Milliy o’zlikni anglash jamiyat hayotiga qanday ta'sir etadi?

Автор: Roziqulov A.A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 6-1 (85), 2021 года.

Бесплатный доступ

Maqolada milliy o’zlikni anglashning dolzarbligi, uning umum milliy birdamlikni shakllanishiga hamda buning siyosing onga ta’siri atroflicha yoritilgan.

Milliy o'zlik, siyosat, islohot, kontseptual, siyosiy ong, mafkuraviy immuniteti

Короткий адрес: https://sciup.org/140260600

IDR: 140260600

Текст научной статьи Milliy o’zlikni anglash jamiyat hayotiga qanday ta'sir etadi?

UDC 364.013

HOW DOES A SENSE OF NATIONAL IDENTITY AFFECT THE

LIFE OF A SOCIETY?

Rozikulov Abdulla Alikulovich

Independent researcher at the Navoi State Pedagogical Institute.

Annotation: The article discusses in detail the relevance of the understanding of national identity, its formation in general national solidarity and its impact on politics.

Insoniyat yillar davomida o’zini-o’zi anglashga harakat qilib kelgan, millat sifatida shakillangan har qanday millat esa bir butunligini ya’ni milliy o’zligini anglash orqali o’zini millat sifatida saqlab qolishga intiladi.

SHu o’rnida tadqiqotchilarda bu masala yuzasidan bir qator tabiiy savol tug’iladi. Jumladan, milliy o’zlikni anglash nima o’zi, o’zlikni anglash siyosiy ongga ta’siri qanday va h.q.

SHu o’rinda davlatning siyosatida milliy va ma’naviy qadriyatlarga e’tibor va bunda millatning o’zligini anglashda muhim jihatlar nima ekanligini, qolaversa islohotlar yangi bosqichi boshlanayotgan bir paytda parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun milliy birdamlik masalasi qanchalik muhimligini anglash maqsadga muvofiq.

SHunday ekan, bu boradagi murakkab shakllantiruvchi omillar va vositalar tizimining birgalikdagi faoliyatini tadqiq qilish taqozo qiladi.

Davlat siyosatida milliy ma’naviy qadriyatlarni tiklashga alohida e’tibor berilishi chuqur falsafiy ma’noga ega. Millatning o’zligini anglashidagi muhim jihatlar shundan iboratki, ijtimoiy tuyg’u orqali har bir xalq, millat va elat o’zining kimligini, nimaga qodir ekanligini, qadr–qimmatini bilib oladi, or–nomusini o’ylaydi, milliy g’urur va iftixor tuyg’usini his qiladi, qaysi yo’l mamlakatni tsivilizatsiyaga olib borishini teran anglaydi. Milliy o’zlikni anglash xalqni uyg’otuvchi, faol harakatga keltiruvchi, ijtimoiy uyushtiruvchi kuchga ega. Albatta bu tuyg’u muayyan me’yorda bo’lganda, milliy o’ziga xoslikda “haddan oshish”ga yo’l qo’yilmasa ijobiy xususiyat kasb etadi, me’yoridan tushkunlikka, xor-zorlikka olib kelishi mumkin.2

Globallashuv jarayonida milliy o’zlikni anglash orqali millat sifatida o’zini kursatish deb emas, balki jahon xamjamiyatida millat sifatida yo’q bo’lib ketishni oldini olish, milliy davlatchilikni saqlab qolish, rivojlantirish va, eng muhimi, mamlakatda istiqomat qiladigan fuqarolarning milliy birdamligini ta’minlash orqali taraqqiyot erishish, islohotlar sur’atlarini jadallashtirish mumkin.

Bu borada O’zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «... Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun o’tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi zarurligini biz o’zimizga aniq belgilab oldik»3.

Endi milliy o’zlikni anglashning insonlarning siyosiy ongiga qanday ta’sir qiladi degan savol o’rtaga tashlagan edik.

Ich-ichidan kimligini va milliy o’zliginin anglagan inson siyosiy qarorlar qabul qilishda o’ziga yot bo’lgan g’oyalar va o’zi yashab turgan milliy jamiyat urf-odatlari va milliy qadriyatilariga zid bo’lgan fikr va g’oyalarni yoqlamaydi. Balki u o’zi yashayotgan jamiyat urf-odatlari va milliy qadriyatilardan kelib chiqib qaror qabul qiladi va o’z fikr hamda takliflarini bildiradi.

Birinchi Prezident Islom Karimov O’zbekiston dunyoning iqtisodiy kelajagi borasida aniq kontseptual va amaliy tasavvurga ega:

Birinchidan , globallashuv jarayonlari davom etib, jahon yagona bozorga aylanmoqda.

Ikkinchidan , bozor, shaxsiy tashabbus va davlat o’rtasida o’zaro to’ldiruvchanlik bo’lishi darkor. SHu bilan birga, hokimiyat bozor faoliyatini bir oz bo’lsada, tartibga solib turishi kerak, negaki, bozorda ham “hayot uchun kurashda eng kuchlilar yutib chiqishi”ni anglatuvchi darvinizm qoidalari, qaysidir ma’noda, amal qiladi – bu bozor qonuni, aks holda foyda olinmaydi. Bugun iqtisodchilar hamkorlik va raqobat o’rtasidagi o’zaro aloqlar haqida ko’p gapirishadi. Bu esa tizimning ikki asosiy qismi – bozor va hukumat birgalikda harakat qilishi kerakligini anglatadi”4 degan fikrni bildirgan edi.

Darhaqiqat aksariyat fikrlarga bugungi kunda iqtisodiy jihatdan ta’sir o’tkazish siyosiy va manipulyativ texnologiyalari qo’llanilayotganligi sir emas ushbu holatda iqtisodiy jihatdan qaramlik ohir oqibat siyosiy qaramlikka olib kelmasligi uchun har bir millat milliy o’zligini anglamog’i kerak.

Milliy o’zligini anglagan har qanday millat o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotda ham ishlab chiqarishda ham o’z yondoshuv va uslublarida sobit qadam bo’la oladi va hech qachon ortga chekinmaydi.

"Экономика и социум" №6(85) 2021

Список литературы Milliy o’zlikni anglash jamiyat hayotiga qanday ta'sir etadi?

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'qituvchi va murabbiylarga bayram tabrigi. "Ma'rifat" gazetasi, 2020 yil 30-sentyabr.
  • Pedagogika: ensiklopediya. 2-jild. -T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2015.
  • Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari pedagog-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). -T.: "Iste'dod" jamg'armasi, 2008. -180 b.
  • Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari pedagog-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). -T.: "Iste'dod" jamg'armasi, 2009. -160 b.
  • Mavlonova R.A. Boshlang'ich ta'limda innovatsiya. -T.: TDPU, 2007 yil.
  • Xoliqov I., Sobirova M., Masharipova G. "Ma'naviyat asoslari" fanini zamonaviy pedagogil texnologiyalar asosida o'qitish. - T.:TDPU, 2013.
  • Choriev R. Yangi pedagogil texnologiyalar-ta'lim-tarbiya sifat va samaradorligi omili "Xalq ta'limi jurnali.2004.№4.
Статья научная