Matematik kompetensiyani rivojlantirish pedagogik - psixalogik muammo sifatida
Автор: Abdugapparova M.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 4-1 (83), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida matematik kompetensiyani shakllantirish zaruriyati haqida haqida so‘z yuritiladi.
Matematik kompetensiya, intellekt, kompetensiyaviy yondashuv, matematik ta'lim, axborot muhiti, mehnat bozori
Короткий адрес: https://sciup.org/140260418
IDR: 140260418
Текст научной статьи Matematik kompetensiyani rivojlantirish pedagogik - psixalogik muammo sifatida
Jamiyatda fan, madaniyat, ishlab chiqarish va sanoat kabi ko’plab sohalarning kengayishi o’sha muhitda ta’lim- tarbiyaning qanday olib borilishiga bog’liq. Davlatning kelajagi mazkur yurtda o’sib rivojlanayotgan yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, olgan tarbiyasi, chuqur egallagan nazariy va amaliy bilimlari orqali aniqlanadi. Bu esa albatta ta’lim tarbiya tizimiga alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi. Ta’lim sifatini oshirish esa bugungi globallashayotga har qanday davlatning oldida turgan eng muhim ishlardan biridir.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, eng ilg’or xorijiy ta’lim tizimlari tajribasini o’rganish, tahlil qilish va ta’lim jarayoniga tadbiq etish, ularni zamon talablari asosida ta’lim shakllarimizga moslashtirish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanmoqda. Chunki yildan- yilga inson kapitaliga sarflanayotgan investitsiyalarning o’sib borishi natijasida, dunyo bozorida raqobatbardosh, axborot kommunikatsiya texnalogiyalarini chuqur egallagan, mustaqil fikrlaydigan, demokratik taraqqiyotga o’z xissasini qo’sha oladigan, vatanimiz kelajak maqsadlariga erishishida hal qiluvchi kuch bo’lgan bilimli, izlanuvchan, har sohada shijoatkor kadrlarni tayyorlash muhim omil bo’lmoqda.
Fan- texnika yutuqlari eng jadallashgan hozirgi zamonda ta’lim oluvchilar uchun o’quv fani predmetlari yuzasidan bilim, ko’nikma va malakalarni egallashning o’zigina yetarli emasligi ko’rinmoqda. Bunday sharoitda esa ta’lim jarayoniga o’quvchilar egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini bevosita kundalik hayotida qo’llashga o’rgatadigan kopmetensiyaviy yondoshuvga asoslangan DTS larni yaratish va ta’lim jarayoniga qo’llash zaruriyati yuzaga keldi.
“Competence” so’zi “to compete” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” degan ma’noni bildiradi. So’zma-so’z tarjima qilinsa, “musobaqalashishga layoqatlilik” ma’nosida keladi. Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda berilishicha, kopmetensiya, kompetentlilik o’ta murakkab, ko’p qismli, ko’pgina fanlar uchun mushtarak bo’lgan tushunchalardir. Shu boisdan uning talqinlari ham hajman, ham tarkibiga ko’ra, ham ma’no, mantiq mundarijasi jihatidan turli-tuman. Atamaning mohiyati shuningdek, "samaradorlik", "moslashuvchanlik", “yutuqlilik", muvaffaqiyatlilik", "tushunuvchanlik", “natijalilik", "uquvlilik”, "xossa", xususiyat”, “sifat", "miqdor" kabi tushunchalar asosida ham tavsiflandi va umumiy holatda quyidagi tayanch kopmetensiyalar ishlab chiqilib tasdiqlandi:
-
a) o’zini-o’zi rivojlantirish kopmetensiyasi;
-
b) axborot bilan ishlash kopmetensiyasi;
-
c) ijtimoiy faol fuqarolik kopmetensiyasi;
-
d) milliy va umummadaniy kopmetensiya;
-
e) matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi.
«Kompetentlik» va «kompetensiya» atamalari sinonim tushunchalar bo’lib, bu tushunchalar O’zbekiston pedagogikasida yangi hisoblanadi. Shuning uchun ularning turli xil talqinlari mavjud. Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartida kompetensiya va kompetentlik tushunchalariga quyidagicha ta’riflar berilgan: kompetensiya - bilim, malaka va shaxsiy sifatlarni ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat uchun qo’llay olish;
kompetentlik - shaxsning muayyan ta’lim yo’nalishi yoki mutaxassisligi bo’yicha olgan bilim, malaka va ko’nikmalari hamda shakllangan shaxsiy hislatlarini mehnat faoliyatida muvaffaqiyatli qo’llay olish qobiliyatidir. Kompetensiyavi yondashuv ta’lim tizimida eskirib qolgan “bilib, ko’nikma va malakalarni egallash” dan farqli o’laroq o’quvchi olgan har qanday ma’lumotni kundalik hayotda qo’llay olishga imkon beradi.
