Ta’lim jarayonidagi pedagogik metodlarning qo’llanilishi va tahlili

Автор: Narziev Shovqiddin Murtozaevich, Rahimova Aziza Husan Qizi

Журнал: tecHика.

Рубрика: Безопасность деятельности человека

Статья в выпуске: 1-2 (5-6), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada mehnat muhofazasi sohasida mutaxassislarni tayyorlashdagi pedagogik texnologiyalarning o’rni va ularning qo’llanilish samaradorligini oshirish usullari bilan bir qatorda ta’lim oluvchilar uchun qulay va oson etkaziladigan innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘ziga xos usullari yoritilgan. Mashg’ulotlarda qo‘llaniladigan samarali usullarni taqdiq qilish mexanizm bo‘yicha tasiyalar berilgan.

Mehnat muhofazasi, ta’lim, pedagogik texnologiyalar, mutaxassislik, ta’lim-tarbiya jarayoni, ilm-fam, ilg’or tajriba

Короткий адрес: https://sciup.org/14125839

IDR: 14125839   |   DOI: 10.24411/2181-0753/2021-100005

Текст научной статьи Ta’lim jarayonidagi pedagogik metodlarning qo’llanilishi va tahlili

Кirish. O’qituvchilik kasbini sevish pedagogik odobning zarur talablaridan biri hisoblanadi. O’z kasbini sevgan kishigina butun kuch-g’ayratini, qalb qo’ri va dil haroratini bu ishga bag’ishlaydi va o’z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi. Shuningdek, bolalarni sevish, ularga mehr-muhabbatli bo’lish o’qituvchilik kasbi, o’qituvchi axloqiy qiyofasida juda muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchidan bolalarga mehribonlik bilan birga talabchanlik va qattiqqo’llik ham talab etiladi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni

Albatta, o’qituvchining fikri, mulohazalarida nisbiylik, sub’ektivlik alomatlari mavjud. U hammaga aynan birdek to’g’ri munosabatda bo’la olmasligi mumkin, lekin u hamma talabalarga nisbatan xolis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga barchaning ishonchi komil bo’lmog’i lozim. Sinfda o’qituvchi “yaxshi ko’radigan”, “yomon ko’radigani” bor degan taassurot tug’ilmasligi kerak.

Fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi va nihoyat talabalarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o’rgatish va jalb etishni talab qiladi. Xullas, yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun bo’lajak muallim yuksak pedagogik odob madaniyatini egallashi zarur. Buning uchun bo’lajak o’qituvchi pedagogik odobning talab va qoidalarini bilib, o’zlashtirib olishi, tajribada pedagogik faoliyatda qo’llashi, o’zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan boyitishi lozim, fikrlash va his etish, turmushda sinab ko’rish natijasida pedagogik odobning talab va qoidalari o’qituvchining shaxsiy e’tiqodiga, axloqiy fazilatlariga aylanadi [2].

Тadqiqot medotlari. Sharqona munosabatda ota-onaga hurmat bilan qaralishi ularning gapini ikki qilmaslik, ota-onaning izmidan chiqmaslik, shu bilan birga otaga gap qaytarish, unga tik boqish gunoh hisoblanishi kabi holatlarni ko’rishimiz mumkin. Yoki ustozga hurmat bilan qarash kabi hislatlar ham katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Muloqotda turli xalq og’zaki ijodiga xos bo’lgan afsona, rivoyat, ertaklar, maqollar va hikmatlardan foydalanish ham kishini muomala madaniyatni kuchaytiradi va ikkinchidan katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo’ladi.

