Qandli diabet 2 tur bemorlarda yurak qon tomir kasalliklarini rivojlanishda ortiqcha vaznnig axamiyati va davolashning oʻziga xosligi
Автор: Yusupova Shaxnoza Qodirjanovna
Журнал: Re-health journal.
Статья в выпуске: 3 (23), 2024 года.
Бесплатный доступ
2 tur diabet semizlik bilan bogʻliq kasallikdir. Diabet kasalligiga chalingan bemorlar orasida ortiqcha vazn va semizlik juda keng tarqalgan. Qandli diabet 2 tur bilan ogʻrigan semiz va ortiqcha vaznli bemorlarda yuqori qon bosimi, lipidlar almashinuvi buzilishi va mikroalbuminuriyaning koʻproq uchraydi. Bular esa yaxshi ma’lum boʻlgan yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillari hisoblanadi. Diabet kasalligiga chalingan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari (YuQT) xavfi yuqori boʻlib, bu xavfni kamaytirishda xavf omillarini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega.
Qandli diabet, semizlik, ortiqcha vazn, yurak qon tomir kasalliklari
Короткий адрес: https://sciup.org/14130772
IDR: 14130772
Текст научной статьи Qandli diabet 2 tur bemorlarda yurak qon tomir kasalliklarini rivojlanishda ortiqcha vaznnig axamiyati va davolashning oʻziga xosligi
2-tur qandli diabet (QD) dunyo boʻylab keng tarqalgan kasallik boʻlib, uning asosiy sabablari orasida keksayib borayotgan aholi sonining koʻpayishi, yashash darajasining oshishi va ortiqcha vazn hamda semizlikning keng tarqalishini koʻrsatish mumkin. Diabet kasalligiga chalingan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari (YuQT) xavfi yuqori boʻlib, bu xavfni kamaytirishda xavf omillarini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega.[1] 2 tur qandli diabet semizlik bilan bogʻliq kasallikdir. Jahon miqyosida 2-tur qandli diabetning tarqalishidagi yaqinda kuzatilgan oʻsish asosan semizlikning oʻsishiga mos keladi. Diabetga olib keladigan aniq yoʻllar toʻliq ochilmagan boʻlsa ham, uning patofiziologiyasiga oid hozirgi tushuncha insulin qarshiligini va asta- sekin beta-hujayralarining etishmovchiligini keltirib chiqaradigan yogʻ toʻqimalarining koʻpayishi va ektopik yogʻning toʻplanishi bilan bogʻlaydi. Tashxis qoʻyilgan qandli diabet shaxslarda semizlik darajasi asoratlar rivojlanishiga hissa qoʻshishi mumkin [2].
2022 yilda 18 yosh va undan katta yoshdagi 2,5 milliard inson ortiqcha vaznga ega edi, shu jumladan 890 milliondan ortiq katta yoshdagi kishilar semizlik bilan yashayotganligi aniqlangan. Bu 18 yosh va undan katta yoshdagi kishilarning 43% (erkaklarning 43% va ayollarning 44%) ortiqcha vaznga ega ekanligini anglatadi; 1990 yilda esa bu koʻrsatkich 25% boʻlgan. Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotiga koʻra ortiqcha vaznning keng tarqalishi mintaqa boʻyicha turlicha boʻlib, Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasida va Afrika mintaqasida 31% dan Amerika mintaqasida 67% gacha yetgan.
