Mehnat tarbiyasi orqali o`quvchilarning xalq milliy an`analaridan foydalanish metodikasi takomillashtirish masalalari

Автор: Matyakubov K.K.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 3-2 (82), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada o`quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq milliy an`analaridan foydalanish metodikasining muommolari yuzasidan olib borilgan tadqiqot jarayoni yoritilgan bo`lib yakunda bir qancha xulosalar berilgan.

Mehnat tarbiyasi, konsepsiya, qadriyat, didaktika

Короткий адрес: https://sciup.org/140260692

IDR: 140260692

Текст научной статьи Mehnat tarbiyasi orqali o`quvchilarning xalq milliy an`analaridan foydalanish metodikasi takomillashtirish masalalari

О‘zbekiston Respublikasining dunyo ta’lim fazosiga kirishi, jamiyatdagi yangi ijtmioiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy о‘zgarishlar umumta’lim maktablari oldiga kо‘pina о‘quv-tarbiyaviy jihatlarini, shu jumladan о‘tmishdagi milliy an’analarni va tajribalarni о‘rganishga va ularga о‘kuvchilarni yoshligidanoq jalb qilishga bо‘lgan qarashlarni tubdan qayta kо‘rib chiqish talabini qо‘ydi.

О‘zbek xalqlarining milliy о‘zligini anglashini rivojlantirish sharoitida xalq pedagogikasi ilg‘or tarbiyaviy an’analarining roli va ahamiyati jamiyatni jipslashtirishning insonparvarlik an’analarida, mehnatda, oilada, jamiyatda ahloqiy о‘zaro munosabatlarning о‘sishida namoyon bо‘ladi. Bu an’analar xulq boshqaruvchisi rolini bajaradi.

Milliy mafkura tashuvchisi sifatida xalqning ilg‘or tarbiyaviy an’alariga murojaat qilish muhim insonparvarlik, ijtimoiy-ahloqiy, etno-madaniy ahamiyat kasb etadi. Akademik A.E.Izmaylov shunday deydi: “Xalq avloddan avlodga о‘zining ijtimoiy tajribasini, ma’naviy boyligini katta avlodning kichigiga merosi sifatida uzatib boradi va shu bilan jamiyatning moddiy va ma’naviy madaniyati tarixini yaratadi...”1.

Shundan kelib chiqib zamonaviy bosqichda о‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashning ilg‘or milliy о‘ziga xos xususiyatlarini о‘rganish, uni yangi sharoitlarda hayotga va mehnatga tayyorlash, shuningdek xalq mehnat an’analari, urf oatlaridan о‘quvchilar shaxsini shakllantirishda foydalanish yо‘llari, shakllari va metodlaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash dolzarb ilmiy muammolardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, xalq pedagogikasida, uning tamoyillari va qarashlarida mehnat kishilarining bir necha marta xalq hayotining boy amaliyotida tekshirilgan va tasdiqlangan, kо‘p asrli tarbiyaviy tajribasi mujassamlangan

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Faylasuflar va sotsiologlar (N.Mamatov, Q.Nazarov, I.Karimov va b.) psixologlar (E.G‘oziyev, B.R.Qodirov, V.Karimova, G‘.B.Shoumarov va b.), pedagoglar (О‘.Aleulov, N.N.Azizxodjayeva, T.Xasanov va b.) ishlarida muhit va tarbiyaning о‘zaro aloqalarning kо ‘pqirrali muammolarini tadqiq qilishga, milliy an’analardagi qonuniyatlarning ularga ta’siriga muhim о‘rin ajratilgan.

A.E.Izmaylovning ishi alohida о‘rin tutadi, unda G.S.Vinogradov, G.I.Volkovdan boshlab hozirgi kungacha muammoni tadqiq qilish xronologiyasi har tomonlama va chuqur qarab chiqilgan. Boshqa tadqiqotlar ichida SH.Qurbonov, A.K.Minavvarov, K.Pirliyev, E.Sayitxalilov, F.Yuzlikayevlarning nazariy-metodik ishlari alohida e’tiborga loyiq.