Jamiyatni demokratlashtirish- o’quv yurtidagi munosabatlarni insonparvarlashtirishdir. Pedagogik amaliyot davrida talablar bilan birga o’quv yurti direktori fan bo’yicha eng ilg’or deb tanishtirgan o’qituvchining darsiga kiradilar. Haqiqatdan ham, o’qituvchi mavzuni juda yaxshi biladi, qator qo’shimcha adabiyotlardan foydalaniladi, mavzuni yorita oladi. Lekin talabalarga nima bo’lgan? o’qituvchi qiziqarli, mazmunli savollar berayapti. Lekin hamma talabalar pedagog fikrini tushunib etmayapti, ozgina yordam kerak. Lekin o’qituvchida talaba javobini eshitishga chidam yetishmayapti. Xatto bir qo’l ko’tarib javob bermoqchi bo’lgan talabaga jerkib berdi: "Nimaga qo’lingni buncha chaypaysan? Bu odatingdan boshim og’rib ketdi" (Bilmasang nimaga qo’l ko’tarasan?)

Pedagogik muloqot - bu o’qituvchining talabalar bilan darsda va darsdan tashqari vaqtda eng qulay psixologik muhit yaratishga qaratilgan kasbiy munosabatdir. Noto’g’ri pedagogik muloqotdan talabada qo’rquv, ishonchsizlik, e’tibor, diqqat, ishchanlik pasayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil fikrlash pasayadi.

O’qituvchining talabalar bilan muloqoti bunday kayfiyatga yo’l qo’ymasligi, talabani faollikka undashi, unda quvonch paydo qilishi kerak.

A.S.Makarenko fikricha o’qituvchi muloqoti hurmat va talabchanlikka asoslangan munosabat bo’lishi kerak.

V. Suxomlinskiy aytadiki: "O’quv yurti hovlisida gapirilganda har bir so’z o’ylangan aqlga, maqsadga qaratilgan bo’lishi kerak". o’qituvchi so’zi faqat quloqqa emas, balki yurakka ham qaratilgan bo’lishi kerak.

Ta’lim-tarbiya jarayonida...!

Interaktiv va hamkorlikda o’qitish texnologiyalari har bir talabaning tahsil olishdagi muvaffaqiyati olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o’quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o’quv materialini puxta o’zlashtirishiga, guruhiy uyushgan holda o’zaro ma’lumotlar almashinuviga zamin tayyorlaydi.

Talabalarning o’zlashtirish darajasiga o’qitish metodlarining ta’sir darajasi:

  • 1.    Ma’ruza - eshitganimizning 5%.

  • 2.    O’qish - o’qiganimizning 10%.

  • 3.     Videousul,     namoyish     -

  • ko’rganimizning 20%.
  • 4.    Tajribani namoyish qilish - ko’rgan va eshitganimizning 30%.

  • 5.    Bahs-munozara - muhokama qilganimizning 40%.

  • b. Mashqlar - o’qigan, yozgan, gapirganimizning 50%.

  • 7 . Ishbop o’yin, kichik guruhlarda ishlash, loyihalash - mustaqil o’qiganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning, himoya va namoyish qilganimizning 75%.

  • 8 .Yo’naltiruvchi matn, muammoli vaziyat, boshqalarni o’qitish mustaqil o’rganganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning,      boshqalarni      o’qitgan

narsalarimizning 90%.

O’qitish metodikasi:

  • a)    pedagogning o’qitish usullari va talabaning o’qish usullari hamda talabaning o’qituvchi bilan o’zaro bog’langanligini;

  • b)    o’qitishdan ko’zlangan maqsadga erishish bo’yicha hamkorlikda ishlashning o’ziga xosligi, ya’ni, o’qitish metodlari belgilangan maqsadga erishish uchun ta’lim vazifalarini hal etishda o’qituvchining hamkorlikdagi faoliyatidir.

Mehnat muhifazasi fani taraqqiyotining ustuvoryo’nalishlari.

Shu sababli turli xavf-xatarlardan himoyalanish masalalari, shu jumladan ishlab chiqarish muhitni zararli omillari masalasi ham juda muhimdir[7]. Fanining hozirgi holati, istiqboli, hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalarining va hududiy xavfsizlik muammolarining fanning rivojlanish tendensiyasiga ta’siri masalalarini, inson faoliyati sohalarida xavfsizlikni ta’minlash, qulay ishlash muhiti sharoitlarini yaratish uchun mutaxassislarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash ularni to’g’ri harakat qilishga va himoyalanishga, hamda atrof-muhitga ta’sirini o’rgatish masalalarini qamraydi.