2022 yilda dunyo boʻylab 18 yosh va undan katta yoshdagi kishilarning taxminan 16% da semizlik aniqlangan. Bu 1990-2022 yillar oraligʻida dunyo boʻyicha semizlikning keng tarqalishi ikki baravardan ortiqqa oshganligini koʻrsatadi. [3]
Diabet kasalligiga chalingan bemorlar orasida ortiqcha vazn va semizlik juda keng tarqalgan. Shvetsiyadagi Milliy Diabet Reestri (NDR) dan olingan avvalgi hisobotlarda 2-toifa qandli diabeti boʻlgan bemorlarda tana vazn indeksi (ТVI) ning oshishidan tashqari vaqt oʻtishi bilan xavf omillarini nazorat qilishda yaxshilanish, 2-toifa qandli diabeti boʻlgan semiz va ortiqcha vaznli bemorlarda yuqori qon bosimi, lipidlar almashinuvi buzilishi va mikroalbuminuriyaning koʻproq uchrashini koʻrsatdi. Bular esa yaxshi ma’lum boʻlgan yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillari hisoblanadi.[4]
Dunyo boʻylab oʻtkazilgan koʻplab tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki TVI yuqori qandli diabet 2-tur bemorlarda vazn kamayishi kardiovaskulyar asoratlar rivojlanishini oldini olishda katta axamiyatga ega. Diabetda Sogʻliqni Saqlash uchun Harakat (AHEAD) sinovlarida (5145 nafar 2-toifa qandli diabetga chalingan bemor, 59% ayol, oʻrtacha yoshi 58 yil, oʻrtacha ТVI 36 kg/m2) oziq-ovqat maslahati, ovqat almashtirish va mashqlar hamda turmush tarzini oʻzgartirish orqali 8,6% oʻrtacha vazn yoʻqotish bilan birgalikda bemorlarda HbA1c va qon bosimining sezilarli darajada pasayishiga olib keldi. Tadqiqot boshlanganidan 16,7 yil oʻtgach (9,6 yil davolash va keyin kuzatish) oʻtkazilgan qoʻshimcha tahlillar shuni koʻrsatdiki, davolanishning 1 yilligida vazni 10% dan kam boʻlmagan miqdorda kamaygan ishtirokchilarda oʻlim xavfi 21% ga kamaygan [5]. Dastlabki vaznning 5-10% ga kamayishi davolanishning dastlabki maqsadi sifatida tavsiya etiladi va bu miqdorda vazn yoʻqotish HbА1c ning 0,6-1,0% ga kamayishi va boshqa koʻplab sogʻliqni yaxshilash bilan bogʻliqdir.
Semizlik va 2 tur qandli diabeti boʻlgan bemorlarda vaznni kamaytirish davolashning asosiy tamoyillaridan biridir. 5% dan ortiq vazn yoʻqotish 2-toifa qandli diabeti boʻlgan ortiqcha vaznli va semiz katta yoshdagi kishilarda glikemik nazoratni, lipidlar darajasini va qon bosimini yaxshilaydi. Bu ta’sirlar energiya balansini yaxshilash va semizlikka qarshi dori-darmonlarni kiritish orqali erishish mumkin.[8] Xozirgi kunda vazn yoʻqotish maqsadlarini avvalgidan ancha aniq va yaxshi tushuniladi. Tavsiya etiladigan vazn yoʻqotish maqsadi odatda keng tarqalgan qarashlarga nisbatan ancha oddiy boʻladi. Kaloriyani cheklash va jismoniy faollikni oshirish kabi turmush tarzi oʻzgarishlari vazn yoʻqotishda ozgina ta'sir koʻrsatadi [9]. Farmakoterapiya samarali boʻlsa-da, uning kamchiliklari ham bor. Vaqt oʻtishi bilan semizlikni davolash uchun koʻplab dori-darmonlar tasdiqlangan va ularning koʻpi nojoʻya ta'sirlari tufayli ulardan voz kechilgan . Masalan, sibutraminning vazn yoʻqotishda samaradorligi aniqlangan edi, lekin yaqinda yurak-qon tomir tizimi bilan bogʻliq yomon natijalar tufayli bekor qilindi.