U.N.Nishonaliyev, N.Muslimov, monografiyalari, shuningdek R.A.Mavlonovaning doktorlik dissertatsiyasi alohida qiziqishga loyiq. Mehnatga tayyorlash muammosining umummetodologik, nazariy jihatlari, uning milliy о‘ziga xos xususiyatlari N.S.Safayev (о‘quvchilarning mehnat ijodkorligi jarayoni), R.G.Isyanov (о‘qitishni ishlab chiqarish mehnati bilan qо‘shib olib borishning pedagogik asoslari), I.T.Choriyev (qishloq umumta’lim maktablarida mehnatga о‘qitish va kasbga yо‘naltirish tizimini shakllantirnish va rivojlantirish) A.R.Xodjaboyev (qishloq maktab о‘quvchilarini politexnik va kasbiy ta’limning umumiy aloqalari asosida mehnatga tayyorlash), P.T.Magzumov (maktab о‘quvchisi shaxsini mehnatda shakllantirishning pedagogik asoslari), M.Xaydarov (kichik shdagi maktab о‘quvchilarini о‘qitish va tarbiyalash tizimi) tadqiqotlarida о‘z aksini topgan.

M.Ochilov, S.Ochilov, U.Maxkamov, O.Musurmonova,U.Tolipov, S.Nishonova, S.Bulatov, N.Sultonova,Z.Ismoilova, A.Musurmonov, M.Bozorova, E.Xolmirzayev, va boshqalarning nomzodlik dissertatsiyalari konkret regional sharoitlarda о‘quvchilarning ahloqiy-mehnat tarbiyasiga oid turli masalalarni milliy an’analardan foydalangan holda ochib berishga bag‘ishlangan.

Pedagogik tadqiqotlarning keng manbashunoslik bazasini yetarlicha ishonchli darajada tahlil qilish о‘quv-tarbiyaviy jarayonda xalq pedagogikasi an’analaridan tadqiqiotchilik metodi sifatida majmuaviy yondoshuvni talab qiluvchi, murakkab, kо‘p qirrali, falsafiy-ijtimoiy, psixologo-pedagogik fenomen sifatida foydalanish muammosini aniqlash imkonini berdi. Aynan ana shu holat ushbu tadqiqot mavzusini tanlashga yо‘naltirdi.

NATIJALAR

Tadqiqotning amaliy ahamiyati muammoni hal qilishning nazariy-amaliy asoslaridan, о‘qituvchilar, ota-onalar, pedagogika oliy о‘quv yurtlarining pedagoglari uchun metodik ishlanmalar ishlab chiqishdan iborat. Nazariy-amaliy materiallar о‘quv-tarbiyaviy jarayonni, xususan mehnat tarbiyasini samarali tashkil qilishda; mehnat tarbiyasini xalq mehnat an’analari asosida takomillashtirishda; pedagogika oliy о‘quv yurtlari boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakulteti talabalari, maktab о‘qituvchilari xalq pedagogikasidan о‘quv qо‘llanmalari va maxsus kurslarni tayyorlash jarayonida foydalanilishi mumkin.

xalq urf-odatlari, tadbirlari, bayramlarining mazmuni tahlil qilinadi. Urf-odatlar insonlarning kо‘p asrli faoliyatlari – mehnati, turmush va oilaviy ta’sirlari natijasida yuzaga keladigan xalq udumlarining о‘zaro bog‘langan zanjiri sifatida qaraladi. Tadbirlar an’analarning badiiy shakli sifatida qaraladi, ularning ma’lum g‘oyalari va etnik meyorlari timsoliy tarzda musiqa, ashula, raqs, shuningdek publitsistika va badiiy chiqishlar vositasida ifodalanadi. Bayramlar insonning shaxsiy va ijtimoiy hayotiy faoliyati tо‘plami, an’anaviy shakli sifatida tavsiflanadi.

Nazariy tahlil asosida о‘quvchilarning shaxsini takomillashtirishning asosiy omillari aniqlandi: о‘quvchilarning shaxsini kamolotga yetkazishda ijtimoiy muhitning roli; uning qadriyatlar tizimidagi uzatishlar, tarbiyaning etnik madaniyat о‘ziga xos tomonlariga mosligi, tarbiya jarayonida milliy mehnat an’analarini va urf-odatlarni hisobga olish.

“ О‘quvchilarning mehnat tarbiyasida halq milliy an’analaridan foydalanish tehnologiyasini takomillashtirishning pedagogik tizimi” deb nomlanuvchi ikkinchi bobda - о‘quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an’analaridan foydalanishning ishlab chiqilgan tizimi asosiga xalqning amaliy tarbiyaviy tajribasi, о‘sib kelayotgan avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlashning tarixan yuzaga kelgan va avloddan avlodga xalq og‘zaki ijodi, о‘yinlar, urf-odatlar,bayramlar, udumlar, ishlab chiqarish mehnati orqali uzatiladigan risolalari, shakllari va metodlari qо‘yilgan.

