Poroshoklarning xususiy texnologiyasi (to’zg’uvchi, bo’yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash)

Автор: Shukurova D.Yo., Usmanova M.B., Imomova Yu.A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 11-1 (90), 2021 года.

Бесплатный доступ

Poroshoklarning xususiy texnologiyasi bo’lgan to’zg’uvchi, bo’yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash texnalogiyasi keng yoritib berilgan.

Parashoklar, signatura, ekistrakt, qovushqoqlik texnologiyalari ta’siri, triturat, trituratio atropini sulfatis- atropin sulfat triturate, zahar-venena, signatura-belgila.

Короткий адрес: https://sciup.org/140261199

IDR: 140261199

Текст научной статьи Poroshoklarning xususiy texnologiyasi (to’zg’uvchi, bo’yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash)

Elaki dorilarning juda mayda bo’lganligi uchun ta’siri yuqori bo‘ladi. Shuning uchun elaki dorilar qattiq dori shakllariga nisbatan yuqori ta'sir ko’rsatadigan dori hisoblanadi.

Davlat farmakopeyasida elaki dorilar — ichish va tana yuzasiga qo‘llash uchun ishlatiladigan qattiq dori shaklli hisoblanadi, sochiluvchan-lik xususiyatga ega bo‘ladi. Poroshoklar ikki xil bo’ladi

  • a) oddiy — (Pulveres simplices) bitta dori moddasidan tashkil topgan yoki b)murakkab — ikki va undan ortiq ingredientdan iborat (pulveres compositi) bo‘lishi mumkin ekan. Undan tashqari kukunlar ya'ni, elaki dorilar alohida dozalarga bo‘lib taqsimlangan (pulveres divisi) va taqsimlanmagan (pulveres indivisi) bo‘ladi. Ichish uchun mo‘ljallangan kukunlar asosan dozalangan usulda yoziladi yoki taksimlangan bo‘ladi, sirtga ishlatiladigan kukunlar esa taqsimlanmagan usulda berilar ekan.

Poroshoklarga qo‘yiladigan asosiy talabalar:

  • 1.    Sochiluvchanlik

  • 2.    Dispеrslik (barcha tarkibiy qismlarning optimal maydalik darajasida bo‘lishi

  • 3.    Bir xilligi (murakkab poroshoklarda barcha tarkibiy qismlarni bir xil tarqalganligi)

  • 4.    Dozaning aniqligi

  • 5.    Turg‘unligi (saqlanish jarayonida moddalarning o‘zgarmasligi)

  • 6.    Ba'zi bir poroshoklar uchun stеrillik (ochiq yaralar uchun sеpmalar, yangi tug‘ilganchaqaloqlar uchun poroshoklar va b.)

Parashoklarning xususiy texnalogiyasi 3 xil

  • 1.    Qiyin maydalanadigan moddalar bilan poroshoklar tayyorlash

  • 2.    To‘zg‘uvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash Agar murakkab poroshoklar tarkibiga to‘zg‘uvchi moddalar kirsa (magniy oksid, talk,kaolin va boshqalar), bunday poroshoklarni tayyorlashda to‘zg‘uvchi moddalar eng oxirida qo‘shiladi va uzoq aralashtirilmaydi. Chunki poroshoklarni yuqotish miqdori meyoridan ko’p bo’lib ketishi ehtimoli bor.

  • 3.    Bo‘yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash

  • 4.    Agar murakkab poroshoklar tarkibiga bo‘yovchi moddalar kirsa (akrixin, etakridin laktat, riboflavin, metilen kuki, brilliant yashili va boshqalar), ular bilan poroshok tayyorlaganda alohida hovoncha va tarozilar ishlatiladi.

Qiyinmaydalanadigan moddalarga yod, kamfora, mentol, timol, fenilsalitsilat, benzol, salitsilat kislota, tetraborat natriy, streptotsid va boshqa moddalar kiradi. Bularni maydalash uchun uchuvchan erituvchilar ishlatiladi. Erituvchilar sifatida spirt, efir, spirt-efir aralashmasi ishlatiladi.

Dori moddalarni bo‘yovchi xususiyatga ega bo‘lishi va kam miqdorda yozilganligi uchun, havoncha va dastani ifloslanishi oldini olish maqsadga muvofiqdir.

Ekstraktlar bilan poroshoklar tayyorlash

Ekstraktlar (Extractum) deb, o‘simlik xom ashyosidan biologik faol moddalar suv, spirt, efir yoki boshqa ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman, ba'zan butunlay bug‘latilgan ajratmalarga aytiladi.

