Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya fazilatini shakllantirish metodi va uning ahamiyati
Автор: Umarov U.A.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 10 (89), 2021 года.
Бесплатный доступ
Maqolada jismoniy tarbiya darslarida tarbiyaning turlari va uning sportchi hayotida tutgan o`rni xususida so`z borar ekan, ham ahloqiy, ham axloqiy xususiyatlariga urg`u beriladi. Bu fazilatlarning rivojlanishida pedagogning uslublari tahlil qilinadi.
Tarbiya, axloq, jismoniy tarbiya, uslum, metodika, ta`lim oluvchi, sportchi.
Короткий адрес: https://sciup.org/140260782
IDR: 140260782
Текст научной статьи Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya fazilatini shakllantirish metodi va uning ahamiyati
Kirish
Raqibi o`ng oyog`ini ishlatganda u chap berib boshqa oyog`I bilan zarba berdi. Jismoniy tarbiyada faqatgina jismoniy emas aqliy imkoniyatini ham ishga solishi kerak. Jahon chempionati. Minglab ko`zlar diqqatida o`zni boshqarish biroz murakkab. Saxnada she`r aytish bo`lsa hamki jarayon oson kechsa. Axir ko`pning oldida raqibga qarshi chiqish, igna bilan quduq qaziganday gap. Mashg`ulotlarda faqat kuch ishlatilardi. Ammo hozir uning o`zi kifoya qilmaydi. Aqlni boshqarib kuchga yo`naltirish lozim. U shunday qildi. Oxirgi soniyalarda raqibni chalg`itib vaziyatni qo`lga oldi. Keyin kuchi boricha uni yerga toplab urdi. G`alaba.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Darhaqiqat jismoniy tarbiya jarayonida aqliy tarbiyaning o`rni bor. Jisman etarli darajadagi rivojlanganlik normal aqliy rivojlanishga sharoit yaratadi. “Har qanday mehnat – bu aqliy, jismoniydir. Agar aqliy va jismoniy mehnat orasidagi farqni ajratsak, bittasida asosiy rolni miya, ikkinchisida muskullar o’ynaydi.
Miyaning faoliyati muskullarning o’zaro faoliyatiga, muskullar faoliyati esa miyaning boshqarishi orqali amalga oshiriladi”, - degan edi Chernishevskiy. Jismoniy bilimlar asoschisi P.F. Lesgaft ko’rsatganidek, aqliy va jismoniy rivojlanish bir-biri bilan uzviy bogliq. Aqlning o’sishi va rivojlanishi o’z navbatida jismoniy rivojlanishni taqazo qiladi.Jismoniy tarbiyaning vazifasi shunda muvaffaqiyatli hal qilinadiki, shugullanuvchilar jismoniy mashqlarni ongli ravishda tushunib bajarsalar yoki ular sport mashgulotlariga qiziqib, tashabbus ko’rsatib ijodiy yondashsalar, organizmda harakat malakalarini to’gri shakllanishi, funktsional qobiliyatlarini rivojlanishi uchun umumiy maxsus bilimlarga tayanishlari lozim bo’ladi. Jismoniy tarbiyada yoki sportda talantni ochish shug`ul-lanuvchida umumiy jismoniy rivojlanganlik va tayyorlanganlik hamda soha bo’yicha chuqur malakaviy bilimlarga ega bo’lish, bosh miya, muskullar faoliyatidan foydalanish ko’r-ko’ronalikka yo’l qo’ymaslikni talab qiladi. Mashgulotga ongli munosabatda bo’lmaslik talantni so’nishiga sabab bo’ladi. Eng havflisi shugullanuvchida bir tomonlamalilik, faqat sport bilan shugullanishgagina odat shakllanadi – jamiyat uchun esa boqimandalar ko’payadi. Sport trenirovkasi sirlariga sho’ng`ish, uni tushunish, shug`ullanuvchi mahoratini oshishiga olib keladi. Bunga faqat har tomonlamalilik orqaligina erishish mumkin. Jahon rekordlarini o’rnatish, chempionlik lavozimlari uchun kura-shish, sportchidan yuqori saviya, chuqur bilim va jismoniy qobiliyatni talab qiladi. Bunga erishish uchun esa mashaqqatli mehnat, o’tkir intellekt sohibi bo’lishlik talab qilinadi. Aqliy va jismoniy tarbiyanig o’zaro bogliqligi masalasi tabiiy-ilmiy fanlarning tadqiqotlari asosida ulug rus fiziologi I.M. Sechenov va I.P. Pavlov tomonidan isbotlangan. “Men butun hayotim bo’yi aqliy va jismoniy mehnatni sevdim, ko’proq ikkinchisini. Ayniqsa, miyada paydo bo’lgan fikrni hal qilish uchun aqlimni qo’lim bilan boglaganimda o’zimni juda yaxshi his qilar edim”, - deb yozgan edi ulug rus olimi I.P. Pavlov. Demak, jismoniy tarbiya intelektining aqliy tarbiyasi bilan o’zaro uzviy bogliq holda amalga oshirilishi lozim.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy tarbiyaning ham o`rni bor.Har qanday jamiyat azal-azaldan o’zining axloq normalari va ularning talablari bilan biri-biridan ajralib turgan, ayrim holda keskin farqlangan. Bu talablar va normalardan jamiyatning mavqei, o’rni, darajasini belgilash, baholashda foydalanilgan. Axloqiy tarbiya ularga jamiyat a’zolari rioya qilishidek zarur muammolarni hal qilishda jismoniy mashqlar bilan shugullanish mashgulotlari, sport trenirovkalari, turli xil musobaqalar va ko’ngil ochish tadbirlari axloq normalarini shakllanishi, tarbiyalanishida vosita rolini hozirgi kunda ham o’ynab kelmoqda. O’zaro munosabat, muloqot, umuminsoniy qadriyatlar, millati, xalqi, davlati, shoni-shuhrati uchun qaygurish hissiyoti jismoniy tarbiya jarayonida to’gridan-to’gri tarbiyalangan. Mamlakat sportchisining axloqi – bu, millat vakili, mavjud jamiyat kishisining axloqidir. O’zbek sportchisining axloq normalari maxsus, alohida emas. Ular ham mazkur jamiyatning oddiy a’zosining axloqi normalaridan farq qilmaydi. «Sportchining axloqi» degan axloqni tuzushga urinish sharq xalqlari axloq normalaridan uzoqlashishga olib keladi.