Xalq mehnat tarbiyasining tajribasini tahlil qilish shuni kо‘rsatdiki, tarixiy о‘tmishda mehnat tarbiyasi sodda amaliy bilimlarga asoslangan bо‘lib, maqsadga erishishning ma’lum prinsiplari va vositalariga ega bо‘lgan. О‘zbek xalq pedagogikasida mehnat kishisi, yuqori ahloqqa, amaliy aqlga ega bо‘lgan, jismonan kamol topgan, ona tabiatning gо‘zalligini his qila oladigan yaratuvchi ana shunday risola sifatida namoyon bо‘ladi.

Eksperimental sinflarda xalq milliy an’analaridan foydalanish bо‘yicha barcha sinfdan tashqari va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar dissertant taklif etgan tizimda olib borildi. Nazorat sinfida о‘qituvchilar an’anaviy metodika bо‘yicha ishladilar. Eksperiment materiallariga quyidagilar kiritildi:

  • 1.    Xalq milliy an’analaridan foydalanish mezonlari va prinsiplari.

  • 2.    Turli sinflarda turli fanlarni о‘rganishda milliy an’analarga oid etnopedagogik materiallardan foydalanish nuqtai nazaridan muhim mavzular.

  • 3.    Bu an’analarga yaxlit yondoshishni, shuningdek ularni о‘qitishdagi izchillikni hisobga oluvchi darslar ishlanmasi va metodikasi (jami 24 soat).О‘n beshta sinfda, 286 soat eksperement asosida darslar о‘tkazildi.

  • 4.    Etnopedagogik an’analar asosida о‘quvchilarning mehnat tarbiyasi vazifalarini hisobga olgan holda darsdan tashqari tadbirlarni tashkil qilish va о‘tkazish metodikasi.О‘n beshta sinfda, eksperement asosida 5 ta metodik programma ishlab chiqildi va 76 tadbir о‘tkazildi.

  • 5.    Turli sinflarda turli fanlarni о‘rganishda etnopedagogik materiallardan foydalanish bо‘yicha metodik tavsiyanomalar.

Nazorat eksperimenti 2015 yildan 2020 yilgacha davrda о‘tkazildi. Uni о‘tkazishda dissertant ishlab chiqqan va tekshirgan konsepsiyalarning samaradorligi darajasini aniqlash uchun obyektiv material tо‘planishini ta’minlovchi turli xil metodlardan foydalanildi. Shakllantiruvchi eksperiment davrida о‘quvchilar о‘zlashtirgan etnopedagogik milliy an’analar bо‘yicha bilim, malaka va kо‘nikmalarni baholash mezonlari ishlab chiqildi.

Baholash mezonlari quyidagi parametrlarni о‘z ichiga oladi: milliy an’analarni bilishi (miqdoriy kо‘rsatkich); о‘quvchilarning xalq milliy an’analarining mazmuni va tarkibiy tuzilishini bilishi va tushunishining yaxlitligi (sifat kо‘rsatkichi); о‘quvchilarning boshqa millatlarning milliy an’analarini farqlay olish malakasi (miqdoriy va sifat kо‘rsatkich); о‘quvchilarning xalq milliy an’analarini о‘rganganligi. Ishlab chiqilgan xulq modelida eksperiment natijalariga kо‘ra о‘rganilgan milliy an’analar bо‘yicha о‘quvchilarning bilimi, malakalari va kо‘nikmalari darajasi mezonlar asosida uchta – yuqori, о‘rta va past darajaga bо‘linadi.

О‘quvchilarning о‘rganilgan xalq milliy an’analari bо‘yicha bilim, malaka va kо‘nikmalarini aniqlash bо‘yicha о‘quvchilar, ota onalar, tо‘garak rahbarlari, maktab rahbariyati, shuningdek о‘qitishning uzaytirilgan guruh tarbiyachilari, mahalla oqsoqollari, ota onalar bilan yuqorida bayon qilingan kо‘rsatkichlar va mezonlar asosida suhbatlar о‘tkazildi. Nazorat va eksperimental sinflaridagi har bir о‘quvchi tо‘g‘risidagi tavsiyalar umumlashtirildi.

MUHOKAMA

Dissertant ishlab chiqgan xalq an’analaridan foydalanish pedagogik tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: mehnat yordamida tarbiyalash, izchillik va tizimiylik, bolaga talabchanlik va insonparvarlik munosabatida bо‘lish, о‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish.

