O‘yinqaroq bolalarni ta’lim-tarbiyaga jalb etish shakllari
Автор: Toraqulova M.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 2-1 (93), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limi va tarbiyasini samaradorligini oshirish, o‘yinqaroq, sho‘x bolalar bilan ishlash va ularni mashg‘ulotlarda faol ishtirokini taminlash shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasidan zerikib qolmasliklari uchun nimalarga ahamiyat berish kerakligi va tarbiyalanuvchining shaxsiy xususiyatlarini aniqlab, har biri bilan alohida ishlash kerakligi to‘g‘risida yozilgan.
Ta'lim, tarbiya, psixologik xususiyatlar, diqqat, xotira, tafakkur, markazlar
Короткий адрес: https://sciup.org/140292628
IDR: 140292628
Текст научной статьи O‘yinqaroq bolalarni ta’lim-tarbiyaga jalb etish shakllari
Bola gul, bola podshoh degan gaplar bor xalqimizda. Bizning azaliy qadriyatlarimizda ham bolaga 7 yoshgacha podshohdek, 7 yoshdan 14 yoshgacha quldek, 14 yoshdan 17 yoshgacha do‘stdek munosabatda bo‘lishni aytib ketganlar.
Bizning xalqimizda bola tarbiyasiga va ta’limiga juda katta e’tibor berib borilganini tarixiy manbalardan ham bilib olishimiz mumkin. Buyuk allomalarimiz, ota-bobolarimizning ibratli hayoti bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Millatimizda tarbiyaning barcha turlariga juda katta ahamiyat qaratishgan, ayniqsa mehnat tarbiyasi juda qadrlangan.
Barcha xalqlar singari hozirgi XXI asrda bizning xalqimizda ham bolalarni bilimli, dono qilib tarbiyalashga juda katta ahamiyat berib borilmoqda. Xususan bolalarni maktabgacha ta’limga jalb qilish qamrovi quyidagicha o‘sib bormoqda:
> 2017-yilda 27,7%;
> 2018- yilda 37,6%;
> 2019-yilda 52,3%;
> 2020-yilda 60,9%;
-
> 2021-yil iyun oyi xolatiga ko’ra 62,4 foiz bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olingan. Prezidentimizning qaroriga ko‘ra 2030-yilga kelib maktabgacha ta’limga bolalarning 80,8 foizini qamrab olish rejalashtirilgan.
Shu o‘rinda 2017-2018-yillar davomida jami 1449-ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Yurtimizda 34,5 million aholi isteqomat qilib, shundan 2,8 millioni 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil qiladi. Bunda aholining yillik o‘sishi 800 ming bolaga to‘g‘ri kelmoqda.
Ushbu raqamlardan ko‘rinib turibdiki yurtimizda Maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’limiga e’tibor kuchaydi. Maktabgacha yosh 3-7 yoshgacha bolalarni qamrab oladi. Har bir yosh bosqichida bolaning jismoniy, aqliy va ruhiy jihatdan rivojlanishi o‘ziga xos bo‘ladi. Shuning bilan birga ularning har biri o‘ziga xos temperamentga ega bo‘ladi. 6-7 yoshli bolani ta’limga jalb qilish masalasi murakkab masalalardan sanaladi.
Bunda dastlab uch tomonlama aloqani mustahkamlash kerak.
Dastlab bolada ta’limga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishimiz kerak.
Bolaning psixologik xususiyatlarini yaxshi aniqlab olib, (psixolog bilan birgalikda zarur bo‘lsa) o‘ziga xos yondoshuvni topa olish.
Bolalarning diqqati, tafakkuri, qiziqishi, idrokini oshiruvchi psixologik o‘yinlardan ko‘proq foydalanib mashg‘ulotlarni tashkil etish.
Shu o‘rinlarda diqqat va xotirani rivojlantiruvchi o‘yinlardan misollar keltiramiz.