Niderlandiyadagi PHARMO ma'lumotlar bazasidan olingan ma'lumotlar tahlili shuni koʻrsatdiki, vazn yoʻqotish uchun orlistat buyurilgan odamlarda semizlik bilan bogʻliq hamroh kasalliklar uchun retsept boʻyicha dori-darmonlardan foydalanish kamaygan. Turli tadqiqotlar semizlikni orlistat bilan davolash qandli diabet va qon bosimini nazorat qilishni yaxshilashini hamda PZLP darajasini pasaytirishini koʻrsatgan [10].
Qand miqdorini pasaytiruvchi terapiyani tanlash koʻpincha vazn oʻzgarishiga ta’sir qiladi, chunki vazn yoʻqotish yoki vazn olishdan saqlanish muhim ahamiyatga ega:
-
- Insulin, sulfonilureya va pioglitazon dorilar vazn oshishiga olib keladi;
-
- metformin, akarboz va DPP-4 ingbitorlari esa vaznga neytral ta’sir koʻrsatadi yoki ozgina vazn yoʻqotishga olib kelishi mumkin;
-
- SGLT2 ingibitorlari va GLP-1 RA-lar esa klinik jihatdan sezilarli vazn yoʻqotish bilan bogʻliq boʻlib, GLP-1 RA-larning vazn oʻzgarishiga ta’siri SGLT2 ingibitorlariga qaraganda ancha kuchliroqdir. SGLT-2 ingibitorlaridan 2 tur qandli diabet (QD 2) va yurak yetishmovchiligi (ayniqsa, chiqarish fraksiyasi pasaygan yurak yetishmovchiligi) boʻlganlar yoki yurak yetishmovchiligi, surunkali buyrak kasalligi, aniqlangan aterosklerotik yurak-qon tomir kasalligi yoki ushbu kasalliklarning har qanday kombinatsiyasi rivojlanish xavfi yuqori boʻlganlar uchun, kardioprotektiv foydasi isbotlangan [11]. Soʻnggi yillarda qondagi glyukoza darajasini tushiruvchi dori vositalarining, ayniqsa SGLT-2 ingibitorlari va GLP-1 retseptor agonistlarining yurak-qon tomir xavfsizligi muhim mavzuga aylandi va bir qancha yurak-qon tomir natijalariga oid tadqiqotlar oʻtkazildi. SGLT-2 ingibitorlari 2 tur qandli diabeti boʻlgan va boʻlmagan [12] bemorlarda yurak yetishmovchiligi bilan kasallanganlarning shifoxonaga yotqizilishi sonini aniq kamaytirgan foydasini koʻrsatdi.
GLP-1 RA (liraglutid) ga jismoniy mashqlar qoʻshilishi vaznni kamaytirish va saqlab qolishda yanada kuchli ta’sir koʻrsatadi. GLP-1 RA va SGLT2 ingibitorlarining QD da KV natijalariga qoʻshimcha foydali ta’sirlari hisobga olinsa, bu vositalar semiz va semizlik bilan ogʻrigan, KV va 2-tur qandli diabet boʻlgan bemorlarda afzal koʻriladigan glyukozani pasaytiruvchi dori vositasi boʻlishi kerak. Natijada, shaxslar diabetning remissiyasini boshdan kechirishi mumkin, bu vazn yoʻqotish saqlanib qolsa uzoq vaqt davom etishi mumkin [6]. 2 tur diabetli odamlarga foyda keltirish uchun kerak boʻlgan vazn yoʻqotish miqdori taxminan 3%, ammo qoʻshimcha foyda kamida 15% gacha, ehtimol undan ham koʻproq kuzatiladi.[13] Ushbu dalillarga qaramay, 2 tur diabetli odamlarning aksariyati vaznlarini boshqarishga yordam beradigan minimal yordam oladi va ba’zi glyukoza tushiruvchi dori-darmonlarni qoʻllash natijasida vaznning yana ham ortishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun diabetli odamlarga vaznlarini boshqarishga imkon berish uchun ularni qanday qilib eng yaxshi qoʻllab-quvvatlash kerakligi haqida savol tugʻiladi.
