Islom taraqqiyot banki va o’zbekiston: iqtisodiy diplomatiya taraqqiyoti yo‘lida

Автор: Togayeva D.M.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 3-1 (82), 2021 года.

Бесплатный доступ

Maqolada “Islom Hamkorlik Tashkiloti” ning tashkil topishi va uning musulmon davlatlari o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy hamkorliklari, hamda musulmon davlatlarida yoshlarning ta’lim tarbiyasi ilm ma’rifatga ega bo’lishi, musulmon davlatlarida qashshoqlikni oldini olish va buyuk allomalarimizning bizga qoldirib ketgan merosini asrab avaylash munosabati yoritilgan.

Islom hamkorlik tashkiloti, musulmon davlatlari, ta'lim, marifat, sessiyasida, moliya, islom taraqqiyot banki, iqtisodiy birdamlik kabi siyosiy tushunchalarni o'rganamiz

Короткий адрес: https://sciup.org/140260359

IDR: 140260359

Текст научной статьи Islom taraqqiyot banki va o’zbekiston: iqtisodiy diplomatiya taraqqiyoti yo‘lida

XX- XXI asrning asosiy mezonlari bu albatta bugungi kunda siyosiy jarayonlarning rivojlanish bosqichida islom davlatlarining dunyoda boʻlayotgan globall jarayonida qay tariqa muhim ahamiyat kasb etayotganligi va xalqaro munosabatda ahamiyatiga eʼtibor qaratadigan boʻlsak musulmon olamida Islom Hamkorlik Tashkilotining oʻrni tobora ortib bormoqda. Jumladan, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, gumanitar, diplomatik munosabatlarning rivojlanish bosqichida muhim ahamiyatga egadir. Islom Hamkorlik Tashkilotining tarkibiy qismiga kiradigan Islom Taraqqiyot Bankining siyosiy jarayonlarga taʼsiri haqida qisqacha toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, Islom taraqqiyot banki (ITB) xalqaro moliya tashkiloti bo’lib, 1973 – yilning 18 - dekabr kuni Islom Hamkorlik Tashkilotining (IHT) mamlakatlari ichida moliya vazirlari yig’ilishlarining qaroriga ko’ra ta’sis etilgan va 1975 – yil oktyabr oyida o’z faoliyatini boshlagan moliyaviy tashkilotdir. 2014 -yilning iyunida ITBning yillik yig’ilishida bank faoliyati boshlanganing 40 yilligi nishonlandi. Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zosi bo’lgan har bir mamlakat Islom Taraqqiyot Banki a’zosi bo’ lish huquqiga ega. Bank tashkil etilayotgan vaqtda ITB ga ishtirokchi a’zo davlatlar soni 57 taga yetgan edi. O’zbekiston 2003- yildan boshlab ITBning a’zo mamlakatidir. 19 Bankning asosiy hissadori: Saudiya Arabistoni, Liviya, Eron, Nigeriya, BAA, Qatar, Misr, Quvayt va Turkiya davlatlari shular jumlasiga kiradi. Islom taraqqiyot banki bosh qarorgohi Saudiya Arabistoning Jidda shahrida joylashgan bo’lib, musulmon davlatlarining moliyaviy markazidir. Islom taraqqiyot bankining hududiy vakolatxonalari 1994 - yil Marokash hududidagi Rabbot shahrida joylashgan bo’lib, xuddi shu yili Kuala -Lampur (Malayziya)shahrida vakolatxonasi ham ochilgan. 1997- yili Olmata shahrida (Qozog'iston), hamda 2008 yili Dakar (Senegal) shaharlarida ochilgan.20 Shuningdek, ITBning Misr, Turkiya, Indoneziya, Bangladesh va Nigeriya shaharlarida ham vakolatхonalari o’z faoliyatini davom ettirmoqda. ITBning asosiy vazifasi a'zo-mamlakatlarda islom dini talablariga muvofiq bo'lgan ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qo'llab-quvvatlashdir. Islom taraqqiyot banki guruhining tarkibiga quyidagi tashkilotlar kiradi: IsDB xususiy tarmoqni rivojlantirish buyicha islom korporasiyasi - ICD; Investisiyalar va eksport kreditlarini sug'urtalash islom korporasiyasi - ICIES; Xalqaro islom savdo-moliya korporasiyasi - ITFC; Tadqiqotlar va treninglar islom instituti - IRTI. Ushbu tashkilotlar butun musulmon mamlakatlari va islom davlatlarining manfaatlariga xizmat qiladi, hamda a’zo mamlakatlar miqyosdagi talablar quyidagi tartibda amalga oshiriladi: A'zo-mamlakatlarda qashshoqlik darajasini pasaytirishga ko'maklashish; a'zo-mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish; a'zo-mamlakatlar mehnatga yaroqli aholisi uchun ta'lim dasturlari va tadqiqotlarni tashkil etish; a'zo-mamlakatlarga favqulodda holatlarda yordam ko'rsatish; a’zo-mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha boshqa turli dasturlarni amalga oshirish, a'zo-mamlakatlarda davlat va хususiy tarmoqqa qarashli yo'llar, kanallar, to'g'onlar, maktablar, kasalхonalar, uy-joylar, qishloq tumanlarini rivojlantirish va boshqa shu kabi qishloq хo'jaligi loyihalarini moliyalashtiradi.21