-
- So‘zlar va raqamli birikmalarni xotirlash: M: (5,7,2,9,11) raqamlarini aytib shularni ketma ketlikda aytib berish topshirig‘i beriladi;
-
- Fotosuratlar, uyushmalar, analogiyalar va qarama-qarshiliklarni aniqlash uchun o‘yinlar (ikkita bir xil rasmlarni olib ulardagi sezilmas farqlarni sanash);
-
- Perefik ko‘rish ta’limi (ikkita tarbiyalanuvchi bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi bir daqiqa bir birini kuzatish uchun vaqt beriladi, keyin ustidagi kiyimi, tuflisining rangi va hokozolar so‘raladi);
-
- Joylardagi xotirani rivojlantirish va diqqatni jamlash mashqlari (bog‘chaga kelishda uylari bilan bog‘cha o‘rtasida nechta ko‘cha, nechta magazin bor va hokazolar so‘raladi);
-
- Arifmetik hisoblar va muammo (sudoki o‘yini);
-
- O‘yinlarni o‘zgartirish (ikkita o‘yindan bitta o‘yin yasash, masalan: Issiq karto‘shka o‘yini va tafakkur gulshani o‘yinlari);
-
- Mantiqiy vazifalar.
Xotira o‘yinlari yodlab olishga moslashgan she’rlar, topishmoqlar, qo‘shiqlar, alifbo va raqamlar ketma-ketligidan foydalanishimiz mumkin.
O‘yinqaroq bolalarni ta’limga jalb etishda o‘yin metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yuqorida aytganimizdek ularning shaxsiy qiziqishini va layoqatini payqab olishimiz kerak. Bolalarnining qiziqishiga qarab yondoshsak ishimiz bir muncha osonlashadi. Bunda bizga beshta markaz yaqindan yordamga keladi.
-
1. Qurish, konstruktorlik va matematika markazi. Ushbu markazda har-xil qurish to‘plamlari-kublar, legolar, bloklar, konstruktorlar, o‘ynash uchun didaktik o‘yinlar va boshlang‘ich matematik tassavurlarni rivojlantirish uchun o‘quv materiallari bor. Unda yasashga, qurishga qobilyati bor bolalarni jalb qilish kerak.
-
2. Syujjetli-ro‘lli o‘yinlar va dramalashtirish markazi: teatrning barcha turlari uchun artebutlar va o‘yin materiallari, ro‘lli, drammatik, rejissorlik o‘yinlari, shlapalar–maskalar, o‘yin to‘plamlari va burchaklarda o‘ynash uchun o‘yinchoqlar. Masalan: “Sartarosh”, “Kasalxona”, “Do‘kon” o‘yin artebutlari joy oladi. Shu kasbga qiziqishi bor bolalarni bu markaz o‘ziga jalb qiladi. Shunga qarab mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etib olsa bo‘ladi.
-
3. Til va nutq markazi: katta-kichik rasmlar, bolalar kitoblari kutubxonasi, tematik albomlar, topishmoqlar, albomlari magnit harflar to‘plami (rasmli alifbo).
-
4. Ilm fan va tabiat markazi: atrof muhit madaniyati bo‘yicha didaktik materiallar, “tabiat va odam” rasmlari va illustrasiyalar, valeologiya bo‘yicha maketlar, uy hayvonlari, dengiz hayoti, hashorotlari, qushlar maketlari.
-
5. San’at markazi: Tasviriy faoliyat zarur jihozlar, xalq hunarmandchilik, mahsulotlari tasvir etilgan albomlar, dekorativ-amaliy san’at, turli xil xalqlarning hayoti, madaniyati, urf-odati aks etgan tematik rang barang kitoblar, erkin ijod uchun rasm chizish albomlari.
Ushbu vositalarning barchasi bolani ta’limga keng jalb etish uchun xizmat qiladi. Shuncha chora-tadbirlardan keyin ham mashg‘ulotda qatnasha olmagan bolalarni psixologiyasi bilan jismoniy rivojlanishi bilan yanada chuqurroq shug‘ullanish kerak.
Mag‘ulotlarda ishtirok eta olmaslikning sabablarini turlicha ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.
-
1. Jismoniy jihatdan muamosi bor (nutqida, ko‘rishida va hokazolar);
-
2. Aqliy muammosi bor;
-
3. Ruhiy jihatdan muammosi bor bo‘lishi;
-
4. Turli yoshdagi bolalarning bir guruhda bo‘lishi;
-
5. Mashg‘ulotni sifatli tashkil etilmaganli ham bolalarni mashg‘ulotga faol qatnasha olmasligiga sabab bo‘ladi. Ayrim bollarning ko‘rishida, eshitishida, nutqida ba’zan muammolar bo‘lishi mumkin, bu ularning mashg‘ulotda sifatli qatnashishlariga to‘sqinlik qiladi. Bunda tarbiyachilar bunday bolalarga e’tiborliroq va ehtiyotkorroq munosabatda bo‘lishlari kerak. Xuddi shunday muammosi bor bollarni albatta ona-onalariga aytish va mutaxassis shifokorlarga ko‘rsatish lozim. Kerakli choralarni birgalikda qo‘lashlari kerak.