Xulosa qilib aytganda, 2 tur qandli diabetiga chalingan bemorlarda vazn yoʻqotish sogʻliqning yaxshilanishiga, oʻlim va YuQT kasalliklari xavfining pasayishiga olib keladi. Vazn yoʻqotishning foydali ta’siri vaznning minimal darajada kamayishi bilan ham kuzatiladi va 7% dan ortiq vazn yoʻqotish har tomonlama yaxshi natijalarni ta’minlaydi. Diabet kasalligiga chalingan bemorlarning vazn yoʻqotish uchun aniq maqsadlarni belgilab, ularni davolashda turmush tarzini oʻzgartirish va toʻgʻri dori vositasini tanlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
ADABIYOTLAR
RHJ-3-2024
Список литературы Qandli diabet 2 tur bemorlarda yurak qon tomir kasalliklarini rivojlanishda ortiqcha vaznnig axamiyati va davolashning oʻziga xosligi
- K. Eeg-Olofsson & J. Cederholm & P. M. Nilsson Risk of cardiovascular disease and mortality in overweight and obese patients with type 2 diabetes: an observational study in 13,087 patients . Diabetologia (2009) 52:65–73
- Skyler JS, Bakris GL, Bonifacio E et al (2017) Differentiation of diabetes by pathophysiology, natural history, and prognosis. Diabetes 66:241–255
- World Health Organisation
- Ridderstrale M, Gudbjornsdottir S, Eliasson B, Nilsson PM, Cederholm J (2006) Obesity and cardiovascular risk factors in type 2 diabetes: results from the Swedish National Diabetes Register. J Intern Med 259:314–322
- 2023 ESC Guidelines for the management of cardiovascular disease in patients with diabetes; European Heart Journal (2023)
- Carolyn T Bramante,Clare J Lee,Kimberly A Gudzune treatment of obesity in patient with diabetes Pub Med 2017
- Jensen MD, Ryan DH, Apovian CM, et al.. 2013 AHA/ACC/TOS guideline for the management of overweight and obesity in adults: a report of the American College of Cardiology/American Heart Association Task Force on Practice Guidelines and The Obesity Society. J Am Coll Cardiol 2014;63:2985–3023 [PubMed] [Google Scholar]
- Cefalu WT, Bray GA, Home PD et al (2015) Advances in the science, treatment, and prevention of the disease of obesity: reflections from a diabetes care editors’ expert forum. Diabetes Care 38:1567–1582
- Jindal A, Stephen B, Sowers JR. Obesity and the cardiorenal metabolic syndrome: Therapeutic modalities and their efficay in improving the cardiovascular and renal risk factors. Journal of Cardiorenal medicine. . 2012 [PMC free article] [PubMed] [Google Scholar]
- Czernichow S, Knol MJ, Fezeu L, Grobbee DE. Impact of orlistat initiation on cardiovascular treatment use: A 6-year population-based cohort study. Eur J Prev Cardiol. 2012;19(3):484–489. [PubMed] [Google Scholar]
- Luis M Perez-Belmonte,Jaime Sanz-Canovas,Michele Ricci et.all Efficacy and Safety of Semaglutide for the Management of Obese Patients With Type 2 Diabetes and Chronic Heart Failure in Real-World Clinical Practice Front. Endocrinol., 24 June 2022
- Bhatt DL, Szarek M, Steg PG, Cannon CP, Leiter LA, McGuire DK, et al. Sotagliflozin in Patients With Diabetes and Recent Worsening Heart Failure. N Engl J Med (2021) 384(2):117–28. doi: 10.1056/NEJMoa2030183
- Wing RR, Espeland MA, Clark JM et al (2016) Association of weight loss maintenance and weight regain on 4-year changes in CVD risk factors: the Action for Health in Diabetes (Look AHEAD) Clinical Trial. Diabetes Care 39:2318–2318