Maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining nutq madaniyati va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar

Автор: Turgunboyeva N.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 4-2 (95), 2022 года.

Бесплатный доступ

Maqolada hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tarbiyachilarning nutq madaniyati va tarbiyachilarda nutq madaniyatining shakllantirishning pedagogik talablari xususida fikrlar berilgan. Shuningdek tarbiyachilarning nutq madaniyatini rivojlantirishda qanday xususiyatlarga ega boʻlishi lozimligi yoritilgan.

Tarbiyachi, nutq madaniyati, nutqning aniqligi, toʻgʻriligi, ifodaliligi, sofligi, boyligi

Короткий адрес: https://sciup.org/140292901

IDR: 140292901

Текст научной статьи Maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining nutq madaniyati va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar

Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli va shu bilan birga mas’uliyatli vazifalarni bajaradi. Bola shaxsining shakllanishida tarbiyachining yetakchi rol oʻynashi, uning har bir bolani shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, oʻyinlarda, mashgʻulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan boʻladigan muomalada ta’sir koʻrsatadi. U har bir bolani diqqat bilan oʻrganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak hamda ularga oʻz vaqtida yordam koʻrsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Zamonaviy demokratik jamiyatda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qoʻyilayotgan talablar tarbiyachidan muntazam ravishda oʻzining umummadaniy va kasbiy tayyorgarligini boyitib borishni talab qiladi. Tarbiyachi shaxsiga qoʻyiladigan muhim talablardan biri shuki, tarbiyachi nutq madaniyatiga ega boʻlishi lozim.

Nutq madaniyati – bu tarbiyachida boʻlishi shart va majburiy sifatlardan hisoblanadi. Bu tarbiyachidagi nutqiy koʻnikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu koʻnikma tarbiyachi faoliyatida takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi. Nutq madaniyati jamiyat madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy kamolotining muhim bеlgisidir. Haqiqiy ma’ nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasining favqulodda muhim unsurlaridan biridir. Shuning uchun ham mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi dеb e’tirof etilgan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari, pedagoglarning nutqiy madaniyat mahorati, farzandlarimizning madaniy nutq koʻnikmalari va malakalarini oshirish, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini еtarli darajada nazarda tutish har qachongidan ham dolzarb.

Tarbiyachi nutq madaniyati – ijtimoiy madaniyatini, kishilik jamiyatining madaniyatini aks ettiruvchi bir koʻzgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli – yozma va ogʻzaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e’tibor birgina tarbiyachilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda oʻzlashtirish talab qilinadigan insoniy vazifalaridan biridir. Uni egallash har bir tarbiyachining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bogʻliq. Tarbiyachi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma’naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini tafakkurini ilmiy dunyo qarashini boyligini fikr va mushohada yuritishini belgiovchi meyordir. Tarbiyachi nutq madaniyatiga ega boʻlishi uchun uning nutqi quyidagi xususiyatlarni oʻzida aks ettirishi kerak:

  • —    Nutqning to‘g‘riligi - nutqning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutq toʻgʻri boʻlmasa boshqa kommunikativ sifatlari ham vayron boʻladi. Nutqning tuzilishi toʻgʻri boʻlmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur etadi.

Agar tarbiyachining nutqi toʻgʻri boʻlsa, jumlalarni, soʻzlarni va har bir tovushni toʻgʻri talaffuz etsa, bolalar ona tilining tovush tomonini muvaffaqiyatli ózlashtira oladilar.

  • —    Nutqning aniqligi - bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifodalash qobiliyati bilan, nutq predmetining ma’nosi bilan, nutqda ishlatilayotgan soʻz ma’ nolarini bilish bilan bogʻliq boʻladi. Tarbiyachi nutqining aniq, oddiy bólishi, fikrlar izchillik bilan bir-biriga bogʻlanib, tushunarli ifodalanishi lozim. Bolalar tarbiyachidan, kattalardan tovush va soʻzlarni toʻgʻi talaffuz etishni oʻrganibgina qolmasdan, balki tinglagan ertak va hikoyalarining mazmunini aniq, qiziqarli tarzda qayta hikoya qila olishga, tevarak-atrofni kuzatish natijasida olgan taassurotlarini soʻzlab berishga, óz fikrlarini ketma-ketlik bilan bayon etishga, xulosalar qilishni ham oʻrganadilar.

  • —    Nutqning ifodalilgi - yaxlit bir sistema asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchil boʻlgan, har bir soʻz, ibora aniq maqsadga muvofiq ravishda ishlatiladigan nutqni tushunamiz. Nutqda fikrlar, his-tuygʻularni aniq ifoda etish lozim. Bunga faqat soʻzlar yordamidagina emas, balki nutqning ifodaviy vositalaridan: ovoz kuchi, temp, toʻxtam, ritm, urgʻu va hokazolardan ifoydalanish orqali erishiladi.