Yana shunday bolalar borki ularning xotirasi, diqqati past yoki tengdoshlariga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi. Xotirasi pastroq bolalar o‘tilgan mashg‘ulotni eslab qolishga qiynalsa. Xotirasi yuqori bolalar bir ikki takrorlangandan yod olib, tushunib oladi. Tengdoshlari o‘rgangunicha u ancha zerikib qoladi va mashg‘ulotlardagi faolligi susayib ketadi. Shuning uchun xotirasi, diqqatida muammosi bor bolalar bilan psixolog ham qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazishi kerak.
Tarbiyachi-psixolog ham bo‘lishi kerak u muntazam ravishda bolalarning kayfiyatini, xarakterini, uning ruhiyatidagi turli hil o‘zgarishlarni kuzatib unga mos yechimlarni topib ishlashi kerak bo’ladi, juda muammoli vaziyatlarda psixolog va ota-onalar bilan xamkorlikda ishlashlari kerak.
Bazan shunday bolalar bo‘ladi-ki, ular har tomonlama sog‘lom bo‘lishiga qaramay juda sho‘x, o‘yinqaroq bo‘lishadi. Bunday bolalarni jismoniy tarbiya va mehnat tarbiyasi bilan ko‘proq shug‘ullantirish tavsiya etiladi.
Hozir ayrim uy bog‘chalarida yoshlari turlicha bo‘lgan bolalar bitta guruhda tarbiyalanmoqda, bu tarbiyachi uchun ham bolalar uchun ham juda katta muammolarni tug‘dirmoqda. Sababi ularning yoshida farq, qiziqishi turlicha ekanligi, 4 yoshli bolaga qiyin tuyilgan mashg‘ulot 5 yoshli bolaga oson bo‘lishi mumkin. Bunaqa muammolarni oldini olish uchun dastlab songa va yoshga ahamiyat berishimiz kerak. Ularni diqqatini jalb qila oladigan vaqt davomida mashg‘ulot o‘tishimiz, yoshiga mos va xotirasi qabul qila oladigan hajmdagi ma’ lumotlarni berishimiz lozim.
Bolalarning har biri bir olamdir. Ularning layoqatsizi bo‘lmaydi. Ularning har biri sirli hilqat uni ocha bilish kerak. Undagi qiziqishni topib to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olsak biz jamiyatimiz rivojiga katta hissa qo‘sha oladigan bilimli, shaxsiy fikrga ega yosh avlodni tarbiyalagan bo‘lamiz.
Adabiyotlar ro‘yxati:
-
1. “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi” S.X.Jalilova, S.M.Aripova Toshkent-2017
-
2. "Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi” S.S.Esonturdiyeva, M.E.Qarshiboyeva Toshkent -2002
-
3. www.mdo.uz 05.01.2022-yil 21:35
-
4. "Maktabgacha Pedagogika" F.R.Qodirova, Toshkent
-
5. Sherzodovich, A. S. (2020). The rоle оf оnline teaching and innоvative methоds. Science and education, 1(3), 524-528.
-
6. Аслонов, Ш. Ш. (2020). КОМПЬЮТЕРНАЯ ЛИНГВИСТИКА И ФИЛОЛОГИЯ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ. Гуманитарный трактат, (84), 17-19.
"Экономика и социум" №2(93)-1 2022
Список литературы O‘yinqaroq bolalarni ta’lim-tarbiyaga jalb etish shakllari
- "Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi" S.X.Jalilova, S.M.Aripova Toshkent-2017.
- "Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi" S.S.Esonturdiyeva, M.E.Qarshiboyeva Toshkent-2002.
- www.mdo.uz05.01.2022-yil21:35.
- "Maktabgacha Pedagogika" F.R.Qodirova, Toshkent.
- Sherzodovich, A. S. (2020). The rоle оf оnline teaching and innоvative methоds. Science and education, 1(3), 524-528.
- Аслонов, Ш. Ш. (2020). КОМПЬЮТЕРНАЯ ЛИНГВИСТИКА И ФИЛОЛОГИЯ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ. Гуманитарный трактат, (84), 17-19.
- EDN: NPVDWG