Dissertant oilani, tengdoshlar jamoasini, kattalar jamoasini pedagogik tizimning asosiy omili deb belgilaydi. Mehnat tarbiyasining asosiy vositalariga quyidagilar kiritilgan: kuchi yetadigan ishlab chiqarish mehnati, xalq og‘zaki ijodi, о‘yin faoliyati, urf-odatlar, udumlar, milliy udumlar kiritilgan bayramlar; prinsipial xususiyatlarga – mehnatni insonning asosiy majburiyati sifatida va bolalarni tarbiyalashning asosiy vositasi sifatida qarab chiqish; bolalarni о‘z kuchiga loyiq ishlab chiqarish mehnatiga erta jalb qilish, oiladagi mehnat muhiti, xalq og‘zaki ijodi, о‘yin faoliyati, shuningdek milliy mehnat bayramlari, urf-odatlar, udumlar vositasida mehnatga psixologik tayyorlash; mehnatning pedagogik jihaitlarini hisobga olish, ya’ni bolalarni kichik uka va singillarini tarbiyalashga jalb qilish; tarbiyaning muhim omili – ota, ona, oila a’zolari, tengdoshlar jamoasidan foydalanish.

О‘quvchilarning mehnat tarbiyasini qurishda biz ilg‘or mehnat an’analarining, urf-odatlarning roliga alohida о‘rin ajratadi, chunki ularda mehnat kishilarining kо‘p asrli tarbiyaviy tajribasi, samarali pedagogik ta’sirning kattta potensial imkoniyatlari mujassamlangan.

О‘quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an’analaridan yaxlit foydalanishning nazariy modeliga qо‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat bо‘ldi: о‘quv tarbiyaviy jarayonni intensifikatsiyalash, uni demokratlashtirish, insonparvarlashtirish; mehnat tarbiyasi maqsadlarini tubdan о‘zgartirish; shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish; mehnatning ahloqiy qadrini tushunib yetish; mehnatga ahloqiy-qadriyatli munosabatda bо‘lish.

О‘quvchilarning mehnat tarbiyasida ularning ijtimoiy ahamiyatga ega bо‘lgan, intellektual va ahloqiy rivojlanishi; ularning bilish va faoliyat ehtiyojlari hamda talablarining shakllantirilishi va qoniqtirilishi; muvaffaqiyatli mehnat faoliyatiga va umuminsoniy ahloqiy munosabatlar tizimiga jalb qilish asosiy maqsad qilib belgilangan. Mehnat tarbiyasi butun jarayonining ham mazmuniy, ham tashkiliy komponentlarini – о‘quvchilarni о‘qitishni, tarbiyalashni va shaxsini rivojlantirishni qayta qurish shu maqsadga bо‘ysunadi. Tubdan qayta qurish о‘quvchi shaxsini ijtimoiylashtirishda mehnat ta’limining rolini jiddiy oshirishni kо‘zda tutadi: mehnat ta’limi mazuniga etnopedagogik materiallarni kiritish, о‘quv tarbiyaviy jarayonni о‘quvchining ijtimoiy tajribasiga yaqinlashtirish, mehnat ta’limi jarayonini falsafiy, psixologik, didaktik jihatdan qayta kо‘rib chiqish. Taklif qilinayotgan konsepsiyaning falsafiy jihatlari shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq bо‘lib, о‘zgartirish faoliyati, mehnatga layoqatning shakllanishi kontekstida rivojlanishning о‘ziga xos turi sifatida namoyon bо‘ladigan, keng yoyilish, о‘z-о‘zini boshqarish, о‘z о‘rnini topish istiqbollariga, an’analariga ega bо‘lgan shaxsning shakllanishi kabi falsafiy kategoriyaning talqin qilinishi va tushuntirilishi vositasida amalga oshiriladi.

Psixologik jihatdan dissertant о‘quvchi shaxsning motivatsion ehtiyoj sohasini shakllantirdi, bu soha о‘qitish mazmunini tanlab olish bilan faollikni, qiziqishni, о‘quv amallariga ongli ravishda, ijodkorlik bilan yondoshishni uyg‘otadi.

Didaktik jihati etnopedagogik materialni va unga mos keladigan shakllar, metodlar, vositalarni hamda uni taqdim qilish va tarbiyaviyligini faollashtirish usullarini tanlashdan boshlab, to egallangan bilim, mehnat malakalari va kо‘nikmalarini maslak va kasbiy mustahkamlangan usullarga aylantirilishida namoyon bо‘ladi, bunga natija keltiruvchi, о‘quvchi tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishida faol ishtirok etishi uchun ijtimoiy qadriyatli yо‘nalish sifatida tushuniladigan konkret mehnat faoliyati orqali ershiladi.

