Masofaviy o‘qitish tizimining talaba shaxsiga psixologik ta'siri

Автор: Otaboeva Z.G., Qodiralev B.Y., Gufronjonov A.H.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 2-1 (81), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada masofaviy ta’limga o‘tish ijtimoiy o‘zgarishlarga, bilim olishda mutlaqo yangi yo‘nalishlarga olib kelashi, “Asr mo‘jizasi” sifatida tan olingan kompyuter va internet tarmog‘ining yaratilishi insoniyat taraqqiyotiga o‘zining katta ijobiy ta’sirini haqida fikr yuritilgan.

Qobiliyat, masofaviy ta'lim, audial (eshituv), vizual (ko'ruv) kinestetik (tana-teri) sezgilari

Короткий адрес: https://sciup.org/140260295

IDR: 140260295

Текст научной статьи Masofaviy o‘qitish tizimining talaba shaxsiga psixologik ta'siri

“Asr mo‘jizasi” deya tan olingan kompyuter va internet tarmog‘ining yaratilishi insoniyat taraqqiyotiga o‘zining katta ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Har bir fanning yutug‘idan ta’lim sohasida foydalanish bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘z aksini topmoqda. Ta’lim tizimida olib borilayotgan izlanishlarni buning yaqqol dalili sifatida krishimiz mumkin

Yurtimizda axborot kommunikatsion texnologiyalardan ta’lim tizimida keng miqyosda foydalaninsh muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masofaviy ta’limga o‘tish ijtimoiy o‘zgarishlarga, bilim olishda mutlaqo yangi yo‘nalishlarga olib keladi.

Masofaviy ta’lim – masofadan turib o‘qitish vositasida amalga oshiriladigan ta’lim. Bu tahsil oluvchi tomonidan muayyan ta’lim shartiga erishish va tasdiqlash uchun masofadan turib o‘qitish jarayoni amalga oshiriladigan tizimdir, bu esa uning keyingi ijodiy faoliyatiga asos bo‘ladigan tizimdir.

Masofaviy ta’lim tizimlarini ishlab chiqish va tadqiq qilish masalalariga o‘zlarini bag‘ishlagan turli mualliflarning ishlarini o‘rganish va tahlil qilish yettita asosiy jihatga urg‘u berish mumkinligini ko‘rsatadi. Ular quyidagilar :

^ Strategik rejalashtirish;

^ Axborot ta’minoti;

^ O'quv dasturlari;

^ Kadrlarni qayta tayyorlash;

^ Talabalarga ko‘rsatiladigan hizmatlar;

^ Masofaviy ta’lim tizimida talabalarni o'qitish;

^ Masofaviy ta’lim tizimida mualliflik huquqlarini himoya qilish.

Bugungi kunda ushbu jihatlar orasida talabalarni masofaviy ta’lim tizimida o‘qitish o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turibdi. Chunki har bir ta’lim oluvchining o‘ziga xos psixologik hususiyatlari va individual qobiliyatlarini hisobga olish zarur bo‘ladi.

Talabalik davri o‘spirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat bo‘lib, 17-21 (25) yoshni o‘z ichiga oladi va o‘zining xususiyatlariga ega. Mazkur pallada o‘spirin o‘ziga ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kеchiradi, kattalarning turli rollarini bajarishga o‘rinib ko‘radi, turmush tarzining yangi jixatlariga ko‘nika boshlaydi. Talabalik yillarida yoshlarning hayoti va faoliyatida o‘zini–o‘zi kamolotga еtkazish jarayoni muhim rol o‘ynaydi. Idеal «mеn» ni rеal «mеn» bilan taqqoslash orqali o‘zini-o‘zi boshqarishning tarkibiy qismlari amaliy ifodaga ega bo‘ladi. Talaba nuqtai-nazaricha, idеal «mеn» ham muayyan mеzon asosida еtarli darajada tеkshirib ko‘rilmagan, shuning uchun ular goxo tasodifiy, g`ayritabiiy xis etilishi mukarrar, binobarin, rеal «mеn» ham shaxsning haqiqiy bahosidan ancha yiroqdir. O‘quv yili boshida talabada ko‘tarinki kayfiyat, oliy o‘quv yurtiga kirganidan zavq-shavq tuyg`usi kuzatilsa, muayyan qonun va qoidalar bilan yaqindan tanishish natijasida uning ruhiyatida kеskin tushkunlik r‘y bеrishi ham mumkin. Ammo to‘g‘ri tanlangan masofaviy ta’lim dasturi talabaning kamol topib o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishida katta ahamiyatga egadir.

Talabaning individual hususiyatlaridan biri bo‘lgan qobilyat masofaviy ta’lim tizimida o‘ziga hos ahamiyatga ega. Qobiliyat har qaysi faoliyat turi uchun turlicha bo‘lib, bulardan ta’limga oid ayrimlari haqida to‘xtalib o‘tamiz:

Matеmatik qobiliyat ga matеmatik matеriallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matеmatik ish-amallarni kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, to‘g‘ri va tеskari fikr yuritishdan yеngilga o‘tishlik, masala еchishda fikr yuritishning epchilligi kabilar kiradi.

Adabiy qobiliyat esa nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonliligi, «til zеhni», bеhisob xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o‘zi ifodalashga intiluvchanlik va boshqalarni o‘zida ifodalaydi. Ajratib ko‘rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko‘rinib turibdiki, matеmatik va adabiy qobiliyatlar o‘zaro bir-biriga o‘xshamagan talablari bilan tafovutga egadir.

