O‘zbekistonda turizm taraqqiyot kontseptsiyasida ekologik turizmning tutgan o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari

Автор: Saidov M.-A.X., Qudratov E.Sh.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 7 (98), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm taraqqiyot kontsepsiyasida ekologik turizmning tutgan o‘rni va o'ziga xos xususiyatlari haqida so'z yuritiladi.

Ekoturizm, o'rmon xo'jaligi, ekoturizmini rivojlantirish, ekoturistik resurslar, ekoturizm salohiyati, ekoturistik hududlar

Короткий адрес: https://sciup.org/140300532

IDR: 140300532

Текст научной статьи O‘zbekistonda turizm taraqqiyot kontseptsiyasida ekologik turizmning tutgan o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari

O‘zbekiston turizmi katta imkoniyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, murakkab o‘tish jarayonida bir qator muammolar ham mavjud. Jahon moliyavi-iqtisodiy inqirozi xalqaro turizm bozoriga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatdi.Respublikamiz rahbariyati tomoniday qo‘llanilgan tezkor choralar natijasida global inqirozning iqtisodiyotimizga ta'siri sezilarli darajada himoyalandi.

O‘zbekistonga turistik yoki xususiy yo‘nalish bo‘yicha tashrif buyuruvchi shaxslardan kamida 10%i o‘z sayyohatlarining ekologik jihatlari bilan qiziqishadi. Ular yoki tabiiy hududlar (bog‘lar, tog‘lar, o‘rmonlar, ko‘llar) ga tashrif buyurishadi, yo bo‘lmasa, yaqinroq qishloq joylarga bir kunlik ekskursiya qilishadi. Ularning kamida 60%i aralash turga ehtiyoj sezishadi, xususan, etnografiya bilan ekologiyaga qiziqadilar. Demak, tashkiliy turistlar ekologik turlarga “ixtisoslashishmoqda” Ekologik turizmning umumiy turizm bozoridagi aniq o‘rnini ko‘rsatish qiyin, albatta. Ko‘pincha uni boshqa turistik xizmat turlaridan ajratish ham qiyin. Lekin turizmdagi bu yangi yo‘nalish hissasining hali juda pastligi aniq. Bu sohaning nisbatan kam o‘rganilganligi va istiqbolli ekanligi uni nazariy-ilmiy tahlil etishning dolzarbligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ularni turoperatorlar ommaviy iste’molchilarga emas, balki, shaxsiy buyurtmalar bo‘yicha (ovchilik, gastronomiya, ekologiya, folklor) tavsiya qilishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat bionazorati "Tabiiy xududlarni muhofaza qilish" bo‘limi Jayron "Ekomarkazi" ning 30 yillik faoliyatiga, jayron, Prejevalsk otlari, qulonlarini saqlash va ko‘paytirish, ularning ekalogiyasi, biologiyasi, fiziologiyasini o‘rganish, hamda ekoturizmni rivojlantirish maqsadida "Jayron" Ekomarkaziga qo‘shni ochiq cho‘l xududida joylashgan 27300 gektar maydonni tashkil etgan markaz tajriba uchastkasini milliy tabiiy bog‘ga aylantirishga bag‘ishlangan buklet-broshyura 3 tilda (o‘zbek, rus,ingliz) chop etdi.

Hozirgi kunda, ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida ushbu bo‘lim xodimlari "Jayron" Ekomarkaziga qo‘shni bo‘lgan 27300 ga maydonni tashkil etgan xududda Markaziy Osiyoda kam uchraydigan noyob juft tuyoqli xayvonlarni (jayron, Buxoro qo‘yi, Buxoro bug‘isi, yovvoyi echki, burama shohli echki morhur, yovvoyi cho‘chka) kabi xayvonlarni saqlash va ko‘paytirish va ularni himoya qilingan areal xududlariga (qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar, muhofaza qilingan tabiiy xududlar) qaytarish, tabiiy milliy bog‘ tashkil qilish borasida ilmiy - iqtisodiy asoslangan loyiha tuzish ishlarini boshlab yubordilar.

Qo‘mita tasarrufida "Sayhun" xo‘jaligi Toshkent shahridan 100 km janubiy sharqda joylashgan bo‘lib, 367 gektar maydonni tashkil etadi. Mazkur maydon shimol, sharq va janub tomonidan 140 gektarni tashkil etgan ko‘l bilan ishonchl i tabbiiy chegaraga ega. Ushbu xududda to‘ng‘iz, yovvoyi cho‘chka, chiya bo‘ri, qushlardan qirg‘ovul, yovvoyi o‘rdak va boshqa suvda suzuvchi yovvoyi qushlar baliqlar mavjud, u yerda ularning yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilgan.Yaqin kunlarda "Sayxun" xo‘jaligida Markaziy Osiyoda qurilib ketish arafasida turgan juft tuyoqli xayvonlarni saqlash, ko‘paytirish va ularni tabiatga qaytarish maqsadida parvarishxona qurib bitkazildi, Ushbu maskan mahalliy va chet el ekoturistlarini turizmning tabiatga sayohat va ekosafari turlarini o‘tkazish uchun juda qulay joydir, chunki bu yerda nafaqat yuqorida ko‘rsatilgan hayvonlar, balki Markaziy Osiyoda qirilib ketish arafasida quyi, Buxoro jayronlari, burama shohli mashhur echkisi kabi boshqa turlardagi kamyob juft tuyoqli xayvonlarni yashash va ko‘paytirish uchun yetarli ozukaviy resurslar va ximoya mavjud.