Insoniyat o’zining tarixi davomida tabiat hodisalariga qarshi kurashib, undan himoyalanib kelgan[8]. Ajdodlarimizdan qolgan moddiy va ma’naviy meroslarimizga e’tibor berar ekanmiz, unda tabiat va inson o’rtasidagi uyg’unlikning naqadar chuqur iz qoldirib kelganligini ko’ramiz. Bugungi kunda esa insoniyat o’zi bilib, bilmagan holda katta muammo bilan yuzma-yuz kelayotganini anglamoqda. Bu muammoni inson o’zi yaratgan kashfiyotlari oqibati uning o’zi uchun xavfli omillarga aylanishida ko’rdi. Inson bu paytda tabiat ustidan hukmron bo’lishga urindi. Oqibatda chegara bilmas xavflar nafaqat bir yoki bir necha xalq, balki jahon miqyosida yechilishi kerak bo’lgan muammolarni keltirib chiqara boshladi[9].

Ilmiy-pedagogik adabiyotlar ko‘zdan kechirilganda muayyan muammo yuzasidan tajriba-sinov ishlarini olib borish jarayonida asosiy e’tibor tadqiq etilayotgan muammoning amaliy jihatlariga qaratilishi ta’kidlab o‘tilganining guvohi bo‘lamiz[10]. Pedagogik jarayon ta’lim beruvchi (o‘qituvchi-pedagog) hamda ta’lim oluvchi (o‘quvchi-talabalar) orasida

ro‘y beruvchi va o‘zida didaktik xususiyatlarni namoyon etuvchi amaliy faoliyat mazmunini yorituvchi jarayondir. Nazariy pedagogik g‘oyalar bevosita amaliyotda ta’lim va tarbiyaviy jarayon mohiyatini o‘rganish, tahlil etish hamda umumlashtirishi asosida qaror topadi. Shuning uchun ham pedagogik izlanish jarayonida tajriba sinov ishlarini tashkil etish shu jarayonning asosiy o‘zagi sifatida namoyon bo‘ladi. Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirish bo‘yicha tashkil etilgan tajriba-sinov ishlarining boshida talabalarning shakllanganlik darajalari quyidagi jadvalda o‘z aksini topgan (jadvalga qarang).

Jadval-1

Auditoriya va auditoriyadan tashqari ishlar jarayonida talabalarning tashkilotchilik mahoratini shakllantirish pedagogik tizimdagi fanlardan o‘zlashtirgan bilimlari darajasining yuqoridagi jadvaldagi raqamlar orqali namoyon bo‘lishi, uning past darajada ekanligini ko‘rsatdi.

Ta ʼ lim o ʻ z ildizlarini ilm-fan va ishlab chiqarish, ijtimoiy turmush, bir so ʻ z bilan aytganda, hayot bilan bog ʻ lay olgan, ichki va turdosh tarmoqlar bilan har tomonlama integratsiyaga kirishgan taqdirdagina o ʻ z oldiga qo ʻ ygan natijalarga erisha oladi, fan, ta ʼ lim-tarbiya va iqtisodiyotning o ʻ zaro chuqur, har tomonlama uzluksiz aloqasini ta ʼ minlay olgan va jamiyat hayotining barcha sohalariga tatbiq eta olgan davlat esa taraqqiyotga erishadi[11]. Bu borada mamlakatimiz ta ʼ lim sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligi hech kimga sir emas. Ta ʼ lim tizimini tubdan takomillashtirish, oliy ma ʼ lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli yo ʻ nalishlarini aniqlash, ayniqsa, pedagog kadrlarning kasbiy malakalari va bilim saviyasini uzluksiz yuksaltirish eng dolzarb masalalardandir[12].