Umumiy qobiliyatlar (sifatlar)ni maxsus qobiliyatlarga (sifatlarga) zid tarzda tushuntirish mumkin emas. Chunki shaxsning umumiy qobiliyatlari maxsus qobiliyatlarni hosil qiluvchi omillardan iborat. Maxsus qobiliyatlar ko‘lam jihatdan torroq bo‘lishiga qaramay, chuqurroq mohiyatni o‘zida mujassamlashtiradi.

Individual qobiliyatlardan to‘g‘ri foydalana olish masofaviy ta’limning ajralmas qismi hisoblanadi.

Audial (eshituv), vizual (ko‘ruv) va kinestetik (tana-teri) sezgilariga asoslangan holda ishlab chiqilgan o‘quv dasturlar talabaning masofaviy ta’limda qaysi usullardan kengroq foydalanish foydali ekanligini asoslab beradi.

Mashhur olim va o‘qituvchi Vedemeyer universitet darajasida masofaviy ta’limni ta’riflash uchun “mustaqil ta’lim” terminini fanga kiritdi. Uning fikricha masofaviy ta’lim talabalarda masuliyat hissini rivojlantiradi va maqsad sari intilishni kuchaytiradi. U talabada tanlash huquqi uning katta imkoniyati deya ta’kidlaydi. Linch o‘z tadqiqotlarida onlayn aloqalar talabalarda o‘zaro kommunikativ munosabatlarni rivojlantiradi hamda hayoti davomida muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyati yuqori bo‘ladi degan hulosaga keldi. Mason hamda Veller talabalarning “onlayn ta’lim”, “onlayn tavsiyalar” va “ta’limning onlayn guruhi” singari tizimlarida ishlovchi talabalar ko‘proq muvaffaqiyat qozonar ekan.

  • 1.    Ta’lim beruvchi va taxsil oluvchi tomonlar   o‘rtasidagi   shaxsiy

  • 2.    Bunday his-tuyg‘ular masofadan turib o‘zi o‘rganishi va ikki tomonlama muloqot qilishi uchun yaxshi tayyorlangan materiallarnirag‘batlantirishi mumkin.

  • 3.    Intellektual huzur olish va ta’limning motivasiyalanganligi, o‘quv strategiyasi va metodikasining to‘g‘ri tanlanishi ta’lim samaradorligini oshiradi, qo‘yilgan maqsadlarga erishishni yengillashtiradi.

  • 4.    Do‘stona muloqot muhiti, tili va shartliligi 1-farazga muvofiq shaxsiy munosabatlar borligini his qilishga ko‘maklashadi.

  • 5.    Suhbat shaklida yuboriladigan va qabul qilinadigan xabarlar nisbatan yengil tushuniladi va eslab qolinadi.

  • 6.    Suhbat yondashuvi masofadan turib o‘qitishda foydalaniladigan vositalar uchun muvaffaqiyatli moslashtirilishi mumkin.

  • 7.    Ta’lim beruvchi dargoh yoki talaba tomonidan amalgam oshiriladigan, aniq ifodalangan yoki aniq ifodalanmagan naqsadlarni ifodalovchi ta’limning yaxshi tashkil etilgan jarayoni ‘uxta reja va boshqaruvsiz tasavvur qilish mumkin emas.

munosabatlarning borligini his qilisho‘qishdan huzur qilish imkonini beradi va motivasiyani oshiradi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqqan xolda xulosa qilib aytishimiz mumkun-ki ma’sofaviy ta’lim talabalarda o‘zligini chuqur anglab yetishga,o‘quv faoliyati davomida o‘z-o‘zini boshqara olishga, o‘z qobiliyatiga xaqqoniy baxo berishga, o‘z vaqtidan samarali usulda foydalanishga o‘z fikrini erkin bayon eta olishga hamda guruh bilan hamjihatlikda ta’lim olishga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  • 1.    D.B.Raxmonova. Boshqaruv psixologiyasi fanidan ma’ruzalar matni - Buxoro 2010.

  • 2.    R.X.Dushanov, Yo.A.Parfiev “Kasbiy psixologiya” Ma’ruzalar kursi. Toshkent 2010.

  • 3.    X.X.SHarofutdinova “Muloqot psixologiyasi” - Termiz 2008.

  • 4.    Pedagogika va psixologiya fanidan ma’ruzalar matni - Toshkent 2010.

  • 5.    F.A.Akramova “Ijtimoiy psixologiya” – T. 2007.

  • 6.    Yarovitskiy V. “Yuz buyuk psixolog” – M.: “Kechki”. 2004.

"Экономика и социум" №2(81) 2021

Список литературы Masofaviy o‘qitish tizimining talaba shaxsiga psixologik ta'siri

  • D.B.Raxmonova. Boshqaruv psixologiyasi fanidan ma'ruzalar matni - Buxoro 2010.
  • R.X.Dushanov, Yo.A.Parfiev "Kasbiy psixologiya" Ma'ruzalar kursi. Toshkent 2010.
  • X.X.SHarofutdinova "Muloqot psixologiyasi" - Termiz 2008.
  • Pedagogika va psixologiya fanidan ma'ruzalar matni - Toshkent 2010.
  • F.A.Akramova "Ijtimoiy psixologiya" - T. 2007.
  • Yarovitskiy V. "Yuz buyuk psixolog" - M.: "Kechki". 2004.
Статья научная