Surxondaryo viloyati noyob hayvonot va nabotot dunyosini tiklash va ko‘paytirish hamda O‘zbekiston va chet el ekologik turizm sayohatchilarini yovvoyi tabiat bilan tanishtirish, dam olish, ov va baliq ovlash, maskani yaratish maqsadida 2006 yil 9 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bionazorati nozirligi qoshida Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani, Termiz shahridan 30 km shimolisharqida jami 1034 gektar maydonni tashkil etgan Oq tepa suv omborining atrofida joylashgan "Oq tepa" tabiat bog‘i tashkil etildi. Ushbu maskan migratsiya qiluvchi qushlar, yovvoyi o‘rdak va suzuvchi qushlarning vaqtincha dam olib, to‘xtab o‘tuvchi hamda ko‘pgina qushlarning qishlab qolish makoniga aylangan xududlar.

Hozirgi kunda "Oq tepa" tabiat bog‘ida o‘rmonzorlar, saksovulzorlar barpo etish tabiiy to‘qayzorlar hamda Markaziy Osiyoda qirilib ketish arafasida turgan noyob o‘simlik dunyosini tiklash va ko‘paytirish borasida ishlar boshlab yuborildi. Jizzax shahridan 65 km shimoliy-g‘arbida joylashgan baliq turlariga boy Aydar-Arnasoy Ko‘llar tizimida ekoturizmning tabiatga sayohat hamda baliq ovlash turlari o‘tkazish uchun jahon talablariga javob bera oladigan mehmonxona qurib bitkazildi.

O‘zbekistonga keluvchi ekoturistlarga servis xizmati ko‘rsatilishi sohasiga xozirgi zamon texnologiyalarini jalb qilishga ham e’tibor berilmoqda. Ma’lumki ekoturizm maskanlari, asosan, markazlashgan energiya ta’minoti tizimlaridan chetda, borish qiyin bo‘lgan xududlarda joylashgan. Shuning uchun bu maskanlarni elektr energiyasi (yoritish, TV, radio, aloqa va x.k.) va issiq suv bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat ko‘mitasi tomonidan, halqaro tashkilotlarni jalb qilgan xolda, quyosh fotoelektr stantsiyalari va quyosh kollektorlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi va oshirilmoqda. 2016 yilda bir qator qo‘riqxonalarda Surxondaryo viloyatidagi "Oqtepa" tabiat bog‘iga, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi atrofida, Jizzax viloyatidagi "Zomin", "Turkiston tog‘ tizmasining fauna, florasini o‘rganish monitoringiva o‘quv Markazi"da, Buxoro viloyatidagi "Jayron" ekomarkazi parvarishxonasiga ekologik toza qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari o‘rnatilgan. Shuni ta’kidlash joizki, oxirgi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar, chora tadbirlar, albatta yaqin yillarda O‘zbekistonda ekoturizmning sezilarli ravishda ivojlanishi uchun xizmat qiladi.

Xulosa o`rnida aytish mumkinki ekoturizm respublikamizning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish sohasida, nafaqat xorijiy sayyohlarni ona mamlakatimizning landshafti, xayvonot va nobotot dunyosiga boy va betakror tabiati bilan tanishtirish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini bog‘lash mamlakatlar va turli xalqlarning bir-birini kengroq bilish, balki shu bilan birga O‘zbekiston xududida qirilib ketish arafasida turgan noyob xayvonot va nabotot dunyosini saqlash va ko‘paytirish maqsadida qo‘riqxonalar (Surhon, Nurota, Hisor, Baday-To‘qay, Zarafshon, Qizilqum, Chotqol, Zomin, Kitob) parvarishxonalar ("Jayron" Ekomarkazi, Sayxun xo‘jaligi) tarkibida va atrofida jahon talablariga javob bera oladigan milliy tabiiy bog‘larni yaratish loyihalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish orqali muhofaza qilinadigan hududlarda ekoturizm obyektlarining moddiy-texnika bazasini yaratish uchun qo‘shimcha chet el investitsiyalarini keltirishdan iboratdir.

Bugungi kunda ekoturizmni yanada kuchaytirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Bo`stonliq tumanida talaygina ishlar olib borilmoqda, bizga ma’lumki mamlakatimiz ekoturizm bo`yicha top yo`nalish hisoblanadi.

Foydanilgan adabiyotlar.

  • 1.    “Ipak va ziravorlar” maqolalar to‘plami-2017

  • 2. . Daryo “Ekoturizm O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlarning 41 foizini qiziqtirmoqda”, 11.09.2013

  • 3.    Daryo “O`zbekistonning jahon sayyohlik bozoridagi nufuzi oshmoqda”, 21.11.2013

  • 4.    Istam Ibrohimov, “Jayron”da ekoturizm rivojlanadi “Buxoronoma” muhbiri. (№ 73,4-bet.) 14.09.2013

  • 5.     http://www.tourism.com/

  • 6.     www.world-tourism.org

  • 7 . http://www.ecocenter.uz/uz

  • 8. http://www,travelgroup.ru/ecotourismhttp://www.geographia.com/ 9. www.uzbektourism.uz

    "Экономика и социум" №7(98) 2022

Internet saytlari

Список литературы O‘zbekistonda turizm taraqqiyot kontseptsiyasida ekologik turizmning tutgan o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari

  • "Ipak va ziravorlar" maqolalar to‘plami-2017.
  • Daryo "Ekoturizm O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlarning 41 foizini qiziqtirmoqda", 11.09.2013.
  • Daryo "O'zbekistonning jahon sayyohlik bozoridagi nufuzi oshmoqda", 21.11.2013.
  • Istam Ibrohimov, "Jayron"da ekoturizm rivojlanadi "Buxoronoma" muhbiri. (№ 73,4-bet.) 14.09.2013.
  • http://www.tourism.com.
  • www.world-tourism.org.
  • http://www.ecocenter.uz/uz8.http://www,travelgroup.ru/ecotourismhttp://www.geographia.com.
  • www.uzbektourism.uz.
Статья научная