Kompetensiya bilim, ko’nikma va malakalarni rad etmaydi, balki ulardan tubdan farq qiladi. Bilimlardan farqi shundan iboratki, ular faoliyat haqidagi ma’lumotlar sifatida emas, balki faoliyat ko’rinishi sifatida mavjud bo’ladi. Ko’nikmalardan shu bilan farq qiladiki, ular turli ko’rinishdagi masalalarni yechishda qo’llanilishi mumkin. Malakalardan farqi shundaki, u anglangan, lekin avtomatlashmagan. Bu esa, insonga nafaqat odatiy, balki yangi nostandart holatda ham harakat qilish imkonini beradi.
Matematik kompetensiya – kundalik holatlarda vujudga keladigan muammolarni hal etish uchun matematik mushohada yurita olish va uni qo’llay olish qobiliyatiga ega bo’lishdir.
Barchamizga ma’lumki, matematika insonning aqlini o’stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko’zlangan (rivojlantirilgan) maqsadga erishish uchun o’zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, o’zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va eng muhimi uning tafakkurini kengaytiradi.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining matematik kompetensiyani rivojlantirish oliy ta’lim tizimidayoq olib borilishi talab qilinadi. Buning uchun matematika fanlarini chuqur metodika asosida o’qitish, o’qilgan va o’rganilgan bilimlari, tuzilayotgan ta‘lim standartlari o’quvchilarning oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim olishlari, turli kasb egalari bo’lishlari va har tomonlama faol fuqaro bo’lishlari uchun zarur bo’ladigan sifatlarni aks ettirishi kerak. Boshlang’ich sinf o’qituvchising matematik kompetensiyasi rivojlantirish eng avvalo uning matematik savodxonligini oshirishdan boshlanadi. Chuqur matematik bilimga ega bo’lgan o’qituvchi o’zida matematik kompetensiyani shakllantira oladi va uni hayotiy vaziyatlarda qo’llay oladi. Boshlang’ich sinflarda matematika fani o’qitilish jarayonida bolalarga har qanday matematik bilimni berish orqali ularning jamiyat, turmush haqida tasavvur va farazlarini kengaytirishga erishamiz. Shuningdek mana shunday bilimlarini turli xil vaziyatlarda qo’lay olish, hamda buni o’zlari avtomatik ravishda tushunib yetishlarini ta’minlash boshlang’ich sinf o’qituvchisining vazifasi hisoblanadi. Har qanday holatga ongli ravishda, matematik bilimlarga tayangan holda mushohada yurita bilish, turli xil vaziyatlarga va muammolarga yechim topishda aniq bir bilimga sasoslanib ish tuta bilishga o’rgatish har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi poydevor qo’yishi kerak bo’ldigan bilimlar manbai hisoblanadi. Buning uchun esa o’sha o’qituvchining o’zida mustahkam va to’laqonli kompetensiya shakllangan bo’lishi kerak.
Matematik kompetensiya - turli darajada matematik mushohada yurita olish (mantiqiy va fazoviy tafakkur) hamda ma‘lumotlarni taqdim etish usullarini puxta egallash va qo’llashni o’z ichiga oladi.
O’qituvchining kompetensiyasi nafaqat o’ziga balki darsning sifat va samaradorligiga ham ta’sir ko’rstadi. O’qituvchi ham bolalarni sevsa, tarbiyalasa, o’zi ham ulg’ayadi, donishmandlik kasb etib boradi. O’qituvchi kelajak farzandini tarbiyalab bilim beradi. Zero kelajak yoshlar qo’lida, ular bizning ertangi kunimiz. Ularda kompetensiyalarni shakllantirilishi, dars davomida o’quvchining faqat tinglovchi yoki eshitganini takrorlavchiga emas, balki chuqur mushohada yurituvchi, mustaqil fikrini bayon etuvchi, boshqalar bilan o’zaro hamkorlikda ishlovchi, o’zgalar fikrini hurmat qiluvchi, keng dunyoqarashli shaxsga aylantirishdagi o’rni beqiyosdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Jumayev M.E Matematika o’qitish metodikasi (KHK uchun) – Toshkent: Ilm Ziyo. 2011-yil.
"Экономика и социум" №4(83) 2021
Список литературы Matematik kompetensiyani rivojlantirish pedagogik - psixalogik muammo sifatida
- 1.Jumayev M.E Matematika o'qitish metodikasi (KHK uchun) - Toshkent: Ilm Ziyo. 2011-yil