Ta ʼ lim tizimida mavjud kamchiliklarni o ʻ rganish va ularning tahlili shuni ko ʻ rsatdiki, pedagogik ta ʼ lim yo ʻ nalishlarini muvofiqlashtirish, istiqbolni rejalashtirish, ta ʼ lim bosqichlari o ʻ rtasidagi aloqa va integratsiyaning sustligi, ta ʼ lim subyektlari faoliyatidagi tarqoqlik hududda pedagog kadrlarga bo ʻ lgan ehtiyojning qondirilmasligi va ta ʼ lim sifatining pasayishiga sabab bo ʻ lgan[13]. Shundan kelib chiqqan holda pedagogik ta ʼ lim innovatsion klasterini yaratish bilan bog ʻ liq yangi tizimni o ʻ zining ustuvor strategik yo ʻ nalishi sifatida belgilab oldi va shu tizim asosida muayyan ishlarni amalga oshirdi. Ushbu tizim yengil sanoat, qishloq xo ʻ jaligining qator tarmoqlari hamda iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarmoqlarida samarali hisoblangan klaster usulini ta ʼ lim jarayoniga tatbiq etishni nazarda tutadi. Darhaqiqat, ishlab chiqarish tarmoqlarida xomashyoni yetishtirish, qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirish hamda uni realizatsiya qilish ketma-ketligi zanjiri mavjud bo ʻ lib, ushbu ketma-ketlik pedagogik ta ʼ lim tizimida ham inson kapitali ko ʻ rinishida mavjud.

Bu esa ishlab chiqarishda samarali bo ʻ lgan klaster modelini ta ʼ lim tizimiga joriy etish nazariy jihatdan mumkin ekanligini ko ʻ rsatadi.

Xulosa. Xulosa o ʻ rnida shuni alohida ta ʼ kidlash lozimki, jamiyatimizning bugungi rivojlanish bosqichida pedagogik ta ʼ lim innovatsion klasteri ta ʼ limda ichki va tarmoqlararo aloqadorlikni ta ʼ minlaydigan, ilmiy tadqiqot, ilmiy-metodik muassasalarda to ʻ plangan tajriba va erishilgan ilmiy yutuqlarni ta ʼ lim hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga yetib borishini samarali amalga oshiradigan yaqin kelajakdagi eng muhim tizim sifatida taqdim etilmoqda. Bunda ta ʼ lim muassasalari va jamiyat boshqa manfaatdor tomonlarining o ʻ zaro uzviy va uzluksiz aloqasini ta ʼ minlash, ta ʼ lim jarayonining pirovard mahsuli – har tomonlama yetuk pedagog kadrlarni yetishtirish va jamiyatga naf keltirishi uchun ilmiy, ijodiy, ma ʼ naviy, iqtisodiy imkoniyatlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki kadrlar bilim saviyasi va raqobatbardoshligi iqtisodiy ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xo ʻ jaligi va jamiyatning boshqa sohalari taraqqiyoti va raqobatbardoshligining asosidir. Boshlagan har bir ishimizdagi sifat va samara aynan shu masala bilan chambarchas bog ʻ liqligini rivojlangan mamlakatlar tajribasi va qolaversa hayotning o ʻ zi yaqqol ko ʻ rsatib turibdi.

Yuqoridagi izlanishlar natijasida quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:

^ Bu ishga mamlakatda information texnologiyalarning tadbiqi bilan shug’ullanadigan barcha tashkilotlarni, ta’lim muassasalari va yetakchi universitetlarni jalb qilish;

^ Barcha ta’lim muassasalari uchun interaktiv elektron kitoblar va o’quv qo’llanmalar ishlab chiqish yoki ulardan foydalanish kerakligini ustuvor vazifa sifatida ko’rsatish;

^ Har yili eng yaxshi interaktiv kitoblar, o’quv qo’llanmalar hamda ta’lim bilan bog’liq kompyuter o’yinlari tanlovini o’tkazish va g’oliblarni munosib taqdirlash hamda erishilgan natijalarni respublika fondiga jamlab, internetdagi ta’lim portaliga joylashtirish hamda ularni barcha ta’lim muassasalariga foydalanish uchun tarqatish.

