang‘ich sinfdan boshlaboq tinimsiz izlanish, ta’limning yangi samarali usullarini qidirish va kashf qilish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. Piraxunova F.N., Nazirov A.X. O‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari. Uslubiy qo‘llanma. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2008, 3-48 bet.
-
2. O‘zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. “O‘zbekiston”, Toshkent, 1997 yil.
-
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim davlat standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
-
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisi materiallaridan “O‘zbekiston ovozi” gazetasi, 2007 y 12 fevral.
-
5. Бордовская Н.В. Диалектика педагогического Исследова-ния. –М.; 2001.
-
6. Селевко Г. Современные образовательные технологии: Учеб. пособ. –М. 1998 год.
"Экономика и социум" №10(89) 2021
Список литературы Jismoniy tarbiya darslarida innovatsion texnologiyalar
- Piraxunova F.N., Nazirov A.X. O‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari. Uslubiy qo‘llanma. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2008, 3-48 bet.
- O‘zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. “O‘zbekiston”, Toshkent, 1997 yil.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim davlat standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisi materiallaridan “O‘zbekiston ovozi” gazetasi, 2007 y 12 fevral.
- Бордовская Н.В. Диалектика педагогического Исследова-ния. –М.; 2001.
- Селевко Г. Современные образовательные технологии: Учеб. пособ. –М. 1998 год.