Shuningdek 12 ta a'zo mamlakat mahalliy vakolatxonalariga egadir. Jumladan: Afg'oniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Gvineya, Indoneziya, Eron, Nigeriya, Pokiston, Serra-Leona, Sudan, O'zbekiston va Yaman davlatlaridir. ITBning asosiy vazifasi a'zo-mamlakatlarda shariatga muvofiq ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qo'llab-quvvatlashdan iborat bo’lib, ITBning qarashlar: 2020 - yilda a'zo mamlakatlar inson kapitalini barqaror rivojlantirishga jiddiy ta'sir ko'rsatuvchi shariat tamoyillariga muvofiq faoliyat ko'rsatadigan jahon miqyosidagi taraqqiyot banki bo'lishga erishdi va bank tashkil etilayotgan vaqtda uning nizomiy jamg'armasi 6 mlrd. islomiy dinorni, a'zolari soni esa 22 ta davlatni tashkil etgan edi. Islomiy dinor – ITB foydalanadigan hisob birligidir2013 yilda ITB boshqaruvchilar kengashi umumiy hissadorlik kapitalini 30 mlrd. islomiy dinordan 100 mlrd.islomiy dinor(150 mlrd.AQSH dollar)ga ko'tarish haqida qaror qabul qildi. Bankning obuna kapitali ham 18 mlrd.islomiy dinordan 50 mlrd. islomiy dinorga oshirildi. 22 Ushbu qaror a'zo-mamlakatlarning moliyalashtirish mablag'lariga bo'lgan katta ehtiyoji bilan bog'liqdir. So'nggi 12 yil davomida yetakchi reyting agentliklari (Moody”s, Standard Poor”s, Fitch) tomonidan ITBga uzoq muddatli kredit reytingi- “AAA” va qisqa muddatli oliy barqaror kredit reytingi – “A+” kodi berib kelinmoqda. 2013 - yilning dekabrida ushbu reytinglar yana qaytadan tasdiqlandi. Shu jumladan ITB BMTning Bosh Assembleyasida kuzatuvchi maqomini oldi. ITBning muassasalari IHT Bosh kotibiyati va muassasalari, Xalqaro taraqqiyot banki, BMT taraqqiyot tashkiloti, Hududiy rivojlantirish tashkiloti, Milliy rivojlanish jamg'armalari va nodavlat tashkilotlari kabi bir qator tashkilotlar bilan taraqqiyot sohasida yaqindan aloqa qilib kelmoqda.23 2011- yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Moliyaviy nazorat yuqori organlari xalqaro tashkiloti, Butunjahon banki bilan hamkorlik to'g'risidagi kelishuvlar imzolandi. Sog'liqni saqlash va ta'lim sohasidagi ITB loyihalarini moliyalashtirish ITBga a'zo-mamlakatlarning har biri erishishga intilayotgan ming yillik rivojlanish maqsadlariga(Millennium Development Goals) muvofiq amalga oshirilmoqda.24

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  • 1.     http://prezident.uz/Islom hamkorlik tashkilotining ushbu nufuzli sammiti “Fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va islom olamini modernizatsiya qilish”: 10 sentyabr 2017

  • 2.     https://oz.prezident.uz.com/Shavkat      Mirziyoyevning Islom Hamkorlik

    Tashkiloti Tashqi ishlar... 2017.

  • 3.     www.uz/ru : O‘Zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Islom Hamkorlik Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi. Iyul 25, 2018

  • 4.    ҚЎЙСИНОВА Ф. О. ИСЛОМ КОНФЕРЕНЦИЯСИ ТАШКИЛОТИ ЯҚИН ШАРҚ АРАБ ДАВЛАТЛАРИ СИЁСИЙ ИНТЕГРАЦИЯЛАШУВИНИНГ ОМИЛИ СИФАТИДА. Сиёсий фан.буйича фалс.фан.док (PhD)дисс.автореф.-Т.: 2019.-Б.17

  • 5.    INTERNATIONAL FINANCIAL AND BANKING FORUM2019

  • 6.    UZREPORT TV

  • 7.    w.w.w.http//google.uz.INTERNATIONAL FINANCIAL AND BANKING FORU

  • 8.    w.w.w.http//google w.w.w.http//google.uz. Islom moliyasi

  • 9.    w.w.w.http//google.uz.INTERNATIONAL FINANCIAL AND BANKING FORUM 2019.uz

    "Экономика и социум" №3(82) ч.1 2021

Список литературы Islom taraqqiyot banki va o’zbekiston: iqtisodiy diplomatiya taraqqiyoti yo‘lida

  • http://prezident.uz/Islom hamkorlik tashkilotining ushbu nufuzli sammiti "Fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va islom olamini modernizatsiya qilish": 10 sentyabr 2017
  • https://oz.prezident.uz.com/Shavkat Mirziyoyevning Islom Hamkorlik Tashkiloti Tashqi ishlar.. 2017.
  • www.uz/ru: O‘Zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Islom Hamkorlik Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi. Iyul 25, 2018
  • ҚЎЙСИНОВА Ф. О. ИСЛОМ КОНФЕРЕНЦИЯСИ ТАШКИЛОТИ ЯҚИН ШАРҚ АРАБ ДАВЛАТЛАРИ СИЁСИЙ ИНТЕГРАЦИЯЛАШУВИНИНГ ОМИЛИ СИФАТИДА. Сиёсий фан.буйича фалс.фан.док (PhD)дисс.автореф.- Т.: 2019.-Б.17
  • INTERNATIONAL FINANCIAL AND BANKING FORUM2019
  • UZREPORT TV
  • w.w.w.http//google.uz.INTERNATIONAL FINANCIAL AND BANKING FORU
  • w.w.w.http//google w.w.w.http//google.uz. Islom moliyasi
  • w.w.w.http//google.uz.INTERNATIONAL FINANCIAL AND BANKING FORUM 2019.uz
Статья научная