ADABIYOTLAR:

  • 1. «Ўзбекистон республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳ аракатлар стратегияси тў ғ рисида», Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони //«Хал қ сўзи» газетаси 2017 йил 8 февраль 28 (6722)-сон.

  • 2.    Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 20 апрелдаги “Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тў ғ рисида”ги П Қ –2909-сонли Қ арори.

  • 3.    “ Student Response Systems Overview .” (2004). Retrieved 19 February 2005 from the University of

  • 4.    “ Student Response Systems .” Teaching at Mizzou: A Guide for New Faculty, Graduate Instructors and     Teaching     Assistants     website.     Retrieved     4     March     2005     from:

  • 5.    Sulaymonovich S. S., Murtozayevich N. S. Studying and accounting sports injuries //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2020. – Т. 10. – №. 7. – С. 759-763.

  • 6.    Shovqiddin N. et al. Prevention Of Sport Injuries //Solid State Technology. – 2020. – Т. 63. – №. 6. – С. 11868-11875.

  • 7.    Shovkiddin Narziev, Sunnatilla Sulaimanov. To the investigation of the tension of the inter-cracked ligaments knee joint //International Journal of Research Available at https: Volume 06 Issue 01 January 2019. 731-735 page.

  • 8.    Sulaimanovich S. S., Murtozaevich H. S. Causes and Prevention of Athlete Injuries During Training Sessions and Competitions //JournalNX. – С. 325-329.

  • 9.    Narziev S. et al. Theoretical analysis of the causes of injury in sports activities and their reduction measures //Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems. – 2020. – Т. 12. – №. S2. – С. 166-170.

  • 10.    Shovkiddin N. et al. Problems Of Ensuring The Safety Of Sports Activities And Reducing Injuries //Journal of Critical Reviews. – 2020. – Т. 7. – №. 11. – С. 428-432.

  • 11.    Ишму ҳ амедов Р., Мирсалиева М “Ў қ ув жараёнида инновацион таълим технологиялари” Тошкент 2014 й.

  • 12.    Ганиева М.А., Файзуллаева Д.М. Кейс-стади ў қ итишнинг педагогик технологиялари тўплами. Методик қ ўлланма / Серия “Ўрта махсус, касб- ҳ унар таълими тизимида инновацион технологиялар”. – Т.: ТДИУ, 2013. – 95 бет.

  • 13.    Файзуллаева Д.М., Ганиева М.А., Неъматов И. Назарий ва амалий ў қ ув маш ғ улотларда ў қ итиш технологиялари тўплами. Методик қ ўлланма / Ўрта махсус, касб- ҳ унар таълимида инновацион таълим технологиялари сериясидан – Т.: ТДИУ, 2013. – 137 б.

Minnesota, Office of Classroom Management, Classroom Support web site: edu/notes/support

activelearning. htm.

Список литературы Ta’lim jarayonidagi pedagogik metodlarning qo’llanilishi va tahlili

  • "Ўзбекистон республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида", Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони //"Халқ сўзи" газетаси 2017 йил 8 февраль 28 (6722)-сон.
  • Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 20 апрелдаги "Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги ПҚ-2909-сонли Қарори.
  • "Student Response Systems Overview". (2004). Retrieved 19 February 2005 from the University of Minnesota, Office of Classroom Management, Classroom Support web site: http://www.classroom.umn. edu/notes/support _srs.html.
  • "Student Response Systems". Teaching at Mizzou: A Guide for New Faculty, Graduate Instructors and Teaching Assistants website. Retrieved 4 March 2005 from: http://teachandlearn.missouri.edu/guide/chapters/ activelearning. htm.
  • Sulaymonovich S. S., Murtozayevich N. S. Studying and accounting sports injuries //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 7. - С. 759-763.
Статья научная