Xulosa
Darvoqe, g`alaba qozonish, har sportchining orzusi. Bunga erishishning yagona yo`li fanni mustahkam egallash, mashg`ulotlarda ham aqlan, ham jismonan puxta bilimlarni egallashdir. Murabbiy tomonidan qo`llaniladigan metodlar esa bu imkoniyatlarga eshik ochadi. Musobaqa metodida ham shu mavzu chuqur o`rgatiladi. Jismoniy tarbiya jarayonida musobaqa metodi mashgʼulot oʼtkazish davomida (mazkur mashgʼulotga kiritilgan alohida mashq bilan birgalikda) mustaqil oʼyin shaklida (moʼljal, nazorat va sport musobaqalari) qoʼllaniladi.
Musobaqa metodi birmuncha ravshan xarakterlovchi xususiy birinchilik yoki yuqori natijaga erishish uchun kurashda kuchlarni sinashdir. Musobaqa jarayonida, shuningdek, ularni tashkil qilish va oʼtkazish sharoitlarida (gʼoliblarni aniqlash, yutuqlarga erishganlarni ragʼbatlantirish va h.k.) rahbarlik qilish omili muhim fiziologik va emotsional kayfiyat yaratadi, bu hol jismoniy imkoniyatlarini maksimal ishga solishga yordam beradi. Musobaqa vaqtida, asosan sport musobaqalarida raqiblarning oʼzaro toʼqnashuvlari oʼyindagiga qaraganda ancha koʼproq namoyon boʼladi. Tashabbuskorlik, qaʼtiylik, sabotlilik, dadillik,jasurlik, oliy janoblik, oʼrtoqlik kabi irodaviy hamda ahloqiy hislatlarni tarbiyalashda musobaqa metodining ahamiyati gʼoyat kattadir.
Demak, faqatgina ga`alaba emas yurt sha`ni, g`ururini dunyoga tanitayotgan chempionning g`alaba qozonishi biz murabbiylar qo`lida ekan yanada ko`proq metodlarni amalyotda ishlab chiqishimiz va Vatanga daxldor shaxslarni tarbiyalashimiz lozim.
Adabiyotlar ro`yxati:
-
1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга қурамиз.Тошкент “Ўзбекистон” – 2017 й.
-
2. Ш.Мирзиёев Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. “Ўзбекистон” НМИУ, 2016 й.
-
3. Ш.Мирзиёев Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаравонлигининг гарови. “Ўзбекистон” НМИУ, 2016 й.
-
4. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг
бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947 сонли Фармони.
-
5. Salomov R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Darslik. Т.: «ITA-PRESS», 2014. 269 бет.
-
6. Salomov RS., Sharipov A.K. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Darslik. Т.: «ITA-PRESS», 2015.182 бет.
-
7. Гончарова О.В. “Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилиятларини
ривожлантириш” ўқув қўлланма Т.: ЎзДЖТИ нашриёти 2005 й.
"Экономика и социум" №10(89) 2021
Список литературы Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya fazilatini shakllantirish metodi va uning ahamiyati
- Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга қурамиз.Тошкент “Ўзбекистон” – 2017 й.
- Ш.Мирзиёев Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. “Ўзбекистон” НМИУ, 2016 й.
- Ш.Мирзиёев Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаравонлигининг гарови. “Ўзбекистон” НМИУ, 2016 й.
- 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947 сонли Фармони.
- Salomov R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Darslik. Т.: «ITAPRESS », 2014. 269 бет.
- Salomov RS., Sharipov A.K. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Darslik. Т.: «ITA-PRESS», 2015.182 бет.
- Гончарова О.В. “Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилиятларини ривожлантириш” ўқув қўлланма Т.: ЎзДЖТИ нашриёти 2005 й.