Tarbiyachining she’r, ertak va hikoyalar oʻqib berayotganda ushbu vositalardan oʻrinli foydalanishi bolalar asar mazmunini yaxshi tushunib olishlari va ona tilining goʻzalligini his etishlariga yordam beradi.

  • —    Nutqning sofligi - eng avvalo, uning adabiy tilning lisoniy normasiga muvofiq kelish kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, yaxshi, ideal nutq hozirgi oʻzbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan boʻlishi, turli til, ayri adabiy til unsurlaridan xoli boʻlishi kerak. Tarbiyachi adabiy til normalariga amal qilishi, oʻz nutqida turli mahalliy soʻzlarni ishlatmasligi, sóz urgʻulariga toʻgʻri ishlatishi lozim.

  • —    Nutqning boyligi - tilning lug‘aviy boyligidan foydalangan holda yangi soʻzlar, jumlalar tuzish malakasiga ega boʻlishiligi lozim. Tarbiyachi soʻzlardan toʻgʻri foydalanishi lozim. Haddan tashqari me’yoridan ortiqcha gapirish bolalarni charchatadi. Agar me’yoridan past kuchsiz boʻlsa, bolalar mashgʻulotda zerikadilar. Shuning uchun tarbiyachi har soʻz va jumlalarini tushunarli tuzishga erishish lozim. Nutqda bildiriladigan mazmunni bolalarga tushunarli, qiziqarli. bogʻlangan holda yetkaza olish tarbiyachi nutqining zaruriy xususiyatlaridan hisoblanadi.

Tarbiyachi nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan kasb faoliyati natijasida yillar davomida takomillashib sayqalanib boraverdi. Tarbiyachining nutqiy qobiliyati kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojlantirish faqat tarbiyachining shijoatiga bogʻliq. Shu qobiliyat tufayli tarbiyachining nutq madaniyati ham shakllanib boradi.

Nutq madaniyatiniining qonun qoidalarini yaxshi tushinish aniq ravshan ifodali nutq tuza olish tilning ifodali vositalaridan mazmuniga uslubga koʻra nutqiy vaziyatga qarab oʻrinli foydalana olish mahoratdir. Tarbiyachi modelining nutqiy madaniyatini shakllantirishda uning mustaqil fikrlashi fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda ogʻizaki va yozma shakllarda toʻgʻri varavon ifodalashi bu tarbiyachining nutqiy savodxonligini yanada shakllantirishiga yordam beradi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, jamiyatda tarbiyachi nutq madaniyatini shakllantirishda yuqorida keltirilgan vazifalarni toʻgʻri olib borilsa hamda amal qilinsa tarbiyachi jamiyatda oʻz oʻrnini va mavqeini topadi. Tarbiyachi nutqi qanchalik tushunarli va ravon boʻlsa tarbiyalanuvchilar olayotga ta’lim-tarbiya sifati shuncha yaxshilanadi. Tarbiyachi nutqining jarangdorligi va oʻz nutqida adabiy jihatlarga e’tibor qaratishi ta’lim olayotgan har bir tarbiyalanuvchining soʻz boyligining rivojlanashiga turtki boʻladi. Shu bois, har bir pedagog oʻz nutqiga e’tibor berishi va oʻz nutqi ustida yanada koʻproq ishlamogʻi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Sodiqova Sh. A. Maktabgacha pedagogika. –T.: 2017

  • 2.    Qodirova Sh, Toshpoʻlatova Sh, A’zamova M. Maktabgacha pedagogika. –T., 2019.

  • 3.    Ortiqov A. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. – T.: 2002

  • 4.    Babayeva D. Nutq oʻstirish nazariyasi va metodikasi. – T.: 2018

  • 5.    Холматова Д. А., Рахматова О. К. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗРАБОТКИ УЧЕБНЫХ ПОСОБИЙ //Вопросы науки и образования. – С. 30.

  • 6.    Атаджанова Б. Т. Научный текст как источник обогащения профессиональной речи //Вестник педагогики: наука и практика. – 2020. – №. 51. – С. 70-71.

"Экономика и социум" №4(95)-2 2022

Список литературы Maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining nutq madaniyati va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar

  • Sodiqova Sh. A. Maktabgacha pedagogika. -T.: 2017.
  • Qodirova Sh, Toshpoʻlatova Sh, A'zamova M. Maktabgacha pedagogika. -T., 2019.
  • Ortiqov A. Nutq madaniyati va notiqlik san'ati. - T.: 2002.
  • Babayeva D. Nutq oʻstirish nazariyasi va metodikasi. - T.: 2018.
  • Холматова Д. А., Рахматова О. К. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗРАБОТКИ УЧЕБНЫХ ПОСОБИЙ //Вопросы науки и образования. - С. 30.
  • Атаджанова Б. Т. Научный текст как источник обогащения профессиональной речи //Вестник педагогики: наука и практика. - 2020. - №. 51. - С. 70-71.
  • EDN: DMRPIW
Статья научная