Ekstraktlar konsistentsiyasiga qarab quyidagicha tasniflanadi:

Quyuq ekstrakt (Extractum spissum 1:1) uta qovushqoq, idishdan tukilmaydigan asalsimon chuziluvchan massa bo‘lib, 25% gacha namlik saqlaydi. Ular 3:1, 4:1, 5:1, 6:1 nisbatlarda tayyorlanadi

Quruq ekstrakt (Extractum siccum 1:2) , quruq poroshok holida bo‘lib, 5% gacha namlik saqlaydi

Suyuq ekstrakt (Extractum fluidum 1:2) kontsentrlangan ajratmalar bo‘lib, 50% dan ko‘p namlik saqlaydi. Ajratuvchi sifatida har xil quvvatdagi etil spirti ishlatiladi. Agarda retseptda ekstrakt turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, DF XI nashriga asosan quyuq ekstrakt olinadi.

Efir moyi qo‘shib poroshok tayyorlash

Efir moyi poroshok tarkibiga qand bilan aralashgan holda qo‘shiladi va bu aralashmani efir moy-qand aralashmasi (eleosaccharum) deb ataladi. Efir moyi poroshok tarkibiga ta‘sir etuvchi va ma‘lum ta‘m beruvchi modda sifatida ham qo‘shiladi.Efir moy-qand aralashmasi 2,0 g qandga 1 tomchi efir moyi qo‘shib tayyorlanadi. Ammo efir moy-qand aralashmasi atirgul va achchiq apelsin efir moyidan tayyorlanadigan bo‘lsa, u holda 4,0 g qandga 1 tomchi efir moyi qo‘shiladi. Efir moy-qand aralashmasi kerak bo‘lganda tayyorlanadi, chunki efir moylari oddiy sharoitda ham uchuvchan bo‘ladi. Tayyor efir moy-qand aralashmasi ogzi jips berqiladigan shisha idishlarda, miqdorlarga bo‘lingani esa pergament kogozlarda beriladi.

Suyuqliklar bilan poroshok tayyorlash

Murakkab poroshoklar tarkibiga ayrim hollarda nastoykalar kiradi. Nastoyka deb, o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan har xil konsentratsiyali spirt, spirt-efir yordamida olingan ajratmalarga aytiladi. Nastoykalar odatda 1:5 va 1:10 nisbatda tayyorlanib, dorixonalarga tayyor holda keltiriladi. Suyuqliklar poroshok tarkibiga qo‘shib tayyorlanganda, ularning sochiluvchanlik darajasiga ta‘sir etmasligi kerak. Agarda sochiluvchanligi talabga javob bermasa, u holda quyidagi ikki usulning biridan foydalaniladi:

Triturat tarkibidagi indiffеrеnt modda sifatida sut qandi tavsiya etiladi. Sut qandining solishtirma ogirligi kopchilik alkaloidlarning solishtirma ogirligiga yaqin va u gigroskopik emas.Trituratlar «zaharli moddalar» ro‘yxatidagi moddadan 1:100 (1+99)nisbatda va «kuchli ta‘sir qiluvchi moddalar» ro‘yxatidagi moddadan 1:10(1+9) nisbatda tayyorlanadi.

Xulosa: Poroshoklarning xususiy texnologiyasi (to’zg’uvchi, bo’yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari )bilan poroshoklar tayyorlash texnalogiyasini o’ ganishda Zaharli, narkotik va psixotrop dori vositalarining saqlanishi, hisobi, rеtsеptga yozilishi, bеrilishi, qo‘llanilishi va ishlatilishini nazorat qilishning kuchaytirilishi tartibi haqida O‘zRSSVning1996yil 17 iyun 489-sonli buyrug‘I chiqqan va shundagi ko’rsatmalarga rioya qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Farmatsevtik texnalogiya (Maxmudjonova. K.S, Shadmonova. Sh va Rizayeva.N) fan darsligi

  • 2.    Ivan.I.K, Galina.V.|M va Murodova.L.I.

  • 3.    Chueshov V.I, Gladux.E V va boshqalar.

  • 4.    Andriy Stanislavovich Gavrilov 2010.

  • 5.    Mixayilova G.V, Murodova.L.I 2011,

    "Экономика и социум" №11(90) 2021

Список литературы Poroshoklarning xususiy texnologiyasi (to’zg’uvchi, bo’yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash)

  • Farmatsevtik texnalogiya (Maxmudjonova. K.S, Shadmonova. Sh va Rizayeva.N) fan darsligi
  • Ivan.I.K, Galina.V.|M va Murodova.L.I.
  • Chueshov V.I, Gladux.E V va boshqalar.
  • Andriy Stanislavovich Gavrilov 2010.
  • Mixayilova G.V, Murodova.L.I 2011
Статья научная