Mehnat tarbiyasining yaxlit konseptual asosini tashkil qiladigan falsafiy, psixologik va didaktik komponentlar tо‘plami mazmuniga ilg‘or mehnat an’analari kiritilganida dissertant fikricha quyidagilarga imkon yaratadi: о‘quvchilarning о‘quv faoliyatini faollashtirishni ta’minlash; о‘quvchilarning bilish saviyasini oshirish; dastur materialini ongli ravishda о‘zlashtirilishiga erishish; mehnatga о‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish jarayonining tarbiyaviy potensialini oshirish.

О‘quvchilarni tarbiyalashda ilg‘or milliy mehnat an’analardan yaxlit foydalanish quyidagi psixologo pedagogik prinsiplarga asoslanadi: о‘quvchilarning yoshi bо‘yicha rivojlanishini hisobga olish; majmuaviylik, tizimiylik, ketma ketlik va izchillik.

О‘quvchilarning mehnat tarbiyasini ilg‘or milliy mehnat an’analari asosida bosqichma bosqich amalga oshirishning optimal darajalari deb maktabgacha muassasalar, oila, maktab (ham darsda, ham sinfdan va maktabdan tashqari ish), mahalla (turar joylaridai jamoatchilik tashkilotlari) belgilandi.

О‘quvchilarning mehnat tarbiyasi jarayoni mazmuniy va protsessual jihatlarining birligi tarbiya jarayoniga ilg‘or milliy mehnat an’analarini, urf odatlarni samarali kiritishni belgilab berdi, xalq pedagogikasi mazmunining tarbiyaviy imkoniyatlarini intensifikatsiya qildi, о‘quvchilar shaxsiga pedagogik ta’sir kо‘rsatishning shakllari, metodlari va vositalarining an’anaviy tо‘plamiga turli tumanlikni kiritdi.

XULOSA

> Muammoning nazariyadagi va amaliyotdagi holatining zamonaviy metodologik manbalari (vatanimizdagi va chet eldagi) tahlil qilindi, milliy an’analarning boshlang‘ich sinf о‘quvchilari mehnat tartiyasiga hamda о‘quv jaranida va sinfdan tashqari ishlarda shaxsiy sifatlarning shakllantirilishiga ta’siri kо‘rsatib berildi. Konseptual pedagogik qoidalar va pedagogik talablar ishlab chiqildi.

  • >    0‘quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an’analaridan foydalnishning pedagogik tizimi ishlab chiqildi.

  • >    0‘quvchilarning mehnat tarbiyasi konsepsiyasi qurildi.

  • >    0‘quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an’analaridan foydalanishning nazariy modeliga qо‘yiladigan asosiy talablar ishlab chiqildi.

  • >    0‘quvchilarning mehnat tarbiyasini ilg'or milliy mehnat an’analarida bosqichma-bosqich amalga oshirishning optimal darajalari asoslab berildi.

  • >    0‘quvchilarni o'zlarining kuchlariga loyiq mehnat faoliyatiga jalb qilishga asoslangan mehnat tarbiyasining samarali tizimi ishlab chiqildi.

  • >    Tadqiqiot vaqtida o'quvchilarda amaliy malaka va ko'nikmalarni shakllantirishga amaliy jihatdan psixologo-pedagogik tayyorlashda, mehnat tarbiyasini amalga oshirishda tarbiyaning turli shakl va metodlarini tanlashda xalq milliy an’analaridan foydalangan holda о‘quvchilarga tabaqalashtirib yondoshish imkoniyatlari isbot qilindi.

Список литературы Mehnat tarbiyasi orqali o`quvchilarning xalq milliy an`analaridan foydalanish metodikasi takomillashtirish masalalari

  • Матякубов.К (2020). Меhнат тарбияси орqали ўqувчиларнинг ижтимоий hаётга мослашишларини таьминлаш. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 1051-1056.
  • Матякубов.К The use of national traditions in the labor education of pupils// Academia,2020. Volume 10,Issue 10,pp 300-305
  • Матякубов.К., Raxmanov A.R. Maktablarda ta'limning ijtimoiy sheriklik modelini yaratishda klaster yondashuv. Academic research in educational sciences,2020.Volume 1,Issue 4,244-249 b.
  • Матякубов.К Process of Labor Preparation for Schoolchildren. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(09), 2405-2412.
  • Халмухамедова, М. А. (2020). Наqшбандия тариqати воситасида талабаларнинг касбий компетентлигини такомиллаштириш (технологик таълим мисолида). Муg‘аллим, 1(1).
Статья научная